uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 29-oktabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari “London Post” onlayn nashri bosh muharriri Raza Sayid bilan o’tkazilgan uchrashuvda ishtirok etdi.

Uchrashuvni fakultet dekani Amrullo Karimov ochib berib “London Post” nashrining Yangi O’zbekistonga bag’ishlangan maxsus sonida Xalqaro jurnalistika fakulteti haqida chop etilgan maqola to’g’risida gapirib o’tdi.


✨ Razo Sayid “London post” online nashrida yoshlarga maqola chop ettirish, nashriyotda amaliyot o’tashlariga sharoit yaratib berish bo’yicha bir qator takliflar kiritdi. Talabalar tomonidan xalqaro jurnalistning o’zbek jurnalistikasi to’g’risidagi fikrlari so’raldi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 Ijarada yashovchi talabalar holidan habar olish, ular istiqomat qilayotgan hudud (uy, xonadon) shart-sharoitlarini o’rganish maqsadida navbatdagi tashriflar amalga oshirildi.

📅 Jumladan, joriy yilning 29-oktabr sanasida Ingliz tili 3-fakulteti Xotin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi X.Nishonova hamda tyutorlari Sh.Hamdamova. N.Xodjaeva.N.Ilyasova
o'ziga biriktirilgan talabalarining xonadonlariga yashash sharoitidan xabar olish maqsadida bordi.


✅ O'rganish  davomida talabalar bilan ijara xonadonlarining shart-sharoitlari bilan tanishildi. Shuningdek, talabalarga elektr va gazdan dazmoldan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ozodalikga rioya qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligi haqida maslahat va tavsiyalar berildi.


@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

29-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 29-son majlisi bo‘lib o‘tdi.


Ilmiy kengash majlisi kun tartibidan Murodova Muqadas Ikromovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Satiraning XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos o‘rni (Ivlin Vo va Abdulla Qahhor ijodi misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘rin oldi.


🖥 BATAFSIL | ПОДРОБНЕЕ | MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Jamoamizga amaliyotchi sifatida qo‘shiling!

Uzbekistan Student Press (USP) - 8ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan loyiha. Ta’lim sohasidagi barcha yangiliklar uchun yagona platforma bo‘lib, ta’lim siyosatidagi yangilanishlardan tortib talabalar hayoti va tadbirlargacha bo‘lgan hamma ma’lumotlarni qamrab oladi.

Ariza topshirish:
https://forms.gle/QFKXvwg3pfLgQXic8

Ariza topshirish muddati: 1-noyabr, soat 23:59 gacha.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar jurnalistika sohasidagi mutaxassislar bilan o’tkaziladigan trening sessiyasida qatnashish imkoniyati va sertifikatlarni qo’lga kiritishadi!

#loyiha #amaliyotchi #yoshlar_ittifoqi #imkoniyat

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#saylov

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylov jarayonlari boshlandi.

Ma'lumot uchun, ovoz berish 8:00 dan 20:00 gacha o'tkaziladi. Ovoz berish uchun saylov uchastkasiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz so'raladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

26-oktabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Ispaniyaning Rey Juan Carlos universiteti professori, Paneuropa tashkiloti bosh kotibi Carlos Uriarte Sánchez tashrif buyurdi.


O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov bilan muloqotdan so’ng, professor Sanchez Roman-German filologiyasi fakulteti Ispan tili guruhi professor-o’qituvchilari hamda talabalari uchun Ispaniya parlamenti, ushbu mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik to’g’risida ma’ruza o’qidi.


Tadbirda O’quv ishlari bo’yicha prorektor M.Chutpulatov, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i X.Yuldashev va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Shuningdek, mehmon universitet professori sifatida Ispaniyaning yetakchi universitetlari, mazkur davlatda tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv so’nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan ta’lim olish va malaka oshirish masalalariga oid savollar bo’yicha munozara bo’lib o’tdi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Carlos Uriarte Sánchez Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Jogʼorqi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo’lib turibdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#ilmiy_seminar

Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi v.b. dotsenti, (PhD) Xolmurodova Madina Alisher qizi tomonidan "Ilmiy maqola yozish tartibi" mavzusiga oid ilmiy-seminar o'tkazildi.

Ilmiy-seminar davomida quyidagi masalalar koʻrildi:    
✅ Ilmiy maqola qanday yozilishi;
✅ Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari;
✅ Ilmiy maqolalarning tuzilishi va maqolani yozish qoidalari;
✅ Ilmiy jurnallarning maqolalarga qoʻygan talablari;
✅“Young researchers” toʻgaragi toʻg’risida ma’lumotlar.

Mazkur seminar talabalarni ilmga va tilga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Talabalarda katta qiziqish bildirilganligi sababli, Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi qoshida M.A.Xolmurodova rahbarligi ostida "Young researchers" to'g'aragi 2024-2025 o'quv yili uchun tashkil etildi.

Ilmiy-seminarda fakultet professor-o'qituvchilari va talabalar qatnashishdi, hamda ilmiy-seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olish, ular istiqomat qilayotgan hudud (uy, xonadon) shart-sharoitlarini o’rganish maqsadida navbatdagi tashrif amalga oshirildi.


25-oktabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Xotin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi X.Nishonova hamda tyutorlari Sh.Hamdamova, N.Xodjaeva, N.Ilyasova o'ziga biriktirilgan talabalarning xonadonlarida boʻldi.


Tashrif davomida talabalar bilan ijara xonadonlarining shart-sharoitlari o’rganildi. Shuningdek, talabalarga elektr va gazdan, dazmoldan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ozodalikka rioya qilish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish haqida maslahat va tavsiyalar berildi.

📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🗓 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetida 25-oktyabr sanasida talabalar ishtirokida Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida “Pochebut so‘rovnomasi” o‘tkaziladi.


➡️ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-ingliz tili fakulteti talabalari ishtirokida Psixodiognostika ishlari amalga oshirildi. Joriy yilning 25 - oktyabr sanasida universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda tyutorlari S.Muxitdinova L.Rahmatullayeva hamkorligida psixologik ishlar tashkil etildi. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadi “Pochebut so‘rovnomasi” o‘tkaziladi. So‘rovna natijalari tahlil qilindi.

⚡️Talabalar ishtirokida proyektiv metodikalar o‘tkazilib, psixolog tomonidan tahlil jarayoni ham amalga oshirildi.

#fakultet_yangiliklari
@third_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

25-oktabr kuni Avstriyaning O‘zbekiston uchun mas’ul  favqulodda va muxtor elchisi (rezidensiyasi Vena shahrida joylashgan) Mattias Radostich O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Muloqot chog‘ida rektor I. Tuxtasinov  universitet faoliyati, nemis tilini o‘qitish holati hamda Avstriya oliy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilgan hamkorlik haqida batafsil ma’lumot berib, mazkur davlat OTMlari bilan aloqalarni tiklash, Avstriyaning OAD tashkilotidan mutaxassislarni O‘zDJTUga yuborish, Vena universiteti talabalarini amaliyot o‘tash uchun universitetimizga yuborish, ARM va Avstriya kutubxonasini darslik va o‘quv adabiyotlari bilan boyitish, hammualliflikda o‘quv qo‘llanmalari yaratish, Avstriya yozuvchi va shoirlari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, birgalikda xalqaro konferensiya, simpozium va treninglar tashkil qilish masalalarida elchi sifatida ko‘maklashishini so‘radi.

Elchi janoblari barcha takliflar bo‘yicha imkon qadar yordam berishga tayyorligi, shuningdek Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida nemis tili o‘qituvchilari uchun 2025-yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga O‘zDJTU vakillariniyam jalb etish hamda Avstriya OTMlari bilan hamkorlik qilishda ko‘maklashishi mumkinligini ma’lum qildi.

Mattias Radostich O‘zDJTU infratuzilmasi bilan tanishdi hamda universitetda amalga oshirilgan ishlar, talaba va o‘qituvchilar uchun munosib sharoitlar yaratib berilganligini e’tirof etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

22-24 oktabr kunlari “Ichanqal’a” mehmonxonasida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan Toshkent shahrida talabalar va OAV vakillari uchun “Dinlararo bag‘rikenglik masalalari: O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida yoritish” mavzusida mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

Tadbirda O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti talabalari ishtirok etishyapti.


Seminarning asosiy maqsadi, jamiyatdagi bag‘rikenglik masalalarini muhokama qilish, diniy bag‘rikenglik mavzusini to‘g‘ri tushunish, ommaviy axborot vositalarida hamda badiiy ijodda, normalarni hisobga olgan holda to‘g‘ri yoritish va namoyish etish hisoblanadi.

Yoshlarda turli dinlar madaniyati asoslari va dunyoviy davlatda dunyoviy axloq va inson huquqlari, ko‘p konfessiyali mamlakatda ma’naviy va dunyoviy an’ana va qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi tamoyillarni shakllantirish g‘oyalari ko‘rib chiqildi.


@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

25-oktabr kuni OʻzDJTUda Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo’lib o’tdi.


Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig’ilishida tadqiqotchi Xudoyberdiyeva Nigora Sherali qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayorlangan «Alisher Navoiy gʻazallarining fransuzcha tarjimasida koloronimlarning stilistik konvergensiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.


Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi.

Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi doirasida tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylandi.

Ushbu an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 25-oktyabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Milliy liboslar kuni" aksiyasi doirasida tadbir oʻtkazilmoqda.

Shu munosabati bilan, O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva hamda fakultet tyutorlari E.Vohidova,Sh.Tursunova boshchiligida oliygohimiz talabalari haftalikda faol ishtirok etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili 1 fakulteti dekani A.G.Yuldashev Hindistonning xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha tayanch OTM "The English and Foreign Languages University" da “PROFICIENCY CUM PROFESSIONAL DEVELOPMENT COURSE FOR TEACHERS OF ENGLISH” malaka oshirish kursi davomida universitet Vice Chancellor (rektor) Prof. Haribandi Lakshmi hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Prof. Ajit Kumar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda imzolanishi kutilayotgan hamkorlik memorandumida asosiy e’tibor ikki tayanch OTM olimlari tomonidan hammualliflikda maqola chop etish, o‘quv adabiyotlarini yaratish, xalqaro anjumanlar tashkil etish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaratildi va kelishib olindi.


Shuningdek, A.Yuldashev Kolumbiya va Mo‘g‘uliston davlatlarining ingliz tili o‘qituvchilariga “The cognitive aspect of the English word formation” mavzusida ma’ruza o‘tdi. Ma’ruza ushbu universitet olimasi Prof. G Suvarna Lakishmi tomonidan kuzatib borildi.

🖥 BATAFSIL | ПОДРОБНЕЕ | MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦

24- oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig‘ilishida tadqiqotchi Xudjayeva Rano Mutalibjanovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “O‘zbek va ingliz tillarida ominimlarning qo‘llanishi hamda tarjimasi tahlili" mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.

Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

28-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi  va pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovna tomonidan doktorantlar va barcha mustaqil izlanuvchilar uchun “Tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonida axborot tizimlaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari”  mavzusida master klass tashkil etildi.


🖥 BATAFSIL | ПОДРОБНЕЕ | MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Buyuk sarkardalar “Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi” nomli kitobini nashrga tayyorlashda yaqindan yordam bergani hamda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik o‘rnatganligi uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Madaminovichga Tashakkurnoma taqdim etdi.


Shuningdek,  Mudofaa vazirligi tomonidan mazkur Tashakkurnoma O‘zDJTUning Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Abdullayeva Feruza Suyunovna hamda O‘zDJTU Ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yusupov Otabek Yakubovichga ham taqdim etildi.

28-oktabr kuni O‘zDJTUda mazkur Tashakkurnomalar, nashrdan chiqarilgan yangi kitob hamda esdalik sovg‘alari vazirlik mas’ul shaxsi tomonidan o‘z egalariga topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#talabaga_yengillik

⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#talabaga_yengillik

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Buyuk Britaniyaning “EM INSIGHT” jurnalining yangi O’zbekistonga bag’ishlangan maxsus sonida O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti haqida maqola chop etildi.

Unda fakultetdagi o’quv-uslubiy, ilmiy faoliyat, xalqaro ishlar hamda boshqa masalalar haqida so’z yuritilgan.


https://eminsight.co.uk/2024/10/24/shaping-global-communicators-the-legacy-and-impact-of-the-faculty-of-international-journalism-at-uzswlu/

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#profilaktik_tadbir

5-talabalar turar joyida favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova, fakultet tyutorlari N.Mannonova, N.O‘roqboyeva, M.Abdullayeva, Sh.Bo‘stonova, Z.Nazarovalar boshchiligida tashkil etildi.

Profilaktik tadbirda Yong‘in xavfsizligi xodimi Behruz Jalolov tomonidan talabalar o‘rtasida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, talabalarning yong‘in xavfsizligi masalalarida bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ularda shaxsiy xavfsizlik madaniyatini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ



✔️PRE-IELTS va IELTS
✔️CEFR
✔️English for kids (7-14 yoshdagi BOLALAR uchun ingliz tili)
✔️General English (0 dan ingliz tili)
o'quv kurslarida o'qimoqchi bo'lganlar diqqatiga!

📣 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida ushbu kurslarga tayyorlovchi o'quv markazi ochildi.

⚡️ Narxlar hamyonbop, darslar esa sifatli.

📌 Hafta davomida boʻlib oʻtadigan 3 kunlik dars mashg'ulotlarida darajasi C1 bo'lgan salohiyatli, tajribali ustozlarimiz siz bilan shug'ullanishadi. Bundan tashqari, shanba-yakshanba kunlari barcha o'quvchilar uchun BEPUL va interaktiv "Speaking club", "Movie club", "Reading club" va turli "challenge"lar tashkil qilinadi.


💡Qimmatli vaqtingizni va pulingizni yo'lga isrof qilmagan holda bilim olishga sarflang!

📍 Barcha mashg'ulotlar O'zDJTU bosh binosida olib boriladi.

📞 Murojaat uchun:
+998882472003
+998917725154
(👆 Har kuni 08:00 dan 18:00 gacha bogʻlanishingiz mumkin)

✈️ t.me/Mr_abdukad1rov

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

26-oktabr kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetiga Hindistonning “India Blooms” axborot portali asoschisi va rahbari Sujoy Dhar tashrif buyurdi.


Mehmonni fakultet dekani Amrullo Karimov boshchiligidagi fakultet mas’ullari kutib oldi.

Sujoy Dhar xalqaro jurnalistika amaliyoti boʻyicha Hindiston va AQSH universitetlarida mahorat darslari olib borgan tajribali mutaxassis hisoblanadi. Fakultet professor-oʻqituvchilari va talabalar bilan boʻlib oʻtgan suhbatda mehmon-ekspert bilan zamonaviy medialarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.


Yakunda tomonlar oʻrtasida kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️24-oktabr kuni Xalqaro jurnalistika fakultetida “Kitob mening doʻstim” mavzusida tanlov boʻlib oʻtdi.

📌 Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etildi.

✔️ Quyidagi talabalar bellashuvda faol ishtirok etib, tanlovning universitet bosqichiga yo‘llanmani qoʻlga kiritdi:

🥇o’rin — Ne’matov Javoxir Ozod o’gli;
🥈o’rin — Ilashova Hilola Bahrom qizi;
🥉o’rin — O‘mirboyeva Sevinch Xurshid qizi.


🏆 Gʻolib talabalarni tabriklaymiz hamda ularga keyingi bosqichlarda ham omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun O'zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan "Fanlararo tadqiqotlar kontekstida pedagogika va psixologiya" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi.

Dasturni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori f.f.f.d., dotsent Yusupov Otabek Yakubovich ochib berdi. Konferensiya davomida 10 dan ortiq professor o'qituvchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning har biri ma'lum belgilangan mavzu yuzasidan mulohazalar taqdim etdi.

Anjuman ishtirokchilari mazkur seminardan o'zlari uchun zarur bilim-ko'nikmalarni o'zlashtirishdi, o'zaro fikr almashildi, shuningdek har bir ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan fikr-mulohazalarga munosabatlar bildirildi.

📍Ingliz tili birinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️25-oktabr kuni O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A.Karimov boshchiligida bir guruh talabalar hamda tyutorlar poytaxtimiz Toshkent shahrida joylashgan 22-Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.

🎗Tashrifdan maqsad mehribonlik uyida istiqomat qilayotgan tarbiyalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga quvonch baxsh etishdan iborat bo'ldi.

🔰Tarbiyalanuvchilar o'rtasida tarqatish uchun o'yinchoqlar, kitoblar va boshqa turli xil esdalik sovg'alarini tayyorlandi. Esdalik sovg‘alari tarqatilishi boshlanishi bilan Mehribonlik uyidagi muhit hayajon va quvonchga to‘ldi.

🔅Dekan va talabalar bolalar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlari, orzu va intilishlari haqida so‘radilar. Suhbatlar kulgi va quvnoq kayfiyatga boy bo‘lib, tashrif buyuruvchilar va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida mehr va samimiylik hissini yuzaga keltirdi.

@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

24-oktabr kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov Toshkentdagi Koreya Ta’lim markazi direktori Li Young Ung, Maktablar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘I Kim Uk Dong va Ta’lim bo‘yicha almashinuv bo‘limi boshlig‘i Dinora Madaminovani qabul qildi.

Rektor I. Tuxtasinov universitet faoliyati, koreys tili o‘qitilishi hamda Koreyaning KOICA tashkiloti va OTMlari bilan hamkorlik haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ta’lim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish, mahalliy o‘qituvchilar malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, koreys tilini bilish darajasi bo‘yicha TOPIC testlarini tashkil qilish kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni koreys tomoniga yetkazdi.

Li Young Ung Koreya ta’lim markazi har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidlab, O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida koreys tili o‘qituvchilariga ehtiyoj kattaligini aytib, ushbu masalada yordam berishni so‘radi.

Tomonlar o‘zaro kelishgan holda ushbu tashabbuslarni amalga oshirish masalasida kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: Koreya ta’lim markazi universitetga koreys tili bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash hamda koreys tili o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarini tashkil qilish bo‘yicha 3 ta loyihani moliyalashtirgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

25-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi Azizov Davron Abduganiyevich hamda fakultet dekanlari, dekan muovinlari, tyutorlar va universitet talabalari bilan “Ogohlik va hushyorlik - davr talabi!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va uning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuv Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilib, tasdiqlangan jadval asosida bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvga Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik Azizov Davron Abduganiyevich talabalarga huquqbuzarliklarni oldini olish va uning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashish, giyohvandlik, dini aqidaparastlik, terrorizm va uning ayanchli oqibatlari haqida so‘zlab o‘tdi. Bunday vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalarini berib o‘tdi.

Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar berdi hamda vaziyatga munosabatlarini bildirdi. Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, universitet rahbariyati vakillari va universitet profilaktika inspektori ham ishtirok etdi. Ishtirokchilar ham mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.


Tadbir davomida talaba-yoshlarning ogohlik va hushyorlikka chaqirish maqsadida kibertahdidlar, giyohvandlik vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan diniy ekstremistik mazmundagi kontentlarning salbiy oqibatlari aks etgan videoroliklar namoyish etildi.

Uchrashuv so‘ngida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik Davron Azizovga minnatdorchilik bildirdi hamda universitet rahbariyati tomonidan taqdim etilgan tashakkurnomani topshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi universitet brendini namoyon etishda davom etmoqda


“Al-aziz” o'quv markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani o'quvchilari maktab pedagoglar hamrohligida tashrif buyurishdi.


Dastur avvalida mehmonlarni OʻzDJTU Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari kutib oldi.

🖥 BATAFSIL | ПОДРОБНЕЕ | MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 👨‍🏫👩‍🏫

24- oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo’lib o’tdi.

Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig’ilishida tadqiqotchi Yodgorov Shamsiddin Abduraimovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “Qur’oni karimning inglizcha tarjimalarida adekvatlik muammosining lingvokognitiv tadqiqi" mavzusidagi filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.

Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал