uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔥Faol yoshlarni safimizga chorlaymiz

🥇Sizda yetakchilik va liderlik qobiliyati bormi?
🎙Notiqlik mahorati, tashabbuskorlik va fidoyilik xususiyatlarichi?
📈 Boshqaruv va tashkilotchilik borasida tajribaga egamisiz?

🤩 “Hammasi menda mavjud qobiliyat va xususiyatlarku” deysizmi?

🫵 Unday boʻlsa bu eʼlon aynan siz uchun!

👦👦 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti boshlangʻich tashkiloti yuqoridagi qobiliyat va xususiyatlarga, yoshlar masalalari boʻyicha tajriba hamda koʻnikmaga ega, shijoatli, yoshlarga oʻrnak boʻla oluvchi va faollik koʻrsata oluvchi fakultet koordinatorlarini (fakultet yoshlar yetakchilari) izlamoqda.

📥 Nomzodlar oʻzlari haqidagi maʼlumotnomalarini (CV) onlayn tarzda yuboradilar.

Maʼlumotnomalar boshlangʻich tashkilot Yoshlar yetakchisi tomonidan koʻrib chiqiladi va saralangan talabgorlar suhbatga taklif etiladi.

⌛️Suhbat 2-5-oktabr oralig`i, kun davomida, universitet asosiy binosining Yoshlar Ittifoqi xonasida boʻlib oʻtadi.

📨 CV yuborish uchun:
🕊@leaderofuzswlu

❗️Maʼlumotlarni (CV) yuborishda faylning izoh qismida keyinchalik biz bogʻlanishimiz uchun Telegram-manzilingizni (@username yoki ulangan telefon raqam) ham yozib qoldiring.


💰 Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 1-aprel sanasidan boshlab Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar Kengashi a’zolari (koordinatorlari) hamda fakultetlar koordinatorlari ularning ta’lim olish shakli (davlat granti yoki toʻlov-shartnoma asosida kunduzgi, sirtqi, kechki) va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar (Yoshlar yetakchisining tavsiyanomasiga asosan) har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdorida ragʻbatlantirilib kelinmoqda.

🇺🇿 Safimizga qoʻshiling!
⚡️ Biz bilan birga rivojlaning!
💎 Haqiqiy liderga aylaning!

#qabul #saralash #fakultet_koordinatorlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Uchtepa tumani hokimligi tomonidan 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.


Unda tumandagi O’zDJTU rahbariyati vakillari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari, dizayn maktabi va yuridik texnikumi pedagog va murabbiylari hamda mahalla faollari ishtirok etishmoqda.

Bayram tadbirida tuman hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan o‘qituvchi va murabbiylar yana bir bor ulug‘lanib, ularga sharfli kasblarida omad tiladi. Sohada faoliyat olib borayotgan fidoiy ustozlarni faxriy yorliq bilan taqdirladi.

Jumladan O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori  Valijon Sadiyev, Aziza Dusmuhamedova va Navbahor Eshmurodovalarni Faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Tuman sektor rahbarlari ham barcha ustoz murabbiylarni bayram bilan muborakbod etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📚
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOGIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

O’zDJTU huzuridaga pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2024-yil 16-20-sentabr kunlari AQSH Davlat departamenti ko'magida Global Educator dasturi bo'yicha faoliyat yuritayotgan Ilene Giamanko amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi bilan Xorijiy tillar fanini o‘qitishning zamonaviy metodlari modul asosida tashkil etilgan dars jarayonlaridagi mavzulariga yondashgan holda amaliy mashg’ulot darslari tashkil etildi. Ushbu amaliy mashg’ulot jarayonlarida tinglovchilarda katta ta’surot qoldirib, tinglovchilar bilan mavzu doirasida qiziqarli interaktiv metodlarga yondashgan holda mazmunli o’tilishi va savol-javoblar tariqasida davra muhokamalari o’tkazildi. Tinglovchilar o’tilgan mashg’ulot bo’yicha qiziqarli va ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

😀🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🇸🇱

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOGIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

2024-yil 24-sentabr kuni O’zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o’qitish” (rus tili) yo’nalishi tinglovchilari uchun rossiyalik olim, pedagogika fanlari doktori, biologiya fanlari doktori, matematika fanlari professori, Adigeya davlat universiteti (ADU) tadqiqot markazi rahbari Chermit Kazbek Dovletmizovich ishtirokida “Принцип системности научного познания и пути его реализации” mavzusida onlayn seminar bo’lib o’tdi.

Ma’ruza mobaynida tinglovchilar ilmiy dunyoqarashning tizimlilik tamoyili va uni amaliyotga joriy etish usullari haqida kerakli bilimlarga ega bo’lib, o’zlarini qiziqtirgan qator savollarga javob olish asnosida, fikr almashish imkoniyatiga ham ega bo'ldilar.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Davra_suhbati

🪐Joriy yilning 24-sentabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekan muovini tashabbusi bilan 4- Talabalar turar joyida ,, Mening sevimli kitobim" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

♻️Davra suhbati davomida talabalar oʻzlari sevib, mutolaa qilgan kitoblari, undagi qahramonlar haqida gapirib berdi.Davra suhbati davomida turli kitoblardan, badiiy asarlardan savol-javoblar oʻtkazildi.

Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Qadamova Gulhayo
Le thème : La protection de la nature.

🪐Joriy yilning 25-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi 3-bosqich talabalari ishtirokida Barqaror rivojlanish maqsadlarining tarkibiy qismi hisoblangan Tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitni ifloslantirishga qarshi kurashishni targ'ib qilish haqida "La Protection de la nature" mavzusida tadbir o'tkazildi.

♻️Tadbir davomida talaba-yoshlarni tabiatni asrashga undash uchun video-rolik taqdim etildi
.

Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Oliy ta’lim muassasasi 1-kurs talabalari ijtimoiy-psixologik pasportining elektron bazasini yaratish  maqsadida, joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti  Ingliz  tili 1-fakulteti 2413-14-15-16-17-18- guruhlar, birinchi bosqich talabalari ishtirokida psixodiagnostika ishlari amalga oshirildi.

Psixodiagnostika ishida "Temperament tipi", "Psixogemetrik shakllari" metodikasi sinaluvchilardan o‘tkazilib natijalar tahlil qilindi.

Universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda Ingliz tili1- fakulteti tyutori Gulmira Abdullayeva hamkorligida jarayon amalga oshirildi. Talabalar o‘zlaring ijtimoiy-psixologik  xarakter xususiyatlari haqida tegishli psixologik ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

✉️ 2024-yil 26-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichidagi ikkinchi shart – badiiy filmdan parcha ko‘rish va mazmunini yozma bayon etish boʻyicha natijalari:

Arab tili boʻyicha natijalar
Fransuz tili boʻyicha natijalar
Ingliz tili boʻyicha natijalar
Ispan tili boʻyicha natijalar
Italyan tili boʻyicha natijalar
Koreys tili boʻyicha natijalar
Nemis tili boʻyicha natijalar
Yapon tili boʻyicha natijalar
Xitoy tili boʻyicha natijalar

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

✉️ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2024-yil 26-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichidagi test sinovlari natijalari:

Arab tili boʻyicha test natijalari
Ingliz tili boʻyicha test natijalari
Fransuz tili boʻyicha test natijalari
Ispan tili boʻyicha test natijalari
Italyan tili boʻyicha test natijalari
Koreys tili boʻyicha test natijalari
Nemis tili boʻyicha test natijalari
Yapon tili boʻyicha test natijalari
Xitoy tili boʻyicha test natijalari

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻtkazilayotgan Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasidan fotolavha


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida Misr Arab Respublikasining Qohira universitetidan taklif qilingan arab tili mutaxassisi doktor Sayed Korayem o’z faoliyatini boshladi.

Fakultet dekani U.Yoʻldoshev boshchiligidagi mas’ullar hamda xorijlik mutaxassis ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, unda xalqaro aloqalar, OʻzDJTU imkoniyatlari va istiqbolli masalalar boʻyicha suhbat olib borildi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Doktor Sayed Korayem 2024-2025 o’quv yili davomida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat olib boradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇫🇷 Joriy yilning 25-sentabr kuni, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o’qituvchilari Ro’ziboyeva N., Orexin-Rigina V., Xamidova N., Usmаnova N. talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida Toshkent Fransuz Alyansiga "Ochiq eshiklar" kuniga tashrif buyurishdi.

💠 Tashrif davomida Fransuz Alyansi kurslari, o’qituvchilarining ochiq darslari namoyishi va talabalar uchun o’yinlar, viktorinalar tashkil qilindi. G’oliblarga ajoyib sovg’alar ulashildi.


👨‍🎨 Bundan tashqari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, Yevropa va Osiyoda o‘tkazilgan ko‘plab ko‘rgazmalar ishtirokchisi taniqli rassom, miniatyurachi va vitraj ustasi Mariya Korovinaning "Uchar likopcha uchuvchisi yoki KOROVINAning 35 ta durdonalari" ko'rgazmasida ham ishtirok etildi.


📍/channel/RGTT_TF

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔤🔤🔤

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar dasturi gulxan atrofidagi suhbatdan soʻng oʻz yakuniga yetdi.


Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov va Mengnor Ollomuroddan tashkil topgan ijodkorlar guruhi OʻzDJTU vakillari hamrohligida 1-sonli va 2-sonli talabalar turar joylariga tashrif buyurdi.


U yerda ham talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, gulxan atrofida ijodiy mavzularda suhbat qurildi.

Mazkur ma’rifiy tadbirlar talabalarga manzur kelib, ularda adabiyot, san’at, milliy madaniyatimizga boʻlgan mehrni yana-da mustahkamladi va har bir dastur unitilmas taassurotlarga boy boʻldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔤🔤🔤

Ma’rifat tadbirlari doirasida OʻzDJTU 4-son talabalar turar joyiga tashrif uyushtirildi.


Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov va Mengnor Ollomurod yoʻldoshligida amalga oshirilgan tashrif davomida yotoqxonada joylashgan “Besh tashabbus” xonalari boʻylab tur tashkil etildi.

Adabiy ijodkorlar texnik jihozlar bilan ta’minlangan maxsus xona, kutubxona, sport zal, tikuvchilik xonasi va musiqa xonasidan iborat boʻlgan “Besh tashabbus” xonalarida talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.


Yozuvchilar talabalar bilan suhbatlashib, ularga havasda ekanini, bu kabi imkoniyatlar har bir yosh avlodning kelajakda buyuk shaxs boʻlib yetishishida alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔤🔤🔤

Ma’rifat tadbirlari maktablarda davom etdi

25-sentyabr kuni tashkil etilgan “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida "Adib bilan dildan suhbat" qismining davomi sifatida Uchtepa tumanidagi Ko'kcha-oqtepa mahallasi va 245-maktab bilan hamkorlikda yozuvchi Doniyor Begimqulov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.


Dasturda OʻzDJTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev boshchiligidagi bir qator universitet mas’ullari qatnashdi.

Yozuvchi hayoti va ijodiga bagʻishlangan mazkur tadbir davomida qizgʻin suhbat tashkil etildi, iqtidorli oʻquvchilar tomonidan turli chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir qiziqarli ruhda oʻtdi va barcha ishtirokchilarda ajoyib taassurot qoldirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#e'tirof

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Ergasheva Guli Ismoilovna "Shuhrat" medali bilan mukofotlandi.

Ergasheva Guli Ismoilovnani mazkur sharafli unvon bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar joriy etish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdagi mas’uliyatli vazifangizda hamisha omadlar yor bo‘lsin, Qadrli ustoz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida dekan, dekan muovinlari, tyutorlari tashabbusi bilan “Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" mavzusida 1-bosqich talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida hozirgi kunda dolzarb diniy masalalar yuzasidan talabalarga tegishli maslahat va tavsiyalar berildi. Diniy oqimlarga qarshi kurash bo‘yicha videoroliklar namoyish etildi. Barcha talabalarni ogohlikka chaqirdi.

Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berib, munosib tarzda javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

✉️ 2024-yil 26-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichidagi toʻrtinchi shart – suhbat (tili o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tizimi, iqtisodiyoti va san’ati, buyuk
siymolari, yoshlar hayoti va shu kabilar haqida) bosqichi natijalari:

Arab tili boʻyicha natijalar
Fransuz tili boʻyicha natijalar
Ispan tili boʻyicha natijalar
Italyan tili boʻyicha natijalar
Koreys tili boʻyicha natijalar
Yapon tili boʻyicha natijalar
Xitoy tili boʻyicha natijalar
Ingliz tili boʻyicha natijalar
Nemis tili boʻyicha natijalar

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

Bugun universitetning asosiy binosida “Sharq” nashriyoti tomonidan kitob ko‘rgazma savdosi o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazma savdosi o‘tkazishdan maqsad talabalarni yangi badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish, ularni yanada ko‘proq kitob o‘qishga undash, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga erishishdir. Kitob o‘qigan inson, qaysi sohada ishlamasin, to‘g‘ri fikrlash, oq-qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, nutqi ravon bo‘ladi, odamlarni o‘z ortidan ergashtira oladi. Bunga esa faqat va faqat kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish orqaligina erishish mumkin. Yarmarkada ingliz, rus tilidagi, o‘zbek tilidagi badiiy adabiyotlar hamda chet el yozuvchilarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan badiiy adabiyotlari mavjud.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻 5⃣🌳

20-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti  Ispan tili yo‘nalishi talabalari Barqaror rivojlanish maqsadlarining tarkibiy qismi hisoblangan Tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitni ifloslantirishga qarshi kurashishni targ‘ib qilish haqida “Tabiatni asrash - kelajakni asrash” – “Proteger la naturaleza es proteger el futuro” mavzusida videorolik tayyorlashdi.

Tabiatni asrash – bu kelajagimizga g‘amxo‘rlik qilish demakdir. Toza havo, musaffo suv va yashil o‘simliklar inson hayoti uchun zarur. Har bir daraxt, suv tomchisi va hayvonot olami bizning ekotizimimizning ajralmas qismidir.

Ularni asrash orqali kelajak avlodlarga sog‘lom va barqaror dunyo qoldiramiz. Tabiatni muhofaza qilish – barchamizning burchimiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olish, ular istiqomat qilayotgan hudud (uy, xonadon) shart-sharoitlarini o‘rganish maqsadida navbatdagi o‘rganishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning 23-25-sentabr kunlari O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori M.Abdurahmonova o‘ziga biriktirilgan talabalarning xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ijarada, talabalar turar joyida yashayotgan talabalarning shart-sharoitlari o‘rganildi. Muammolari tinglanib, ularga maslahat tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

✉️ 2024-yil 26-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichidagi uchinchi shart o‘zbek yoki rus tilidagi matnni chet tiliga tarjima qilish bosqichi natijalari:

Arab tili boʻyicha natijalar
Fransuz tili boʻyicha natijalar
Ingliz tili boʻyicha natijalar
Ispan tili boʻyicha natijalar
Italyan tili boʻyicha natijalar
Koreys tili boʻyicha natijalar
Nemis tili boʻyicha natijalar
Yapon tili boʻyicha natijalar
Xitoy tili boʻyicha natijalar

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

26-sentabr kuni O'zDJTU rektori I. Tuxtasinov Xitoyning Sichuan universiteti Vitse-Prezidenti Lee Yoo Bin xonim rahbarligidagi delegatsiyasini qabul qildi.


Mexmonlarga universitet faoliyati, xitoy tili va madaniyatini o'qitish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar, Xitoydagi oliygohlar bilan olib borilayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Muloqot chog'ida har ikkala tomon almashinuv dasturlari va qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish, lmiy tadqiqot sohasida hamkorlik qilish, professor-o'qituvchilar malakasini oshirish, qishki va yozgi maktablarni tashkil qilish kabi sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta'kidlab o'tdi.

Lee Yoo Bin xonim Qo'shma institut ochish va O'zDJTUning Pedagogik universitetlar assosiatsiyasiga a'zo bo'lishini taklif qildi. Ta'kidlanishicha, assosiatsiyaga a'zo bo'lish ko'plab imtiyozlarga erishish, grant va boshqa xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkonini beradi.

Ma'lumot uchun: Sichuan universiteti XXRning yetakchi universitetlaridan bo'lib, ushbu OTMda 47 000 nafar talaba va 3 000 dan ortiq professor-o'qituvchilari bor. U klassik universitet bilan 12 ta tarmoqlar orasida pedagogika sohasida kadrlar tayyorlash asosiy faoliyat yo'nalishidan biri hisoblanadi. Universitet biruvchilarining 60 foizi Sichuandagi maktablar rahbarlaridir. Muhandislik yo'nalishida ham muayyan yutuqlarga erishgan ushbu universitetda ko'plab akademiklar faoliyat olib boradi. Turizm va mehmonxona instituti mamlakat uchun sayyohlik sohasi uchun malakali kadrlar yetistirib beradi. Angliya va Italiya universitetlari bilan qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshiradi. 4 ta Konfusiy instituti va 2 ta Konfusiy maktabi ta'sischisi hisoblanadi. Sichuan universitetida 2500 nafar xorijiy talaba, shulardan 1500 nafari grant asosida tahsil oladi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻtkazilayotgan Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi jarayonidan fotolavha



🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

26-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasiga start berildi.


Respublika xorijiy tillar fan olimpiadasining ochilish marosimi avvalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov so‘zga chiqib, mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash imkonini berishini ta’kidladi, barcha ishtirokchilarni respublika bosqichiga yetib kelganliklari bilan tabrikladi.


Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov so‘zga chiqib, olimpiadaning ahamiyati va uni o‘tkazish uchun amalga oshirilgan tayyorgarliklar haqida ma’lumot berib o‘tdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Shuningdek, tadbirda akademik olimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ochilish marosimi nihoyalangach, ishtirokchilar birinchi shart bellashuvlariga yo‘l olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda mehmonlar bilan birgalikda O‘zDJTUda yaqinda faoliyatini boshlagan yangi obyektlarni koʻzdan kechirdi.

Jumladan, “University Mall” savdo markazida boʻlib, universitet logotipi tushirilgan mahsulotlar bilan tanishdi. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Kulolman” kulolchilik markazi faoliyatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, mas’ullar universitetdagi eng zamonaviy uskunalarga ega boʻlgan “Edusmart” studiyasi hamda OʻzDJTUning 75 yilligi munosabati bilan faoliyati yoʻlga qoʻyilgan muzeyda boʻlib, ular faoliyati bilan tanishdi.

⬆️ Batafsil | Подробнее | More

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻📺📺

25-sentyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan tadbir dasturlaridan videolavha

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 🇺🇿 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

🖋 Hamkorlik memorandumi imzolandi

📄 25-sentyabr kuni Yangi Oʻzbekiston universitetida poytaxtimizda joylashgan nufuzli oliygohlar yoshlar yetakchilari tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝 8 ta universitet yetakchilari imzolagan ushbu bitimga koʻra quyidagilarga kelishib olindi:

🤔 Ishtirokchilar o‘z vakolatlari doirasida va davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq quyidagi sohalarda hamkorlik qiladilar:

✍️ talabalarning ijtimoiy-madaniy faoliyatini oshirishga ko‘maklashish;
✍️ kelishilgan tadbirlarda ilmiy qiziqishlarni oshirish;
✍️ talabalarning sport hayotini yaxshilashga yordam berish;
✍️ o‘zaro manfaatli boshqa sohalar.

🤔 Hamkorlik yo‘nalishlari quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

🔺universitet klublari hamkorligida qo‘shma intellektual va ilmiy dasturlar yaratish;

🔺talabalar, talabalar kengashi va ma’muriyat o‘rtasida kelishilgan fikr, axborot va o‘quv adabiyotlari almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;

🔺qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda yordam berish;

🔺ilmiy tadqiqotlar olib borish;

🔺turli universitetlardagi talabalar hayoti haqidagi ma’lumotlarni takomillashtirish, birlashtirish va almashish uchun yagona “USP” platformasini ilgari surishda yordam berish;

🔺mazkur memorandum ishtirokchilari uchun umumiy “Rekordlar kitobi”ni yaratish, shuningdek, kelgusida qayd etiladigan rekordlarni kuzatish uchun har bir universitetda vakillar guruhini shakllantirish;

🔺tajriba almashish uchun qo‘shma tadbirlar, xususan, konferensiyalar, seminarlar, treninglar, ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, davra suhbatlari va shu kabi boshqa tadbirlarni tashkil etish;

🔺sport tadbirlarini tashkil etish, jumladan, memorandum ishtirokchilarini professional darajaga ko‘tarish uchun futbol turnirlarini o‘tkazish;

🔺madaniy tadbirlarda ishtirok etishdan tashqari milliy va an’anaviy musiqaga qiziqishni jonlantirish maqsadida universitetlararo mumtoz musiqa ansamblini tashkil etish;

🔺universitetlar “Feminine community” lari o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

🔺o‘zaro manfaatli hamkorlikning boshqa shakllari.


#hamkorlik_memorandumi #poytaxt_yoshlari #yoshlar_ittifoqi

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

Ma’rifat tadbirlari doirasida 4-TTJga buyurilgan tashrif dasturidan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

OʻzDJTU va Uchtepa tumanidagi Ko'kcha-oqtepa mahallasi hamda 245-maktab bilan hamkorlikda tashkil etilgan ma’naviyat tadbiridan fotolavha

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

“Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.


25-sentyabr kuni OʻzDJTUda loyihaning "Adib bilan dildan suhbat" qismi asosida adabiy ijodkorlar: Doniyor Begimqulov, Shodmonqul Salomov va Mengnor Ollomurod hayoti va ijodiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, tadbirni oʻz nutqi bilan ochib berdi.

Dastur davomida iqtidorli talabalar tomonidan goʻzal kuy-qoʻshiqlar kuylandi, ta’sirli she’rlar, betakror raqslar ijro etildi.

“Ma’rifat ulashib” loyihasining ochilish tadbiri sifatida oʻtkazilgan mazkur uchrashuv yakunida savol-javob oʻtkazilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan ijodkorlarga murojaat qilishdi va qimmatli ma’lumotlarga ega boʻlishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал