#kechki_ta’limda_tadbir
12-noyabr kuni Ingliz filologiyasi fakultetida KECHKI TA’LIM talabalari uchun "Sog‘ tanda, sog‘lom aql" shiori ostida sport musobaqalari davom ettirildi.
Talabalar haftaligi doirasida tadbirning ikkinchi kuni voleybol sport musobaqalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga Kechki ta’limdagi talabalar qatori kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi talabalar ham jalb etildi, ularga esa o‘z navbatida Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamrohlik qildilar.
Bellashuv murosasiz kechdi va musobaqa so‘ngida g‘oliblar aniqlanib, sovg‘a va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zDJTUning barcha talabalar turar joyida xorijiy tillardan C1 darajasiga ega bo‘lgan ko‘ngilli yoshlar yordamida xorijiy tillarni o‘rganish istagidagi talabalar uchun bepul to‘garaklar tashkil etilmoqda.
Bugun universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda to‘garak rahbarlari etib tayinlangan ko‘ngilli yoshlar bilan uchrashdi.
Ular bilan suhbatlashib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda ularga o‘z tavsiyasi va maslahatlarini berib o‘tdi. Shuningdek, to‘garak rahbarlariga dars jarayonlarida zarur bo‘latayotgan jihozlarni taqdim etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🇺🇿 O'zDJTU
🇬🇧Third_englishfaculty
Talaba-yoshlar orasida kitob mutolaasini keng targ’ib qilish va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini yuksaltirish maqsadida Javlon Jovliyevning “Qo’rqma” hamda Deyl Karnegining “Do’st orttirish”va odamlarga ta’sir etish asarlari asosida o’tqazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” respublika kitobxonlik tanlovi 4-mavsumida “Eng faol targibotchi nominatsiyasida Ingliz tili uchinchi fakulteti talabasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
13-noyabr kuni OʻzDJTU Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi 70230101 - Lingvistika (fransuz tili) yo'nalishi 2-bosqich bitiruvchi magistrlarining tasdiqlangan rejaga muvofiq, dastlabki Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi bo'lib o'tdi.
Dastlabki himoya muhokamasida kafedra mudiri, dotsent G.Raximova, professor J.Yakubov, kafedra o'qituvchilari va ilmiy rahbarlar qatnashdi.
2023-2024 o'quv yilida 4 nafar bitiruvchi magistr-talabalar mavjud bo'lib, magistrlik dissertatsiyalarini dastlabki himoya jarayonida ular tomonidan ilmiy ishlarning asosiy qismlari bo'yicha qisqacha ma'lumot berildi. 1 nafar magistr-talaba oilaviy sharoiti tufayli muhokamada Zoom platformasi orqali onlayn qatnashdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Xabaringiz bor, Ingliz filologiyasi fakultetida professor-o'qituvchilar va talabalar uchun "Ilmiy burchak" tashkil etilgan edi.
“Ilmiy burchak”da ilmiy adabiyotlar jumladan, dissertatsiyalar, maqolalar to‘plamlari, darsliklar, avtoreferatlar, lug‘atlar va boshqa bir qator kerakli manbalar bor.
Yaqinda mazkur “Ilmiy burchak” fakultet dekani Guli Ergashevaning sa’y-harakatlari va bevosita tashabbuslari bilan tilshunoslik sohasining yetakchi olimlari va darg‘alarining portretlari bilan boyitildi.
E’tiborlisi, portretlar olimlarning tug‘ilgan yili, joyi va ular tadqiqot olib borgan fan yo‘nalishlari haqida axborot beradi.
📍 Ingliz filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida malakaviy imtihonlar oʻtkazildi.
Dastur avvalida OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori O.Yusupov imtihonning ahamiyati haqida soʻzlab, imtihon topshiruvchilarga omad tiladi. Imtihonlarga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilindi. Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.
🟩🟩🟩🟩
Hamrayev Maqsudjon Saidaxmadovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Хамраев Максуджон саидахмадович назначен проректором по финансам и экономике Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Hamrayev Maqsudjon Saidakhmadovich was appointed to the position of vice-rector for financial and economic affairs of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
12-noyabr kuni O‘zDJTU Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Kuzatuv kengashi raisi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Muxtorovich Mahkamov hamda Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirok etdi.
Kuzatuv kengashini kengash raisi olib bordi. Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida kun tartibiga kiritilgan bir qator masalalar o‘rganildi.
Shuningdek, yig‘ilishda Hamrayev Maqsudjon Saidaxmadovichni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga, Abdullayev Suyun Artikovichni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kuzatuv kengashidan yig‘ilishidan so‘ng, O‘zDJTU rahbariyati vakillari hamda Kuzatuv kengashining a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yangi tayinlovlar haqida axborot berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#e’lon
⚡️ 1 000 nafar talaba-o‘quvchilarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda
🔰 Iqtidorli yoshlarning chet tilini oʻrganishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS granti — 2024” tanlovi o‘tkaziladi.
Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan magistratura va bakalavr bosqichi talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar 30-noyabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)
❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
O‘zbekiston musulmonlari idorasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlarini yanada shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida diniy ta’lim tizimi uchun fanlardan test savollarini yuqori saviyada tayyorlashda amaliy yordam bergan O‘zbekiston jahon tillari universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildiradi.
11- noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin XOLIQNAZAR domla tomonidan yuborilgan tashakkurnomani O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov qabul qilib oldi hamda e’tibor va e’tirof uchun minnatdorchilik bildirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
11 noyabr kuni umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R.U. Madjidova, katta o‘qituvchilar N.R. Madaminova, M.O. Nosirova, o‘qituvchilar Sh.A. Alimardanova, A.R. Galyamova A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti tomonidan chet ellik rus tili pedagoglari uchun tashkil etilgan Maktabning tantanali ochilishida ishtirok etdilar.
Tantanali tabrik so‘zi bilan universitetning xalqaro faoliyat va baynalmilallashtirish bo‘yicha prorektor o‘rinbosari S.A. Sheremet, O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi konsuli U.A. Boltaboyev, gumanitar fanlarni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasining "Mening tarixim" dasturiy faoliyati strategiyasi va monitoringi Departamenti rahbari o‘rinbosari E.A. Gulyayeva, "Rus uyi" xorijiy fuqarolar uchun tayyorgarlik bo‘limi direktori O.V. Chuxayevalar so‘zga chiqishdi.
Tadbirning ikkinchi qismida universitetning asosiy kampusi va imperatritsa Mariya Fedorovna Fundamental kutubxonasi bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi. Shundan so‘ng universitetning katta o‘qituvchisi V.I. Uxartseva o‘qituvchilarga ma’ruza va master-klass taqdim etib, rus tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha tajriba almashdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari universitet rektori I.M. Tuxtasinov nomidan prorektor va elchi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tadbirning boshqa tashkilotchilariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida joylashgan hududiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududda manzarali va butasimon daraxtlar ekishdi.
Tashrif so‘ngida universitet binosida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan yangi, zamonaviy talablarga mos ravishdagi mustaqil ta’lim, fan to‘garaklari uchun mo‘ljallangan o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi va qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Bugun — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi va o‘zim nomimdan mamlakatimizda fuqarolarning o‘z faoliyati bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlarini, mehnatga oid hamda ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolarini bugungi sana bilan qizg‘in muborakbod etaman.
Xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda kuch-quvvat va yanada qat’iyat tilab qolaman!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌳 #yashil_makon #yashil_kelajak #marafon
9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Yashil kelajak” umumrespublika marafonidan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalarining Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog’ida ishtirok etgan eco-press turi “O’zbekiston24” va “O’zbekiston” telekanallarida yoritildi.
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
2️⃣2️⃣2️⃣ #milliy_qadriyatlar_sayli
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida 13-noyabr kuni “Milliy qadriyatlar sayli” festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur festivalda O‘zDJTU jamoasi boshqa ko‘plab universitetlar qatori faol ishtirok etdi va bir qancha viloyatlarning tarixi va o‘tmishini o‘zida mujassam etgan qadriyatlarini namoyish qilishdi.
Shuningdek, festival doirasidan talabalar tomonidan folklor, xalq og‘zaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, g‘azal va she’rlar aytildi, kuy-qo‘shiqlar jarangladi, kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi, Shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlari tarannum etildi.
Festivaldan sport belashuvlari ham o‘rin oldi. Unda O‘zDJTU talabalari faol ishtirok etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣1️⃣1️⃣
Kurash bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasi o‘tkazildi. 8 ta vazn toifasida yigitlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuv Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi hamda O‘zDJTU sport klubi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Ushbu musobaqa hududiy saralash bosqichi uchun Universitet terma jamoasini shakllantirishga ham yordam berdi.
Natijalar quyidagicha:
60 kg vazn:
1-o‘rin : Soatmurodov Jahongir Ingliz tili birinchi fakulteti
2-o‘rin: Qosimov Jasur Tarjimonlik fakulteti
3-o‘rin: Olimov Jasur Tarjimonlik
3-o‘rin : Allaberdiyov Zafar Ingliz tili ikkinchi fakulteti
66 kg vazn bo'yicha:
1-o‘rin : Sattorov Izzat Sharq filologiyasi fakulteti
2-o‘rin: Valiyev Anvar Ingliz filologiyasi fakulteti
3-o‘rin: Boymurodov Azimnazar Ingliz tili birinchi fakulteti
3-o‘rin : Valiyev Mavlon Ingliz tili birinchi fakulteti
73 kg vazn bo'yicha:
1-o‘rin: G‘ulomov Sardorbek Ingliz tili birinchi fakulteti
2-o‘rin: Bahtiyorov Shohidbek Rus filologiyasi fakulteti
3-o‘rin: Murodullayev Asqar Rus filologiyasi fakulteti
3-o‘rin: Jumaboyev Samandar Xalqaro jurnalistika
81 kg vazn bo'yicha:
1-o‘rin: Avazov Izzat Ingliz filologiyasi fakulteti
2-o‘rin: Kamolov Islom Sharq filologiyasi
3-o‘rin: Abduxomidov G‘anisher Ingliz tili birinchi fakulteti
3-o‘rin: Abdukarimov Kamron Ingliz filologiyasi fakulteti
90 kg vazn bo'yicha:
1-o‘rin Erkaboyev Shohruhjon Ingliz tili birinchi fakulteti
2-o‘rin: Xudoyqulov Shohjahon Roman german filologiyasi
3-o‘rin : Zuhriddinov Biloliddin Ingliz tili birinchi fakulteti
3-o‘rin: Bekbo‘tayev Ilhomjon Ingliz filologiyasi fakulteti
70+ kg vazn bo'yicha (Qizlar):
1-o‘rin: Tursunbaeva Marjanay Rus filologiyasi
2- o‘rin : Pardayeva Ro‘zixol Ingliz filologiyasi fakulteti
3-o‘rin : Komilova Parizoda Ingliz tili birinchi fakulteti
63 kg vazn bo'yicha (Qizlar):
1-o‘rin: Javbo‘riyeva Oltinoy roman german filologiyasi
2- o‘rin: Rahimova Munisa Ingliz tili uchinchi fakulteti
3-o‘rin: Jumanazarova Xonimjon Rus filologiyasi fakulteti
3-o‘rin Islomova Durdona Ingliz filologiyasi fakulteti
Umumjamoa hisobida:
1-o‘rin: Ingliz tili birinchi fakulteti
2-o‘rin : Ingliz filologiyasi fakulteti
3-o‘rin: Rus filologiyasi fakulteti
3-o‘rin: Tarjimonlik fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#davra_suhbati
🌐 Bizni kuzating
1️⃣1️⃣1️⃣
12-noyabr kuni universitetimizning ingliz tili 2-fakulteti sport zalida talabalar o‘rtasida "Talaba yugur" nomli yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. "Rektor kubogi" musobaqalarning universitet saralash bosqichida jami 240 nafar talabalar ishtirok etdi.
Natijalar quyidagicha:
1-kurs o‘g‘il bolalar o‘rtasida
1-o‘rin Xayrullayev Sindor - Xalqaro jurnalistika fakulteti
2- o‘rin Ergashov Husan - Roman-german filologiyasi fakulteti
3- o‘rin To‘rayev Ramziddin - Roman-german filologiyasi fakulteti
1-kurs qizlar o‘rtasida
1- o‘rin Tursunova Malika Ingliz tili ikkinchi fakulteti
2- o‘rin Xudoyberdiyeva Shahzoda Roman-german filologiyasi fakulteti
3- o‘rin Halolova Dilbar - Tarjimonlik fakulteti
2- kurs o‘g‘il bolalar o‘rtasida
1- o‘rin Ergashev Lazizbek - Xalqaro jurnalistika fakulteti
2- o‘rin Abduvohidov Otabek - Xalqaro jurnalistika fakulteti
3- o‘rin Faxriddinov Husniddin - Ingliz tili ikkinchi fakulteti
2-kurs qizlar o‘rtasida
1- o‘rin Islomova Durdona Ingliz filologiyasi fakulteti
2- o‘rin Olimova Go‘zal Sharq filologiyasi fakulteti
3- o‘rin Erkinova Sevinch Tarjimonlik fakulteti
3- kurs o‘g‘il bolalar o‘rtasida
1- o‘rin Yangiboyev Nurboy Rus filologiyasi fakulteti
2- o‘rin Haydarov Qahramon Ingliz tili birinchi fakulteti
3- o‘rin Anorboyev Azizbek Tarjimonlik fakulteti
3-kurs qizlar o‘rtasida
1- o‘rin Safarova Sobira Sharq filologiyasi fakulteti
2- o‘rin Ernazarova Zulayho Ingliz tili ikkinchi fakulteti(kechki)
3- o‘rin Ibrohimova Muxlisa Rus filologiyasi fakulteti
4- kurs qizlar o‘rtasida
1- o‘rin Mirzajonova Sadoqat Ingliz filologiyasi fakulteti
2- o‘rin Jo‘rayeva Gulmira Tarjimonlik fakulteti
4- kurs o‘g‘il bolalar o‘rtasida
1 - o‘rin G‘ulomov Sardorbek Ingliz tili birinchi fakulteti
2- o‘rin Qosimov Jasur Tarjimonlik fakulteti
3- o‘rin Tursunov Abdulaziz Sharq filologiyasi fakulteti
Hurmatli tizim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar!
2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barchani ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishini so‘raydi.
Bizni kuzating
🔵 REKTOR VA YOSHLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonning 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariga Toshkent shahar Uchtepa tumani Hamdo‘st va Katta Qa’ni mahallalaridan yoshlar biriktirilgan.
Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov mazkur yoshlar holidan har oy xabar olib kelmoqda.
Bugun ham universitet rektori universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda mahallarga borib, yoshlar holidan xabar oldi hamda ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ulashdi. Mahallada yoshlarning ota-onalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Abdullayev Suyun Artikovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Абдуллаев Суюн Артикович назначен на должность начальника Управления делами Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Abdullayev Suyun Artikovich was appointed to the position of head of the Department of Affairs of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣📺📺
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilximjon Tuxtasinov bugun 12-fevral kuni “Kutilgan fursat” media loyihasi mehmoni bo‘ldi.
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tomonidan “O‘zbekiston -2030” strategiyasidan o‘rin olgan 100 ta maqsadga erishish g‘oyalari va ularning ijro mexanizmlari bo‘yicha loyihalarni jamlash hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etishga qaratilgan “Kutilgan fursat” media platformasi bu galgi sonida O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov “O‘zbekiston-2030” strategiyasidan o‘rin olgan 7-maqsad “Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-2025 o‘quv yili uchun "REKTOR STIPENDIYASI!" tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
2024-2025 o‘quv yili uchun "REKTOR STIPENDIYASI!" tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!
🖥 BATAFSIL | ПОДРОБНЕЕ | MORE
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
11-noyabr kuni Tarjimonlik fakultetida mashhur Iroqlik rassom, shoir, xattot Yevropadagi migrant rassomlar tashkiloti a’zosi Shayx Yahyo tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Iroqlik mehmon bilan Tarjimonlik fakultetida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani U.Yo‘ldoshev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida ijodkor o‘zining yuksak ijod namunalari bilan fakultet talabalarini tanishtirdi. Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. so‘ngida mehmonga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 18.01.2024-yildagi 16-son farmoyishiga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rus tili: o‘rganish va o‘qitishda an’ana va innovatsiyalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va tadbirni ochib berdi.
Rus tilini o‘rganish sohasidagi milliy va xalqaro tajribani to‘plash, tahlil qilish, umumlashtirish, rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari va istiqbollarini muhokama qilish va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda yetakchi olimlar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xodimlari, umumta’lim pedagoglari, kasb-hunar ta’limi pedagoglari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar ishtirok etdi.
Anjumanning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
1. Zamonaviy dunyoda rus tilining o‘rni.
2. Zamonaviy rus tili va adabiyotini o‘rganishning dolzarb muammolari.
3. Rus tili ilmiy va kasbiy muloqot tili sifatida.
4. Rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasidagi zamonaviy tendensiyalar.
5. Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik muammolari.
6. Tarjima va tarjimashunoslik masalalari.
7. Rus tili va adabiyoti bo‘yicha yangi avlod darslik, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish metodologiyasi: mazmuni, tuzilishi, texnologiyalari.
🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar va Fransuz tili amaliy fanlar kafedralari hamda “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal – FLEDU.UZ hamkorligida ta’lim-tarbiya jarayonlarida xorijiy tillarni o‘qitishni yuqori saviyada tashkillashtirish, yanada takomillashtirish, chet tillarni o‘rganishning ahamiyati hamda bu boradagi dolzarb muammolar, ularning yechimiga oid masalalarni muhokama qilish, o‘zaro fikr almashishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘i asosida 2024-yilning 11-noyabr kuni “ROMAN-GERMAN TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada xalqaro universitetlar va tashkilotlar, xususan, Fransiyaning Xalqaro Birdamlik va Ta’lim Assotsiatsiyasi (ASIE), O‘zbekistondagi Shveytsariya Elchixonasi, Ozarbayjon tillari Universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Boku filiali, Tunis Xalq Mehnat va Ijtimoiy tadqiqotlar Institutlaridan professor va olimlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Ushbu anjuman chet tillarni o‘rgatishda innovatsion yondashuvlar; chet tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot; tilshunoslik, xorijiy adabiyotshunoslik, lingvoma’daniyatshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari; zamonaviy til ta’limi sifatini ta’minlashning strategiya va usullari; tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlarida, jumladan, kognitiv lingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, kompyuter lingvistikasi, raqamli turizm kabi yo‘nalishlarda tadqiqot olib borishning muammolarini o‘rganish va ularga turli yechimlar ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
“Ekolog” jamoat birlashmasi “Yoshlar uchun iqlim ta’limi: Barqaqor kelajak sari qadamlar” loyihasida ishtirok etish uchun ko‘ngilli yoshlardan arizalar qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi.
Loyihada ishtirok etish uchun ekojurnalistikaga qiziqadigan 1-bosqich talabalar qabul qilinadi. Saralab olingan ishtirokchilar O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida o‘tkaziladigan ikki kunlik o’quv–seminarga taklif qilinadi.
Ariza topshirish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfEpFnY9qGVKVJH_G0HbqF0Seb7qCNwNV2A5dmxAHeEIDGnUg/viewform?usp=sf_linkoxirgi
———————————————
Общественное объединение “Эколог” объявляет о начале приема заявок от добровольцев для участия в проекте “Климатическое образование для молодежи: шаги к устойчивому будущему”.
Принимаются студенты 1-го курса, интересующиеся экожурналистикой. Отобранные участники будут приглашены на двухдневный учебный семинар, который пройдет в Университете Узбекском государственном университете мировых языков.
Чтобы подать заявку, перейдите по ссылке: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfEpFnY9qGVKVJH_G0HbqF0Seb7qCNwNV2A5dmxAHeEIDGnUg/viewform?usp=sf_linkoxirgi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
8-noyabr kuni OʻzDJTU ning barcha fakultetlarida “Siyosiy ma’rifat soat” o’tkazildi.
Mazkur tadbir dasturlari har bir fakultet professor-o’qituvchilari va tyutorlari ishtirokida tashkil etildi.
Davra suhbati koʻrinishida boʻlib oʻtgan “Siyosiy ma’rifat soati”davomida mamlakatimizdagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklar haqida ma’lumot berildi, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo’lgan videoroliklar taqdim etildi.
🌳 #yashil_makon #yashil_kelajak #marafon
9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoni bo‘lib o‘tdi.
Marafon ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev, hududiy boshqarmalar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi. Shuningdek, aksiyada 1500 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar qatnashib, o‘z hissasini qo‘shdi.
Marafon doirasida Nukus shahridagi 8 gektar yer maydoniga ega “Ziyolilar bog‘i”da 3000 tup, respublikaning 14 ta hududidagi barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga ajratilgan yer maydonida qariyb 100 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 12 foizni tashkil etmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt