1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi tomonidan Braziliyaning Kampinas universitetida tashkil etilgan "O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi" mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirdan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#uchrashuv #gender_tenglik
25-noyabr — "Butunjahon xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakultetida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” loyihasi doirasida "Oila va gender tenglik" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Ergasheva Guli Ismoilovna tomonidan gender tengligi va ushbu tushuncha jamiyat munosabatlari talqinida yoritib berildi.
Dastur davomida G.Ergasheva o‘zining fikr-mulohazalari, maslahatlari va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, bu esa o‘z navbatida ishtirokchilarga katta motivatsiya berdi.
Shuningdek, psixolog — Shahzoda Boʻstonova hamda fakultet talabalari tomonidan maxsus tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida safarni davom ettirmoqda.
O‘zDJTU rektori, professor I. Tuxtasinov hamkasblarga O‘zbekiston oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Hukumat tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor haqida batafsil ma’lumot berdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Braziliyaning jahon reytinglarida yuqori o‘rin egallagan Sao Paulo universitetiga tashrifi haqida ma’lumot bergan edik.
Rasmiy tadbirda ishtirok etgan har ikkala oliygoh rektorlari kelgusida ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlar, xususan, ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini tashkil qilish, shuningdek, almashinuv dasturlari ishtirokchilari uchun munosib sharoitlarni yaratib berish, O‘zDJTUda portugal tili o‘rgatilishini yo‘lga qo‘yish, bu borada Sao Paulo universiteti bilan hamkorlik qilish borasida kelishib olindi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
29-noyabr OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi FFRA 2201-02-03-guruh talabalari
TO'MA fanidan fan o'qituvchisi dotsent G.Raximova tomonidan taqsimlab berilgan hamda 2024-2025 o'quv yili 1-semestri uchun rejalashtirilgan
Ta’kidlash joiz, talabalar tomonidan TO'MA fanidan yillik mavzularni qamrab olgan video va audio, PPT va mashqlar, test va quizlardan iborat mobil ilovani ham mustaqil ravishda yaratilgan bo'lib, u ham mustaqil ish sifatida taqdim etildi. Bundan tashqari, fransuzcha kuy-qo'shiqlar ijrosi darsni ko'tarinki kayfiyatda o'tishiga xizmat qildi.
🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" va yoshlarni yot g‘oyalarning ta'siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida "Jaholatga qarshi marifat bilan kurashish - davr talabi" mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.
Davra suhbatida Uchtepa tumani IIOFMB TQKB tezkor vakili S. Boljonov, katta leytenant D. Oʻrozqulova, universitet profilaktika inspektori M. Nurmuhamedova, dekan muovinlari, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Achilova, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
🟦🟦🟦
25-noyabr kuni Tabiiy fanlar kafedrasi professori X. Xushvaktova va Ingliz tili birinchi fakulteti 3-kurs talabalari bilan ekologik muammolarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni zamonaviy ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va yechimlari haqida xabardor qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishda shaxsiy mas’uliyatni oshirishdan iborat edi.
Tadbir interaktiv savol-javoblar va jamoaviy muhokamalar shaklida o‘tdi, bu esa talabalarning ekologik savodxonligi va faolligini oshirishga hissa qo‘shdi. Tadbir yakunida talabalar o‘z ekologik madaniyatini yanada yuksaltirishga intilishini bildirdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili o'qitish metodikasi №3 kafedrasida "Lingua Spectrum" jurnali tashkil qilindi.
Mazkur jurnalda darajaga ega boʻlgan professor-o'qituvchilar hech qanday to'lovsiz maqola nashr etish imkoniyatiga ega.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Jurnal yanvar oyidan OAK tasarrufiga kiritilishi rejalashtirilmoqda.
🔗 Jurnal havolasi: https://lingvospektr.uz/index.php/lngsp/issue/view/2
🔰 29-noyabr sanasida Xalqaro jurnalistika fakulteti huzuridagi 10.00.09-Jurnalistika ixtisosligi bo'yicha navbatdagi Ixtisoslik kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Kun tartibida 2 nafar tayanch doktorant va 15 nafar mustaqil izlanuvchilarning mavzulari muhokama qilindi.
🟦🟦🟦
29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovidan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
29 noyabr kuni Yaponiyaning raqamli universiteti (JDU) vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari: Yaponiyaning raqamli universiteti (JDU) ta’sischisi va vasiylik kengashi raisi Xaga Xiroaki, Vasiylik kengashi a’zosi Kondo Toshiko, Toshkentdagi JDU rektori Mamajonov Ravshanbek, Toshkentdagi JDUning Ta’limni loyihalashtirish masalalari bo‘yicha prorektor Munojot Umarovalar tashrif buyurdi.
Mehmonlar, O‘zDJTU tomondan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nosirov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M.Xamroyev, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Abidjanov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi V.Amanov va Huquqshunos F.Mirzayevlar tomonidan kutib olindi.
Uchrashuvda, JDU bilan O‘zDJTU o‘rtasida 2020-yilda imzolangan shartnoma bandlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, 2024-yildagi 5 nafar JDU bitiruvchilariga diplomlar topshirish tadbirini o‘tkazish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
29-noyabr kuni Fransiyaning Shimoliy Sorbonna Universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga binoan Sorbonna Universiteti doktoranti Catherine Ayme O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor A.Nosirov va Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximovalar bilan uchrashuv bilan boshlanib, Shimoliy Sorbonna Universiteti va O‘zDJTU o‘rtasida Erasmus+ dasturi bo‘yicha o‘qituvchi, doktorant va talabalar almashinuvi loyihasini yakuniga yetkazish, Sorbonna universitetidan malakali professor-o‘qituvchilarning O‘zDJTUga kelib dars va master-klasslar o‘tishi, ushbu universitet talabalarini ham O‘zDJTUga kelib bir semestr davomida tahsil olishlarini tashkil etish imkoniyatlari haqida har ikki tomon muzokaralar olib borishdi hamda har ikki tomonning rahbariyati va mas’ullari tomonidan ma’qullangach yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishildi.
Shundan so‘ng Catherine Ayme Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
29-noyabr kuni O‘zDJTUda “To‘maris izdoshlari” nomli milliy tanlovining fakultetlararo universitet bosqichi o‘tkazildi.
Unda talaba-qizlar 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. “Tanishtiruv”, “Vatanparvarlikni madh etuvchi sahna ko‘rinishi yoki videorolik”, 100 metrga yugurish bo‘yicha “Sport bilan hamnafasmiz”, “Erkin mavzu” shular jumlasidandir.
Tanlov shartlari bo‘yicha talaba-qizlarning chiqishlari Uchtepa tuman Ichki ishlar xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim mas’ullari tomonidan baholab borildi.
Tanlov yakunida ishtirokchilar 3 ta faxrli o‘rin hamda nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.
1-o‘ringa Tarjimonlik fakulteti;
2-o‘ringa Ingliz tili 3-fakulteti,
3-o‘ringa Rus filologiyasi fakulteti;
talaba qizlari sazovor bo‘ldi.
🔰 O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Siyosatchilar va diplomatlar bilan video intervyu tashkil etish” mavzusida Webster universiteti professori Abbas Muzaffar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.
✨ Dars davomida talabalarga muvaffaqiyatli intervyu olish sirlari, suhbatga tayyorlanish shartlari, to’g’ri savol berish mahorati bo’yicha nazariy ma’lumotlar berildi. Intervyu jarayonida kamera va chiroqlarni to’g’ri o’rnatish, tasvir maydonchasini to’g’ri tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar ko’rsatilib talabalar bevosita ishtirok etdi.
Mahorat darslari Siyosiy fanlar kafedrasi professorlari Sanjar Saidov hamda Nivedita Das Kundu tashabbusi bilan o’tkazildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Joriy yilning 23-27 noyabr kunlari OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.Xoliyarov, kafedra katta o’qituvchisi N.Ro’ziboyeva va o’qituvchi I.Xoliqulovdan iborat delegatsiya Hindistonning Banasthali universitetiga tashrifi davomida ikki oliy o’quv yurtlari o’rtasida memorandum imzolanishi va xalqaro ilmiy anjumanda ishtirokidan tashqari universitet kutubxonalari, o’quv zallariga ham tashrif buyurildi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaning nufuzli OTMlaridan biri bo‘lgan Kampinas universitetidagi rasmiy uchrashuvlaridan so‘ng Kampinas universiteti Falsafa, chet tillar va adabiyoti fakulteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida safarni davom ettirmoqda.
O‘zDJTU rektori, professor I.Tuxtasinov hamkasblarga O‘zbekiston oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Hukumat tomonidan ushbu sohaga qaratilayotgan e’tibor haqida batafsil ma’lumot berdi.
29-noyabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakultetida "IT sohasiga yoʻl: Hackathon" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultetning TITA-2316 guruh talabasi Sevinch Xolmirzayeva va TNEM-2312 guruh talabasi Asem Rustamova hamda Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo’yicha dekan muovini tomonidan IT sohasi bo'yicha keng qamrovli ma'lumot taqdim etildi.
Spikerlar IT sohasining bugungi kundagi ahamiyati, bu sohani oʻrganishda mavjud ta’lim muassasalari va ish topish imkoniyatlari haqida nutq soʻzladi.
Tadbir davomida sayt yaratish jarayonlari va start-up loyihalari haqida ham to'liq ma'lumot berilib, mutaxassislar o'z tajribalari bilan bo'lishdilar. Ular talabalar uchun start-up tashkil qilishda duch kelinishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar va ularni yengish yo'llarini ham tushuntirishdi.
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
19-noyabr kuni 2-TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olib, “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusi doirasida davra suhbati olib borildi.
OʻzDJTU Ingliz tili amaliy fanlar № 3 kafedrasi ustozlari hamda 2-TTJ pedagoglari D.Afzalxonova , F.Gazibayeva bilan birgalikda olib borilgan dastur davomida taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashning kompleks yondashuvini, jumladan, qonunlarni hayotga tatbiq etish, taʼlim muassasalari faoliyatining shaffofligini oshirish, talabalar va taʼlim xodimlarini korrupsiya oqibatlari haqida oʻqitish va taʼlim muassasalari faoliyatini monitoring qilishga har bir shaxs mas’ul ekanligi tushuntirish kabi masalalar muhokama qilindi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
27-noyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Achilova boshchilida “Kitobxon ona - kitobxon bola” deb nomlangan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet tyutorlari va talaba qizlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad talaba qizlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
📍Roman-german filologiyasi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tabiiy fanlar kafedrasi, Universitet mehnat muhofazasi bo‘limi, Uchtepa tuman FVB bilan hamkorlikda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha yong‘in xavfsizlik oyiligi doirasida Ingliz tili 2-fakultetida talabalar bilan profilaktik uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.
Bunda talabalar Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va yong‘in xavfsizligi xodimlaridan yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanishga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Shuningdek, yong‘inga qarshi choralar ko‘rish hamda uning xavfsizlik normalari tasvirlangan videorolik namoyish etildi. Bundan tashqari yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan talabalarga xavfsizlik choralarini qanday ko‘rish mumkinligi amaliy ko‘rinishda ham ko‘rsatildi.
Ushbu uchrashuv talabalar xavfsizligi manfaati uchun foydali davra suhbati bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida
#korrupsiyaga_qarshimiz
🔷 Sharq filologiyasi fakultetida "Biz Korrupsiyaga qarshimiz" nomli rasmlar tanlovining fakultet bosqichi boʻlib oʻtdi
👉 Batafsil...
🌐 Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusi doirasida tashkil etilgan tadbirda universitet rahbariyati vakillari hamda Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.
Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov tadbirni ochib berib, talabalarga har qanday korrupsion holatlarga qarshi turish va ularning oldini olish borasida fikr mulohazalarini bildirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Talabalar am mazkur mavzuda o‘z fikrlarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🟦🟦🟦
29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” shiori ostida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovni yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor V.Sadiyev, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yusupov hamda Korrupsiyaga qarshi kurash kompleks-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov ochib berib, mahorat bilan tasvirlangan rasmlarni baholadi va o‘z fikrlarini bildirdi.
Mazkur tanlovda 50 dan ortiq talabalar fakultet bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, universitet bosqichida ishtirok etishdi. Har bir talaba o‘zining korrupsiyaga qarshi tasvirlangan rasmini tariflar bilan izohladi.
Ma’lumot uchun: G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 3 million so‘m;
2-o‘rin — 2 million so‘m;
3-o‘rin — 1 million so‘m.
Natijalar tez orada e’lon qilinadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣
В Москве пройдёт 1ый Евразийский конгресс лингвистов
9-13 декабря 2024 года в Москве планируется крупное международное научное событие – Первый Евразийский конгресс лингвистов с участием более 500 ученых из 40 стран мира, включая участников, представляющих УзГУМЯ.
🟦🟦🟦
29-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, Xorijiy filologiya kafedrasi dotsenti, Ruzmetova Dildora Adilbekovna tomonidan doktorant va izlanuvchilar uchun “Chet tili o‘qitish metodikasi ixtisosligida ilmiy tadqiqotlar olib borish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda hozirgi kunda metodika sohasida mavjud dolzarb masalalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun e’tiborga olish zarur bo‘lgan jihatlar va muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘ngida tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachidan foydali taklif va tavsiyalar olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💟💟💟
🇺🇿 Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti
🇺🇿 "25-noyabr jahon hamjamiyatining xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurshish kuni " munosabati bilan
🇺🇿 Psixolog - Shahzoda Boʻstonova hamda fakultet talabalari:
🔻Zikriyoxonposhsha Sobirova
⏺Ruhshona Nuriddinova
⏺Bexruzbek Rasuljonov
⏺Azamat Joʻraxonov
⏺Bobur Farmonov
🟦🟦🟦
27-noyabrda OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi oʻqituvchisi M.F.Polvonova tomonidan ilmiy seminar oʻtkazildi.
Dastur davomida “Pul birliklarini ifodalovchi komponentli frazeologizmlarning semantik va pragmatik xususiyatlari” mavzusida muhokama tashkil etildi.
Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi mudiri M.O.Abduvahobova soʻzga chiqib, frazeologiya ingliz tilida keng tarqalgan lingvistik hodisa ekani, uni har tomonlama chuqur egallashning ham nazariy, ham amaliy ahamiyati kattaligi, chunki bu hodisani yaxshi egallash frazeologik iboralarni toʻgʻri va joyida ishlatish koʻnikmalarini shakllantirishi toʻgʻrisida ma’lumot berdi.
🟦🟦🟦
22-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi Madina Shakirova tomonidan “Ingliz va oʻzbek idiomatik birliklarida rang konseptining ifodasi” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Talaba yoshlar va kafedra professor-oʻqituvchilari uchun oʻtkazilgan ilmiy seminarda mavzu yuzasidan kerakli tushunchalar berildi.
Dastur davomida talabalar uchun maxsus vazifalar tayyorlanib, ular a’lo darajada bajarildi. Shuningdek, seminar mohiyati doirasida ilmiy ish mavzusi va dolzarbligi yuzasidan ilmiy faoliyati yuqori va tajribaga ega ustozlar o’z fikrlarini bildirib o’tishdi.