uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#СпортивныйДень #ФакультетРусскойФилологии #АллеяЛитераторов #ЗдоровыйОбразЖизни #Шахматы #Шашки

📆 Сегодня заместители декана, тьютор Д. Иззатуллаева, её студенты, а также студенты-стипендиаты и лидер союза молодёжи факультета русской филологии организовали спортивное мероприятие на Аллее литераторов возле памятника Александру Файнбергу. 🏅🌳

🏞 На свежем воздухе студенты активно участвовали в различных играх, таких как волейбол и бадминтон, демонстрировали мастерство владения гимнастическим обручем и прыгалкой. 🏐🏸🤸‍♀️ Особый интерес вызвала современная настольная игра Джанго, которая привлекла внимание многих участников. 🎲✨ Не обошлось и без интеллектуальных игр: студенты сражались в шахматы и шашки, показывая свои стратегические навыки и умение мыслить наперёд. ♟🏆

✅ Все прошло на высоком уровне, и студенты получили незабываемые эмоции. Этот день был наполнен спортом, радостью и здоровым духом соперничества. 🎉💪

_________

Факультет русской филологии💙

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Ingliz tili ikkinchi fakulteti o’qituvchi va tyutorlari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.


Dasturda Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov, fakultet dekan muovinlari, bir qator mas’ullar, o’qituvchilar va tyutorlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida rektor talabalarning sifatli bilim olishi uchun yana-da ko’proq qulaylik va imkoniyatlar yaratish, pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, dastur davomida Ingliz tili ikkinchi fakulteti o’qituvchilari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

14-may kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlar kafedrasi tomonidan “Oʻqituvchilar taʼliminining tadqiqotlarga asoslangan transformasiyasi: anʼana – innovatsiya asosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.


Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.

Shuningdek, anjuman doirasida yalpi majlis boʻlib oʻtdi. “Oʻqituvchilar taʼliminining tadqiqotlarga asoslangan transformasiyasi: anʼana- innovatsiya asosi” mavzusidagi mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 5 ta shoʻba yigʻilishlaridan iborat boʻldi.

Shoʻba yigʻilishlarida ishtirokchilar tomonidan konferensiya mavzusiga oid maʼruzalar oʻqib eshittirildi.

Shoʻbalar “Zamonaviy oʻqituvchi taʼlimida etnik va madaniy omillar: mintaqaviy, milliy va xalqaro tajriba”, “Madaniyatlararo kompetensiya: zamonaviy taʼlim sharoitida madaniyatlararo tushunish va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish”, “Oʻqituvchilar malakasini oshirish va koʻp madaniyatli pedagogika: madaniy jihatdan xilma-xil oʻquvchilarni samarali oʻqitish uchun kasbiy pedagogik bilim, malaka va muomala”, “Texnologik va raqamli boʻshliq: texnologiya, raqamli resurslar va onlayn taʼlim platformalaridan foydalanishning turli etnik-madaniy guruhlar oʻrtasidagi taʼlim tengligiga taʼsiri”, “Taʼlimning innovatsion pedagogik texnologiyalarining zamonaviy shakllarini rivojlantirish masalalari” mavzusilarida tashkil etildi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

O’zDJTU da bo’lib o’tgan “Malayziya-Oʻzbekiston madaniyati” festivalidan fotoreportaj

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

14-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti tomonidan“Zamonaviy tarjimashunoslik va tilshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.


Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor O.Yusupov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo'ldashev va fakultet talabalari ishtirok etdi.

Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. Zamonaviy tarjimaning morfologik va sintaktik aspektlari.
2. Tarjimaning leksik-semantik masalalari.
3. Soha terminologiyasi va tarjima muammolari.
4. Tarjimada axborot va innovatsion texnologiyalar.
5. Zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari.
6. Til va tarjimani oʻqitish metodologiyasi.


Shuningdek, konferensiya davomida Nobel mukofoti sovrindori, BMT bosh kotibining iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha maslahatchisi Rae Kvon Chungning Tarjimonlik fakulteti talabalar savollariga video javobi hamda professional futbol hakami Ravshan Sayfiddinovich Ermatovning Tarjimonlik fakulteti talabalariga tilaklari taqdim etildi, InnoTechnoPark boʻlim boshligʻi Mamadaliyev Muhammadali Xikmataliyevich hamda Tarjimonlik fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan maʼruzalar qilindi va talabalar ma’ruzalar bahs-munozarasida ishtirok etishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov oʻziga biriktirilgan “Qizil” toifadagi yoshlarning holidan xabar olish maqsadida bugun 14- may kuni Sergeli tumanida boʻldi.

Rektor Ittifoq, Joʻnariq, Qipchoq, Nilufar mahallalariga borib, mahallada istiqomat qilayotgan “Qizil” toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Ularning holidan xabar olib, har biriga zarur oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi. Ehtiyojini soʻradi.

Mahallada istiqomat qilayotgan yoshlarning ota-onalari universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun Toshkent davlat transport universitetida “Maʼrifat maydoni” Respublika tanlovining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda Xalqaro innovatsion universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoalari 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʻyicha bellashdi. Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.

Yakuniy natijalarga koʻra:


2-oʻrinni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 1-fakulteti fakultet jamoasi qoʻlga kiritdi.

Eslatma!

Ushbu jamoa “Maʼrifat maydoni” tanlovining universitet va hududiy bosqichlarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.
 
#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌎🌍🪐💫⭐️ 12:45
O‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti ochilganiga 75 yil to‘ldi

14.05.2024
#Toshkent_shahri
Muxbir: Ozoda Fayzullayeva

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ⬇️
🌐 TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM
🌐 FACEBOOK | ▶️ renessanstv">YOU TUBE

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va koʻngilochar muhitni tashkil etish maqsadida Wi-Fi internet aloqa tizimi ishga tushirildi.


14-may kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida talabalarining internet aloqa tizimidan foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida universitetga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali oldida oʻrnatilgan Wi-Fi internet aloqa tizimi bugundan ish boshladi.

Endilikda talabalar mazkur hududda ham bepul internet aloqa tizimidan foydalanishlari mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#korrupsiyagaqarshikurash

Xalqaro jurnalistika fakulteti
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo’nalishi 2003-guruh talabasi Bobur Egamnazarovning “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida o’tkazilayotgan videoroliklar tanlovi uchun tayyorlagan ijodiy ishi.

#talabalarijodi
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Korrupsiya - bugungi kunda keng ildiz yozib ketayotgan, jamiyatning siyosatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan yomon illatlardan biridir. Ushbu illat bilan kurashish uchun keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda, o'z navbatida, oliy ta'lim muassasalarida ham mavzuga oid chora tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O'zJTU Ingliz tili 3-fakulteti tutori Shahlo Hamdamova 2309-2310-2313-guruh talabalari bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida tadbir o'tkazdi. Tadbirda qobiliyatli talabalar tomonidan mavzuga doir plakatlar chizildi va davra suhbati tashkil etildi.


@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

13-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jadidlar” klubi ochilishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 
Tadbirni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Shuningdek, tadbirda Abdulla Qodiriyning nevarasi Xondamir Qodirov ham ishtirok etib, jadidlar, jumladan, Abdulla Qodiriy haqida nutq so’zladi.

Dastur davomida jadidlar hayotiga bag’ishlab tayyorlangan videorolik taqdim etildi, jadidlarning Olmoniya davlatidan qaytishi sahna ko‘rinishi orqali namoyish qilindi, xususan, “Jadidlar” klubi a’zolari tomonidan tayyorlangan boshqa sahna ko’rinishlari qo’yib berildi.

Tadbir yuqori kayfiyatda, saviyali tarzda o’tdi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
 
 
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Ingliz tili birinchi fakulteti o’qituvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.


Suhbat davomida rektor pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalari berdi.

Shuningdek, dastur davomida Ingliz tili birinchi fakulteti o’qituvchilari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O’zDJTUda ustozlar va xodimlar doimo e’tirof va e’tiborda!


10-11-12 may kunlari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi tomonidan bir guruh professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar uchun qadimiy va boqiy Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.

Uch kunlik sayohat davomida 50 nafardan ziyod sayohatchilar gid hamrohligida Sitorai Mohi xossa saroy-bog’i, Buxoro arki, Labihovuz ansambli, Mir Arab madrasasi, Ulug’bek madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Bahouddin Naqshband hamda Buxoroning bir qancha me’moriy yodgorliklarida bo'lishdi.

Ularning yorqin taassurotlari bilan videolavha va suratlar orqali tanishishingiz mumkin!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori N.Xadjayevaga biriktirilgan 2306-guruh talabalari bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarshimiz " mavzusida tayyorlagan videoroligi

@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4⃣📚 14-may kuni O’zDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash doktoranturada tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini ko’rib chiqish, muhokama qilish, tahlil etish va tasdiqlash bo’yicha 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida O’zDJTU Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash bo’limining mustaqil tadqiqotchilik yo’nalishiga hujjat topshirayotgan tadqiqotchilar Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashida o’z mavzularini muhokamadan o’tkazdi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, professor Laylo Tolibjonovna Axmedova raisligida a’zolar tomonidan tadqiqotchilarning mavzulari, ilmiy ishlarning dolzarblik darajasi, bugungi kundagi o’ziga xos ahamiyati haqida gapirilib, kerakli mulohazalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Profilaktika katta inspektori G.K.Jabbarova tomonidan talaba-qizlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.


Mazkur profilaktik tadbir 7-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o’rtasida bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida "Jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida davra suhbati ham tashkil etilib, talaba-qizlar inspektordan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

13-may kuni O’zDJTU, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining 3 nafar oliy toifali o‘qituvchilari 9-may "Xotira va qadrlash" bayramiga bag‘ishlangan taqdimot tadbirini o‘tqazishdi.
Tadbir davomida talabalar bayraming kelib chiqishi tarixi haqida batafsil bilib olishdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📢🎉🎓
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

14-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Malayziya-Oʻzbekiston madaniyati” festivali boʻlib oʻtdi.


Festivalga Malayziyaning Sultan Idris taʼlim universiteti professori Sabariya Suleyman va professor Ravita mehmon sifatida tashrif buyurdi. Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi va kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.


Tadbir ikki mamlakatning diqqatga sazovor goʻshalari aks etgan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Shundan soʻng, talabalar tomonidan sahna ko’rinishlari, sheʼrlar, qoʻshiqlar, raqslar, jang sanʼatidan koʻrgazmali chiqishlar, liboslar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Shuningdek, dastur doirasida har ikki mamlakatning milliy taomlari burchaklari tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.

Festival davomida O’zDJTU talabalari malay xalqi madaniyati haqida yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’ldi, xususan, tadbirda har ikki mamlakat madaniyati goʻzal tarzda namoyish etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Hech bir yosh eʼtibordan chetda qolmaydi. OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Sergeli tumanidagi Ittifoq, Joʻnariq, Qipchoq, Nilufar mahallasidan biriktirilgan yoshlardan xabar olish jarayonlaridan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍⚖️👩‍⚖️
14-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 5-son majlisi boʻlib oʻtdi.

Ilmiy kengashda quyidagi masalalar muhokama etildi:

1.Yo‘ldoshev Ulugʻbek Ravshanbekovichning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Talabalarga badiiy tarjimani oʻqitishning lingvistik va metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.

2. Samiyeva Sayyora Nematovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Boʻlajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.

3. Yuldashova Nilufar Muxitdinovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda TBLT texnologiyasini qoʻllashning linvodidaktik xususiyatlari (jurnalistika yoʻnalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.

4. Moydinova Elmira Kamariddinovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Maktabgacha taʼlimda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

📚O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan "Talaba bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida 🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universityetida "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi tashkil etiladi.

💚Ushbu ko'rgazmadan asosiy maqsad, talabalarni innovatsion sohaga yanada ko'proq jalb etish hamda ularni qo'llab quvvatlash va rag'batlantirishdan iborat.

🗓16-may
14:00
📍O'zDJTU asosiy bino, 1-qavat

😇Barcha talabalarni ushbu ko'rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun Toshkent davlat transport universitetida “Maʼrifat maydoni” Respublika tanlovining 3-hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.


Tanlovda Xalqaro innovatsion universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoalari 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʻyicha bellashdi. Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.


Yakuniy natijalarga koʻra 2-oʻrinni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 1-fakulteti fakultet jamoasi qoʻlga kiritdi.

Tanlov soʻngida fakultet dekani Akmal Yuldashev va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Nizomiddin Lapasovlar talabalarga ishtiroki va faolligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
 
#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida 2024-yil 26-aprel kuni “Ekologiya va bugungi kun ta’limdagi ekologik muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.


Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan o’tkazilgan anjumanda quyidahilar muhokama qilindi:
• Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish:
• Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo`jaligi:
• Global ekologik muammolarni o‘rganishda chet tillarining ahamiyati.

Konferensiya qiziqarli va kerakli bilimlarga boy bo’ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#biz_korrupsiyaga_qarshimiz


🎬OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti J.Ramazonov tyutorligidagi FARAB 2319-guruh talabalari tomonidan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusi ostida tayyorlangan video lavha.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari uchun o‘quv-seminar tashkil qilindi.


Seminarni universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva olib bordi. Dasturdan ko’zlangan maqsad, talaba-yoshlarning psixologik ijtimoiy holatlarini diagnostika qilish, ulardagi turli hissiy buzilishlarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan psixologik bilimlarni etkazishdan iborat.

O‘quv-seminar davomida "Stress holatlaridan chiqish va pozitiv fikrlash" mavzusi doirasida kerakli manbaalar tavsiya qilindi. Seminar so‘ngida esa tyutorlar uchun amaliy mashg‘ulotlar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

13-may kuni O’zDJTU Xotin-qizlar masalalari boyicha psixolog N.Sultanova va Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori H.Shosaidova hamkorligida psixologik-trening tashkil etildi.

Unda psixologik mashg'ulotlardan "Tanishuv" treningidan hamda kayfiyatni ko'taruvchi testlardan foydalanildi.

Ushbu trening talabalar bilan yaqindan tanishish, ularning ijtimoiy va psixologik holatlarini diagnostika qilish maqsadida o'tkazildi.


Jarayon qizg'in, fikr-mulohazalarga va anglashlarga boy tarzda o'tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

📸 Buxoroi sharifga sayohatdan fotoreportaj

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

“Assalom, O'zbekiston" ko'rsatuvida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori L. Raxmatullayevaga biriktirilgan 2117-guruh talabalari bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarshimiz " mavzusida tayyorlagan videoroligi

@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…
Подписаться на канал