🟦🟦
22-noyabr kuni Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining bu sonida Ashurova Nigina Alimdjanovna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayorlangan «Ingliz tilida yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish mexanizmlari» mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Oflayn va onlayn tarzida tashkil etilgan seminarda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Shu kunlarda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi va Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan rejaga muvofiq fakultetlarda keng ko‘lamli o‘rganish va monitoring ishlari olib borilmoqda.
Ushbu jarayonda fakultetlarning maqsadli ko‘rsatkichlarini yanada yuksaltirish, xalqaro reytinglardagi o‘rnimizni mustahkamlash borasida muhim qadamlar tashlandi. Monitoring jarayonida bo‘lim xodimlari barcha fakultet dekanlari va kafedra mudirlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazib, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvlarda fakultetlarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini yanada jonlantirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ayniqsa, Scopus va Web of Science kabi nufuzli bazalarda maqolalar sonini ko‘paytirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan har bir fakultetga aniq ko‘rsatmalar berilib, zaruriy yo‘l-yo‘riqlar tushuntirildi. Bugungi monitoring natijalari universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Eslatib o‘tamiz, universitetimiz rahbariyati tomonidan xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishish ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#bizkorrupsiyagaqarshimiz #tanlov
OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti tyutori M.Allamova boshchiligidagi 2421-guruh talabalarining "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida ishlagan videoroligi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🎗 Sog‘lom turmush sari! 🌟
21-noyabr Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani I.R.Bazarov dekan muovini N.Kadirova tyutorlar Sh.Hamdamova N.Xodjaeva "OITS va OIVga qarshi kurash: biz sog'lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida uchrashuv tashkillashtirildi.
Toshkent viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo‘limi vrachi Latipov Xayitboy Mutalovich – sog‘lom turmush tarzi, OIV va OITSning oldini olish yo‘llari haqida qimmatli ma'lumotlar ulashdi.
Talabalar o‘z savollari bilan faol ishtirok etib, kerakli javoblarni oldi.
👨💻👩💻🧠
OʻzDJTU Xotin-qizlar psixologi Sh.Boʻstonova hamda Ingliz filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova tomonidan 5-TTJ talabalari uchun “Men hayotdan zavqlanaman” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc/PhD) kirish imtihonlari o‘tkazildi.
✅10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti;
✅10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik;
✅10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi;
✅13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi;
✅13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi;
✅10.00.07 - Adabiyot nazariyasi;
✅10.00.09 – Jurnalistika;
✅23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar;
✅23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari
✅07.00.01 - O‘zbekiston tarixi;
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣 🏆🏆🏆
“Interdisciplinary Science Rankings”: O‘zDJTU dunyo miqyosida
21-noyabr kuni nufuzli xalqaro reyting tashkiloti The Times Higher Education (THE) “Schmidt Science Fellows” jamg‘armasi bilan hamkorlikda ilk bora “Interdisciplinary Science Ranking” (Fanlararo fan reytingi) natijalarini e'lon qildi.
⭐️ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro Interdisciplinary Science Rankings 2025 reytingida REPORTЕR maqomiga sazovor bo‘ldi!
🏆 tashkilotining eng yirik debyuti – Fanlararo fan reytingi (Interdisciplinary Science Rankings) oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rag‘batlantirish va global tadqiqot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan bo‘lib, unda 92 ta mamlakatdan 749 ta universitet ishtirok etdi.
↗️ Ushbu yutuqqa erishishda hissa qo‘shgan barcha xodimlarimiz va hamkorlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Mazkur natija Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lida dastlabki qadam boʻldi. Bundan keyin ham yangi marralar zabr etilishiga ishonamiz!
#THEunirankings #THEISR #THEISF
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#anons
“Va’da” nomli ko‘p qismli milliy serial
Ushbu serial orqali yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, qatʼiyatli va shijoatli boʻlishga undash maqsad qilingan.
Serial yoshlarning Vatan posboni bo‘lishdek sharafli kasbni egallashga bo‘lgan intilishlarini oshiradi va ruhlantiradi. Serial tez kunlarda “Renessans TV” telekanali orqali efirga uzatiladi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
O‘zDJTUda “Yilning eng faol talabasi” respublika tanloviga yuborilgan ijodiy ishlarni o‘rganib chiqib, baholash jarayonlari davom etmoqda.
20-noyabr kuni Tanlov komissiyasi a’zolari ijodiy ishlarni o‘rganishning ikkinchi kunida tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan fanlarni o‘zlashtirish natijalari, jamoatchilik ishlari va erishilgan yutuqlar aks etgan hujjatlarni, talabalaring ilmiy va ijodiy ishlarini qabul qilish va o‘rganish asnosida tahlil etib, ularni baholadilar.
Eslatib o‘tamiz: Ijodiy ishlar 3 kun davomida o‘rganilib, baholanadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tavsiya #anons
📹Uch qahramon
Ushbu film harbiy vatanparvarlik, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, kinoasar yot g‘oyalarga qarshi kurash, vatanparvarlik, giyohvandlik zavoli, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini targ‘ib qiladi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, film 1-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
Ingliz tili 3- fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Sh.Zokirov universitet profilaktika katta inspektorlari kapitan M.Nurmuhamedova, Sh.Bekmetov hamda fakultet tyutorlari L.Raxmatullayeva, D.Tuxtamurodova va S.Muhiddinovalar o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida tadbir o‘tkazdi.
Ushbu profilaktik tadbirda mavzu yuzasidan talabalar bilan davra suhbati olib borildi.
Suhbat davomida mavzu doirasida kerakli tushunchalar berilib, talabalar o‘zlari qiziqqan har qanday savollariga javob oldi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚡️19-noyabr kuni , OʻzDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi X.Nishanova 1-TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olish maqsadida bordi va turli mavzular doirasida davra suhbati olib bordi.
📌Suhbat davomida talabalarga Kiber xavfsizlik va turar joyining ichki tartib qoidalariga amal qilish mavzularida tushuntirish olib borildi.
✔️ Shuningdek, talabalar ham o'z fikrini bildirdi va o'zlari qiziqqan savollarga javob oldi.
@thirdEnglishfaculty
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
Yoshlarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng faol talabasi” respublika tanloviga arizalar qabul qilish jarayonlarida saralangan talaba yoshlar universitet bosqichiga yetib keldi.
19-noyabr kuni mazkur talabalarning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqish va baholash jarayonlariga start berildi.
Ijodiy ishlarni o‘rganib chiqish jarayonlari oldidan universitet rektori va Tanlov komissiyasi a’zolari bilan birgalikda uchrashuv tashkil etildi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov tanlovning universitet bosqichini talab darajasida o‘tkazilishini muvofiqlashtirish va zarur hollarda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish hamda shaffoflik ta’minlanishini nazoratga olish, har bir ijodiy ishlarni sinchkovlik bilan o‘rganish va odilona baholash zarurligini ta’kidladi.
Tanlovning Nizom talablari asosida ishlarni tashkil etilishi, yuqori saviyada, adolat, xolislik va oshkoralik mezonlari asosida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi ham mazkur baholash jarayonlarini nazoratga oldi.
Ijodiy ishlar 3 kun davomida o‘rganilib, baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar taqdirlanadi:
✅Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
✅Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
✅Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✅Yilning eng faol sportchi talabasi;
✅Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
✅Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✅Yilning eng faol tadbirkor talabasi.
Ma’lumot uchun: Nominatsiyalar bo‘yicha 1-2-3 o‘rinni egallagan g‘olib va sovrindorlar O‘zDJTU faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 8 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohibi BHMning 6 barobari miqdorida hamda 3-o‘rin sohibi BHMning 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutining doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchilar uchun imtihonlar o‘tkazildi.
Imtihonlardan avval O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M.Tuxtasinov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Yusupov imtihonning ahamiyati haqida so‘zlab, imtihon topshiruvchilarga omad tiladi. Imtihonlarga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilindi.
Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha 2024-2027-yillari uchun yo‘l xaritasining 21-bandiga asosan Tarjimonlik fakultetida Tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Tursunova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva, hamda fakultet tyutorlari bilan hamkorlikda "OITS/OIV infeksiyasi va uning oldini olish" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
🩺 Suhbat asnosida, OITS/OIV infeksiyasining sabab va oqibatlari, infeksiyaning oldini olish usullari va muhim gigiyenik qoidalarning ahamiyati haqida ko‘rsatmalar berildi.
📎 Suhbat yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
/channel/TF_UZSWLU
🟦🟦🟦 🟦🟦
UNIVERSITET YETAKCHILIGA TANLOV E’LON QILINADI
❗️Tanlovda O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabalari hamda professor-o'qituvchilari ( 30 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
✅Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
✅ Tashabbus va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash;
✅ Yoshlarni yetaklay olish qobiliyati,
✅ Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi, liderlik va notiqlik
✅ Hujjatlar bilan ishlay olish ko‘nikmasi;
✅ Kamida 2 ta xorijiy tillarida erkin muloqot qila olish.
✅Imkoniyatlar nimalardan iborat?
Moliyaviy rag‘batlantirish – munosib oylik!
Yoshlar bilan ishlash orqali tajriba va hurmat qozonish!
Universitet hayotining markazida bo‘lish va yetakchilik qobiliyatingizni rivojlantirish!
📌Arizalarni topshirish muddati:
23-noyabrdan 27-noyabrga qadar.
28-29-30-noyabr kunlari suhbat va saralash bosqichi.
Suhbat jarayonida nomzodlar o‘z g‘oyalarini taqdimot shaklida ko‘rsatib berishlari zarur bo‘ladi.
📌Kerakli hujjatlar:
REZYUME (umumiy ma’lumot, 3x4 rasm, tel.raqam ko‘rsatilishi lozim)
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Xamdamov (+998 97 711 58 53)ga murojaat qiling!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Joriy yilning 22-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi oʻqituvchisi M.Hasanov tomonidan "Ilmiy-ijodiy ishlarni eʼlon qilish qoidalari" mavzusi asosida toʻgarak mashgʻuloti oʻtkazildi.
Toʻgarak mashgʻuloti davomida ilmiy va ijodiy ishlarni qanday qilib mahalliy va xalqaro jurnallarda nashr qilishning muhim jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, ularning yozilish uslublari, qoidalari koʻrib chiqildi.
Mashgʻulot qiziqarli va bahs-munozaraga boy holatda boʻlib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javoblar olishdi
#fakultet_yangiliklari
@second_faculty_official.
🖐🟦🟦🟦
21-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida poytaxtimizdan saralanib chiqqan 42 ta oliy ta’lim muassasalarining (og‘il bola) jamoalari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Toshkent shahar final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunlarini universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev kuzatib bordi.
Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov g‘oliblarga sertifikat va sovg‘alar topshirdi.
Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin O‘zbekiston Milliy universiteti
2-o‘rin Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
3-o‘rin O‘zDJTU universiteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tyutorlar_faoliyati
Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari M.Abdullayeva, N.Oroqboyevalar tashabbusi bilan 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif uyushtirildi.
Tashrifda 2425A-guruh faol ishtirok etdi. Bolalarni xursand qilish uchun guruh tomonidan turli sovg'alar ulashildi
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat natijalari
----
10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc)
kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc) kirish uchun qabul qilingan suhbat natijalari
----
10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
10.00.07 - Adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha
mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Virtual_akademiya
2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi
Virtual akademiyada quyidagi kontingent uchun o‘qish tashkil etiladi:
✔️aholi, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
☑️ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;
☑️davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari;
✔️davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.
2024-yil oxiriga gadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.
#eslatma #sharh
2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushadi
📹Ushbu platforma qanday ishlashi haqida batafsil videoreportajda hikoya qilinadi
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
20-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutining doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchilar uchun imtihonlar o‘tkazildi.
Imtihonlardan avval Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Yusupov imtihonning ahamiyati haqida so‘zlab, imtihon topshiruvchilarga omad tiladi.
Imtihonlarga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilindi. Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.
✍️Imtihon natijalari bilan tanishing!
✅10.00.09-Jurnalistika ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
✅10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
✅10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha stajyor-tadqiqotchilikka kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
✅13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha stajyor tadqiqotchilikka kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
✅13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
✅10.00.11-Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
20-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi tomonidan “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar 2” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjuman yalpi majlisi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov tadbirni ochib berdi.
Shundan so‘ng, ishtirokchilarga Tarjimonlik fakultetining tarixi, yutuqlari hamda bugungi kundagi natijalarini aks ettirgan videolavha taqdim etilib, konferensiya mavzusi doirasida ma’ruzachilar fikri o‘rtaga tashlandi.
Diplomatiya universitetida tahsil berib kelayotgan Eron Islom Respublikasi professori Zaxra Zaratti, Tarjimonlik fakultetining Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Akhmad Al-Zubaydi, Yapon filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Noto Kuniyaki, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Schusler Ralph va boshqa ko‘plab universitet professorlari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalarini taqdim etdi.
Anjuman bugun Xalqaro maydonda ketma-ket yutuqlarga erishib kelayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari, soha mutaxassislari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🗓 Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "Yoshlarni ekstremizm g'oyalaridan asrash - barqarorlik omili!" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida universitet profilaktika inspektorlari Sh. Bekmetov va M. Nurmuhammedova ishtirok etishdi.
❇️Tadbir davomida inspektorlar tomonidan yoshlarni ekstremizm g'oyalaridan ogoh boʻlishlik, turli xil diniy oqimlarga aralashib qolmaslik , ta'qiqlangan saytlarga kirmaslik uning oqibatlari boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.Barcha talabalar ogohlikka chaqirildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib tarzda javob oldilar.
/channel/rgffaculty
🟦🟦🟦🟦🟦
19-noyabr kuni O‘zDJTU profilaktika inspektorlari — kapitan Sherzod Begmetov, O‘zDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi X.Nishanova 1-TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olish, suhbat qilish hamda muammolarni o‘rganish maqsadida bordi. Ular talabalar bilan turli mavzular doirasida davra suhbati olib bordi.
Suhbat davomida talabalarga Kiber xavfsizlik va turar joyining ichki tartib qoidalariga amal qilish mavzularida tushuntirish olib borildi.
Shuningdek, talabalar ham o‘z fikrini bildirdi va o‘zlari qiziqqan savollarga javob oldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha stajyor-tadqiqotchilikka kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
10.00.07 – Adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon natijalari
___
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistikasi fakulteti 4-bosqich talabalari O’zbekiston gimnastika federatsiyasida bo’ldi.
Tadbir Sport jurnalistikasi fani doirasida filologiya fanlari doktori Yulduz Ortiqova tashabbusi bilan tashkil etilib manzilda amaliy darslar o’tkazildi.
⚡️ 18-19-noyabr kunlari O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari respublika ekologik treningida ishtirok etdi.
✅ Xalqaro jurnalistika fakultetida “Ekolog” jamoat birlashmasi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan “Yoshlar uchun iqlim ta'limi: Barqaror kelajak sari qadamlar” mavzuida 2 kunlik trening o’tkazildi.
Unda fakultetning 40 ga yaqin talabalari ishtirok etib “Ekolog” jamoat birlashmasi vakillari Nargis Qosimova, Feruzbek Sayfullayev, xalqaro ekspert Natalya Idrisova tomonidan muhim ekologik bilimlar oldi.
🟩🟩🟩🟩
Ibragimov Baxromjon Ismoilovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Ибрагимов Бахромжан Исмаилович назначен заместителем декана факультета английской филологии Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Ibragimov Bakhromjon Ismailovich was appointed to the position of deputy dean of the Faculty of English Philology of the Uzbek State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt