👨🏫👩🏫
13-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda O‘ktamova Navro‘za Botir qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bо‘lajak jurnalistlarga ingliz tilini о‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirish (siyosiy-ijtimoiy matnlar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Zoom onlayn platformasi orqali o‘tkazilgan ilmiy dastur davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida taqdimot namoyish etib, ilmiy seminar a’zolarining savollariga javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti miqyosida “Besh muhim tashabbus” doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
13-sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha “Beshta muhim tashabbus” doirasida Ingliz tili uchinchi fakulteti tomonidan sportning shaxmat, voleybol, basketbol, qizlar futboli va stol tennisi turlari bo'yicha musobaqalar oʻtkazildi.
#xon_atlas
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Aynan ushbu an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 9-14-sentabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Xon Atlas” festivali o‘tkazilyapti.
Shu munosabati bilan, O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F. Xabiyeva boshchiligida, hamda tyutor T.A.Ashirovaga biriktirilgan 1-kurs talabalari haftalikda faol ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTUda tanishtiruv dasturlari davom etmoqda.
Rus filologiyasi dekan muovinlari, tyutorlari hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Rus filologiyasi fakulteti koordinatori bilan universitetimizga qabul qilingan 1-bosqich talabalari oʻrtasida davra suhbati tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Adiblar xiyoboniga ekskursiyalar qiziqarli tarzda davom etmoqda!
13-sentyabr OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti tyutorlari Sh.Abdurahmonova va Sh.Safiyeva ikkinchi bosqich talabalari bilan adiblar xiyoboniga yana bir marta ajoyib va bilimlarga boy ekskursiya uyushtirishdi.
Dastur davomida talabalar O‘zbekistonning atoqli yozuvchilari va shoirlarining hayoti va ijodiy merosi bilan yanada chuqurroq tanishishdi, mamlakatning madaniy va adabiy boyligi haqida qoʻshimcha bilimlarga ega boʻlishdi.
Bunday tadbirlar talabalarda adabiy didni shakllantirishda va milliy madaniyatga hurmat uyg‘otishda katta ahamiyatga ega. Bu nafaqat o‘qishga qiziqishni oshiradi, balki talabalarga milliy adabiyotimizning chuqurligi va boyligini tushunishda yordam beradi, ularning ta’lim jarayonini yanada mazmunli boʻlishiga koʻmaklashadi.
#tyutorlar_faoliyati
Bugun Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari N.Sayfullayevna, N.Alisherovna hamda Sh.Hasanboyevnalar boshchiligida O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiya tashkil qilindi.
U yerda talabalar kutubxona tarixi, faoliyati, resurslari hamda kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yangi o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan talabalar turar joyiga joylashgan talabalarning holidan xabar olish va ichki tartib qoidalarni tushuntirish ishlari davom etmoqda.
🟦🟦🟦
2024-2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan O‘zDJTUning birinchi bosqich talabalari uchun bir qator tanishtiruv darslari tashkil etilmoqda.
Mazkur darslar orqali universitetga endi qadam qo‘ygan talabalar uchun barcha binolar, tevarak atrof bilan tanishtirilmoqda. 12- sentabr kuni 1-bosqich talabalari Axborot-resurs markazi bilan tanishib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar va ichki tartib-qoidalar bilan tanishdi.
Tanishtiruvda Axborot-resurs markazi direktori Saida Irgashevna, direktor o‘rinbosari Mashkura Mirsoatovna, bo‘lim mudiri Shaxnoza Sakijanovna Universitet muzeyi, Axborot-resurs markazi fondlari, ochiq o‘quv zallari, munozara xonalari, elektron resurslar o‘quv zallari, “Korea Corner” o‘quv zali, ИРБИС64 dasturidan foydalanish tartibi hamda axborot-resurs markazi web-sayti https://uzlib.uz/ va “Telegramm” rasmiy kanali, /channel/uzlibuz faoliyati haqida ma’lumotlar berishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
2024-2025 oʻquv yilida talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda, ijara xonadonlariga ehtiyoji bor talaba-yoshlar bilan individual tarzda xohishlariga mos boʻlgan uylar topishga koʻmaklashish ishlari olib borilmoqda.
0️⃣0️⃣0️⃣
12-sentyabr O'zDJTU Rus filologiyasi fakultetida Qizlar va ayollar ishlari bo'yicha dekan maslahatchisi G.Nishonova, tyutorlar I.Sadiyeva va N.Tanatarova tomonidan yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida talabalarga universitetdagi etika va estetika qoidalari tarqatildi, shuningdek, universitet va yotoqxona hududida xulq-atvor normalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, yotoqxonalarda yashashning ichki qoidalariga alohida e'tibor qaratildi: tartibni qanday saqlash, tartib-intizomiga rioya qilish va belgilangan me'yorlar buzilganidan keyin qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi alohida ta'kidlandi.
11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus filologiyasi fakultetida 1-kurs talabalari uchun qiziqarli ekskursiya bo‘lib o‘tdi. Talabalar D.Izzatullayeva va Sh.Abduraxmonovalar rahbarligida universitet binolari bo‘ylab qiziqarli sayohat qilib, uning infratuzilmasi va tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiya muhim bilim markazi bo‘lgan universitet kutubxonasiga tashrif bilan boshlandi, bu yerda talabalar o‘qishlari, izlanishlari va o‘z-o‘zini rivojlantirishlari uchun mavjud resurslar bilan tanishdilar. O‘qituvchilar kutubxona fondlari va elektron ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish haqida atroflicha gapirib berishdi.
So‘ngra talabalar universitet muzeyiga tashrif buyurishdi, unda O‘zDJTUning boy tarixi va yutuqlari haqida hikoya qiluvchi qiziqarli ko‘rgazmalar namoyish etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Rus filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalarining boy adabiy meros bilan tanishuvi yorqin va esda qolarli voqealar bilan davom etmoqda. Bugun o‘quvchilar uchun ustoz D. Izzatullaeva rahbarligida "Adiblar xiyobon" iga borib, atoqli rus shoiri Aleksandr Faynberg ijodi olamiga sho‘ng‘ishdi.
Talabalar nafaqat Faynberg hayotining muhim bosqichlari bilan tanishdilar, balki uning asarlari tarjimalarining nozik tomonlarini ham o‘rganishdi.
Kunning diqqatga sazovor joyi "Adiblar xiyoboni"da joylashgan muzeyga tashrif buyurish bo‘lib, unda o‘quvchilar asarlari viloyat ma’daniy merosiga ta’sir ko‘rsatgan yozuvchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar. Voqealarga boy ushbu kun birinchi kurs talabalari uchun yangi ufqlarni ochib, ularni adabiyot va madaniy merosni yanada chuqur o‘rganishga ilhomlantirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
12-sentabr kuni O‘zDJTUda tashkil etilgan Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasining ikkinchi – yozma bayon etish bosqichi NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 4-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olish maqsadida tashrif amalga oshirildi.
Universitet psixologi Zebiniso Toxirovna hamda 4-TTJ tarbiyachi-pedagog Z.Karimova boshchiligida talabalar bilan uchrashib, ularning adaptatsion holatlari bilan bog‘liq vaziyatlar haqida fikr mulohazalari tinglandi, talabalar holidan xabar olindi
Universitet Odob-axloq kodeksi bandlari, qizlarimizning farishtali, sarishtalik bo‘lib, yashashlari kerakligi, shuning bilan birgalikda psixologik muammolar tug‘ilganida murojaat qilishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 12-sentabr kuni O‘zDJTUda xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi xorijiy tillar bo‘yicha fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar o‘rtasida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda tarjimonlik sohasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan olimpiadada universitetning barcha fakultetlaridan saralangan talabalar xorijiy til bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Natijalarni tez orada bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
☄️ 🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti 1- bosqich talabalari hamda tyutor Rustamova M. Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lishdi.
Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ajdodlarimiz amalga oshirgan ishlar bilan tanishish maqsadida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdik.
Muzey barcha innovatsion texnologiyalar, jumladan, fotosuratlarni jonlantiradigan va videolarni namoyish qiluvchi elektron virtual platforma bilan jihozlangan. Har kim esa kodni skanerlashi va Amir Temur tarixi haqida batafsil ma’lumot olishi mumkin.
Muzey bilan tanishib olgandan so‘ng, Amir Temur haykali tomon yo‘l oldik. Talabalar bugungi ekskursiyadan mamnun bo‘lishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi. Yagona o’lchovi uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
V.Gyugo
Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti 1-bosqich talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida o‘zaro jamoaviylik va do‘stlik tushunchalarini yanada rivojlantirish, talabalarni kitob o'qishga undash maqsadida, fakultet tyutorlari D.Matyakubova va M.Asqarovalar o'zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasiga sayohat uyushtirishdi.
Talabalar sayohatdan unumli foydalanib kutubxonaga a’zo bo‘lishdi va kutubxona xodimlari tomonidan ekskursiya tashkil etilib, talabalar o’zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi.
#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
13-sentyabr kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti tyutori Ochilova Sevara ijarada yashovchi talabalar bilan uchrashdi.
Mas’ul tomonidan talabalarning yashash sharoitlari chuqur o‘rganildi, xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun muhim maslahatlar taqdim etildi. Shuningdek, noqonuniy va xavfli isitgichlardan foydalanmaslik zarurligi tushuntirildi.
Tushuntirish ishlarining talabalarning kundalik hayotida xavfsizlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
📍 Rus filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Adiblar xiyoboni va Toshkent muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
13-sentabr kuni Rus filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalari, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan xalqaro talabalar adiblar xiyoboniga qiziqarli ekskursiya uyushtirishdi.
Tyutorlar I.Sadiyeva va N.Tanatarova talabalarni O‘zbekistoning atoqli adiblari bilan tanishtirib, boy madaniy meros haqida so‘zlab berdilar.
#tanishtiruv_haftaligi
Yakuniga yetayotgan tanishtiruv haftaligi doirasida universitet bo‘ylab ochiq muloqot, seminar-treninglar va qiziqarli interaktiv o‘yinlar tashkil etib kelinmoqda.
Kuni kecha Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari va yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan kechki ta’lim 2401-2409-guruhlari uchun noodatiy tarzda tadbir o'tkazildi.
Ochiq osmon ostida tashkil etilgan piknikda turli xil savol-javoblar va qiziqarli o‘yinlar orqali barchaga birdek yuqori kayfiyat ulashildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
⚡️UzDJTUda 12-sentyabrda universitet psixologi Z.Xayrullayeva xamda SHarq filologiya fakulteti tyutorlari ishtirokida "Birinchi kurs maktabi" doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
❇️ Uchrashuv davomida psixolog tomonidan “Maqsad sari ilk qadam” mavzularida psixologik treninglar o‘tkazildi. Bundan tashqari o‘zaro tanishish, fikr almashish, talabalik davriga psixologik adaptatsiya davrining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida suhbat o‘tkazildi.
⚜️ Bu kabi uchrashuvlar talabalarga yuqori kayfiyat ,o‘qishga bo‘lgan qiziqishining yanada ortishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
O'zDJTU Rus filologiyasi fakultetida talabalar o'rtasida mutolaa madaniyatini targ'ib qilishga bag'ishlangan navbatdagi tadbir bo'lib o'tdi.
Universitet Axborot-resurs markazi mutaxassisi S.Inogamova va tyutor D.Izzatullayeva tashabbusi bilan 1-va 2-bosqich talabalari uchun tashkillashtirilgan mazkur uchrashuv ilhomlantiruvchi adabiy davra suhbati tarzida oʻtdi.
2️⃣2️⃣2️⃣
12-sentabr kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining ma’ruzalar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Xasanov Otabek Abdurashidovich “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Qator oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lim boshliqlari, tyutorlar, yosh professor o‘qituvchi hamda magistrlar ishtirok etib, mavzuga oid chiqishlar qilgan mazkur tadbirda O‘zDJTUning Ingliz tili ikkinchi fakultetning Ingliz tilini o‘qitish metodikasi 2 kafedra professor o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🧠💡📚
12-sentabr kuni Rus filologiyasi fakultetida ustoz Sevara Ochilova talabalar bilan tushuntirish uchrashuvi o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Universitet etikasi va estetika qoidalari”ning mohiyati va mazmuniga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Suhbat chog‘ida mazkur standartlarga rioya qilish ta’lim jarayonining ajralmas qismi va o‘quvchining shaxsiy madaniyatini shakllantirishning muhim omili ekanligi ta’kidlandi. Ochilova mazkur qoidalar universitetda yuqori tartib-intizom va o‘zaro hurmatni saqlashga qanday yordam berishini batafsil tushuntirib berdi.
Talabalarga o‘rnatilgan kiyinish va o‘zini tutish qoidalariga rioya qilish, o‘qish va intizomga mas’uliyat bilan yondashish muhimligi eslatildi. Ushbu qoidalarga rioya qilish orqali talabalar nafaqat ijobiy akademik muhitga hissa qo‘shadilar, balki o‘zlarini professional hayotga tayyorlaydilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦 #Zakovat
12-sentabr kuni O‘ZDJTU Ingliz tili 1-fakultetida 2- bosqich talabalari o‘rtasida “ Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
8 ta jamoa ishtirok etgan bellashuv qizg‘in, bahs-munozaralarga boy o‘tdi.
Yakunda g‘olib jamoaga fakultet Zakovat kubogi hamda qimmatbaho kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
12-sentabr kuni O‘zDJTUda tashkil etilgan Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasining birinchi – test bosqichi NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#psixologik_trening
Joriy yilning 12-sentabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida tanishuv treninglari tashkil qilindi.
Tanishuv treningida universitet psixologi Z.T.Xayrullayeva hamda tyutorlar Sh.Boʻstonova, N.Sayfullayevna ishtirok etishdi.
Uchrashuvda "Psixologik xizmat" to‘g‘risida talaba yoshlarga kerakli ma’lumotlar berib oʻtildi. Yangi boshlangan talabalik davri muvaffaqiyatlarga to‘la baxtli davr bo‘lishi uchun psixologik tavsiyalar berildi.
🟦🟦🟦 #Talabaga_qulaylik
2024—2025-yilgi o‘quv yilida talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda, ijara xonadonlariga ehtiyoji bor talaba-yoshlar bilan individual tarzda xohishlariga mos bo‘lgan uylar topishga ko‘maklashish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yil sentyabr oyining ilk haftalarida Ingliz tili 3-fakulteti tyutor Sh.Hamdamova tomonidan talabalar ijaraga joylashtirildi. Ijara uy egasi bilan suhbat olib borilib, ularning sharoitlari bilan tanishib chiqildi. Ijara xonadoni egasi qizlarga oshpazlik mahoratlari tikuvchilik sirlarini o‘rgatmoqda talaba qizlar bu qulayliklardan xursand bo‘lishdi va o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdilar.
Xonadonlarni o‘rganish davomida, ularning universitet hududiga yaqinligi, qulay sharoit va muqobil narxda bo‘lishi kerakligiga alohida ahamiyat qaratildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt