uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#targ‘ibot #ta’lim #turizm

Braziliya universitetlarida O‘zbekiston ta’lim va madaniyati kunlari o‘tkazildi


2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarda Braziliyaning Sao Paulo, Parana va Kampinas universitetlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirlar davomida yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” deb nomlangan taqdimot, milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari kuylandi.

Tashrif davomida, ushbu universitetlar bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandumlar imzolandi.

Ushbu hujjatlarga ko‘ra, universitet professor-o‘qituvchilar mazkur oliygohlarda o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil qilish va talabalar esa borib tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ma’lumot o‘rnida: Sao Paulo universiteti QS xalqaro reytingida Top-100, Kampinas universiteti esa, Top-250 universitetlar ro‘yxatidan joy egallagan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Jarayon

⚡️Ta’limda hamkorlik

1985-yildan buyon Fransiyada o‘tkazilib kelinayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Batafsil👈


📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tabrik

O'zDJTU va Toshkentdagi Göte instituti bilan hamkorlik doirasida o'tkazilgan "DLL (Nemis tilini o'qitishni o'rgatish)" tanlovida Roman-german filologiyasi fakulteti FNEM 2101-guruh talabasi Erkaeva Parizoda 1-o'rinni egallab, asosiy yutuq - zamonaviy noutbuk sohibiga aylandi.
Ilmiy rahbari: Mavjuda Madazimova.

🎉 Erkaeva Parizodani fakultetimiz rahbariyati nomidan tabriklaymiz, oʻqish va faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

5️⃣5️⃣5️⃣ | 5️⃣5️⃣5️⃣ | 5️⃣5️⃣5️⃣

5-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tomonidan taraqqiyotning huquqiy asoslarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik tanlovining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
——————————————————
🖥 Batafsil | Подробнее | More
——————————————————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi istiqbolli taʼlimning mukammal rejasi

Bizni Instagram 📱| Facebook 📱| YouTube 📱| manzillarda ham topishingiz mumkin!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺 #Xorijiy_OAV_biz_haqimizda

Parana Federal universitetining Youtube tarmogʻidagi sahifasida UFPR va O‘zDJTU o‘rtasidagi hamkorlik haqida videolavha yoritildi.


⬇️ Videoni koʻrish uchun

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#rasmiy #qishki_taʼtil

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.


⚡️Зимние каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря

В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций зимние каникулы, предоставляемые студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлены с 25 декабря 2024 года по 7 января 2025 года (включительно).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺 #Xorijiy_OAV_biz_haqimizda

Universidad Federal de Paraná (UFPR) universiteti rasmiy sayti sahifalarida  UFPR va O‘zDJTU o‘rtasidagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va ilmiy almashuvlar, hamkorlik aloqalari, O‘zDJTU delegatsiyasining tashrifini keng yoritib bormoqda.

Batafsil: ➡️
https://ufpr.br/?p=285200

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Talabalar yoshlarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida 3-4-5- dekabr kunlari O‘zDJTUda kitob yarmarkasi tashkil etilmoqda.


Universitet Axborot-resurs markazi va “Zabarjat Mediya” nashriyoti tomonidan tashkil etilayotgan kitob ko‘rgazma savdosi universitetning asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.

Yarmarkada ingliz, rus tilidagi, o‘zbek tilidagi badiiy adabiyotlar hamda chet el yozuvchilarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan badiiy adabiyotlari o‘rin egallaydi.

3-dekabr kuni mazkur kitob yarmarkasi o‘z faoliyatini boshladi. Yarmarkaning birinchi kunida 100 yaqin kitobxon talabalar o‘zlariga yoqqan asarlarini xarid qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#xayriya #yaxshilik_ulashaylik

🎗 3-dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Ingliz tili 1-fakultetida xayriya tashkil etildi.

✅ Yurtimizda har bir insonning o‘z qadr-qimmati bor. Jumladan, imkoniyati cheklangan yoshlar, bolalar ham doimiy e’tiborda. Ularga g'amxo'rlik qilish, iqtidorlarini yuzaga chiqarishda ko'maklashish, orzu-umidlarini amalga oshirish yoshlar siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sanaladi.

🔸 Ushbu kun munosabati bilan Ingliz tili 1-fakultetida xayriya o'tkazilib, 3-dekabr kuni fakultet tyutori N.Islomova va bir guruh iste'dodli talabalar bilan birgalikda Uchtepa tumanidagi 199-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab internatiga borib, unda turli bayram dasturlari va ko'plab ezgulik tuhfalari orqali bolalarga quvonch ulashishdi.

Biz barchamiz har xil bo'lishimiz mumkin, lekin yaxshilik yo'lida bir xilmiz. ☺❤

@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

✍️ 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ✍️

UFPR va O‘zDJTU o‘rtasidagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va ilmiy almashuvlarni yanada rivojlantiradi, ikki universitetning xalqaro miqyosdagi obro‘yini yanada oshiradi hamda nafaqat ta’lim sohasida, balki ilm-fan, madaniyat va innovatsiyalarni rivojlantirishda ham yangi ufqlarni ochadi. Ushbu hamkorlik Braziliya va O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda, o‘zaro diplomatik aloqalarni rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi.


Tashrif doirasida 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh Assambleyasining 43-yig‘ilishi oldidan "O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi" mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Odatga ko‘ra, delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekistonning buyuk shaxslari haqida ma’lumot berib o‘tildi. Tadbirdan O‘zbekiston madaniyati va urf-odatlariga oid ko‘rgazma materiallari, O‘zbekiston bayrog‘i, milliy liboslar, so‘zana, hunarmandchilik namunalari namoyishi oʻrin oldi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Universidad Federal de Paraná (UFPR) 1912-yilda tashkil etilgan va Braziliyaning eng qadimgi universiteti hisoblanadi. Uning shtab-kvartirasi Parana shtatining markazi bo‘lgan Kuritibada joylashgan. UFPR nafaqat Braziliyada, balki xalqaro miqyosda ham yetakchi universitetlardan biri sifatida tan olingan. U o‘zining keng qamrovli ta’lim dasturlari, innovatsion tadqiqotlari va barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi bilan mashhur. Universitet 100 dan ortiq bakalavriat va magistratura dasturlari, jumladan, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va gumanitar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini taklif etadi. UFPR ilmiy tadqiqotlar sohasida ham Braziliyada yetakchi universitetlaridan biridir. Ekologiya, iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash, tilshunoslik va texnologik innovatsiyalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilgan. UFPR dunyoning ko‘plab universitetlari bilan ilmiy va akademik almashinuv dasturlarini olib boradi.

Umid qilamizki, Oʻzbekiston va Braziliyaning ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlik dasturlari har ikki tomon uchun ham manfaatli boʻladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 Shu yilning 3-dekabr kuni O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti, Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingivistik ta'minoti kafedrasi tomonidan fakultetning 4-bosqich talabalari uchun Hindistonning nomdor Dehli universiteti professori Dr. Ujjwal Jana ishtirokida seminar- trening tashkillashtirildi.

⚡️"The History of Translation" ("Tarjima tarixi") mavzusida bo'lib o'tgan seminar-treningda hind professori Ujjwal Jana hamda kafedra professor-o'qituvchilari tarjima turlari, jumladan intralingual, interlingual , intersemiotik tarjima haqida talabalarga ma'lumotlar berishdi hamda mavzuni misollar yordamida tahlil qilishdi.

Shuningdek, seminarda tarjima sohasidagi tarixiy yutuqlar, o'zgarishlar va rivojlanish bosqichlari, qadimiy asarlarning tarjima tarixi haqidagi bilimlar ulashildi.


✨ Talabalar ham seminar-treningda faol ishtirok etib, savollar berishdi hamda ustozlardan savollariga javob olishdi. Seminar-trening bahs-munozaralarga boy bo'ldi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🎥 Видео с нашего визита в интернат теперь доступно! 🙌

Ваше доброе дело и доброе сердце достойны реакции — такие встречи не могут оставить равнодушными! ❤️
______

Факультет русской филологии 💙

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦

3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.


Ilmiy seminar yig‘ilishida tadqiqotchi Gaybullayeva Dildora Fayzulla qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va o‘zbek tillaridagi atoqli ot komponentli frazeologizmlarning semantik-stilistik va lingvostatistik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.

Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 3-dekabr ,,Xalqaro Nogironlar kuniga bagʻishlangan" ,,Biz o‘zgachamiz, barchamiz birgamiz" shiori ostida tadbir oʻtkazildi.


Bu kun 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e'lon qilingan bo‘lib, uning maqsadi nogironlar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotga integratsiyasini ta'minlash va nogironlarga nisbatan e'tiborni oshirishdir.

Tadbirni yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor V.Sadiyev ochib berdi va rektor I.Tuxtasinov tomonidan yoʻllangan murojaatinii oʻqib eshittirdi.

Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan qo'shiqlar, raqslar, vatanni madh etuvchi sheʼrlar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺 #Xorijiy_OAV_biz_haqimizda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Braziliyaga qilgan tashrifi hamda mamlakatdagi nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qilish jarayonlari "Yoshlar ovozi" gazetasining rasmiy sayti orqali batafsil yoritildi.

Batafsil: ➡️
https://yoshlarovozi.uz/oz/news/braziliya-universitetlari-bilan-hamkorlik

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети Бразилиянинг Сао Пауло университети билан ҳамкорлик қилмоқда

ЎзДЖТУ ректори Илҳомжон Тўхтасинов бошчилигидаги делегацияни Сао Пауло университети Халқаро ҳамкорлик бўйича директори ўринбосари Профессор Ларисса Дриэмеиэр кутиб олди.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/112714

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/112714

Telegram | Facebook | YUZ">YouTube | Instagram | Hamkorlik materiali

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#targ‘ibot #ta’lim #turizm

Braziliya universitetlarida O‘zbekiston ta’lim va madaniyati kunlari o‘tkazildi


2025-yil Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarda Braziliyaning Sao Paulo va Kampinas universitetlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirlar davomida yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekiston: bebaho madaniy meros” deb nomlangan taqdimot, milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari kuylandi.

Tashrif davomida, ushbu universitetlar bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandumlar imzolandi.

Ushbu hujjatlarga ko‘ra, universitet professor-o‘qituvchilar mazkur oliygohlarda o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil qilish va talabalar esa borib tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ma’lumot o‘rnida: Sao Paulo universiteti QS xalqaro reytingida Top-100, Kampinas universiteti esa, Top-250 universitetlar ro‘yxatidan joy egallagan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

https://youtu.be/eozEIGqictM?si=3ynWjSRVhDBO2XFB

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺 #XorijiyOAVBizHaqimizda

Braziliyaning Kampinas universiteti oʻz rasmiy sayti sahifalarida Unicamp va O‘zDJTU ning hamkorlik aloqalari, ikki mamlakat oʻrtasidagi ta’lim va ilmiy almashuvlar, shuningdek, O‘zDJTU delegatsiyasining tashrifini keng yoritdi.

ℹ️ BATAFSIL…

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Jahon tillari universiteti rektori: Dunyoning top-500 talik reytingiga yaqinlashayotgan O‘zbekiston oliygohlari haqida

Bizni Instagram 📱| Facebook 📱| YouTube 📱| manzillarda ham topishingiz mumkin!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

4-dekabr kuni O‘zDJTUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov hamda Alisher Navoiy nomli  davlat stipendiyalarining  nomzodlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov tomonidan nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, komissiya tomonidan qo‘yilgan ballar, apellyatsiyaga topshirgan talabalarga komissiya tomonidan taqdim etilgan xulosalar haqida tushuntirishlar berildi. Yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!" shiori ostida Sahna ko‘rinishlari tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor V.Sadiyev ochib berdi. Sahna ko‘rinishlari tanlovida ishtirokchilar 10-15 daqiqalik qisqa chiqishlar asosida korrupsiyaga qarshi mavzular yuzasidan sahna chiqishlarini namoyish etdi. Tanlovda har bir fakultet o‘z jamoasi bilan qatnashdi. Jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Natijalarga ko‘ra g‘oliblik quyidagi jamoalarga nasib qildi.

🥇 1-o‘rin Roman-german filologiyasi fakultet,
🥈 2-o‘rin 1-ingliz, ingliz filologiyasi fakulteti,
🥉 3-o‘rin Sharq filologiyasi Tarjimonlik fakulteti


Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin — 5 million so‘m
2-o‘rin — 4 million so‘m
3-o‘rin — 3 million so‘m


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 4️⃣4️⃣4️⃣

OʻzDJTU Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Study” o‘quv markazi bilan hamkorlikda ispan tilini o‘qitish kursi “Curso intensivo de espanõl” 2024-oʻquv yilining oktabr oyidan buyon o’z faoliyatini davom etirib kelmoqda.


📇 O’quv kursi ispan tili katta o'qituvchisi Achilova Zulxumor Po’latovna tomonidan olib borilmoqda va amaliy darslarga chet ellik professor-o’qituvchi Mariya Pilar Garsiya xonimning tashrifi talabalarning ispan tilini o’rganishga boʻlgan qiziqishini kundan-kunga oshirmoqda.

💬 “Curso intensivo de espanõl” ispan tilini o‘qitish kursiga qiziqish bildirgan universitetimizning barcha talabalarini o’quv mashgʻulotlarimizga taklif qilamiz!

📞 Murojaat uchun tel: +998935613170
+998971251122

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun navbatdagi ijodiy uchrashuv o’tkazildi.

Har bir o’quv yilida “Amerika ovozi” teleradiosining jurnalisti Navbahor Imomova tomonidan fakultet talabalari uchun munozara, tahlil va savol-javonlarga boy bo’lgan uchrashuv o’tkazilishi an’anaga aylangan.


🌐 Bugungi suhbat avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov talabalarning sohada o’z o’rniga ega bo’lishida amaliy tajribasi ulkan bo’lgan jurnalistlar bilan o’tkaziladigan uchrashuvlarning o’rni haqida to’xtalib o’tdi.

⚡️ Tadbir davomida:
• Jurnalist kim?
• AQSh va O’zbekiston jurnalistikasining o’xshash va farqli jihatlari.
• Jurnalist kadrlarni tayyorlashda ikki davlat yondashuvlari mavzularida ma’lumotlar berildi.

Tadbir so’nggida, yigit-qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

1985-yildan buyon Fransiyada o‘tkazilib kelinayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining ilk bor Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 43-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida xorijdagi eng nufuzli OTMlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida

Braziliyada bo‘lib turgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi 2-dekabr kuni Universidad Federal de Paraná (UFPR)ga tashrif buyurdi.

Tashrif ikki universitet vakillari uchrashuvi bilan boshlandi. Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda UFPR rektori Ricardo Marcelo Fonseca ilmiy, ta’lim kabi sohalarda o‘zaro hamkorlik olib borish bo‘yicha Memorandumni imzolashdi.

Ma’lumki, xalqaro miqyosdagi tilshunoslik, tarjima, lingvistika va xalqaro muloqotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha yetakchi o‘quv maskanlardan biri hisoblanadi. UFPR va O‘zDJTU o‘rtasida ilmiy va ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish ikki tomon uchun ham katta ahamiyatga ega.


UFPR va O‘zDJTU o‘rtasida ilmiy va ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish ikki tomon uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Quyidagi yo‘nalishlarda samarali hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi:

UFPR ning ispan va portugal tilidagi tajribasi O‘zDJTU tadbiq qilish, xususan, portugal tilini o‘qitish va Braziliya madaniyatini o‘rganish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqish;

O‘zDJTU esa ilmiy va ta’limiy sohada hamkorlik qilishi, Braziliya talabalariga Markaziy Osiyo, jumladan mamlakatimiz madaniyati va tilini o‘rgatishda yordam berishi;

Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash;

Qisqa muddatli kurslar va yozgi maktablar tashkil etish orqali talabalar boshqa mamlakatlarning ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish;

UFPR va O‘zDJTU qo‘shma tadqiqotlar olib borib, lingvistik tadqiqotlar, sotsiologiya, siyosatshunoslik, jurnalistika, barqaror rivojlanish va boshqa sohalarda xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;

Markaziy Osiyo va Janubiy Amerika tillarining o‘xshashlik va farqlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar olib borilishi rejalashtirildi;

Universitetlar qoshida Braziliya va O‘zbekiston madaniyatiga oid maxsus festivallar, ko‘rgazmalar va konferensiyalar tashkil etish orqali talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash kabilarni amalga oshirish va boshqalar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

📣Hurmatli talabalar va o'qituvchilar!

UNICEF va OʻzDJTU Siyosiy fanlar kafedrasi sizni 10-dekabr kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan U-Report loyihasi bo'yicha ma'ruzaga taklif qiladi.

📍 O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 127, 312 xonalar.

U-Report – yoshlarni ijtimoiy o‘zgarishlarga jalb etish va jamiyatning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion loyiha. Ma'ruzada siz loyihaning maqsad va vazifalari, shuningdek, har biringiz qanday qilib ushbu muhim harakatning bir qismi bo'lishingiz mumkinligi haqida bilib olasiz.


Qimmatli ma'lumot olish va savollar berish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣

📣Уважаемые студенты и преподаватели!

Юнисеф и кафедра Политических наук приглашают вас на лекцию о проекте U-Report, которая состоится 10 декабря в 15:00.

📍 Место проведения: Узбекский государственный университет мировых языков, факультет Международной журналистики, 127, 312 кабинеты.

U-Report — это проект, направленный на вовлечение молодежи в социальные изменения и решение актуальных проблем общества. На лекции вы сможете узнать о целях и задачах проекта, а также о том, как каждый из вас может стать частью этого важного движения.


Не упустите возможность получить ценную информацию и задать интересующие вас вопросы!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#ДеньЛюдейСОграниченнымиВозможностями #ЗаботаИВнимание #СилаДобра #ПоддержкаДетей

📅 3 декабря — День людей с ограниченными возможностями был отмечен визитом студентов Факультета русской филологии в Специальную школу-интернат для детей с ограниченными возможностями № 25 в Яксарайском районе г.Ташкента. Визит был организован при поддержке декана факультета, заместителей декана, тьюторов, молодежного лидера факультета и студентов-активистов факультета.

В рамках мероприятия студенты поздравили учеников с праздником, подготовив для них развлекательную программу, включающую песни, танцы и поздравления. Этот день стал ярким моментом для всех присутствующих, ведь дети получили не только положительные эмоции, но и подарки, которые приподняли их настроение.


🟢 Подобные события напоминают нам о важности проявления заботы и внимания к тем, кто в этом особенно нуждается. Мы уверены, что такие встречи способствуют развитию духа добросердечности и взаимопомощи в обществе, а также укрепляют связь между студентами и детьми с ограниченными возможностями.

🙏🏻 Благодарим всех, кто принял участие в организации этого мероприятия! Пусть в вашей жизни будет больше таких ярких моментов.

______

Факультет русской филологии 💙

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Joriy yilning 2-dekabrdan 5-dekabrga qadar Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.


Farg‘onada shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarining maqsadi hududda mahalliy davlat boshqaruvi va aholi bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat.

Unga oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Chutpulatov Muxammad Chariyevich mazkur seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘quv jarayonlarini tashkil etishda mas’ul vakil sifatida ishtirok etdi.


Muxammad Chutpulatov Prezidentimizning 2024-yil 18 — 20-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqlarida ijro organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, ushbu o‘quv-seminarda yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘layotgan yangiliklar, o‘zgarishlar, aholi muammolarini hal etishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu o‘quv-amaliy seminar ishtirokchilar uchun nechog‘li muhimligi va ular ushbu imkoniyatlardan to‘g‘ri hamda unumli foydalanib, bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada mustahkamlashlari ta’kidlab o‘tdi


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰Bugun OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti 8-dekabar konstitutsiya kuni munosabati bilan oʻquv binosini bezatish tadbirini tashkil qilishdi.

📌Ushbu tadbirda fakultet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan muovini M.Jakbarov, tyutorlar hamda talabalr ishtirok etishdi.

🇺🇿Ushbu tadbir Konstitutsiya bayramini yuqori kayfiyat va saviyada nishonlash maqsadida boʻldi. Shuningdek, har bir talaba yoshlarda vatan tuygʻusini, mustaqillikni yanada chuqurroq his qilishga yordam berdi.


#Konstitutsiya_bayrami
@second_faculty_official

Читать полностью…
Подписаться на канал