0️⃣0️⃣0️⃣
⚖️👨💻👩💻💬
Prezidentimiz tashabbusi asosida mamlakatimiz boʻylab muvaffaqiyatli oʻtkazilgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni kitobxonlikka jalb etish, turli zararli gʻoyalardan asrashdek ezgu maqsadlarni koʻzlagani, yurtimiz yoshlari, keng jamoatchilikda oʻziga xos aks-sado bergani bilan ahamiyatli boʻldi.
0️⃣0️⃣0️⃣
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida milliy liboslar haftaligi.
Tarjimonlik fakultetida talaba-yoshlarning milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga bo’lgan hurmat-e’tiborini oshirish maqsadida qator targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, har oyning so’nggi haftasi “Milliy liboslar haftaligi” deb belgilangan.
👨💻👩💻🧠
29-may, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi N°2 kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida psixologik trening mashgʻulotlari tashkil qilindi.
Trening mashgʻulotlarini oʻtkazishdan maqsad Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari va xodimlaridagi psixologik zoʻriqish va kasbga doir charchoqni yengillashtirish chora-tadbirlarini amalda qoʻllash hamda murojaatlarga asosan rolli oʻyinlar oʻtkazishdan iboratdir.
Trening davomida pozitiv kayfiyat, ijobiy energiya, shaxsiy tahlil qilish holatlari yaratib berildi va koʻtarinki ruhda mashgʻulotlar qabul qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 29-may kuni OʻzDJTU dotsentlari tomonidan Oʻzbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida sayyor dars tashkil etildi.
Oʻzbekiston tarixi kafedrasi dotsentlari N.Djurayeva, N. Babadjanova hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti M. Aripova tomonidan oʻtkazilgan sayyor darsda Oʻzbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.
📺📺
29-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi tomonidan o’tkazilgan “Madiamakonda til, tahrir va tarjima muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidan videolavha
📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥
————————————
🔤🔤➖🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “At-Tanal O’zDJTU” imtihoni o’tkaziladi.
📣 “At-Tanal UzSWLU” – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.
📌 Arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun quyidagi mahoratlar baholanadi:
✅ tinglab tushunish;
✅ o‘qish;
✅ gapirish;
✅ so‘z boyligi va grammatika;
✅ yozma mahorat.
📃 B1, B2, C1, C2 xalqaro arab tili sertifikatini olish uchun imtihonda qatnashmoqchi bo’lganlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan O’zDJTUga kelib ro’yxatdan o’tishlari kerak.
⏰ Test sinovi 2024-yil 1-iyun kuni soat 10:00 da tashkil qilinadi.
🗓 Ro’yxatdan o’tish va to’lov qilish muddati 2024-yil 31-mayga qadar davom etadi.
🇸🇦 At-Tanal Al-Arabi O’zDJTU imtihoni narxi – 900.000 so‘m.
📍 Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik xalqa yo’li ko’chasi, G-9a mavzesi 21-а uy, Tarjimonlik fakulteti, 221-xona.
ℹ️ Qo’shimcha ma’lumot uchun:
📞 +998 90 326 51 16
📧 arabictranslation@gmail.com
😎 At_Tanal_uzwslu
❗️Eslatib o’tamiz, “At-Tanal Al-Arabi O’zDJTU” sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O’zbekiston – Rossiya: Oliy ta`lim sohasidagi istiqbolli hamkorlik
#29may #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
📣📣📣📣📣
Hurmatli talabalar!
O'zbekistan jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan tayanch doktoranti Xaitova Mastura Khusanovnaning "Davlat tashkilotlari axborot xizmatlari PR kommunikatsiyalarning ijimoiy xususiyatlari" mavzusida tadqiqot ishlari o'tkazilmoqda.
So'rovnomada ishtirokingiz biz uchun juda muhim.Javoblaringiz uchun oldindan rahmat!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi professori Kulmamatov Doʻsmamat Sattarovich Rossiya Federatsiyasining M.V.Lomonosov nomidagi SAFU Shimoliy Arktika) Federal Universitetida xizmat safarida boʻlib turibdi.
Xizmat safari davomida, D.S.Kulmamatov Shimoliy Arktika Federal Universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida fan, taʼlim, madaniyat hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish sohalarida Hamkorlik Shartnomasini imzolash jarayonida ishtirok etdi.
Shuningdek, D.S.Kulmamatov Shimoliy Arktika Federal Universitetida mavjud fakultetlar, kafedralar, taʼlim yoʻnalishlari bilan tanishish bilan bir qatorda Universitetda tashkil etilgan xalqaro konferensiyada “Oʻzbekiston Respublikasida koʻp madaniyatli taʼlim: ilgʻor tajribalar. Madaniyatlararo muloqotning xususiyatlari” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
📍 Факультет русской филологии
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
28-may kuni Adiblar xiyobonidagi
Aleksandr Arkadyevich Faynberg
haykali qoshida hisobot konserti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-RA 1-5359-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda Adiblar xiyobonidagi atoqli ijodkorlarning haykallari poyida adabiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish, xiyobonni yoshlar bilan doimiy gavjum bo‘lgan fayzli maskanga aylantirish maqsadida tashkil etilgan tadbir O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent Fan va texnologiyalar universiteti hamkorligida o’tkazildi.
🟩🟩🟩🟩
28-may kunida “Epson” kompaniyasi tomonidan “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida xorijiy mutaxassislar ishtirokida “EPSONning taʼlimdagi yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarning bosh maqsadi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, milliy taʼlim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy qilish borasidagi amaliyotni kengaytirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, chop etish, skanerlash, proyeksiya uchun joriy va innovatsion yechimlarni taqdim etish masalalari etib belgilandi.
Mazkur seminarda qator oliy taʼlim muassasalari qatorida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi rahbari Saida Kayumova ham ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida sifatli ta'lim berish orqali jamiyatning yetakchilariga aylanadigan kelajak kadrlarini tayyorlash maqsadida
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
28-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi tomonidan Malayziyaning turli ta’lim sohalarida faoliyat olib borayotgan ingliz va malay tili o‘qituvchilari bilan "The role of Intercultural Communication in Teaching English in Malaysia” mavzusida online-seminar tashkil etildi.
Seminarda malayziyalik mutaxxassislar madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti ta'lim yo'nalishi talabalari bilan chet tilini o‘rganishda madaniyatlararo kommunikatsiyaning o‘rni haqida talabalar bilan fikr almashib, chet tillarini o‘qitishda o'qituvchilar nafaqat o'z o'quvchilariga madaniyatlararo muloqot qanday sodir bo'lishini taqdim etishlari va tavsiflashlari kerak, balki ularni amalga oshirshi mumkin bo'lgan vositalar bilan darslarni boyitib borishlari zarurligini ta’kidlashdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida joriy yilning 27-may kuni o'tkazilgan 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” va 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosliklaridan:
💻💻💻 | MALAKAVIY IMTIHONLAR NATIJALARI
💻💻💻 | РЕЗУЛЬТАТЫ КВАЛИФИКАЦИОННЫХ ЭКЗАМЕНОВ
💻💻 | RESULTS OF THE QUALIFICATION EXAMS
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
27-may kuni AQSHning Indiana universiteti vakili OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Indiana universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari boʻlimi rahbari Gulnisa Nazarova hamda OʻzDJTU rektori I.M. Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev, Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R. Madjidova, Umumiy tilshunoslik kafedrasi professori X. Muxitdinovalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
Uchrashuvda Indiana universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi bilan oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish boʻyicha hamkorlik, hamkorlikda oʻquv adabiyotlari, qoʻllanmalar, shuningdek elektron resurslar bazasini yaratish, Oʻzbek tili markazini ochish va qoʻllab-quvvatlash, AQSHdagi oʻzbek tili oʻqitiladigan universitetlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish, Indiana universiteti va OʻzDJTU talabalari uchun yozgi maktablar tashkil qilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
⚖️👨💻👩💻💬
30-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ijtimoiy davlat zarurati va uning qadriyatiy belgilari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.
Anjuman O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetining ijtimoiy fanlar kafedrasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Markaziy Kengashi va universitet qoshidagi Ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiya avvalida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich bugungi kunda yurtimizda ijtimoiy davlatni shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib oʻtdi. Talabalarga konferensiya materiallari jamlangan “Ijtimoiy davlat zarurati va uning qadriyatiy belgilari” toʻplamini oʻqib oʻrganishni tavsiya qildi.
Anjumanda “Ijtimoiy davlat va qonun ijodkorligi” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, professor Qodir Joʻrayev, “Ijtimoiy davlat — insoniylashgan siyosiy mexanizm” masalasida O’zDJTU ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori professor Narzulla Jo’rayev maʼruza qildi.
Arizona universiteti talabasi qo'shma ta'lim dasturi doirasidagi dars jarayonida ishtirok etdi.
Joriy yilning 29-may kuni, AQSHning Arizona universitetidan " Yozgi lager" dasturi doirasida tashrif buyurgan talaba O'zJDTU, qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limida falsafa fanidan "Семья и брак" mavzusidagi dars jarayonini kuzatdi.
Dars boshlanishda, mehmon talaba o'zini o'zbek va ingliz tilida tanishtirdi shuningdek, talabalarga dars jarayonlari qiziqarli metod va interaktiv usullar bilan olib borilayotganini ta'kidladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Xabaringiz bor, ayni kunlarda P. Joʻrayev boshchiligidagi delegatsiya Ispaniyada xizmat safarida boʻlib turibdi.
Avvalroq delegatsiyamizning Xaen universiteti bilan shartnoma imzolaganligi hamda ushbu universitetda bir qator tadbirlarda ishtirok etgani hamda universitetimiz taqdimotini oʻtkazgani haqida xabar bergan edik.
Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov va dekan muovini A.Xalillayevlar hamrohlik qilayotgan ushbu delegatsiya 29-may sanasida Xaen universitetining Zamonaviy tillar oʻqitish metodikasi markazi direktori Dr.Xoakin Manuel Kruz Trapero bilan uchrashuvda ishtirok etdi.
4️⃣4️⃣4️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣
🇺🇿 Talabalar, tayyormisiz?
Kutganmidingiz?
Siz uchun yangilik qilishdan toʻxtamaydigan Yoshlar ittifoqi universitet boshlang’ich tashkiloti Uchtepa tuman hokimligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda shou-biznesimizning yorqin namoyondalari ishtirokidagi
⭐️“Bitiruvchi va talaba-yoshlar festivali”ga barchangizni taklif qiladi.
🫴 Festival davomida biz sizga:
-yuqori kayfiyat;
-esda qolarli voqealar;
-interaktiv o’yinlar;
-musiqiy chiqishlar;
-ajoyib atmosfera;
-ommaviy raqs va’da qilamiz.
Dastur mehmonlari:
Qoʻshiqchi - Xamdam Sobirov
Bloger - Chechenka,
Zebo Raximova
🇺🇿
🇺🇿
Bizdan uzoqlashmang,
Yoshlar ittifoqi siz uchun harakatdan to’xtamaydi
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
⚖️👨💻👩💻💬
29-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya “Madiamakonda til, tahrir va tarjima muammolari” mavzusiga bagʻishlandi.
Tadbir avvalida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan milliy OAVni izchil rivojlantirish, sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, sohada Xalqaro jurnalistika fakulteti kadrlarining oʻrni haqida gapirib oʻtdi.
📣📣📣📣📣
———————————
🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
28-may kuni “Ingliz tili” bo’yicha malakaviy imtihon topshirgan talabgorlarning NATIJALARI
——————
28-may kuni “Nemis tili” va “Fransuz tili” bo’yicha malakaviy imtihon topshirgan talabgorlarning NATIJALARI
——————
“13.00.12 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligi bo’yicha malakaviy imtihon topshirgan talabgorlarning NATIJALARI
——————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ | 🤝🌏👨🏫👩🏫
29-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida kitob taqdimoti bo’lib o’tdi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Uchtepa tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan O’zDJTU ning Ma’naviyat va ma’rifat makrazida Filologiya fanlari nomzodi, navoiyshunos olim, 1-darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni sohibi Yusuf Tursunovning “Navoiyning hayot yo‘li: yillar va manzillar” nomli kitobi taqdimoti o’tkazildi.
“Kitob bilan yuksalamiz” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirga siyosiy sharhlovchi, “Shuhrat” orderi, 1-darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni sohibi Qobilbek Karimbekov, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi ekspozitsiya fondi katta ilmiy xodimi Abdurasul Eshonboboev, O'zDJTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha 1-prorektori Valijon Sa’diyev, oliygoh tuyuterlari hamda tuman mahallalarining nuroniy onaxonlari, otaxonlari va yoshlar ishtirok etishdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 29-may kuni OʻzDJTU Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik texnologiyalari fakulteti 1-bosqich talabalari uchun sayyor dars tashkil etildi.
Unda professor-oʻqituvchilar D.Bobojonova, N.Djurayeva, Gʻ Djumamuratov, M.Bazarova, N.Toliboyeva, N.Babadjanova “Yangi Oʻzbekistonda islohotlar inson qadri uchun” gʻoyasi asosida mamlakatimizda olib borilayotgan davlat soyosatining mazmun-mohiyati haqida talabalarga qiziqarli maʼruza qildilar.
Dars davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇺🇿 Invitation to the Award Ceremony 🏆🎗
⚡️We are pleased to announce that the inter-faculty «RECTOR CYBER CUP» championship in the field of PUBG MOBILE at the Uzbekistan State University of World Languages has successfully concluded.
🤩To honor the exceptional talents and efforts of our participants, we invite all students and enthusiasts to join us for the award ceremony.
📆 Date: May 29
⏰ Time: 16:00
⛳️ Location: Spiritual Enlightenment Center, Uzbekistan State University of World Languages
🌟Come and celebrate the achievements of our top teams and enjoy an evening dedicated to the spirit of esports.
🤝We look forward to your presence!
#USUWL #Esports #CyberCup #PUBGMobile #AwardCeremony #TeamGlock #YouthUnion
🏆🏆🏆
“Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarga Prezident sovgʻasini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
2023/2024 oʻquv yilida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining mutlaq gʻolibi boʻlgan 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Toshkent shahri jamoasiga I darajali diplom, kubok va maxsus statuetkalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan topshirildi.
“Barkamol avlod” sport musobaqalarini oʻtkazishda oʻzining munosib hissasini qoʻshgani va oʻquvchilari sovrinli oʻrinni egallagani uchun akademik litsey ijrochi direktori Obidova Maqsuda Olimovna va musobaqa bosh hakam Gapparov Odil Anvarovich “Barkamol avlod” kubok bilan taqdirlandilar.
ℹ️ Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish bo‘yicha joriy o‘quv yilining sentyabr-may oylarida jami 43 ta o‘quv adabiyotlar nashrga tavsiya qilingan.
Shulardan 12 ta darslik va 31 ta o‘quv qo‘llanma.Barcha o‘quv adabiyotlari antiplagiat tizimi tekshiruvidan o‘tkazilgan.
0️⃣0️⃣0️⃣ | 📺📺
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Karimov Amrullo Ashurovichning @platinauzb ga bergan intervyusi.
Intervyuda oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish bo'yicha, xususan, shu to'g'risidagi yangi farmon haqida intervyu bilan tanishing: https://pltn.uz/419a
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻 | 📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqidagi yangi videorolikni tasvirga olish jarayonidan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻 | 📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti haqidagi yangi videorolikni tasvirga olish jarayonining uchinchi kunidan videolavha
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
7⃣🎯 | 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi P.Jo’rayev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda Xalqaro va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini A.Xalillayev Ispaniyada xizmat safarida bo'lib turibdi.