🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
2-dekabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti mas’ullari "Jonajon maktabimga kitob sovg'a qilaman" loyihasi doirasida Shayhontohur tumanidagi 102-IDUM maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida boshlang'ich sinf o'quvchilariga Oʻzbekisyon davlat jahon tillari universiteti nomidan turli qiziqarli va bolajonlar uchun zarur bilimlarga boy kitoblar sovg’a qilindi.
Maktab oʻquvchilari kitoblar uchun minnatdorchilik bildirishdi va a’lo baholarga oʻqib, kelajakda ilmi yetuk inson boʻlib yetishishga va’da berishdi.
📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" shiori ostida o‘tkazilgan "Eng yaxshi rasmlar" tanlovi natijalari e’lon qilindi.
Natijalarga ko‘ra g‘oliblik quyidagi7 talabalarga nasib qildi:
🥇1-o‘rin Agilya Ahmedjanova Roman-german fakulteti
🥈2-o‘rin Azizova Dilfuza Rus filologiyasi
🥈2-o‘rin Abduqodirova Dilobar Tarjimonlik fakulteti
🥉3-o‘rin Suyunova Maftuna Sharq filologiyasi fakulteti
🥉3-o‘rin Izzatullayev Elyorbek Tarjimonlik fakulteti
Eslatib o‘tamiz, Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.
#bizkorrupsiyagaqarshimiz #tanlov
"Korrupsiyaga qarshi kurashish" tadbirlari doirasida tashkil etilgan videoroliklar tanlovi uchun Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi Ezoza Azizova tomonidan tayyorlangan videorolik.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🪐Joriy yilning 29-noyabr kuni FVV Akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi bo‘yicha podpokovnik Maloxat Badalbayeva rahbarligida 2,3,4,5-batalyonlardan kursantlar ishtirokida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish va hududlar xavfsizligini ta’minlash” mavzusida ingliz tilida ko‘rgazmali integrallashgan seminar tashkil qilindi.
📌Seminarda Ingliz tili uchinchi fakulteti rahbariyati, tyutorlar, talabalar, FVV Akademiyasi va Maxsus vazifalar boʻyicha respublika qutqaruv markazi xodimlari hamda kursantlar ishtirok etdi.
📌Seminar davomida kursantlar tomonidan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish va boshqa favqulodda holatlarni oldini olish boʻyicha zarur amaliy mashgʻulotlar koʻrsatib berildi.
🟦🟦
30-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 38-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Jabborova Hamida Akramovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Mediamakonda radionutqning lingvokulturologik aspekti (nutqiy etiketlar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Mazkur ilmiy dasturda oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
ZOOM onlayn dasturi orqali ham bo‘lib o‘tgan seminar davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga asosli javob berib o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasining o'qituvchisi Tursunova Feruza tomonidan “Ilmiy maqolalar yozishni o’rgatish” nomli to’garakda talabalarni ilmiy- tadqiqot ishlariga jalb qilish va ko’nikmalarini shakllantirish bo'yicha " Maqola hamda tezisga qo’yiladigan talablar " mavzusida fakultetining 4-bosqich talabalaridan iborat guruhda to'garak mashg'uloti olib borildi.
To'garakda talabalarga:
🟢 Tezisga qo’yiladigan talablar;
🟢 Ilmiy maqolaga qo’yiladigan talablar;
🟢 Ilmiy maqola tuzilishi vaturlari;
🟢 Annotatsiya,kalit so’zlar, asosiy qism, metodlar, xulosa va foydalaniladigan adabiyotlarni tanlash va ularni tizimlashtirish bo’yicha talabalarga to’liq ma’lumot berildi va talabalar tomonidan berilgan savollar muhokama qilindi.
To’garak juda qizg'in bahs munozaraga boy o'tdi. Ma'lumot o'rnida, to’garak mashg’ulotlari har shanba kuni o'tkaziladi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaning nufuzli OTMlaridan biri bo‘lgan Kampinas universitetidagi rasmiy uchrashuvlaridan so‘ng Kampinas universiteti Falsafa, chet tillar va adabiyoti fakulteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida safarni davom ettirmoqda.
O‘zDJTU rektori, professor I.Tuxtasinov hamkasblarga O‘zbekiston oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Hukumat tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor haqida batafsil ma’lumot berdi.
29-noyabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakultetida "IT sohasiga yoʻl: Hackathon" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultetning TITA-2316 guruh talabasi Sevinch Xolmirzayeva va TNEM-2312 guruh talabasi Asem Rustamova hamda Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo’yicha dekan muovini tomonidan IT sohasi bo'yicha keng qamrovli ma'lumot taqdim etildi.
Spikerlar IT sohasining bugungi kundagi ahamiyati, bu sohani oʻrganishda mavjud ta’lim muassasalari va ish topish imkoniyatlari haqida nutq soʻzladi.
Tadbir davomida sayt yaratish jarayonlari va start-up loyihalari haqida ham to'liq ma'lumot berilib, mutaxassislar o'z tajribalari bilan bo'lishdilar. Ular talabalar uchun start-up tashkil qilishda duch kelinishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar va ularni yengish yo'llarini ham tushuntirishdi.
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
19-noyabr kuni 2-TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olib, “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusi doirasida davra suhbati olib borildi.
OʻzDJTU Ingliz tili amaliy fanlar № 3 kafedrasi ustozlari hamda 2-TTJ pedagoglari D.Afzalxonova , F.Gazibayeva bilan birgalikda olib borilgan dastur davomida taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashning kompleks yondashuvini, jumladan, qonunlarni hayotga tatbiq etish, taʼlim muassasalari faoliyatining shaffofligini oshirish, talabalar va taʼlim xodimlarini korrupsiya oqibatlari haqida oʻqitish va taʼlim muassasalari faoliyatini monitoring qilishga har bir shaxs mas’ul ekanligi tushuntirish kabi masalalar muhokama qilindi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
27-noyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Achilova boshchilida “Kitobxon ona - kitobxon bola” deb nomlangan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet tyutorlari va talaba qizlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad talaba qizlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
📍Roman-german filologiyasi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tabiiy fanlar kafedrasi, Universitet mehnat muhofazasi bo‘limi, Uchtepa tuman FVB bilan hamkorlikda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha yong‘in xavfsizlik oyiligi doirasida Ingliz tili 2-fakultetida talabalar bilan profilaktik uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.
Bunda talabalar Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va yong‘in xavfsizligi xodimlaridan yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanishga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Shuningdek, yong‘inga qarshi choralar ko‘rish hamda uning xavfsizlik normalari tasvirlangan videorolik namoyish etildi. Bundan tashqari yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan talabalarga xavfsizlik choralarini qanday ko‘rish mumkinligi amaliy ko‘rinishda ham ko‘rsatildi.
Ushbu uchrashuv talabalar xavfsizligi manfaati uchun foydali davra suhbati bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida
#korrupsiyaga_qarshimiz
🔷 Sharq filologiyasi fakultetida "Biz Korrupsiyaga qarshimiz" nomli rasmlar tanlovining fakultet bosqichi boʻlib oʻtdi
👉 Batafsil...
🌐 Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusi doirasida tashkil etilgan tadbirda universitet rahbariyati vakillari hamda Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov tadbirni ochib berib, talabalarga har qanday korrupsion holatlarga qarshi turish va ularning oldini olish borasida fikr mulohazalarini bildirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Talabalar am mazkur mavzuda o‘z fikrlarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
#milliy_liboslar_haftaligi
🇺🇿 Milliy madaniyatimizni targ’ib qilish va yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarashga undash maqsadida OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida Milliy liboslar haftaligiga start berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 30-noyabr kuni talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Axborot-resurs markazi qoshida "Yosh kitobxonlar" klubi hamda barcha fakultet koordinatorlari va talabalar hamkorligida "Birga kitob o‘qiymiz" loyihasi o‘tkazildi.
Mazkur loyiha doirasida Daniel Kizning "Eljernonga atalgan gullar" asari muhokamasi o‘tkazildi. Haqiqiy kitobxonlar jangiga aylangan loyiha doirasida "Muqova o‘yini" va "Kahoot" o‘yinlari orqali kitobxonlar bilimlarini sinovdan o‘tkazildi.
Yakunda loyihada faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#xushxabar
🇺🇿 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy tili yoʻnalishida tahsil olayotgan, eng faol talabalar uchun taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
🔹 Ushbu tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Sharq filologiyasi fakultetining 40 nafar talabasiga stipendiya taqdim etildi.
✔️ Ushbu stipendiyalar talabalarning ta’lim olish jarayonini qo’llab-quvvatlash va ularning ilmiy izlanishlarini rag’batlantirish maqsadida berildi.
🔹 Tadbir davomida elchixona vakillari talabalarga muvaffaqiyatlar tilab, ikki davlat o’rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladilar.
✔️ Shuningdek, OʻzDJTU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov bu stipendiyalar talabalarga bilimlarini yanada chuqurlashtirish va kelajakda muvaffaqiyatli mutaxassis bo’lishlariga yordam berishini taʼkidlab oʻtdi va elchixona vakillariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdi.
Telegram | Instagram | Facebook
🟦🟦🟦
29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida doktorant va izlanuvchilar uchun “Chet tili o‘qitish metodikasi ixtisosligida ilmiy tadqiqotlar olib borish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, Xorijiy filologiya kafedrasi dotsenti, Ruzmetova Dildora Adilbekovna tomonidan olib borilgan seminarda hozirgi kunda metodika sohasida mavjud dolzarb masalalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun e’tiborga olish zarur bo‘lgan jihatlar va muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘ngida tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachidan foydali taklif va tavsiyalar olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦
30-noyabr O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengashda Yodgorova Zebo G‘afforovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Media olamning lisoniy manzarasida modallik kategoriyasining milliy o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi bo‘yicha muhokama qilindi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi tomonidan Braziliyaning Kampinas universitetida tashkil etilgan "O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi" mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirdan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#uchrashuv #gender_tenglik
25-noyabr — "Butunjahon xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakultetida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” loyihasi doirasida "Oila va gender tenglik" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Ergasheva Guli Ismoilovna tomonidan gender tengligi va ushbu tushuncha jamiyat munosabatlari talqinida yoritib berildi.
Dastur davomida G.Ergasheva o‘zining fikr-mulohazalari, maslahatlari va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, bu esa o‘z navbatida ishtirokchilarga katta motivatsiya berdi.
Shuningdek, psixolog — Shahzoda Boʻstonova hamda fakultet talabalari tomonidan maxsus tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida safarni davom ettirmoqda.
O‘zDJTU rektori, professor I. Tuxtasinov hamkasblarga O‘zbekiston oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Hukumat tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor haqida batafsil ma’lumot berdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Braziliyaning jahon reytinglarida yuqori o‘rin egallagan Sao Paulo universitetiga tashrifi haqida ma’lumot bergan edik.
Rasmiy tadbirda ishtirok etgan har ikkala oliygoh rektorlari kelgusida ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlar, xususan, ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish, shuningdek, almashinuv dasturlari ishtirokchilari uchun munosib sharoitlarni yaratib berish, O‘zDJTUda portugal tili o‘rgatilishini yo‘lga qo‘yish, bu borada Sao Paulo universiteti bilan hamkorlik qilish borasida kelishib olindi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
29-noyabr OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi FFRA 2201-02-03-guruh talabalari
TO'MA fanidan fan o'qituvchisi dotsent G.Raximova tomonidan taqsimlab berilgan hamda 2024-2025 o'quv yili 1-semestri uchun rejalashtirilgan
Ta’kidlash joiz, talabalar tomonidan TO'MA fanidan yillik mavzularni qamrab olgan video va audio, PPT va mashqlar, test va quizlardan iborat mobil ilovani ham mustaqil ravishda yaratilgan bo'lib, u ham mustaqil ish sifatida taqdim etildi. Bundan tashqari, fransuzcha kuy-qo'shiqlar ijrosi darsni ko'tarinki kayfiyatda o'tishiga xizmat qildi.
🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" va yoshlarni yot g‘oyalarning ta'siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida "Jaholatga qarshi marifat bilan kurashish - davr talabi" mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.
Davra suhbatida Uchtepa tumani IIOFMB TQKB tezkor vakili S. Boljonov, katta leytenant D. Oʻrozqulova, universitet profilaktika inspektori M. Nurmuhamedova, dekan muovinlari, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Achilova, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
🟦🟦🟦
25-noyabr kuni Tabiiy fanlar kafedrasi professori X. Xushvaktova va Ingliz tili birinchi fakulteti 3-kurs talabalari bilan ekologik muammolarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni zamonaviy ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari haqida xabardor qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishda shaxsiy mas’uliyatni oshirishdan iborat edi.
Tadbir interaktiv savol-javoblar va jamoaviy muhokamalar shaklida o‘tdi, bu esa talabalarning ekologik savodxonligi va faolligini oshirishga hissa qo‘shdi. Tadbir yakunida talabalar o‘z ekologik madaniyatini yanada yuksaltirishga intilishini bildirdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili o'qitish metodikasi №3 kafedrasida "Lingua Spectrum" jurnali tashkil qilindi.
Mazkur jurnalda darajaga ega boʻlgan professor-o'qituvchilar hech qanday to'lovsiz maqola nashr etish imkoniyatiga ega.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Jurnal yanvar oyidan OAK tasarrufiga kiritilishi rejalashtirilmoqda.
🔗 Jurnal havolasi: https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/issue/view/2
🔰 29-noyabr sanasida Xalqaro jurnalistika fakulteti huzuridagi 10.00.09-Jurnalistika ixtisosligi bo'yicha navbatdagi Ixtisoslik kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Kun tartibida 2 nafar tayanch doktorant va 15 nafar mustaqil izlanuvchilarning mavzulari muhokama qilindi.
🟦🟦🟦
29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovidan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt