uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 💻💻💻

11-iyul kuni Ozbekiston davlat jahon tillari universitetida Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo
nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihon boʻlib oʻtdi.

Ijodiy imtihon 2 bosqichda: suhbat va esse bosqichlaridan iborat boʻldi.

Imtihonni OʻzDJTU rektori I.M.Tuxtasinov ochib berib, hujjat topshirgan abituriyentlarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Abituriyentlar ota-onalari bevosita farzandlari ishtirokida oʻtayotgan imtihon jarayonlarini monitorlarda kuzatib bordi va bu kabi sharoitlarni yaratib bergan universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xodimlari va professor o’qituvchilari Buyuk Britaniya Portsmut universitetida mutaxassislik bo’yicha 150 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

OʻzDJTU vakillari Portsmut universiteti professor o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan ma’ruzalarni o’zlashtirib, o’z bilimlarini yanada mustaklamlashdi.

Eslatma: Portsmut universiteti 2024-yil holatiga koʻra QS ranking bo’yicha 631-o’rinda turuvchi jahonning yetakchi oliygohlaridan biri hisoblanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

2024-2025 o‘quv yiliga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
 
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️ transfer.edu.uz respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
 
➡️ my.uzbmb.uz xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;
 
➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — universitet ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.

❗️Rektorat binosing Talabalar bilan ishlash bo'limi 017-xonada qabul qilinadi.
 
📄 Kerakli hujjatlar:
✔️ ariza (onlayn tarzda);
✔️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
✔️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilaruchun).

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨🟨🟨 🏆🏆🏆

O'zDJTU 3-bosqich talabasi Xolto'rayeva Iroda Turkiyada bo'lib o'tgan konferensiyada maqolasi bilan ishtirok etdi.


Talabamiz Baygench nashriyoti tomonidan “O‘zbekistonning yetakchi ayollari” nomli antologiyada o'z maqolasi bilan ishtirok etib,o'z iqtidorini namoyish etdi.Maqola dolzarb va ijtimoiy ahamiyatiga ega ekanligi ajralib turadi.

Xorijiy tanlovlarda ishtirok etish talabalarni nafaqat ilmiy salohiyatini oshirishga va dunyoviy hamnafas bo'lishga chorlaydi.Talabamizni ilm yo'lidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich xorijga ilmiy stajirovkaga yuboriladigan doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuvda doktorantlar ilmiy-tadqiqot mavzulari yuzasidan izlanishlar olib borish, hamkor xorijiy universitetlar kutubxonalari va ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, xorijiy hammualliflar bilan hamkorlikda maqolalar chop etish hamda xorijiy tajriba bilan yaqindan tanishish masalalari muhokama qilindi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: OʻzDJTU doktorantlaridan A.Shaymardanov Buyuk Britaniyaning Norvich tillar o‘qitish instituti hamda I.Bagautdinova va H.Abduraxmonova Fransiyaning Bordo shahrida tashkil etiladigan BELC-2024 yozgi maktabida stajirovka o‘tash uchun xorijiy safarga yuborilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi.


Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, OʻzDJTU prorektorlari, Ingliz tili birinchi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Yigʻilishda 2023-2024 oʻquv yilida fakultetda amalga oshirilgan ishlar, taklif va muammolar tinglandi. Fakultet dekani tomonidan xorijlik ilmiy darajaga ega professor o'qituvchilarni ko'proq jalb etish va masofadan onlayn dars o'tishga ruxsat berish, xorijlik talabalarga gibrid usulida ta'lim berishni tashkil etish borasida ham takliflar berib o'tildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi yillik hisobot topshirdi.

Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.


Yig‘ilishda Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Zokir Bazarov boʻlimning bir yil davomida amalga oshirgan ishlari boʻyicha hisobotni taqdimot qildi.

Dastur davomida ta’lim jarayonini toʻliq raqamlashtirishni yakuniga yetkazish, universitetda ta’lim sifatini ta’minlashning shaffof tizimini joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi. Xususan, bu borada rektor Ilhomjon Madaminovich ham oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, boʻlimning yangi oʻquv yili uchun belgilab olgan reja va maqsadlari aytib oʻtildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Oʻquv uslubiy boshqarmasi yillik hisobot topshirdi.

Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Oʻquv uslubiy boshqarma vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.


Yig‘ilishda Oʻquv uslubiy boshqarma boshligʻi Alisher Matyakubov tomonidan universitetda bir yil davomida amalga oshirilgan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etildi va yangi 2024-2025 oʻquv yilida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar, takliflar muhokama qilindi.

Yakunda rektor Ilhomjon Madaminovich boʻlim faoliyati va kelgusidagi rejalar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib, tavsiyalar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Raqamli ta’lim texnalogiyalar
ini joriy etish bo’limi yillik hisobot topshirdi.

Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Dastur davomida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshligʻi Sobir Tuychiyev tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish boʻyicha 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdimot qilindi.

Shuningdek, taklif va muammolar bildirilib, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

3️⃣3️⃣3️⃣

📞 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining qabul komissiyasi abituriyentlarning barcha savollariga quyidagi telefon raqamlari (Call center) orqali javob berishmoqda:

+998955104144

+998955094144

+998955034144

🌐 OʻzDJTU rasmiy telegram kanali:


Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

8-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitet akademik litseyi yillik hisobot topshirdi.


Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Chutpulatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov, OʻzDJTU akademik litseyi ijrochi direktori M.Obidova va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida akademik litsey ijrochi direktori tomonidan litseyda 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga qabuli boʻyicha koʻrsatkichlar, litseydagi pedagoglar faoliyati kabilar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilgan maqsad va vazifalar muhokama qilinib, rektor Ilhomjon Madaminovich tomonidan kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.


Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov , Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yakubovich, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.


Yig`ilish davomida fakulteti dekani A.Rahmonov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar,Yoshlar daftari, haqidagi hisobot  sarhisob qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#e’tirof

Turkiyada o‘tkazilgan "Istanbul International Model United Nations" xalqaro konferensiyada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi ishtirok etdi.

4 kun davom etgan ushbu dasturda O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Shaxina Shuhratova qatnashib, “Best Position Paper” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Loyiha davomida madaniyatlararo almashinuv, tanqidiy fikrlash va jamoa bo‘lib ishlash, yoshlar o‘rtasida yetakchilikni rivojlantirish mavzularida seminarlar bo‘lib o‘tdi, shuningdek, turli davlatdan kelgan ishtirokchilar delegat sifatida dunyoga oid turli masalalarga birgalikda yechimlar ishlab chiqishdi.

Ma’lumot uchun: "Istanbul International MUN" — yoshlarning yetakchilik ko‘nikmalari, diplomatik qobiliyatlari, tahliliy va baholash ko‘nikmalarini, eng muhimi, muzokaralar olib borish, murosaga kelish va tushunish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#el_yurt_umidi

“EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin,
- magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin,
- doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.

🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan.

Murojaat uchun:

☎️ +998 71 203 00 47
+99 871 203 00 48
+99 871 203 00 53
📧info@eyuf.uz
@EYUF_Admission_2023bot

“El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi!

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.

Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Sharq filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovini va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev tomonidan fakultetning 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etilib, talabalar kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabilar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, fakultetning yangi oʻquv yili uchun belgilab olgan reja va maqsadlari muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 ⚡️ 🇺🇿

O'zDJTU da Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.


Uchtepa tumanidan universitetga biriktirilgan mahalla yoshlari òrtasida iyul,avgust oylarida amalga oshiriladigan rejaga muvofiq, zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi. G'oliblarga esdalik sovg'alari topshirildi.

O'yin qizg'in baxs-munozaralarga boy o'tdi. Talabalar bunday hamkorlik bellashuvlarini tez-tez o'tkazib turish kerakligini va intellektual o'yinlar ularda doimo yuqori qiziqish uug'otishini ta'kidlab o'tishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔵 REKTOR VA YOSHLAR

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.

Shunga koʻra, OʻzDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj boʻlgan, eʼtibor talab etuvchi 25 nafar yoshlar biriktirilgan.

10-iyul kuni O’zDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich unga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi “Davlatobod”, “Katta choʻponota”, “Birlik”, “Hamdoʻst” mahallalarida istiqomat qilayotgan ogʻir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi.

Rektor ko’makka muhtoj yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashdi, shuningdek, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordamlar taqdim qildi.

Yakunda yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari taqdim etilgan mazkur yordam uchun rahbariyatga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

2024-2025-o’quv yilida akademik mobillik doirasida o’qishini o’zining yashash hududidagi oliy ta’lim muassasida o’qimoqchi bo’lgan filial talabalari “Akademik mobillik” olish uchun 2024-yilning 25-avgustidan-25-sentyabrgacha murojaat etishlari mumkin.

Akademik mobillik olish uchun talablar:

O’tgan o’quv yilidan qarzdorligi (yotoqxona, kutubxona, kontrakt va h.k) bo’lmasligi;
GPA bali 2.6 va undan yuqori bo’lishi;
Yangi o’quv yili uchun kontrakt to’lovini amalga oshirgan bo’lishi (shartnomada o’qiydigan talabalar uchun)
Akademik mobillik doirasida ketayotgan oliy ta’lim muassasasi bilan kelishuv qilgan bo’lishi lozim.

Rektorat binosining Talabalar bilan ishlash bo'limi 017-xonada qabul qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#qabul2024 #eslatma
#akademik_litsey

⚡️DIQQAT, bugun akademik litseylarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni


✅ Bugun, 10-iyul kuni AKADEMIK LITSEYLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilari 23:59 ga qadar my.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing):

👉 Akademik litseylarning fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari;
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi.


Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Dastur davomida Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.


Xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, muammo va takliflar bildirildi.

Rektor Ilhomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini aytib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidagi barcha boʻlimlar yillik hisobot topshirdi.


Yigʻilishda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, Raqamli ta’lim texnologiyalari bo‘limi, Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi, “Registr office” bo‘limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi, Xalqaro aloqalar bo‘limi, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi, Inson resurslarini boshqarish bo‘limi, Talabalar bilan ishlash bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat bo‘limi, Reja-moliya bo‘limi, Buxgalteriya bo‘limi, Respublika til o‘qitish markazi va Axborot-resurs markazi 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi.


Dastur davomida mas’ullar tomonidan boʻlim faoliyati, belgilangan vazifalar va ularning bajarilish koʻrsatkichlari, shuningdek, yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilgan ishlar, maqsadlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Muammolar aytilib, ularni hal qilish takliflari kiritildi.

Yakunda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Tuxtasinov har bir boʻlim faoliyatini baholadi, kamchiliklarni toʻgʻirlash uchun koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

OʻzDJTUda yillik hisobot taqdimotlari davom etmoqda.


Shuningdek, 9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Devonxonasi ham 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar va vazifalar boʻyicha yillik hisobot topshirdi.

Dastur davomida edo.ijro.uz va uzgumya1@exatuz tizimi orqali kelib tushgan va nazoratga olingan hujjatlar toʻgʻrisida ma’lumot berildi.

Yakunda rektor Ilhomjon Madaminovich Devonxona faoliyati haqida toʻxtalib, yangi oʻquv yilida inobatga olinishi kerak boʻlgan jihatlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi yillik hisobot topshirdi.


Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, universitet prorektorlari, boʻlim boshliqlari, jumladan, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.


Yigʻilish davomida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi Doniyor Xamdamov tomonidan 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar, tashkiliy masalalar, shuningdek, boʻlim oldiga qoʻyilgan talabalar ma’naviyati bilan bogʻliq muhim vazifalar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Xususan, yangi oʻquv yili uchun rejalar, mavjud takliflar muhokama qilinib, yakunda rektor Ilhomjon Madaminovich tomonidan boʻlim mas’ullariga kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura boʻlimi yillik hisobot topshirdi.

Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, jumladan, Magistratura boʻlimi boshligʻi, boʻlim mas’ullari va boshqa vakillar ishtirok etdi.


Dastur davomida Magistratura boʻlimi boshligʻi N.Djusupov tomonidan boʻlimda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, magistrantlar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar haqida hisobot taqdimot qilindi.

Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va boʻlim faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining  yillik hisoboti bo'lib o'tdi.


Yig'ilish davomida  QTD bo'limi boshlig'i Nigora Abdullayeva tomonidan bo'limda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, 2023-2024 oʻquv yilida rejalashtirilgan 8857 umumiy soat bajarilgani, jahonda reytingi yuqori boʻlgan universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturini ochish rejasi mavjud ekanligi, Xitoyning Lyaodun, Jazoirning Al-Vadi, Top-1000 talikka kirgan universitetlar bilan oʻrnatilgan aloqalar haqida batafsil hisobot berildi.


Yakunda bo'lim tomonidan yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi, muammo va takliflar bildirildi.

Ta’kidlash kerak, QTD boʻlimi 2023-2024 oʻquv yilida sentyabr oyidan boshlab har oyda oʻtkazgan tadbirlari OʻzDJTU rasmiy sahifalarida yoritib borildi.

Eslatib o'tamiz, QTD bo'limining 2023-2024 oʻquv yili bitiruvchilariga (MDLU va ADU) 38 ta diplom tantanali topshirilishi 20-iyulda amalga oshiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

7-iyul kuni "Konfutsiy institutlari va sivilizatsiyalar oʻrtasidagi oʻzaro taʼlim" mavzusidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari Konfutsiy institutlari xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.

Forum Markaziy Osiyo mamlakatlarida 2024-yilda Konfutsiy instituti tashkil etilganining 20 yilligiga bagʻishlab, chuqur tajriba almashish, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida til, madaniyat va taʼlim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.


Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich va  Sharqshunoslik fakulteti Xitoy tili kafedrasi mudiri Shahnoza Xakimova ham ishtirok etdi.

Forum Xitoy tilini oʻqitish Xalqaro jamgʻarmasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Lanjou universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Konfutsiy institutining yangi binosida oʻtkazildi.

Maʼlumot uchun: OʻzDJTUda xitoy tili 1990-yildan boshlab ikkinchi chet til sifatida oʻqitilgan. 2014 yilda “Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tashkil etilgan. Hozirgi kunda magistratura yoʻnalishi boʻyicha 13 nafar, bakalavriat yoʻnalishida 510 nafar talaba asosiy til sifatida, 250 nafardan ortiq talaba ikkinchi til sifatida, jami 773 nafar talaba xitoy tilini oʻrganmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Яқин Шарқ нега тинчимаяпти? (+видео)

Бугунги кунда Яқин Шарқ сиёсий, иқтисодий ва хавфсизлик муаммолари кесишадиган динамик ва мураккаб минтақа бўлиб қолмоқда.


🎥 https://youtu.be/svRICQaKqHg

Батафсил: https://uza.uz/posts/605869

Тelegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.


Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Dastur davomida Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.


Xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, muammo va takliflar bildirildi.

Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini aytib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.


Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Dastur davomida Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H.Hakimov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar, xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.


Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал