#el_yurt_umidi
“EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING!
“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!
“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin,
- magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin,
- doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.
Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.
🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan.
Murojaat uchun:
☎️ +998 71 203 00 47
+99 871 203 00 48
+99 871 203 00 53
📧info@eyuf.uz
❤@EYUF_Admission_2023bot
“El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi!
Batafsil
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Sharq filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovini va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev tomonidan fakultetning 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etilib, talabalar kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabilar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, fakultetning yangi oʻquv yili uchun belgilab olgan reja va maqsadlari muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O'zDJTU professor-o'qituvchilari ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yuldashev Xusanboy Ibragimovich va OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Abidjanov Alisher Saxibovich Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi.
Tashrif Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish maqsadida tashkil etildi.
👨⚖️👩⚖️
Joriy yilning 2-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur yig’ilishda tadqiqotchi Yuvasheva Shoira Maxamadovna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “KUTADG‘U BILIG” ASARIDA MILLIY MADANIY VA UNIVЕRSAL LЕKSIKA: SЕMANTIK VA TARJIMA ASPЕKTLARI” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya ishi muhokama etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
5-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ullari va Xitoy Xalq ta’limi vazirligi chet tillarni oʻqitish va hamkorlik markazi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Dastur Xitoy Xalq ta’limi vazirligi chet tillarni oʻqitish va hamkorlik markazi direktori oʻrinbosari Hu Zhi Ping, markazning Rivojlantirish-rejalashtirish departamenti direktori Wang Tong, Oʻquv va resurslar departamenti direktori Shao Yi Peng, Osiyo-Afrika departamenti katta loyiha direktori Wang Feng hamda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari V.Omonov, Sharqshunoslik fakulteti dekani D.Djurayev, Xitoy tili kafedrasi mudiri Sh.Xakimova ishtirokida oʻtdi.
🎥 🟩🟩🟩🟩
Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti yillik hisobot topshirmoqda.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani tomonidan fakultet talabalari kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabi 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti topshirildi.
Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma’lumot taqdim etilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani, dekan muovini va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani tomonidan fakultetning 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etilib, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil iyun oyidagi faoliyati infografikasi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
Toshkent shahridagi Webster universitetida mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolash marosimidan fotoreportaj.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi
2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
“Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
Qonunga ko‘ra, aholining boks va gimnastikaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida mas’ullarga bir qator vazifalar yuklatilgan.
Ular bilan quyidagi link orqali tanishib chiqishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/6981199
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan ham yuqoridagi link orqali tanishishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227-1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
Mazkur Qonunda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar keltirilgan.
Xususan, Qonunga ko‘ra, ma’lum huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizini, huquqbuzarlik takroran sodir etilganda esa uning yigirma foizini tashkil etadi. Ushbu Qonun soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni yanada maqbullashtirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Qonunga muvofiq, Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Batafsil: https://lex.uz/docs/6944597
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻 📺📺
“Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan videorolik
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨⚖️👩⚖️
Joriy yilning 29-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur yig’ilishda tadqiqotchi Xolboboyeva Aziza Sherboboyevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI REKLAMA DISKURSINING ANTROPOSENTRIK MOHIYATI” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🎥 5️⃣5️⃣5️⃣
“Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.
Roman-german filologiyasi fakulteti mas’ulligida O'zDJTU bosh binosida rasmlar va devoriy gazetalar tanlovi oʻtkazildi.
Universitet rektori Ilxomjon Madaminovich ham mazkur dasturda ishtirok etib, unda qatnashayotgan ishtirokchilar yaratgan ijodiy ishlar bilan tanishdi va oʻz fikrlarini bildirib, ularga baho berdi.
Tanlov qatnashchilari o‘z qobiliyati, ijodkorligi va kreativligini namoyon qilib, kuzatuvchilar olqishiga sazovor bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.
🟩🟩🟩🟩
6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H.Hakimov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar, xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.
#Taziya
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Toshxonov Muhammadali Turdaliyevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, jamoasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.
Ustoz faoliyati davomida ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan inson edi. Uning aziz xotirasi shogirdlar qalbida mangu qoladi.
Ma'lumot uchun: Janoza namozi bugun peshin namozidan so'ng 13:30 da o'qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥🟦🟦🟦🟦
💬Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda iqtidorli va jamoat ishlarida faol tarixchi yoshlarni qо‘llab-quvvatlash,
о‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida
2024-yil 11–19-avgust kunlari О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “Yosh tarixchilarning 3-yozgi о‘qishlari” о‘tkazilmoqda.
📶Qatnashchilar tanlov asosida saralab olinadi.
✅Qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bо‘lgan talabalar, magistrlar, doktorantlar,
о‘qituvchilar, olimlar @yoshlarittifoqi_uzswlu manziliga murojaat qilib roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
⏺Eslatma: Oʻqish davridagi barcha harajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
🇺🇿🇺🇿OʻzDJTU Yoshlari
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
5-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkentdagi Xitoy madaniyat markazi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Xitoy milliy madaniyat markazi direktori Yan Yaoyun, markaz direktorining Pedagogika boʻyicha oʻrinbosari Chjan Linlin, Madaniyat boʻyicha oʻrinbosari Chjan Yuey, Oʻquv-uslubiy boʻlimi direktor yordamchisi Fen Lichjuan hamda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Sharqshunoslik fakulteti dekani D.Djurayev, Xitoy tili kafedrasi mudiri Sh.Xakimova ishtirok etdi.
🟩🟩🟩🟩
5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Tarjimonlik fakulteti dekani, dekan muovini va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Tarjimonlik fakulteti dekani tomonidan fakultetning 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etilib, talabalar kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabilar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, fakultetning yangi oʻquv yili uchun belgilab olgan reja va maqsadlari muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi
2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
3-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan qoʻshma taʼlim turlari o'quv dasturi boʻyicha Zoom platformasida muhokama boʻlib oʻtdi.
Yig'ilishda O'zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abduraxim Nasirov, QTD boʻlimi boshligʻi N.Abdullayeva, Rus filologiyasi fakulteti dekani A.Raxmonov va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev ishtirok etdi.
Dasturda ikki tomonlama talaba va o'qituvchilar almashinuvi, chet tillari oʻqituvchilarining malakasini oshirish, grantlar ajratish, ilmiy sohani rivojlantirish boʻyicha hamkorliklar o'rnatish masalalari ilgari surildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
3-iyul kuni Toshkent shahridagi Webster universitetida mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tantanali ochilish marosimidan keyin tashkilotchilar tomonidan uch tomonlama shartnoma tafsilotlari qisqacha tushuntirib oʻtildi.
Shundan soʻng, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakili —Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abduraxim Nasirov ishtirokida Webster universiteti bilan ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
Shartnomaga muvofiq, universitetlar magistratura va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida talabalarni o'qitish boyicha kelishuvga erishildi.
Tadbir yakunida Webster universiteti boʻylab press-tur tashkil etildi. Mehmonlar universitetning ichki tuzilmalari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, media studiyasi, sport zallari bilan yaqindan tanishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi
Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:
➖yo‘nalish;
➖oliy ta’lim muassasasi nomi;
➖manzil;
➖sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
P/S: Imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar beriladi.
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
“Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
Mazkur Qonun bilan davlat mulkini ijaraga berish tartibiga rioya etmaganlik, bo‘sh turgan davlat mulkidan samarali foydalanish bo‘yicha choralar ko‘rmaganlik, shuningdek, davlat mulkini ijaraga olgan tadbirkorlik subyektlarining va boshqa shaxslarning huquqlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Ushbu Qonunlar davlat mulkidan samarali foydalanilishini, ijaraga oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, mazkur Qonun 215/8 modda bilan to‘ldirildi. Unga muvofiq, davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto‘g‘ri ko‘rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, Qonunda 245-moddaning 1-qismi 215/7 raqamidan keyin 215/8 raqami bilan to‘ldirilgan.
Batafsil: https://lex.uz/docs/6974743
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
1-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yangi o‘quv yili dasturi bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, dekanlar, dekan muovinlari va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Dastur davomida yangi o‘quv yilida universitet oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar, kiritilishi kutilayotgan yangiliklar, yangi hamkorliklar, ta’lim tizimidagi imkoniyatlar, universitetda talabalarga yaratilgan sharoit kabi masalalar, shuningdek, oldindagi qabul jarayonlari muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣1️⃣1️⃣
“Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, Sport kafedrasi va universitet Yoshlar ittifoqi masʼulligida futbol musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqani universitet rektori Ilxomjon Madaminovich ochib berdi va jamoalarga omad tilab, Yoshlar kuni bilan barcha yoshlarni samimiy qutladi.
Musobaqada, umumiy hisobda, 8 ta jamoadan vakillar ishtirok etib, o'zaro toʻp surishdi. Natijalar quyidagicha:
🥇o‘rin — “Paxtakor” jamoasi
🥈o‘rin — “Xuroson” jamoasi
🥉o‘rin — “Shirin” jamoasi.
🟥🟥🟥
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti Zarinabonu Madrahimova kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida Zarinabonu yurtboshimizga ta’lim sohasida yaratib berilgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Prezident Zarinabonudek ilg‘or o‘zbek yoshlari bilan faxrlanishini aytib, unga kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini tiladi.
Universitetimiz magistranti erishib kelayotgan yutuqlar oliygohimiz uchun ham katta faxr-iftixordir!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
28-iyun kuni Ingliz tili 3-fakultetida o‘quv yil yakuni bo‘yicha kafedra hisoboti majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi mudiri Po‘lat Omonov hamda Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi mudiri Sumanbar Atqamova tomonidan tashkil etilgan yig'ilish davomida kafedralarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy hamda ma'naviy ishlar bo‘yicha erishilgan yutuq va kamchiliklar sarhisob qilindi.
▶️O‘quv-uslubiy sohada talabalarimizning til bilish sertifikatlari miqdori sezilarli oshgani;
▶️Ilmiy sohada fakultetimizda ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar ishga qabul qilish orqali ilmiy salohiyat oshib borayotganligi va kafedralar kesimida bir qancha professor-o‘qituvchilar himoyasi kutilyotganligi;
▶️Xalqaro hamkorlik sohasida 8-iyun kuni jahon reytingida ilk ikki yuztalik o‘rinni egallab turgan AQShning Arizona universitetidan “Rus/O‘zbek tili va Evroosiyo tadqiqotlari” loyihasi doirasidagi yozgi lager dasturi;
▶️O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti rahbar-xodimlari va professor o‘qituvchilari joriy yilning 24 iyun kuni Buyuk Britaniya Portsmut universitetida mutaxassislik bo‘yicha malaka oshirish kursi loyihasi;
▶️Ma'naviy ishlarda talabalarimizning “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovlarida, “Teatr studiyalari” ko‘rik tanlovlarida yuqori marralarga erishganliklari tahsinga sazovor.