👨🏫👩🏫
16-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 9-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, prorektorlar va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Dastur davomida Bayjanova Oqila Iskandarovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Ingliz va oʻzbek diplomatlar nutqida ritorikaning chogʻishtirma tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi
himoyasi oʻtkazildi.
#brifing
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova shu mavzuda kelayotgan savollarga javob berdi:
00:27 O‘qishimni viloyatimga ko‘chirayotgan edim. Qaysi elektron tizim orqali o‘qishni ko‘chirish uchun ariza bersam bo‘ladi?
01:07 O‘qishni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?
01:57 Yaqinda turmush qurganman, turmush o‘rtog‘im viloyatda yashaydi. Shu sababli o‘qishimni viloyatimga ko‘chirsam bo‘ladimi?
02:55 2 yildan beri Qozog‘istonda tahsil olaman. O‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirsam bo‘ladimi?
04:02 Grantda o‘qiyman o‘qishni ko‘chirganimdan keyin "kontrakt" bo‘lib ko‘chmaymanmi?
04:52 Talaba xorijiy tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishida 1-kursni tamomladi. Shu yo‘nalishda sirtqi ta’lim mavjud bo‘lmagani sababli u o‘qishini boshqa universitetning ingliz filologiyasi yoki tarjima nazariyasi yo‘nalishining sirtqi ta’limiga ko‘chirmoqchi. Buning imkoni bormi?
05:33 Qachondan boshlab ta’lim shaklini sirtqiga ko‘chirish uchun ariza topshirsa bo‘ladi? Arizani onlayn topshirsa bo‘ladimi?
Bizni kuzating
👨⚖️👩⚖️
15-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Madina Xabibullayevna Daliyevaning 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan ”Ingliz, o’zbek va rus tillari lingvistik terminlarida polisemiyaning kognitiv modellari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi. Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebo
#qabul2024 #callcenter
📞Qabul va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha savollarga vazirlik “Call-center” xizmati mutaxassislari javob bermoqda
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Murojaatlar markazi (Call-center) xizmati tashkil etilgan bo‘lib, unda telefon qo‘ng‘iroqlariga bir vaqtning o‘zida 6 nafar mutaxassis javob berishi yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda fuqarolar tomonidan oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, kasbiy (ijodiy) intihonlar va talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha +998712306464 telefon raqami orqali kelib tushayotgan savollarga mutaxassislarimiz javob berib kelishmoqda.
Ma’lumot uchun, “Call-center” xizmati yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar (tushlik 13:00-14:00) faoliyat ko‘rsatadi.
Bizni kuzating
0️⃣0️⃣0️⃣ 🏆🏆🏆
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi dotsenti f.f.f.d. (PhD) Dilnoza Ruzmatova IAFOR tomonidan maxsus taqrizchilar kommitetiga taklif etildi.
OʻzDJTU vakili ECE-2024 konferensiyasida 60 dan ortiq ilmiy ishlarni saralashda ishtirok etib, mazkur konferensiyaga o'z munosib hissasini qo'shdi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Dilnoza Ruzmatova kabi mehnatsevar va ilmi komil har bir xodimi bilan faxrlanadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
13-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy mohokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur yig’ilishda tayanch doktorant Umarova Farangiz Baxriddin qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “ZAMONAVIY INGLIZ VA O’ZBEK NASRIDA JAMIYAT VA AYOL MUNOSABATLARINING BADIIY TALQINI (DEVID NIKOLLSNING “ONE DAY” VA IQBOL MIRZONING “BONU” ASARLARI MISOLIDA)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya ishi muhokama etildi.
0️⃣0️⃣0️⃣ | 💻💻💻
Bugun respublikamizdagi 73 ta katta sig‘imli yopiq binolarda oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari boshlandi. Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov poytaxtda test imtihonlari oʻtkazilayotgan hududlarda boʻlib, test jarayonlarini kuzatdi.
Vazir, shuningdek, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori hamrohligida Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida boʻlib oʻtayotgan imtihon jarayonlari bilan ham tanishdi.
OʻzDJTU xodimlaridan iborat volontyorlar jamoasi universitetga biriktirilgan “Yoshlik” sport majmuasida oʻtayotgan imtihon jarayonlarida abituyentlarga elektron ruxsatnomalar chiqarib berish, abituriyent test sinovlari olinadigan binoga olib kirishi ta’qiqlangan qoʻshimcha buyumlarni u imtihondan chiqqunga qadar saqlab turish kabi xizmat faoliyatlariga jalb qilingan. OʻzDJTU Raqamli ta’lim texnologiyalari boʻlimi xodimlari ham jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.
#o‘qishni_ko‘chirish
#o‘tish_ballari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Bizni kuzating
Axborot 24 | O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga grant asosida qabul qilingan Madinaxon Soliyeva haqida lavha
#12july #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
12-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg'ona viloyatiga tashrif buyurib, hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
💻💻💻
12-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Jurnalistika yoʻnalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlib oʻtdi.
Ijodiy imtihon 2 bosqichda: suhbat va esse bosqichlaridan iborat boʻldi.
Imtihon ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.
Abituriyentlarning ota-onalari bevosita farzandlari ishtirokida oʻtayotgan imtihon jarayonlarini monitorlarda kuzatib bordi va bu kabi sharoitlarni yaratib bergan universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
11-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yoʻnalishi boʻyicha boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Poytaxt | Qabul-2024: ijodiy imtihonlar
#11july
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
16-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 8-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, prorektorlar va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Dastur davomida Kaxarova Iroda Sidikovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Ingliz va oʻzbek tillarida emotiv, taqlid va modal soʻzlarning lingvopragmatik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, yigʻilishda Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilish masalasi, jumladan, Yoʻldosheva Mamura Baxtiyarovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik “Badiiy tarjimada portret tasvirlovchi til birliklarining lingvomadaniy va lingvostilisktik xususiyatlari” mavzusidagi hamda Xidirova Gulzoda Turdialiyevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Nemis va oʻzbek tillari agrar terminlarining leksikografik tavsifi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi koʻrib chiqildi.
#O‘qishni_ko‘chirish
⚡️E’lon! Respublika OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
Arizalar 2024-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
O‘tish ballari bu yerda: /channel/eduuz/24105
Bizni kuzating
#yangilik
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funsional leksikasi kafedrasi mudiri Nodira Kushiyeva Hindistonning Chennai shahridagi "National Teachers Traning Institute"da malaka oshirmoqda.
Ushbu kursning maqsadi xorijiy til o‘qitishda IT dasturlarini integratsiya qilishdan iborat.
1 oylik malaka oshirish davomida Nodira Kushiyeva 14 ta davlatdan malaka oshirishda ishtirok etayotgan universitetlar professor-o‘qituvchilari va olimlariga "Conducting an educational process in universities based on cluster approaches" mavzusida mashg‘ulotlar ham o‘tmoqda.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Talab kuchli bo'lgan sohalar:
✅SMM
✅Marketing
✅Mobilografiya
✅Tikuvchilik
kurslarida 100% grand asosida o'qishga nima deysiz?
🎓 Biz sizga
🎗Aktiv jamoa
🎗Networking
🎗Amaliyot uchun real loyihalar
🎗Yaxshi daromad uchun imkoniyat
🎗Imtiyozli sertifikat taqdim etamiz.
Hoziroq oʻz imkoniyatingizdan foydalaning
✍ Havola orqali roʻyhatdan oʻting va grand egasiga aylaning
Havola
☎️ Roʻyhatdan oʻtganlarga o'zimiz aloqaga chiqamiz!
🚀 Shoshiling, bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
Telegram | Instagram | Web-sayt
👨🏫👩🏫
13-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedraning ilmiy muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur yig’ilishda tayanch doktorant Qulmamatov Oybek Amonovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “OG'ZAKI NUTQ JANRLARINING LINGVOMADANIY TADQIQI (INGLIZ TILIDAGI DOZENS O'ZBEK TILLIDAGI ASKIYA MISOLIDA” mavzusidagi filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya ishi muhokama etildi.
0️⃣0️⃣0️⃣ 🏆🏆🏆
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti Sojida Samandarova IAFOR ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan Buyuk Britaniyaning London shahrida bo'lib o'tayotgan "Ta'lim bo'yicha Yevropa konferensiyasi-2024" ( European Conference on Education (ECE2024)) nomli 84 ta davlatdan professor-olimlar tashrif buyurgan xalqaro konferensiyada "Matndan kontekstga: O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarining yuridik fakultet talabalari bilan psixologik triller romanlardagi iboralarni korpus orqali tahlil qilish" (From Text to Context: Analyzing Idiomatic Expressions in Psychological Thrillers Through Corpus-Based Study Among Law Students in Uzbekistan Higher Education) nomli taqdimoti bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
#foydali
#salomatlik
Hurmatli obunachilar!
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oʻz sogʻligʻi holatini baholash va aholi tomonidan sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar olish maqsadida ilgʻor, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda bir qator telegram-bot va android qurilmalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqilgan.
Ularni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:
➖Tana vazni indeksini hisoblash va natijaga koʻra sogʻlom turmush tarzi tavsiyalarni olish imkoniyatini beradigan telegram-bot va mobil ilova.
➖Qandli diabet 2-turi rivojlanish xavfini baholash va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha telegram-bot va mobil ilova.
➖Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini baholash va xavfga bogʻliq holda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tavsiyalar olish imkoniyatini beradigan telegram-bot va mobil ilova.
Bizni kuzating
💻 📺📺
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 11-12 iyul kunlari boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihonlardan videorolik.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Ахборот 24 | По поручению Президента Мадинахон Солиева стала студентской УзГУМЯ
#12july #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
📺📺
12-iyul kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻi bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga grant asosida qabul qilingan Madina Soliyevani taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
12-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonidan fotoreportaj.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
11-iyul kuni OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Nasirov hamda Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri P.Nishonov Kot d’Ivuarlik fransuz tili o‘qituvchisi Marsel Konan bilan muloqot o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida universitetda fransuz tilini o‘qitish sifatini yaxshilash, ta’lim jarayoniga yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalarni DELF, DALF sertifikati imtihonlariga tayyorlash yuzasidan fikr almashildi.
Dastur davomida Marsel Konan bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida 2 yillik mehnat shartnomasini tuzish bo‘yicha muhokama olib borildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣 DIQQAT YANGILIK 📣
HURMATLI TADQIQOTCHILAR!
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI ILMIY-INNOVATSION ISHLANMALARNI TIJORATLASHTIRISH BO'LIMI SIZLARGA UNIVERSITETIMIZDA STENOGRAMMA XIZMATI ISH BOSHLAGANINI MA'LUM QILADI!
Murojaat uchun:
/channel/IIITB714
/channel/ilmda_yuksalamiz
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
11-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonidan fotoreportaj
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt