uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

9-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasida tadbir bo'lib o'tdi.

Kafedra o’qituvchilari Sh.Alimardanova, A.Galyamova, N.Madaminova tomonidan OʻzDJTU Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimida tashkil etilgan dastur “Yosh filolog” lingvistik to‘garagi faoliyati doirasida “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari (sotsiolingvistika)” mavzusida olib borildi.


Tadbir davomida 3-4 bosqich talabalariga sotsiolingvistika fan sifatida va uning asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi taqdimot namoyish etildi, shuningdek, ushbu yo‘nalish bilan bog‘liq tilshunoslik tushuncha va atamalari ochib berildi. To‘garak yig‘ilishi do‘stona ruhda o‘tdi va barcha uchun samarali bo'ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligiga bag’ishlab OʻzDJTU talabalari o'rtasida “Qonunda qo’riqlangan qo’rgonim — ona tilim" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazilishini e'lon qilamiz.

📢 Tanlovda har bir fakultetdan 3 nafardan talaba ishtirok etadi.

🗂️ Mazkur insho erkin mavzuda bo’lib, u sodda reja asosida yoziladi. Asosiy e’tibor fikrlar insho mavzusiga mosligi, badiiyligi, savodxonlik darajasiga qaratiladi.

Tanlov 15-oktabr kuni soat 10:00 da Ingliz tili 2-fakulteti binosining ma’ruzalar zalida bo’lib o’tadi.

⭐️ Tanlov g'oliblari bayram tadbirida universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.

💬 Tanlovda ishtirok etishni istagan ishtirokchilar fakultet Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan movinlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

8-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mohamed Irki, ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nabila Gazli xonim va tarjimon Madamin Razzoqov tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad – o‘zaro tanishuv va hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘ldi.

O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov universitet faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, universitetda arab tilining o‘qitilishi hamda xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Mohamed Irki janoblari Jazoir va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinayotganligini ma’lum qildi. Suhbat chog‘ida tomonlar ta’lim sohasida hamkorlikni amalga oshirish mumkinligini e’tirof etdilar.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar universitet infratuzilmasi bilan tanishdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Ijara xonadonlarini o'rganish ishlari davom etmoqda

🔰 Bugun O'ZDJTU psixologi Z. Xayrullayeva va Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori S. Boboqulovalar tashabbusi bilan ijara xonadonlarida talabalarning ijtimoiy psixologik holati bilan tanishdi.

✅️ Tanishuv davomida psixolog Z.Hayrullayeva talabalar dildan suhbat qurib, ularning muammolariga yechim topish ularni qanday yengib o'tish to'g'risida maslahatlar berdi.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Tarjimonlik fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan psixodiagnostik, psixoprofilaktik ishlar tashkil  etildi.

7-oktyabr kuni universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda tyutor N.Masadikovalar ishtirokida "Temperament tip", "Xarakter xususiyati" nomli metodikalar sinaluvchilardan o‘tkazilib natijalari tahlil qilindi.

Metodikalarni o‘tkazishdan maqsad talabalar ijtimoiy-psixologik bazasini yaratish va ulardagi adaptatsiya bilan bog‘liq holatlar yuzasidan kerakli psixologik tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi. Psixodiagnostika ishlarini keng miqyosida amalga oshirish  davom etadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Kutganmidingiz? Tayyormisiz?

🚀 Siz ijodkor, izlanuvchan, stipendiantlikka qiziqayotgan va stipendiantlar kabi moddiy va ma’naviy yutuqlarga erishishni xohlagan, ijodiy ishingizni xalqaro darajaga olib chiqishga harakat qilgan, xalqaro grantlarni yutib olishni maqsad qilgan talabamisiz? Unda bu loyiha aynan siz uchun🫵

Iqtidorli talabalarimizni “Orol ijodkorlari” loyihasiga taklif qilamiz. Sizlar bu loyiha orqali maqola yozishni oʻrganishingiz, ijodiy ishlarni 0 dan boshlab rivojlantirishingiz va aynan xalqaro darajadagi yutuqlarga erishib stipendiant boʻlishingiz mumkin. Nafaqat sizga ijodiy bilimlar balki darslar davomida qoʻshimcha qiziqarli darslarni ham qoʻlga kiritishingiz va sovgʻalarni yutib olishingiz mumkin.

Sizdan faqatgina @orolijodkorlari profilga murojat qilishingiz soʻraladi. Qabul qilinsangiz marra sizniki 🫵

#iqtidorli_yoshlar #ijodkorlar #stipendiantlar

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

❗️ESLATMA! “Cyberkent 2.0” xakerlar musobaqasiga bir kun qoldi

Kiberxavfsizlik markazi tomonidan 2024-yilning 9–10-oktyabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dastur doirasida sohaga doir o‘quv seminar, “Cyberkent 2.0” va “ROBBO-FEST” respublika musobaqalari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu tadbir va musobaqalarga oliy taʼlim muassasalarining IT va kiberxavfsizlik yo‘nalishida tahsil oluvchi hamda havaskor talabalar taklif etiladi.

G‘oliblar pul mukofotlari, sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

📱 Batafsil...
📍Manzil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨 #Talabaga_qulaylik

7-oktabr kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari universitet talabalari istiqomat qilayotgan ijara uylarda bo‘lib, ularning shart-sharoiti bilan yaqindan tanishdi.


Talabalar bilan suhbatlashib ularning ehtiyoji va shart-sharoiti o‘rgandi. Ularning qanday muammolarga duch kelayotganligi bilan qiziqdi.

Shuningdek, tashrif davomida rektor tomonidan talabalarga elektr, gaz va dazmoldan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ozodalikka hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligi haqida maslahat va tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligiga bag’ishlab OʻzDJTU talabalari o'rtasida “Qonunda qo’riqlangan qo’rgonim — ona tilim" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazilishini e'lon qilamiz.

📢 Tanlovda har bir fakultetdan 3 nafardan talaba ishtirok etadi.

🗂️ Mazkur insho erkin mavzuda bo’lib, u sodda reja asosida yoziladi. Asosiy e’tibor fikrlar insho mavzusiga mosligi, badiiyligi, savodxonlik darajasiga qaratiladi.

Tanlov 15-oktabr kuni soat 10:00 da Ingliz tili 2-fakulteti binosining ma’ruzalar zalida bo’lib o’tadi.

⭐️ Tanlov g'oliblari bayram tadbirida universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.

💬 Tanlovda ishtirok etishni istagan ishtirokchilar fakultet Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan movinlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

7-oktabr kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy- me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov yurtimiz tinchligi barqarorligini ta’minlashda mavzuga alohida e`tibor qaratish zarur ekanligini ta`kidlab o'tdi.

Mavzu doirasida, Toshkent shahar IIB axborot texnologiyasi sohasifagi jinoyatchilikka qarshi kurashish Uchtepa tumani bo'limi boshlig'i Dilshod Abdurahmonov, professor o'qituvchilar Davron Muitov hamda Muhammadjon Islomovlar ma'ruza qildi.


Suhbat davomida, diniy ekstremizmga qarshi kurashish va yoshlarni diniy ekstremizmga qoʻshilishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirilib videoroliklar taqdim etildi. Talabalar taqiqlangan maʼruzalarni eshitmaslik, tarqatmaslik boʻyicha ogohlantirildi. Tadbirda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🏛🏆 O'zDJTU ning PUBG MOBILE bo'yicha asosiy tarkibiga qo'shilish uchun ajoyib imkoniyat!

🎮👤PUBG MOBILE uchun asosiy jamoamizga qo‘shilish uchun 1 nafar tajribali o‘yinchini qidirmoqdamiz. Agar siz o'yinga ishtiyoqli bo'lsangiz, yuqori saviyada raqobatlashishga tayyor bo'lsangiz va universitetimizni namoyish qilishni istasangiz, bu sizning imkoniyatingiz!

📝 Talablar:

• O'yin haqida kuchli tushuncha

• Jamoa bilan tezkor xabar almashish

• Turnir va amaliy o'yinlarda faol bo'lish

📩 Qanday murojaat qilish kerak: O'yindagi yutuqlaringiz va nima uchun o'zingizni jamoaga munosib bo'laman deb o'ylayotganingizni bizga to'g'ridan to'g'ri xabar orqali yuboring. Tez orada test sinovlari o'tkaziladi!

🫱🏻‍🫲🏻 Keling, raqobatbardosh e-Sportda keyingi qadamni birgalikda tashlaylik! 🔥

🎯 @glockpm | 💬 @sphrglock

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣📢🎉🎓

5-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hovlisida "Milliy Party" loyihasi doirasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Konsert O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Uchtepa tuman hokimligi, universitetimiz hamkorligida tashkil etildi.

Konsertga kino va teatr aktyorlari, bloger va vaynerlar, mashhur estrada yulduzlari tashrif buyurdi.

Konsert davomida  estrada yulduzlari ommabop bo‘lgan qo‘shiqlarni kuyladi, aktyorlar tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etildi. Shu bilan birgalikda Lazer shou, ommaviy raqs bo‘lib o‘tdi.

Ko‘taringki ruhda o’tgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida talabalar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan targʼibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.


OʻzDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori M.Allamova oʻziga biriktirilgan talabalar bilan birgalikda Adiblar hiyoboniga tashrif buyurdi.

Mazkur tashriflar davomida talabalar Adiblar xiyobonida haykallari oʻrnatilgan adiblarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi hamda xiyobon markazida qad koʼtargan Zulfiyaxonim monumentiga guldasta qoʻyishdi. Talabalar Zulfiyaxonim hayoti va ijodini hamda adibning she’rlaridan oʻqib, bahru-baytlar oʻtkazishdi.
Shuningdek, Aleksander Faynberg hayoti va ijodini o'rganish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.


📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#ttj_profilaktik_tadbir

4-oktabr kuni 5-TTJda "Psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari va Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirga IIB giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari taklif etildi.

Shuningdek, tadbirda fakultet dekani G.Ergasheva va xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova, Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi o‘qituvchilari I.Saydamatov, Sh.Sa’dullayeva, tyutorlar N.Mannonova, Sh.Bo‘stonovalar ishtirok etishdi.
Dastur davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlikga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarga qarshi qo‘llaniladigan qonuniy choralar haqida qisqacha tushunchalar berib o‘tildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Fakt 24 | 2025-yilda Italiyadan O‘zbekistonga sinkotron laboratoriyasi olib kelinadi
#4oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Fanlararo tadqiqotlar kontekstida pedagogika va psixologiya” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!


Anjuman 2024-yil 25-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Konferensiyaning ilmiy dasturi quyidagi asosiy yо‘nalishlarni о‘z ichiga oladi:
Zamonaviy pedagogik va psixologik ta’limning dolzarb muammolari;
Pedagogik, psixologik va filologik ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat;
Ta’limda pedagogik faoliyatni psixologik modellashtirish;
Ta’limni raqamlashtirishning pedagogik va psixologik asoslari;
Psixolingvistikaning dolzarb masalalari.

✉️ Anjumanda ishtirok etish uchun mualliflar 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar mirzaxmedovsherzod1@gmail.com elektron pochtasi hamda @sherzod10000 havola orqali Telegram-guruhiga maqolalarni yuborishi mumkin.

📞 Murojaat uchun:+998935756567

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

CEFR va ATTANAL alarabiy o'quv kurslariga
QABUL BOSHLANDI !

1) A0 ➡️ A1 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’Z BOYLIGI
❗️Talablar: imtihonsiz qabul qilinadi.

2) A1 ➡️ A2 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatikadan umumiy xabari borlar uchun. Daraja testi orqali qabul qilinadi.

3) A2 ➡️ B1 (2 oy)
▪️SARF (Arabcha)
▫️NAHV (Arabcha)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatika o'rta darajadan yuqori bo'lishi shart. Daraja testi orqali qabul qilinadi

4) B1 ➡️ B2 (2 oy)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QISH
▪️MOCK TEST
▫️INSHO
▪️CEFR STRATEGIYALARI
❗️Talablar: grammatikadan umuman muammosi yo'qlar uchun.

5) B2 ➡️ C1 (3 oy)
▪️Test yechish va tahlil qilish
▫️Tinglash va o'qish mock testlar
▪️Og'zaki mock test
▫️Insho darslari
❗️Talablar: B2 sertifikatiga ega bo'lishi shart.

🗓 Darslar haftada 3 kun bo'ladi

🔹 To'lov miqdori oyiga: 399.000 so'm

Ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 +998957951935

📱Telegram guruh 👈

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

8-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida  Ingliz tili 1- fakulteti talabalari bilan Rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati xodimlari hamda 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, rahbariyati xodimlari o‘qitish tizimlari,  yaratilgan qulayliklar  haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzda tashkil etildi. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga munosib tarzda javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Rus filologiyasi fakultetida "Keksalar — oila chirog‘i" va "Ko‘zga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni" mavzularida nuroniy ustozlar va mehnat faxriylari bilan samimiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida nuroniy ustozlar va mehnat faxriylari yosh avlod bilan o‘z hayotiy tajribalari, o‘gitlari va qadriyatlari bilan bo‘lishishdi.

Oila qadri, ustoz va shogird munosabatlarining muhimligi, hayotda mustahkam poydevor qurish uchun tarbiyaning ahamiyati kabi mavzular muhokama qilindi.

Keksalar o‘z hayotiy yo‘llaridan o‘tgan hikoyalar orqali yoshlarga saboq berdi, ularga oila va jamiyatda hurmatli bo‘lish, fidoyilik bilan ishlashning fazilatlarini tushuntirdi.

Ushbu davra suhbati nafaqat samimiy uchrashuv bo‘ldi, balki avlodlar o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlikni yodga soldi va yoshlarga chin dildan o‘rnak bo‘ldi.

Tadbirda fakultet dekanining muovini X. Ahmedov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Nishonova, hamda tyutorlar I. Sadiyeva va M. Yuldashevalar ishtirok etishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

7-oktabr kuni Hindistonning Jaypur shahridagi Banasthali universiteti professori, xalqaro hamkorlik bo‘yicha mas’ul vakili doktor Manish Ranjan bilan O‘zDJU prorektori A.Nasirov hamda Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziboyeva Nazira bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida OTMlar orasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Asosan xorijiy tillarni o‘qitish (fransuz, ingliz, nemis), jurnalistika va boshqa istiqbolli sohalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Banasthali universiteti qoshida o‘zbek tilini targ‘ib qilishga qaratilgan markaz tashkil etish va talabalarga o‘zbek tilini o‘qitish taklifi bildirildi. Qolaversa, ikki OTM professor-o‘qituvchilarining almashinuvi, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish va yoshlarga bir-birining madaniy va ma’rifiy boyliklarini kashf etish imkonini yaratish maqsadida talabalar almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.


Bundan tashqari Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziboyeva Nazira va doktor Ranjan hammuallifligida to‘rt tilda yozilgan “Incredible India, Incredible Festivals” nomli kitobining  taqdimoti tashrifning muhim voqealaridan biri bo‘ldi. Universitet xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Nosirov yaqin kelajakda yangi samarali hamkorliklar paydo bo‘lishiga umid bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

7-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida “Olima ayollarning ta’lim va fandagi yutuqlari” mavzusidagi muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Innovasion rivojlanish agentligi rahbari Sharof Rajabbayev ishtirok etdi.

Muloqot uchrashuvi davomida ilm-fandagi yutuqlari va innovasion faoliyatga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh olima ayollar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Jumladan, Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Guli Ismailovna Ergasheva o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, tashkilotchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. “IL – 662204405 raqamli “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish (xorijiy til misolida)” mavzusidagi innovasion loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma’ruza qildi.

Shuningdek, G.Ergasheva istiqboldagi 3ta loyihasi taqdimotini ham o‘tkazdi. Ushbu dolzarb mavzularga bag‘ishlangan loyihalarni amalga oshirish orqali ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish barobarida jamiyatdagi ba’zi ijtimoiy masalalarga yechim topishga imkon yaratiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨 #Talabaga_qulaylik

7-oktabr kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari universitet talabalari istiqomat qilayotgan ijara uylarda bo‘lib, ularning shart-sharoiti bilan yaqindan tanishish jarayonidan fotolavha.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

21-oktabr O'zbek tili bayramiga bag’ishlab universitet talabalari o'rtasida “Qonunda qo’riqlangan qo’rgonim — ona tilim" mavzusida eng yaxshi videoroliklar tanlovi o'tkazilishini e'lon qilamiz.

ℹ️ Videorolik davomiyligi 4 daqiqacha bo’lishi talab etiladi. Unda davlat tilining rivojlanishiga e’tibor, bu borada respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, tilimizning dunyo miqyosida mavqeyi,xorijiy mamlakatlarda uni o’rganishga bo’lgan qiziqishning oshayotganligi kabi masalalar o’z ifodasini topishi talab etiladi.

🖥 Asosiy e’tibor videorolikning shakliy tomoni(zamonaviy texnik vositalar yordamida tasvirga olinganligi,ovoz, musiqiy sayqal, turli effektlardan unumli foydalanganligi,ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoroliklardan ko’chirilmaganligi) va mazmuniga (mavzuning badiiy jihatdan yuqori saviyada to’laqonli ochilganligi, lavhalarning bir- biriga uyg’unligi, yaxlit kompozitsiyaga birlashganlik darajasi, yozma yoki og’zaki matnning har qanday xatolardan xoliligi) qaratiladi.


❗️ Belgilangan muddatdan kechikkan ishlar ko’rib chiqilmaydi.

⚡️ Tanlov g'oliblari bayram tadbirida universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi. Shu kuni 1-o’ringa munosib topilgan videorolik barchaga namoyish etiladi.

💬 Tanlovda ishtirok etishni ishtagan ishtirokchilar fakultet Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan movinlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#uchrashuv

7-oktabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Guli Ergasheva boshchiligida guruh sardorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv online hamda ofline tarzda olib borilib, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq ayrim masalalar muhokama qilindi. 

Fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini Bahrom Razzoqov guruh sardorlariga kredit modul tizimi va o‘quv jarayoniga tegishli boshqa me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv mobaynida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔔 Анонс товарищеского матча CS2 🎮🫱🏻‍🫲🏻

Мы рады объявить о товарищеском матче между основные команды Узбекского государственного университета мировых языков и DARK ZONE ESPORTS! 🌟

📆 Дата: 6 октября 2024 г.
🕒 Время: 15:00
🏆 Игра: Counter-Strike 2 (CS2)
⛳️ Локация: Dark Zone Premium

Это будет захватывающее соревнование, демонстрирующее мастерство и командную работу с обеих сторон. Обязательно следите за матчем и поддерживайте свою любимую команду! Посмотрим, какая сторона будет доминировать на поле боя! 🔥

Следите за обновлениями и пусть победит лучшая команда! 💪🏻

⚡️ @glockpm | 💬 @sphrglock

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣📢🎉🎓

5-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hovlisida bo’lib o’tgan "Milliy Party" loyihasi doirasida konsert dasturidan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

5-oktyabr kuni OʻzDJTU Xotin-qizlar kengashi mas’ullari tomonidan 6-TTJga tashrif uyushtirildi.


Dastur davomida OʻzDJTU Xotin-qizlar kengashi raisi N.Joʻrayeva va Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Achilova talaba qizlarga Xotin-qizlar kengashi, “Qizlarjon” klubi hamda odob-axloq qoidalari haqida ma’lumot taqdim etildi. Bundan tashqari, yotoqxona pedagogi Z.Ibadullayeva tomonidan qoʻshimcha maslahatlar berildi.


Tashrif soʻngida talaba qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga asosli javoblar olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔥 Hurmatli talaba-yoshlar!

📣 Sizlarni bugun, 5-oktyabr, soat 19:00 da “Milliy Party” loyihasi doirasida universitetimizda tashkil etilayotgan KONSERT DASTURIGA taklif etamiz!

🤩 Konsertda sizlarni:
kino va teatr aktyorlari;
— bloger va vaynerlar;
— mashxur estrada yulduzlarining chiqishlari;
— lazer shou va DJ lar ishtiroki;
— qiziqarli loyihalar va koʻngilochar boshqa dasturlar namoyishi kutmoqda.

Oʻtkazilish vaqti:
5-oktyabr, bugun, soat 19:00
📍 Oʻtkazilish joyi:
Universitet hovlisi (rektorat)

⚡️ Oʻtkazib yubormang!
Biz bilan birga bo'ling

#milliyparty #universitetda_konsert

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

3 – oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati hamkorligida O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi va Germaniya birligi kuni (nem. Tag der Deutschen Einheit) - milliy bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston OTMlarining nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi PowerPoint taqdimoti” tanlovi o‘tkazildi.


Tanlovda yurtimizning yetakchi universitetlari, JIDU, O‘zbekiston milliy universiteti, Nizomiy nomli TDPU, Chirchiq DPU hamda O‘zDJTU talabalari o‘zaro bellashdilar. Tadbir O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetining ma’naviyat markazida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni fakultet dekani H. Hakimov ochib berdi. H. Hakimov 16-17 sentyabr kunlaridagi Germaniya kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga ilk tashrifi ushbu tanlovning dolzarbligini yanada oshirganligini, O‘zbekiston – Germaniya o‘rtasida barcha sohalaridagi munosabatlarining buguni rivoji o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillariga asoslanganligini, strategik sheriklikni yanada muvaffaqiyatli rivojlantirishda “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati mustahkam poydevor bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.


So‘zga chiqqan “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyatining raisi Yu. Ismailov, Olaf Sholzning Markaziy Osiyoga, xususan O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifi ekanligini va bu tashrif chog‘ida Kansler Olaf Sholsga Germaniya mamlakatining yetakchi investitsiya, sanoat va savdo kompaniyalari vakillari hamrohlik qilganligi, O‘zbekiston-Germaniya sammitini ko‘p qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlanganligini, bu o‘z navbatida xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga, jamiyat O‘zbekiston OTM bilan, xususan O‘zDJTU bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Jamiyat raisi ushbu tanlovni o‘tkazishda o‘z yordamini ayamagan O‘zDJTU rahbariyatiga, shuningdek Germaniyaning Toshkent shahridagi elchixonasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tanlovga Germaniyaning Toshkent shahridagi elchixona xodimi Efa Shnayder, Germaniyalik mutaxassis Yohanna Mayer, hamda “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati yetakchi mutaxassisi Mohira Abdullaevalar hakamlik qildilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra go‘liblik quyidagi OTM talabalariga nasib qildi:
1-o‘rin-Chirchiq DPU;
2-o‘rin-O‘zDJTU;
3-o‘rin JIDU.


Tanlovda ishtirok etgan barcha jamoalar “O‘zbekiston–Germaniya” do‘stlik jamiyatining va Germaniyaning Toshkent shahridagi elchixonasining sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

4-oktabr kuni O‘zDJTUda “Ogoh bo‘ling, biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori  Valijon Sadiyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Hoshimov, universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosati darajasiga olib chiqilayotganligi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab o‘tdi. 

Shuningdek, universitetning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, uning talaba-yoshlar uchun salbiy oqibatlari hamda bu kabi holatlar to‘g‘risida oldindan xabar berish uchun ishonch telefon raqamlarining mavjudligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Xodimlar va professor-o‘qituvchilar orasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Mazkur tadbir kunning ikkinchi qismida universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy hududida joylashgan manzilida ham bo‘lib o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал