Bugun O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasi katta o’qituvchisi X.M.O’rinboyevaning “Writing for Impact: Scientific and Academic Articles” talabalarni ilmiy- tadqiqot ishlariga jalb qilish va ko’nikmalarini shakllantirish bo'yicha "Ilmiy ishda adabiyotlar tahlili" mavzusida fakultet talabalari uchun to'garak tashkil etildi.
To'garakda talabalarga:
-ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan adabiyotlarni tanlash va ularni tizimlashtirish;
-Adabiyotlarni tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari;
-APA va GOST uslubida adabiyotlar ro'yhatini shakllantirish; -adabiyotlardan olingan ma'lumotlarga havola keltirish;
-Google Scholar, ResearchGate, Sci-hub, Sciencedirect platformalaridan ilmiy tadqiqot ishi uchun kerakli manbalarni qidirish va shunga o'shash ma’lumotlar berildi.
🇮🇳 2024 yil 26 noyabr kuni Hindiston, Banasthali universitetida “International Seminar on Diversity of Languages and Cultures: Exploring Linguistic, Literary and Cultural Synergies across India, Central Asia and Europe” nomli xalqaro Ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.
📑 Ushbu anjumanda O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.Xoliyarov, katta o’qituvchi N.Ro’ziboyeva va o’qituvchi I.Xoliqulovlar O’zbekiston Respublikasi tarixi, ma’daniyati, tili va O’zDJTU tuzilishi, ta’lim yo’nalishi haqida anjuman ishtirokchilariga ma’ruza qildilar.
🔰 Anjuman so’ngida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg’alari ulashildi.
🇮🇳 2024 yil 23-27 noyabr kunlari hamkorlik doirasida Tarjimonlik fakulteti, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L.T.Xoliyarov, kafedra katta o’qituvchisi N.Ro’ziboyeva va kafedra o’qituvchisi I.Xoliqulov Hindistonning Rajastan shtati Vidyapith shahridagi Banasthali universitetiga tashrif buyurishdi.
♻️ Tashrifdan maqsad: Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish iborat bo’lib, ikki universitet professor-o’qituvchilarining almashinuvi, hamkorlikda ilmiy izlanish olib borish va talabalar bitiruv malakaviy ishlariga hamkorlikda rahbarlik qilish.
🟦🟦🟦🟦🟦
28-noyabr kuni O‘zDJTU talaba qizlari uchun “Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayol-qizlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Universitetning Xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Ingliz filologiyasi xotin-qizlar masalasi bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Bannopova tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda mehmon sifatida Oliy majlis qonunchilik palatasi, xalqaro ishlari parlamentlar aro kengashi raisi Dilorom Fayziyeva ishtirok etdi hamda so‘zga chiqdi.
Tadbirga so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda ommaviy madaniyatning xotin-qizlarga salbiy ta’sir oqibatlari shu bilan birga ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni e’tirof etishdi.
Qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tgan davra suhbati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zDJTU vakillari Braziliyaning Sao Paulo universitetiga tashrifi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda Sao Paulo universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilar, shtat rasmiylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida O‘zDJTU rektori prof. I. Tuxtasinov so‘zga chiqib ikki universitet o‘rtasidagi mustahkam aloqalar haqida so‘zlab o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar va chet tillarning o‘qitilishi haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida O‘zDJTU haqidagi videorolik namoyish etildi, hamda delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekistonning buyuk shaxslari haqida ma’lumot berib o‘tildi. Tadbirdan O‘zbekiston madaniyati va urf-odatlariga oid ko‘rgazma materiallari namoyishi, O‘zbekiston bayrog‘i, milliy liboslar, so‘zana, hunarmandchilik namunalari (paxta gulli choynak-piyola, lagan, likopcha va laganlar, boboychalar, teriga chizilgan sur’at va b.) namoyish etildi. Ishtirokchilarga patir, shirinliklar, quruq mevalar taklif qilindi.
Shuningdek, yurtimizning tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari hamda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekistonning bebaho merosi” deb nomlangan taqdimot, milliy hunarmandchilik va miniatyura namunalari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari kuylandi. Milliy taomimiz bo‘lgan palov tayyorlanib, ishtirokchilarga tortiq etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti tyutori M.Allamova mas’ulligida 2420-guruh talabalarining “Ogoh bo‘ling, biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida ishlagan videoroligi.
@thirdEnglishfaculty
#bizkorrupsiyagaqarshimiz #tanlov
OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 2405-guruh talabasi Belova Mariyaning "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida ishlagan videoroligi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti sizni "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" shiori ostida insholar tanlovi o‘tkazildi.
100 dan ortiq talabalar ishtirok etgan tanlovni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V.Sadiyev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Hoshimov ochib berdi va ishtirok etayotgan barcha talabalarga omad tiladi.
Ishtirokchilardan korrupsiyaga qarshi kurash, uning zararlari va natijalari haqida fikrlar bayon qilish talab etildi. Tanlovda har bir fakultetdan talabalar ishtirok etdi.
Tanlov natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz: G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 2 million so‘m
2-o‘rin — 1,5 million so‘m
3-o‘rin — 1 million so‘m
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakultetida FVV akademiyasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, dotsent M.Badalbayeva hamda universitet iqtidorli talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil qildi.
Podpolkovnik M.Badalbayeva universitetda iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgani haqida so‘z yuritdi.
Suhbat davomida o‘qish davrida turli xil yutuqlar, ijobiy natijalarga erishgan talabalar o‘zlarining tajribalari bilan bo‘lishdi.
Ularning bu yutuqlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiasi, universitet ichki stipendiyalarga erishib turli tanlovlarda qatnashib, universitet hayotida va tadbirlarda faol bo‘lganliklari hamda ilmiy -uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda qo‘yilgan ilk qadamlari ,stipendiyalar bilan taqdirlanganligini katta hayajon bilan gapirib berdi.
M.Badalbayeva iqtidorli talaba-yoshlarga kelgusi o‘quv hamda ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Psixolog yillik ish rejasining 10-chi bandiga muvofiq, "Zòravonlik va tazyiqqa qarshimiz!" mavzusida anonim soʻrovnoma o‘tkazildi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Joʻrayeva hamda psixolog Z.Xayrullayeva tashabbusiga bilan professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarga qarata bosim, zoʻravonlik holatlarini oldini olish va talabalarning ijtimoiy hayotdagi masʼuliyatini anglashi, davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga, ijtimoiy mutanosiblikni saqlashga, nozik xilqat vakillarining millat tarbiyasida o‘rni beqiyos ekanligini anglashiga xizmat qiladigan anonim so’rovnoma o‘tkazildi.
Natijalar bilan yuqoridagi rasmlar orqali tanishishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Bo'stonova Shahzoda Hasanboyevna O'zbekison davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar psixologi lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Бостонова Шахзода Xасанбоевна назначена на должность женского психолога Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Bostonova Shahzoda Hasanboyevna was appointed to the position of women psychologist at the Uzbekison State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.Xayrullayeva tashabbusi bilan barcha fakultetlarda "Yashash go'zal chunki..." shiori ostida aksiyalar tashkil etildi.
26-noyabr kuni OʻzDJTUda “Baxt ulashish kuni” deb e’lon qilinib, har bir fakultet ma'sullari ko‘magida turli tadbirlar amalga oshirildi.
Dasturlarni tashkil qilishdan maqsad — har bir kun uchun shukronalik hissida yashash, bu olamda borlikning o‘zi oliy ne'matligi ekanini, qolaversa, o‘zlikni anglash, hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday holatga munosib javob qaytara olish zarurligini yana bir bor eslatishdan iborat bo‘ldi.
⚡️26-noyabr kuni Ingliz tili uchinchi fakultetida "Kiber xavfsizlik" hamda "Millatlararo totuvlik" mavzularida profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.
✔️Mazkur tadbirda talabalar uchun mavzu doirasida kerakli ma'lumotlar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
✔️Tadbirda Uchtepa tumani IIO FMB АТSJООB kapitan А.Rahimov, katta letenant D.O'rozqulova UzDJTU praflatika inspektorlari kapitan М.X.Nurmuhamedova, kapitan Sh. Bekmetov va fakultet tyutorlari A.Shodieva, N.Xadjayeva Sh.Hamdamova A.Yuldashovlar ishtirok etdi.
@thirdEnglishfaculty
🔰 26-noyabr kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasining o'qituvchisi Tursunova Feruza tomonidan BRMning 9-bandiga ko'ra "Sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma " yo'nalishida ''Xalqaro internet kuni'' mavzusida 2121-guruh talabalari uchun ochiq muloqot o'tkazildi.
✳️ Suhbat davomida F.Tursunova talabalarga "Xalqaro internet kuni" va internet kuni qachon nishonlanishi haqida gapirib o'tdi.
✅️ Ushbu sana doirasida bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – eng avvalo, internetdan unumli foydalanish va vaqtni behuda sarflamaslik, shuningdek, internetning ta'limdagi o'rni haqida talabalar bilan fikr almashishdir..Talabalar bilan Xalqaro internet kuni haqida qizg’in suhbat olib borildi va talabalar o’z savollariga javoblar oldilar.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
⚖️👨💻👩💻💬
2024-yil 15-17-noyabr kunlari Tailandning Chiang Rai Rajabhat universitetida “AsiaTEFL” Xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Anjumanda OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika va Ingliz tili 1-fakultetlarining professor-o‘qituvchilari N.A.Maxmudova, S.S.Xan, M.R.Fayzullayeva va talabalar Z.Sharipova, F.Asadullayeva “Equity, Diversity and Inclusion in ELT: Voices from the Global South” nomli taqdimot bilan ishtirok etishdi.
2021-2023 yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Angliyaning Britaniya Kengashi va Sterling universitetlari hamkorligida amalga oshirilgan "Ingliz tili maktab fani sifatida: boshlang‘ich maktab oʻqituvchilarining ilg‘or tajribalarini oʻrganish" xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasi («English as a school subject: learning effective practices from low level primary English language teachers») doirasida oʻqituvchilar uchun yaratilgan o‘quv materiallari tajriba-sinov va targ‘ibot qilinishi maqsad qilingan.
🎗 Joriy yilning 28 noyabrida Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Nodira Usmanova TFRA-2410 guruh talabalari bilan 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan "Biz sog'lom turmush tarafdorimiz" nomli tadbir tashkillashtirdi.
🎗Tadbir davomida talabalar tomonidan OITSga qarshi kurashish haqidagi sahna ko‘rinishi hamda o‘zimizni asrashimiz kerakligini targ‘ib qiluvchi qo‘shiq kuylandi.
✳️ Tadbirda Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo‘ldoshev sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilib yashashning mohiyati haqida so‘z yuritdi. Kafedra mudiri L. Xoliyarov sog‘lom hayotga qadam tashlash va xavflarni oldini olish har birimizning qo‘limizdaligini ta'kidlab o‘tdi.
✅ Ushbu tadbirdan maqsad, talabalarning OITS kasalligi boʻyicha tibbiy bilimlarini oshirishdan iborat.
🟦🟦🟦
28-noyabr kuni O‘zDJTUda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-noyabrdagi 427-sonli buyrug‘I ijrosi yuzasidan Talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” tanlovini tashkil etildi.
25-30-noyabr kunlari “Eng yaxshi dasturchi” tanlovining ta’lim muassasalarida guruhlar va fakultetlararo saralash bosqichida g‘olib topilgan yosh dasturchalar bugun bugun o‘z bilimlarini yana bir bor namoyon etishdi.
Tanlovda Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Payazov Mirabbos, Kafedra katta o‘qituvchisi Umarova Nodira, Raqamli talim texnologiyalar markazi RTTM markazi boshlig‘I Sobir Tuychiyev, Raqamli talim texnologiyalarini joriy etish bo‘lim boshlig‘i Zarif Absaitov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifat bo‘limi xodimlari ishtirok etdi va tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishini kuzatib bordi.
Tanlov natijalari quyidagicha:
1-o‘rin: Tileubaev Sultanbek Muratbay o‘g‘li (ingliz tili 1-fakulteti)
2-o‘rinlar: Yuldasheva Asel Yerbolat qizi (ingliz tili 1-fakulteti)
Ibadov Bobur Ravshanovich (Ingliz filologiyasi fakulteti)
Jamoliddinov Shaxriyor Jamoliddin o‘g‘li (Ingliz filologiyasi fakulteti)
3-o‘rinlar: Jurabayeva Zuxra Sobirjon qizi (ingliz tili 1-fakulteti)
Qosimova Shohzoda Umidjon qizi (ingliz tili 1-fakulteti)
Ergasheva Zarnigor Farrux qizi (ingliz tili 1-fakulteti)
G‘olib bo‘lgan ishtirokchi keyingi bosqichda yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🪩 Tarjimonlik fakulteti Roman – german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Dilfuza Latipova tashabbusi bilan joriy yilning 28 noyabr sanasida mohir tarjimon, ijodkor, qolaversa Iqtisod fanlari nomzodi, Turizm fidoiysi, Shuhrat medali sovrindori - Oybek Ostonov bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📚 Tarjimon bilan suhbat davomida talabalar tarjimaga oid o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Ayniqsa o'zbek tilidan nemis tiliga tarjima qilish jarayonlari haqidagi ma'lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda tarjimaga oid kerakli tavsiyalarga ega bo'lishdi.
🗞 Oybek Ostonov Gafur G'ulomning "Shum bola", Abdulla Qahhorning "Anor", O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" hamda "Sharq donishmandligi yohud Buyuk Ipak Yo'li bo'ylab hikoyalar" asarining tuzuvchi muallifi va tarjimonidir.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O‘zDJTU vakillari Braziliyaning Sao Paulo universitetiga tashrifi doirasida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlardan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
1985-yildan buyon Fransiyada o‘tkazilib kelinayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Mazkur nufuzli tadbirni munosib o‘tkazish maqsadida ko‘plab oliy ta’lim massalari qatorida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti oldiga Braziliyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqasi o‘rnatish vazifasi qo‘yilgan edi. Shu maqsadda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Braziliyaga xizmat safari bilan jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
🟦🟦🟦
20-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari N2 kafedrasida “Filologiya yo’nalishi talabalarining tanqidiy fikrlashini ingliz tilida o’qish strategiyalari orqali rivojlanitirish” mavzusida ilmiy seminar taqdimoti bo’lib o’tdi.
Dastur kafedra o’qituvchisi Muratova Nargiza Baxramovna tomonidan barcha kafedra a’zolari ishtirokida filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz tilida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha samarali o‘qitish strategiyalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
🟦🟦
27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 36-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash kun tartibidan Mansurova Nodira Anvarovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillaridagi marketing va menejment terminlarining struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari”mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘rin oldi
Dissertatsiyasi himoyasida Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2019-yil 2-sentabr kuni Davlatimiz rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun imzolanib, yurtimizda gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga chiqqan.
⚡️O'zDJTU Ingliz tili uchinchi fakultetning “Ingliz tili amaliy fanlar-3” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda podpolkovnik M.Badalbayeva, mamlakatda soʻnggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlar tayziq va zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.
✔️Ma’ruza soʻngida talaba qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🎗️Hamda,dotsent Maloxat Badalbayevaga fakultet dekani minnatdorchilik yorligʻi topshirildi.
@thirdEnglishfaculty
#jarayon
Talabalar turar-joyidagi sharoitlar koʻzdan kechirildi.
👉 Batafsil...
🌐 Bizni kuzating
#ilmiy_burchak
📚 Ilm-fanga qiziquvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “Ilmiy burchak”da talabalar dunyo tillari oilasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Fakultet talabalari darsdan bo‘sh vaqtlarida “Ilmiy burchak”dagi manbalardan bahramand bo‘lishadi.
Bilimga chanqoq yigit-qizlar hattoki devoriy sur’atlardagi faktlardan ham o‘zlariga kerakli axborotlarni olishadi. Ularning bu harakatlarini fakultet dekani Guli Ergasheva har doim qo‘llab-quvvatlaydi.
4️⃣4️⃣4️⃣
0️⃣0️⃣0️⃣
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorliklarni amalga oshirishda davom etmoqda.
26-noyabr kuni hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida hamda OʻzDJTU professori D.S.Qulmamatovning M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy Arktika Federal universitetiga tashrifi yakunlari bo‘yicha Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov Rossiyaning markaziy va janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlari bilan ilmiy va ta'lim sohasidagi hamkorlik bo'yicha koordinatori P.S.Golomidov boshchiligidagi xalqaro hamkorlik bo'limi va bir guruh vakillar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
26-noyabr kuni Tarjimonlik fakultetida “Yashash uchun 1001 sabab…” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir asnosida, talabalar musiqa sadolari ostida, ko‘tarinki kayfiyatda yashashdan asosiy sabablarini stikerlarga yozib, muhrlashdi.
Tadbir o‘tkazishdan maqsad, talabalar orasida hayotning qadri, inson salomatligi, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijobiy fikrlashni shakllantirish hamda bu borada bilim va tushunchalarni oshirishdir.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
26-noyabr kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ulligida “Qizlarjon klubi” yetakchilari tashabbusi bilan “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan respublikamizda xotin-qizlarni turli tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, ayollarni e’zozlash sharqona qadriyat ekanligi, oilada sog‘lom ma’naviy muhit shakllanishida ayol ma’naviyatining o‘rni targ‘ib qilindi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etildi, talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis javobini oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt