uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

30-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar tashkil etildi.


Unda Jabborova Hamida Akramovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi “Mediamakonda radionutqning lingvokulturologik aspekti (nutqiy etiketlar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ipmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.


Zoom onlayn platformasi orqali oʻtkazilgan ilmiy dastur davomida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida taqdimot namoyish etib, ilmiy seminar a’zolarining savollariga javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺0️⃣0️⃣0️⃣

29-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan yangi “University mall” markazining ochilish marosimidan videorolik.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2024-2025- o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Talabalarga keng imkoniyat va qulay sharoit yaratish maqsadida bugun universitet hududida yana bir majmua o‘z ishini boshladi.

29-avgust kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan yangi kompyuter xonasi eng so‘ngi qulayliklar va zamonaviy texnikalarga ega majmualardan biri bo‘ldi.

Binoning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi hamda binoni ochib berdi.

150 o‘ringa mo‘ljallangan inshootda endilikda talabalar xalqaro test sinovlarini topshirishlari va boshqa sinovlarda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Ochilish marosimida universitet rahbariyati vakillari, professor o‘qituvchilar ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan universitet logotipi tushirilgan ruchka, bloknot, kepka, futbolka va boshqa bir nechta mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Endilikda mazkur mahsulotlarni talabalar hamda istagi bor har bir kishi sotib olish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Mazkur mahsulotlar savdosi universitet hududida joylashgan, 29-avgust kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan “University mall” markazida yo‘lga qo‘yildi.

“University mall” markazi ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitetning rahbariyati vakillari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ular markazda savdoga qo‘yilgan mahsulotlar bilan tanishib, o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan esdalik buyumlarini xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

29-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 


Yig‘ilishi avvalida O‘zDJTU Kengashi raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinovning O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qaror, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati tasdig‘i to‘g‘risida axboroti tinglandi.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik to‘g‘risida, O‘zDJTU o‘quv ishlari bo‘yicha 2024/2025-o‘quv yili ish rejasi tasdig‘i to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.

Shuningdek,  yig‘ilishda universitet rahbariyati vakillari tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi”ning 2024/2025-o‘quv yili uchun ish rejasi to‘g‘risida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyining 2024/2025- o‘quv yili uchun ish rejasi tasdig‘i to‘g‘risida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan 2024/2025- o‘quv yili tadbirlar rejasi tasdig‘i to‘g‘risida, universitet Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limining 2024/2025 - o‘quv yili uchun ish rejasi tasdig‘i to‘g‘risida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limining 2024/2025 - o‘quv yili  ish rejasi tasdig‘i to‘g‘risida va boshqa qator masallar bo‘yicha axborotlar berib o‘tildi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

29-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi.


Mazkur ilmiy dasturda O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Unda Axmedova Nilufar Yaxiyayevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bojxona kursantlariga kasbga yo‘naltirilgan leksikani o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari (rus tili misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.


Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#super_kontrakt

2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседований соискателей независимых исследовательских работ по специальности 23.00.04 - Политические проблемы международных отношений, мирового и регионального развития: ПОДРОБНЕЕ
———
23.00.04-interview results of applicants for independent research in the specialty of International relations, political problems of world and regional development: MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей самостоятельной исследовательской работы по специальности 13.00.02 – Теория и методика обучения и воспитания: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 13.00.02 – Theory and methodology of education and training: MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей самостоятельных исследовательских работ по специальности 10.00.06 – Cравнительное литературоведение, сравнительное языкознание и переводоведение: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 10.00.06 – Comparative Literary Studies, Comparative Linguistics and Translation Studies: MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

“Men oʻqishga kirsam qayerda turaman?”

https://youtu.be/TQKmFguwXDk?si=IJlYkQKQmJOMv8EQ

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar hamda bu borada O‘zDJTUda amalga oshilayotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sadiyev Valijon Alijonovich ma’lumot berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦

27-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi o‘lib o‘tdi.


Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi kun tartibidan Bakirova Xilolaxon Botiraliyevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tili darslarida bo‘lajak muhandislarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish (energetika sohasi terminlari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi o‘rin oldi.

Zoom onlayn dasturi orqali bo‘lib o‘tgan ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻💻💻

27- avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Imtihon jarayonlarida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, barcha talabgorlarga omad tiladi. Imtihonlar universitet mas’ullaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiyasi tomonidan olib borildi va nazorat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 606-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, O‘zDJTUda 2024-2025 o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislik ta’limiga talabgorlar topshirgan yo‘nalishidan kelib chiqqan holda suhbat yoki test sinovlari shaklida imtihon topshirishdi.

O‘zDJTUda ta’lim olish istagini bildirgan talabgorlar 2024/2025 o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislik ta’limiga bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirganlar. Xususan,

✅ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (kunduzgi, kechki);

✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili (kunduzgi);

✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili (kechki);

✅ Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar (kunduzgi, sirtqi);

✅ Xalqaro jurnalistika (kunduzgi, sirtqi); 

✅ Siyosatshunoslik (kunduzgi, sirtqi); 

✅ Xalqaro munosabatlar (kunduzgi, sirtqi);

✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili, turk tili;

✅ Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tili, turk tili;

✅ Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili;  (kunduzgi, kechki);

✅Filologiya va tillarni o‘qitish: Nemis, ispan, koreys, yapon, xitoy tillari;

✅Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili.


 Qabul natijalari rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

26-avgust kuni O‘zDJTUda oliygoh rahbariyati vakillari ishtirokida ishlab chiqarish yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.


Universitet rektori, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari ishtirok etgan yig‘ilishda 2024-2025 yilgi o‘yuv yilining 9-sentyabrdan boshlanishi va talabalarni munosib kutib olish, 1-kurslar uchun uchun tanishuv jarayonlarini tashkil etish, universitet hududida selfi zonalar tashkil etish, talabalarni turar joylarga joylashtirish kabi qator masallar muhokama etildi.

Universitet rektori tomonidan olib borilgan tadbirda Kuzatuv kengashi hisobotlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 321-sonli buyrug‘i hamda texnik vazifalar va qabul jarayonlari tahlil etildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida talabalar va professor o‘qituvchilarga  qulay sharoit yaratish bo‘yicha takliflar tinglandi va amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024 yil 29 avgustda Kulolman spin-off ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5033-sonli qarorlarida mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik an’analarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, har bir oila, jamoa, idora va tashkilotlarda uni keng targ‘ib etish, xalq ustalarining mehnatini munosib rag‘batlantirish, aholining keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jalb etish orqali sifatli kulolchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsad qilib olingan.


Universitetda tashabbuskor talaba-yoshlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni rivojlantirish, iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab quvvatlash, startap loyihalarni amalga oshirishga shart - sharoitlar yaratish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limlari hamkorlikda  “Loyihalar tanlovi” tashkil etilgan edi.

Ma’lumot uchun: Loyihalar tanlovida g‘olib bo‘lgan “Kulolman” loyihasi rahbari Said  Ismoilov 5 avlod kuloli hisoblanadi.
Said  Ismoilov bugungi kunda hunarmandlar uyushmasi a’zosi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 29-avgust kuni yana bir markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Edu smart” binosi eng zamonaviy uskunalarga ega bo‘lgan studiya bo‘ldi.

Mazkur studiya endilikda onlayn darslar va masofaviy ta’lim darslari, professor o‘qituvchilarning darsliklarini yozib olish imkonini beradi.

Mazkur binoning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitetning rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, faxriy mehmonlar va talabalar ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦

Bugun, 29-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida madaniy obyektlar soni yana bittaga ko‘paydi.


75 yillik tarixga ega universitetning endilikda  o‘z muzeyi mavjud.

Universitetning sal kam bir asrlik tarixidan so‘zlovchi, eng katta yutug‘idan tortib, talabalar erishgan har bir marra, xalqaro yutuqlar, hamkorliklar va esdalik sovg‘alarni o‘zida jamlagan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti muzeyi bugun o‘z faoliyatini boshladi.

Universitetning 75 yilligi munosabati bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan mazkur muzey ochilishida Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mutaxassisi Zavqiddin Nasimov va boshqa mehmonlar, professor-o‘qituvchilar hamda bir qancha talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda mazkur muzeyga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 500 dona kitob sovg‘a qilinishi aytib o‘tildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

29-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 1-son yig‘ilishi davomida ilmiy unvon olgan xodimlarni tabriklash  marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Ingliz tili № 1 fakulteti professori v.b. Iriskulov Muxamadavas Tursunovichni  Professor ilmiy unvonini olganligi bilan, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi  dotsenti v.b. Muradkasimova Kamola Shuxratovnani Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Rus Filologiyaci fakulteti “Hozirgi zamon rus tili” kafedrasi dotsenti v.b. Saidjalalova Sayyora Mirsadikovnani  Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Ingliz tili № 2 fakulteti “Amaliy fanlar 2” kafedrasi mudiri, dotsent v.b. Mamatqulova Nilufar Fayzullaqulovnani  Dotsent ilmiy unvonini olganligi, Tarjimonlik fakulteti “Ingliz tili tarjima nazariyasi” dotsenti v.b. Abdullayeva Shoxida Norqulovnani  Dotsent ilmiy unvonini olganligi,             Sharq filologiyasi fakulteti “O‘zbek tili” kafedrasi dotsenti v.b. Fozilova Moxigul Farxodovnani  Dotsent ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan universitet jamoasi nomidan tabriklashdi.

Shu bilan birga universitetda tahsil olayotgan,  xalqaro va mahalliy tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir nechta talabalar universitet tomonidan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun: Talabalar o‘rtasida hamkorlik va almashinuvni rivojlantirish, , fransuz tili va madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida butun dunyo bo‘ylab frankofon alyanslari talabalari uchun tashkil etilgan "Défi Inter-Alliances 2024" tanlovining birinchi va ikkinchi bosqichlarda Roman-german filologiyasi fakulteti 2-bosqich FFRA-2203 gurux talabasi Pirnazarova Sevara Doniyor qizi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi bosqichda Sevara O‘rta Osiyo vakili sifatida ishtirok etib, Okeaniya davlatlari bilan kuch sinashdi va 1-o‘rinni egallab,  Parijga finalga yo‘llanma qo‘lga kiritdi,

 “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichida Xalqaro jurnalistika fakulteti, xalqaro jurnalistika yo‘nalishi 22-01 guruh talabasi Usmonov Otabek Muzaffar o‘g‘li g‘olib bo‘ldi. Respublika bosqichida loyihasi 120 million so‘m miqdorida moliyalashtirishga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

29-avgust kuni O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Malayziyaning Sultan Idris ta'lim universiteti (UPSI) delegatsiyasini qabul qildi.


Muloqot chog'ida tomonlar hamkorlik aloqalarining ko'lami va yo'nalishlarini kengaytirish, universitetda malay tili o'qitilishini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

UPSI Xalqaro hamkorlik va mobillik markazi direktori Ramli Ismail joriy yilning oktyabr oyida Malayziya Oliy ta'lim vaziri rahbarligidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari O'zbekistonga tashrif buyurishi hamda ta'lim, fan va madaniyat sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash ishlarini jadallashtirish borasida muzokaralar bo'lib o'tishini ma'lum qildi. Shuningdek, O'zbekistonda bo'lish davomida vazirning O'zDJTUga tashrifini tashkil qilishda amaliy yordam berishini so'radi.


Tomonlar kelgusidagi rejalar haqida o'zaro fikr almashdilar. Ilxomjon Madaminovich universitetimiz Malayziya OTMlari, xususan, UPSI bilan hamkorlikka doim ochiqligini ta'kidladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

29-avgust kuni OʻzDJTU da dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi oʻtkazildi.

Unda Yodgorova Zebo G`afforovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi “Media olamning lisoniy manzarasida modallik kategoriyasining milliy o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasining ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.


Zoom onlayn dasturi orqali bo‘lib o‘tgan ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#mandat #magistratura #qabul2024

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda


2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

23.00.03 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседований соискателей-независимых исследователей по специальности 23.00.03 – Политические институты, процессы и технологии: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 23.00.03 – Political institutions, processes and technologies: MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей самостоятельных исследовательских работ по специальности 10.00.09 – Журналистика: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty of 10.00.09 – Journalism: MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari adabiyoti ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning suhbat natijalari: BATAFSIL
———
Результаты собеседования соискателей независимых исследовательских работ по специальности 10.00.04 – Литература народов Европы, Америки и Австралии: ПОДРОБНЕЕ
———
Interview results of applicants for independent research in the specialty 10.00.04 – Literature of the peoples of Europe, America and Australia: MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Saytp

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

28-avgust kuni OʻzDJTU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash 20-son majlisi oʻtkazildi.

Mazkur ilmiy majlisda O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Ilmiy kengashda Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarga badiiy tarjimani o‘qitishning lingvistik va metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.


Jarayon davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦

27-avgust O‘zDJTUda navbatdagi dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.


Unda Alimardonova Malika Botir qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining yozuv malakalarini takomillashtirishda baholash xususiyatlari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminar muhokamasi onlayn va oflayn tarzida bo‘lib o‘tdi va mas’ul xodimlar, ilmiy rahbar va taqrizchilar ishtirok etdi.

Tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📢📢📢📢📢

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha 2025-yil uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 319-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qish uchun qabul quyidagi ixtisosliklar kesimida kvotalari tasdiqlandi.

Tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka hujjatlar 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha http://www.phd.mininnovation.uz (daraja.ilmiy.uz) yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.


ℹ️ Batafsil

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4️⃣4️⃣4️⃣

Birinchi bosqich talabalariga shartnoma berish 26-avgust (dushanba) kunidan boshlanadi.


Talaba kontrakt.edu.uz orqali oʻz toʻlov-kontrakti shartnomasini olishi hamda to'lovni amalga oshirishi mumkin.

Toʻlov-kontrakti shartnomasini olish hamda to'lovni amalga oshirish bo’yicha video qo’llanma bilan tanishing.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

5️⃣5️⃣5️⃣

2024-yil 26-avgust kuni joriy o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zDJTUda tahsil olish istagini bildirgan 96 nafar xorijiy fuqaro bilan onlayn suhbat tashkil etildi.


Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ochib berdi. shuningdek suhbat jarayonida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov ham ishtirok etib, talabgorlarni suhbatdan o‘tkazdi.

Suhbat jarayonida abituriyentlar rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ular Maxsus komissiya a’zolariga qobiliyatli va layoqatli ekanliklarini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал