#xotira #YoshlarIttifoqi
#BitiruvchiVaTalabaYoshlarFestivali
Joriy yil 8-may kuni erta tongdan universitet Yoshlar Ittifoqi jamoasi va bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan "Bitiruvchi va talaba yoshlar" festivali doirasida xotira chellenji boʻlib oʻtdi.
Unda universitetning professor-oʻqituvchi va talabalariga sharaf lentalari taqildi
4️⃣4️⃣4️⃣
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport o‘yinlari bo‘yicha “Esports EduCup” turniri tashkil etiladi.
Turnirning 1-bosqichi oliygohlarning o‘zida 5-maydan 10-maygacha o‘tkaziladi. 1-bosqichda har bir o‘yin bo‘yicha 1-o‘rinni egallaganlar 2-bosqichga tavsiya etiladi.
2-bosqich Toshkent shahar bosqichi bo‘lib, 11-maydan 23-mayga qadar o‘tkaziladi.
🔺Ushbu qiziqarli turnirda ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Ammo shuni yodda tutingki, faqat universitet bosqichidagi g‘oliblar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Jamoani ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati - 10-may soat 18:00.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolalar:
Dota 2 - https://forms.gle/YzMcYST1rHfHXaFv9
Counter Strike 2 - https://forms.gle/4QrUWDkkXZP1aUhk9
O‘z kuchlaringizni birlashtiring, jamoa to‘plang va oliygohimiz nafaqat akademik, balki kibersportda ham eng zo‘r ekanligini isbotlang!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 88-804-74-74
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Joriy yilning 8-May kuni Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti Tarjimonlik fakulteti, fakultet dekanati hamda Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi hamkorlikda 1-kurs Tarjima nazariyasi va amaliyoti kechki taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Outdoor movie evening” tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad albatta, talabalarning taʼlim olish jarayonini yanada mazmunli tashkil qilish hamda ingliz tilida tinglab tushunish mahoratlarini noanʼanaviy tarzda oshirish.
#tashrif
Ingliz filologiyasi fakulteti mas'ullari tomonidan Ikkinchi jahon urushi faxriysi holidan xabar olindi.
8-may kuni fakultet dekani G.Ergasheva boshchiligida dekan muovinlari, tyutorlar va talaba-yoshlar Toshkent shahar Uchtepa tuman "Birlik" MFYda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi veterani, mehnat faxriysi Anatoliy Burikin xonadoniga tashrif buyurdilar.
🇺🇿9-may yurtimizda keng miqyosda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanib, urush yillarida va mehnat frontida tinchlik uchun kurashgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi.
🎗️Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani I.Ismailov, Yoshlar masalalari bo'yicha dekan muovinlari N.Kadirova, Sh.Zakirov, tyutor N.Xadjayeva hamda FVV Akademiya Tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi M.Badalbayeva, kursantlar tomonidan adabiy-badiiy tadbir tashkil etdi.
#tadbir
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida 9-may "Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi o'qituvchilari N.B.Rasulova va D.A.Turg'unboyevalar tomonidan "May 9-The Day of Remembrance and Honor" nomli tadbir o'tkazildi.
#xotira_va_qadrlash_kuni
Bizni kuzating
#ustozga_ehtirom
📰 «Hurriyat» газетасининг бугунги сонида филология фанлари доктори, профессор Файзулла Мўминовнинг илмий мактаби ҳақида жуда яхши мақола чоп этилибди.
✅ ЎзДЖТУ Халқаро журналистика факультети декани, филология фанлари доктори Амрилло Каримовга устозларга бўлган юксак эътибор ва эҳтиром учун миннатдорлик билдирамиз.
❇️ Устозларга эҳтиром кўрсатиш – шогирдларга сабоқ беришнинг энг самарали усули, десак хато бўлмаса керак.
❗️ Мақолани ўқишни тавсия этмасак ҳам, кўпчилик катта қизиш ва эътибор билан ўқиган бўлса керак!
〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/gazetalar_sharhi
0️⃣0️⃣0️⃣
8-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida malakaviy bitiruv ishi himoyasi bo’lib o’tdi.
O’zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida tashkil etilgan dasturda universitet rektori I.Tuxtasinov, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori A.Abidjanov va bir qator mas’ullar ishtirok etdi.
Tadbirda 2024-yil yanvar-may oyida kasbiy qayta tayyorlash 4 oylik (576 soatlik) kursiga qabul qilingan tinglovchilar o’quv rejadagi soatlarni va yakuniy nazoratlarni to’liq bajarganlar malakaviy bitiruv ishini himoya qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣1️⃣1️⃣
7-may kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekan o'rinbosarlari, tyutorlar, Faynberg stipendiyasi sovrindorlari hamda talabalar ishtirokida ommaviy va milliy sport o'yinlari tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida talabalar milliy o'yinlardan bo'lgan arqon tortish, qo'lkurash, o'rtaga tushar o'yinlari hamda ommaviy sport turlari bo'lgan volleybol, badminton, tosh ko'tarish kabilar bo'yicha bellashdilar.
Shuningdek, dastur davomida Faynberg ijodi haqida suhbat va adib ijodidan she'rlar ijro etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan pedagog va talabalarga “Sharaf” lentalari tarqatilmoqda.
Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Guli Ergasheva boshchiligida fakultet talabalariga ham “Sharaf” lentalari taqildi.
Yuqorida jarayondan fotolavhalarni ko’rishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#E’lon #Ovozli_chat
⚡️Bugun, soat 11:30 da mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari yuzasidan ovozli chat bo‘lib o‘tadi
Unda qabul talablari bilan bog‘liq barcha savollaringizga vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari javob berishadi.
Eslatma: mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar phd.mininnovation.uz orqali onlayn qabul qilinadi.
🔊Ovozli chatda ishtirok etish uchun havola:
👉 /channel/ilmiy_darajali_kadrlar?livestream=f33cd5c3b58fc14b19
Bizni kuzating
💻 ⚖️👨💻👩💻💬
O’zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Jahon adabiyot kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Germaniyaning DAAD tashkiloti stipendiyasi gʻolibi boʻlgan OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va talabalari joriy yilning 6 may kuni Maynsdagi Johannes Gutenberg Universitetiga tashrif buyurdilar.
OʻzDJTU vakillarini universitet professori, nemis tili ikkinchi til sifatida oʼqitish magistratura yoʻnalishi boshligʻi Marion Grein boshchiligida bir necha professor-ustozlar kutib oldilar. Kun avvalida oʻzaro tanishish va belgilangan seminarlar dasturini tanishtirish maqsadida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
2️⃣2️⃣2️⃣
7- may kuni OʻzDJTUda 9-may Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab “Xotira muqaddas” nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida ajdodlarimiz xotirasiga bagʻishlab bir daqiqalik sukut saqlandi. Shundan soʻng, davlatimiz madhiyasi bilan tadbirni asosiy qismi boshlandi.
Tadbirni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yusupov ochib berdi.
Tadbir davomida, mudofaa ishlar boshqarmasi orkestrining chiqishlari namoyish etildi. Shundan soʻng isteʼfodagi tibbiyot polkovnigi, Toshkent veteranlar birlashmasi raisi Xayrulla Sagdullaev bayram bilan barchani tabriklab, bu kunlarni qadrlash, ne-ne ajdodlarimiz orzu qilib yetolmagan osuda kunlarni qadrlash kerakligini aytib, xotiralari bilan boʻlishda.
Mudofaa ishlar boshqarmasi oʻquvchilarining qoʻl jangi chiqishlari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Hotamjon Yuldashev ijrosida kuy-qoʻshiqlar, Muhammadali Joʻrayevning ingliz tilida ijro etgan qoʻshiqlari, opera xonandasi Shohida Nurmatovaning chiqishlari bayram tadbiri dasturidan oʻrin oldi.
Xalqaro jurnalistika fakulteti Xalqaro jurnalistika yo'nalishi 2301-guruh talabasi Sobirova Sug'diyonaning "Ma'rifat" gazetasida "Asrga teng qahramon" sarlavhali urush qatnashchisi N.P.Georgiyevich xonadoniga universitet mas'ullari va talabalar yo'qlab borishgani haqida yozgan maqolasi chop etildi.
#talabalarijodi
@xalqarojurnalistika_fakulteti
#xotira_va_qadrlash_kuni
🟥🟥🟥
Hurmatli yurtdoshlar, aziz faxriylar!
Barchangizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman!
Mana shunday musaffo osmon, erkin va ozod hayot uchun ming shukurlar boʻlsin. Bu yoʻlda jon fido qilgan, urush maydonlaridan qaytmagan ming-minglab yurtdoshlarimiz, universitet rivojiga umrini bagʻishlab, olamdan oʻtgan fidoiy ustozlarimizning yodi doim qalbimizda qoladi.
Bugun jang maydonlarida mardlik va jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, hozir oramizda sogʻ-salomat boʻlib yurgan muhtaram faxriylarimiz, fidoyi ustozlarimiz, ilmga umrini baxshida etgan olimlarimizga universitetimiz jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!
Hurmat bilan, Ilxomjon TUXTASINOV, OʻzDJTU rektori, professor.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan urush qatnashchilari, front ortida xizmat ko’rsatgan faxriylar holidan xabar olindi.
🔰 8-may kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Dilorom Xoshimova, xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi, tyutor Malika Saburova, tyutorlar hamda talabalar “Guzar” mahalla fuqarolar yig’inida doimiy ro’yhatdan o’tgan 5 nafar urush faxriylari holidan xabar oldi.
Suhbat davomida, Farida Faxriddinova, Liza Gizatova, Raisa Ragulina, Pelageya Ribchenko, Aleksey Ivanovlar tomonidan urush yillari, front orti mashaqqatlari haqidagi hikoyalari tinglandi. Yurtimiz tinchligini qadrlash, osudaligini saqlashga urinishga har birimiz mas’ul ekanligimiz ta’kidlandi.
🟥🟥🟥 | 🟥🟥🟥
9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI!
#qatagʻon_qurbonlari
#xotirasi_kuni
Bizni kuzating
#ДеньПамяти #ДеньПочести 🕊🇺🇿
🌹 Сегодня наши тьюторы факультета русской филологии, Д. Тошполатова, Ш. Абдурахмонова, С. Очилова и их преданные студенты, в знак уважения и признания подвига, организовали трогательную поездку на «Площадь памяти и почестей», что на площади Независимости, в связи с Днем памяти и почести 9 мая.
🌺 Вместе с экскурсоводами, они возложили цветы к подножию статуи «Скорбящей матери», чтобы отдать дань уважения тем, кто жертвовал своей жизнью за нашу свободу. В ходе поездки студенты узнали истории героев войны и прониклись тем, как многие из них отдали свою жизнь за благо нашей страны, чьи имена вечно запечатлены в мемориальной книге.
📖 Это был важный момент для нас, чтобы вспомнить и почтить тех, кто сделал невозможное ради нашего будущего. Мы выражаем глубокую признательность всем героям, чьи жертвы помогли нам жить в мире и свободе.
_________
Факультет русской филологии💙
0️⃣0️⃣0️⃣
Bilasiz, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyati boʻyicha oʻz brendi yaratilgan. Shu kunga qadar, universitetning yangi dizayndagi logotipi tushirilgan ruchka bloknot, bosh kiyimi, sport kiyimi va boshqa bir qancha mahsulotlar tayyorlandi.
OʻzDJTU oʻzining imijini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan koʻplab tashabbuslar qatoridan universitet logosi tushirilgan forma yaratish tashabbusi ham oʻrin olgan edi.
Bugun universitetda faoliyat olib borayotgan barcha professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar uchun universitet logosi tushirilgan forma yaratilish ishlari nihoyalanib, yangi koʻrinishdagi formalar universitet rahbariyati vakillari, professor-oʻq tuvchilar, xodimlar va talabalarga taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
8-may kuni O'zDJTU Ma'naviyat va ma'rifat markazi bosh binosida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari B.Shirinov va M.Musayev bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Roman-german, Sharq, Ingliz filologiyasi fakultetlari talabalari ishtirok etdi.
Xodimlar talabalarga yagona interaktiv davlat xizmatlari portali haqida maʼlumotlar berib o'tdi. Tizimdan qanday foydalanish kerakligi, portalning imkoniyatlari, afzalliklarini taqdimot orqali tushuntirib berdi.
Yakunda talabalar va pedagoglar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦
🖥 HEMIS - Higher Education Management Information System
ya’ni "Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi"
HEMIS tizimida talabalar uchun:
🤳 Tayinlangan stipendiyalar to’g’risida ma’lumot;
🤳 Talaba o‘qish joyidan maʼlumotnomani onlayn olish;
🤳 Talabaning davomati;
🤳 Dars jadvalini onlayn ko‘rish;
🤳 Fanlardan o’zlashtirish baholari;
🤳 Talabaning reyting daftarchasini elektron shaklda yuklab olish;
🤳 Transkript (akademik ma’lumotnoma) yuklab olish;
🤳 Talaba diplomi va uning ilovasini yuklab olish;
🤳 Sirtqi ta’lim talabalari uchun chaqiruv qog’ozi;
🤳 Yakuniy va nazorat jadvallari;
📱 Shuningdek, ushbu xizmatlardan, HEMIS Mobile ilovasi hamda HEMIS student Telegram boti [ @Hemisedu_bot ] dan foydalanishingiz mumkin.
📲 HEMIS Ilovasini yuklash
____________________________________________________
Instagram | Facebook | raqamlitalimmarkazi597">YouTube | Veb sahifa
👉 Raqamli ta'lim markazining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling
👨💻👩💻🧠
#psixologik_trening
7-may, OʻzDJTU universiteti psixologi Zebiniso Xayrullaeva Ingliz tili 2-fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muovinlari M.Jakbarov, Z.Xasanov hamda tyutorlar G.Kadirova va Sh.Kadirova tashabbusi bilan "Art terapiya" mavzusida 2-bosqich talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu trening talabalarning ijtimoiy, psixologik holatlarini diagnostika qilish maqsadida oʻtkazildi.
Treningda talabalar ishtirokida “Tanishuv”, “Ijtimoiy psixologik MEN ning ustunligi”, “Psixogimnastika” “Art terapiya” mashgʻulotlaridan foydalanildi.
Jarayon qizgʻin, fikr-mulohazalarga va anglashlarga boy tarzda oʻtdi hamda mashgʻulotlar talaba-yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
26 апреля 2024, в Московском государственном лингвистическом университетте состоялся Ежегодный проект Английского центра МГЛУ "British way of life".
В проекте участвовали студентки 2 курса СОП УзГУМЯ-МГЛУ Бахтиерова Мадина и Бакирова Мохинур, они прочитали стихотворение "IF" by R. Kipling.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
“Kings of Checkers” nomli Shashka boʻyicha yoshlarni sport musobaqalariga qiziqish uygʻotish maqsadida tadbir oʻtkazildi va gʻoliblar aniqlandi.
Mazkur tadbir joriy yilning 2-may sanasida Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etildi.F.Azizova tashabbusi bilan kafedra oʻqituvchilari M.Umaraliyev, N.Sharipova M.Meyliev, R.Yusupov va kechki taʼlim talabalari ishtirokida shashka boʻyicha musobaqa o’tkazildi.Kechki taʼlim talabalari faol ishtirok etishdi.
⚖️👨💻👩💻💬
7-may kuni OʻzDJTU da "Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Xalqaro anjuman doirasida Jahon adabiyotining durdona asarlari tadqiqi, Sharq va Gʼarb adabiy jarayoni, Oʻzbek va jahon adabiyotining qiyosiy talqini, tarjimashunoslik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy anjumanga boshqa davlat hamkor universitetlaridan vakillar tashrif buyurdi. Xalqaro anjumandan koʻzlangan maqsad, oʻzbek va jahon adabiyoti namoyandalarining hamkorligini kuchaytirish, turkiy xalqlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iborat.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt