🟦🟦🟦🟦
📣 "Huquq bilimdoni" onlayn viktorinasi g'olib va sovrindorlari aniqlandi!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidagi barcha fakultet talabalari viktorinada faol ishtirok etdi.
📌 Talabalarning huquqiy savodxonligini aniqlash, O'zbekiston Respublikasidagi saylov tizimi va jarayonlari borasidagi bilimlarini sinash va ularni mustahkamlashga qaratilgan turli xil qiyinlik darajasiga ega bo'lgan savollarga eng yuqori ko'rsatkichlar bilan javob bergan quyidagi ishtirokchilar g'olib va sovrindorlarga aylanishdi:
📢📢📢📢📢
Birinchi kurs talabalari diqqatiga!
Sizdan universitetga quyidagi hujjatlar bilan kelishingiz so‘raladi.
Universitetga olib kelinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
1. Ipli papka (1 dona).
2. Skrashivatel papka (1 dona).
3. Konvert (2 dona).
4. Abituriyent qayd varaqasi. (5 dona tanlangan Oliy ta’lim yo‘nalishlari nusxasi)
5. O‘qishga tavsiya etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
6. Maktab, litsey yoki kollej diplom yoki attestati (asl nusxasi) (2023-2024 yillari maktabni tugatganlarga asl nusxasi shart).
7. Foto (6 dona) 3x4 yoki 3,5x4,5 shaklda.
8. Imtiyoz bilan kirganlarning imtiyoz hujjatlari nusxasi. (asli nusxasi shart)
9. Pasport nusxasi (2 dona)
🟦🟦🟦 🟦🟦
20-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Ilmiy seminarda tadqiqotchi Radjabova Gulnoza Giyosiddinovnaning 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi boʻyicha “Korpus texnologiyalari (COCA) talabalarning yozma kompetensiyasini takomillashtirishda autentik materiallar manbai sifatida (ingliz tili misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi oʻtkazildi.
Zoom onlayn dasturi orqali boʻlib oʻtgan ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🆕 🟦🟦🟦 🟦🟦
💬 Viktorina
Oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda talabalar oʻrtasida huquqiy savodxonlik darajasini aniqlash va munosib taqdirlash maqsadida Oliy ta‘lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi onlayn viktorina shaklida oʻtkazilmoqda.
🏆 Olimpiadada ishtirok etib, 1,2,3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarni munosib taqdirlash koʻzda tutilgan.
☄️ Oʻz bilimingizni sinab koʻring va gʻolib boʻling!
🖥 Viktorinada ishtirok etish
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O'zaro hamkorlikdan universitetlar manfaatdor.
🔵 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich Japan Digital University bilan yo'lga qo'yib kelinayotgan hamkorlik aloqalari xususida so'zlab o'tdi. Aytib o'tish kerakki, universitetlar 4 yildan buyon ta'limda birgalikda hamkorlik qilib kelmoqda.🤝
✍️ Japan Digital Universityda hozirda quyidagi yo'nalishlarga qabul davom etmoqda :
IT yo'nalishlari :
Muhandis dasturchi
Grafik dizayn
Sun'iy intellekt
Kiberxavfsizlik
Ijtimoiy yo'nalishlar :
Turizm va mehmondo'stlik
Filologiya va tillarni o'qitish (yapon tili)
📩 BMBA (DTM) balli bilan hujjat topshirish
📥 JDU ichki imtihonlariga hujjat topshirish uchun
📞 71-200-05-95
📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 JapanDigitalUniversity">YouTube
🌐 Web site
📣📣📣📣📣
Hurmatli talabalar!
Ijara masalalari bilan bogʻliq savollaringiz boʻlsa, @ijara_uzdjtu_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
So‘nggi yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan universitetning nufuzini yanada oshirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirib borish, talabalarga, jumladan xorijiy mamlakatlar fuqarolariga chuqur bilim berish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
Shu o‘rinda professor-o‘qituvchilarimizning samarali mehnatini e’tirof etishimiz lozim.
Joriy yilda bir qator xorijlik talabalarimiz o‘qishlarini muvaffaqiyatli tamomlab, qizil diplomlar olganligi fikrimizning dalilidir.
Aminmizki, kelgusida bu kabi ishlar jadallashtirilib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolar soni yil sayin ortib boradi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga xush kelibsiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
📣Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filali O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini Xorijiy til (Ingliz tili) magistratura mutaxassisligini tamomlagan, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zbek va rus guruhlarida erkin muloqat asosida tashkil eta oladigan bitiruvchi kurs magistrlarni ishga taklif qilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨
16-avgust kuni O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov poytaxtimizning Uchtepa tumaniga tashrif buyurdi va tumandagi "Davlatobod" mahallasida bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan ko‘makka muhtoj yoshlar bilan uchrashdi.
Mahalla guzarida yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashib, ko‘makka muhtoj yoshlarning ehtiyojini so‘radi. Ularning qiziqishlari, maqsadlari haqida suhbatlashdi.
Mahalla guzarida universitet rektori o‘ziga biriktirilgan yoshlar uchun zarur mahsulotlarni ulashdi. Har oyda ularning holidan xabar olib, zarurat tug‘ilgan barcha mahsulot va yordamlarni yetkazib berishini ta’kidladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
16-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 60320200 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo’lib o’tgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻💻💻
16-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 60320200 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy imtihonlarda xorijiy va nodavlat OTMda tahsil olayotgan, hamda o‘qishni O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yo‘nalishida davom ettirish istagida bo‘lgan talabalar imtihon topshirishdi.
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov imtihon jarayonlarida ishtirok etdi va talabgorlarga omad tiladi.
Shuningdek, Kasbiy (ijodiy) imtihonda komissiya raisi, a’zolari, O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov ishtirok etdi va talabgorlarning bilimini sinovdan o‘tkazishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Xitoyning Pekin chet tillar universiteti vakillaridan iborat delegatsiyasi 15-avgust kuni O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari Rus tili instituti direktor o‘rinbosari Sun Ley, Tashkiliy bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Fen Gan, Jurnalistika va kommunikatsiya xalqaro instituti aspirant Be Minvey Jurnalistika va kommunikatsiya xalqaro instituti magistri Gen Syuesya, Rus tili instituti magistri Men Szisi, Rus tili instituti magistri Chjen Binchen, Rus tili instituti magistri Shi Ijan, Van Yuanszyan Rus tili instituti magistri, Xastir Alxa Rus tili instituti magistri, Rus tili instituti magistri Jen Szii, Syuy Syuefu Rus tili instituti bakalavri, Rus tili instituti bakalavri Syuy Szyanin, Rus tili instituti bakalavri Sin Sinyuylardan iborat bo‘ldi.
O‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda Xitoy va rus tillari hamda jurnalistika sohasida hamkorlik, o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi, Pekin chet tillar universiteti, Rus tili instituti talabalarining O‘zDJTU Rus filologiyasi fakultetida stajirovka o‘tashi va amaliyot o‘tashlarini tashkil qilish, Pekin chet tillar universiteti talabalari uchun yozgi lagerlar tashkil qilish, Xitoy va rus tillari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalar almashinuvi, yangi darsliklar yaratish, Pekin chet tillar universitetida o‘zbek tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
🎗️Chempionlar bilan uchrashuv
🚀Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal demokrativ partiyasi tashabbusi bilan ertaga 15-avgust soat 15:00da Yangi Oʻzbekiston bogʻida 23-Olimpiada oʻyinlari Parij-2024 chempionlari, qahramon vatandoshlarimiz bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.
✅Qatnashish istagida boʻlgan talaba-yoshlarimiz @yoshlarittifoqi_uzswlu ga murojaat qilib roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
🇺🇿🇺🇿OʻzDJTU Yoshlari
#Talabaga_qulaylik
O‘zDJTUda 2024-2025-o‘quv yillari uchun tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Bu jarayonlarda talabalarning turar-joy masallarini hal etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2024/2025-o‘quv yiliga talabalarni munosib kutib olish maqsadida universitetning 7 ta TTJlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda tayyorgarlik jarayonlari nihoyasiga yetib qoldi. Bugungi ta’mirlash ishlaridan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
14-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02-raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Offline va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan Abdurasulova Nilufar Abdusalimovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida chet tili orqali og‘zaki muloqotda diskursiv kompetentsiyani shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi o‘rin oldi.
Ilmiy kengashda O’zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
21-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi
ilmiy darajalar beruvchi
DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 18-son majlisi oʻtkazildi.
Mazkur ilmiy majlisda O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Ilmish kengash davomida Narbayeva Gulnoza Xusanovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan «Роль концептуальных метафор во фразеологической картине мира (на материале испанского и русского языков)» mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.
🟦🟦🟦 🟦🟦
20-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Ilmiy seminarda tadqiqotchi Xasanova Vazira Xamidjanovnaning 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi boʻyicha “Rus tilini oʻqitishda nofilologik ta’lim muassasalari guruhlari talabalarida nutq kompetensiyasini shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi oʻtkazildi.
Zoom onlayn dasturi orqali boʻlib oʻtgan ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Joriy yilning 13-16 avgust kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari Turkiyaning Marmara universitetida boʻldi.
OʻzDJTU Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig'i N.S.Abdullayeva, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri J.R.Abduganiyeva va kafedra professor-o’qituvchilari Turkiyaning Marmara universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida oliygohlar o’rtasida imzolangan memorandum yangilandi, ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
OʻzDJTU delegatsiyasi a’zolari Marmara universitetining Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Nurin Tinaz boshchiligida Tarjimonlik, xorijiy til va adabiyoti madaniy markaziga sayohat uyishtirildi. Shuningdek, Qo’shma ta’lim dasturlari ko’rib chiqilib, Erasmus doirasida hamkorlik qilish masalalari borasida fikr almashildi.
✅Bitta joyda o'qib ikki diplom egasiga aylaning, bunday imkoniyatni sizga qo'shma ta'lim dasturi taqdim etadi.
2024/2025 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim "Rus tili xorijiy til sifatida" yoʻnalishda oʻqish uchun qabul amalga oshirilmoqda...
Qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar mazkur link orqali ro'yhatdan o'tishi lozim: https://forms.gle/tDcv3n7wRtKMGaQs8
Shoshiling joylar soni cheklangan.
Qulayliklar:
❇️3+1 ya'ni 3 yil offline, 1 yil online o'qish,
❇️ 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyatlari mavjud.
✅Kontrakt narxi – 130 000 рубль, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bilan.
☎️Murojaat uchun:
📞+998955034144
📞+998955104144
📞+998955094144
📞+998977341595
📌Ushbu telegram guruhimizda savollaringizni yo'llashingiz mumkin: /channel/qoshmatalimmdasturi
©reklama
🔜 🟦🟦 🟦🟦🟦
📣 Oyiga oʻrtacha $1500 daromad, tekin sayohat va hamma orzu qilgan kasb – bort kuzatuvchisi (styuard yoki styuardessa) boʻlishni siz ham istasangiz kerak?!
📌 Unday boʻlsa, sizlarni Oʻzbekiston va Yevropa aviakompaniyalarida bort kuzatuvchisi boʻlib ishlagan va Birlashgan arab amirligining eng mashhur milliy aviakompaniyasiga ishga taklif qilingan tajribali styuardessa, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi Iroda Mamadaliyeva tomonidan 20-avgust kuni OʻzDJTUda boʻlib oʻtadigan “AVIATSIYA – ORZULAR ROʻYOBI” nomli seminarga taklif qilamiz!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Norwich universiteti professori, International Colleagues School rahbari Richard Goodall tashrif buyurdi.
O'zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi o‘qituvchisi J.Turzunxodjaev tashabbusi bilan amalga oshirilgan dasturdan koʻzlangan asosiy maqsad professor-o‘qituvchilar va 1-bosqich talabalari uchun professional malakaviy amaliy mashg‘ulotlarni tashkillashtirishdan iborat.
Tashrifning birinchi haftasida mehmon ekspert tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini oʻtkazish tartibi kuzatilib, qator tavsiyalar (feedback) berildi. Ikkinchi hafta mobaynida esa ixtisoslashgan fanlar uchun amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Tashrifning soʻnggi uchinchi haftasida professor-o‘qituvchilar uchun tajriba almashish, dars jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuv va yangi metodlardan foydalanish uchun mahorat darslari o‘tkazildi.
OʻzDJTU, Qoʻshma taʼlim dasturi uchun 2024-2025 oʻquv yiliga qabul boshlandi
🎓Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) yoʻnalishda oʻqish uchun hujjatlarni ushbu havola orkali toʻldiring.
📌: https://forms.gle/tDcv3n7wRtKMGaQs8
Shoshiling joylar soni cheklangan.
✅ 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyati;
✅Kontrakt narxi – 130 000 рубль, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bilan.
#tanlov2024 #kollej #texnikum
⚡️Professional ta’lim muassasalariga tanlov 18-avgustdan boshlanadi
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Bizni kuzating
🟨🟨🟨 #Talabaga_qulaylik
O‘zDJTUda 2024-2025-o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. O‘zDJTUda esa o‘quv yiliga tayyorgarliklar jadallik bilan davom etmoqda.
16-avgust kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari hamda mas’ul xodimlar bilan birgalikda TTJlardagi tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida universitetning Uchtepa tuman Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilidagi universitet hududida joylashgan TTJda bo‘ldi.
U yerda tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi hamda o‘z isitish-sovitish tizimlar, sport zali, ma’naviyat xonasi, oshxona, kir yuvish xonalaridagi jihozlar va ularning joylashuvi bo‘yicha o‘z tavsiyasini berib o‘tdi.
Shu bilan birga, turargohga kirish-chiqish joylarini ko‘zdan kechirib, ushbu joyda imkoniyati cheklangan talabalar uchun qulaylik yaratish bo‘yicha qator vazifalarni berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, ta’lim, fan, innovatsiyalar va oliy o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish faoliyati o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish; oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, bakalavriat va magistrantlarning maqolalarini yuqori impakt faktorli nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etishni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshirish markaziga aylantirish (10.08.2019 y. P-5847) belgilab qo‘yilgan.
Shu munosabat 15-avgust kuni O‘zDJTU rahbariyati vakillari ishtirokida oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda quyidagi masallar tahlil etildi:
o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;
oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini kuchaytirish;
oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularning boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;
oliy ta’lim tizimining investitsion jozibadorligini oshirish, uning xalqaro miqyosda tan olinishi va raqobatbardoshligini ta’minlash.
#qabul2024 #ikkinchi_mutaxassislik
⚡️ Bugun, soat 17:00da ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha yuborilgan arizalarni tahrirlash yakunlanadi
🔰 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislikka) qabul uchun my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 16-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari lozim.
☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati mavjud emas.
Bizni kuzating
👨🏫👩🏫
15-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash 17-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengashda Saidova Muhayyo Oktamovnaning 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha "Jurnalistika transformatsiyasiga innovatsion texnologiyalarning ta’siri va kontent yaratishning zamonaviy shakllari" mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy kengash majlisida O'zDJTU rahbariyati vakillari, rasmiy opponentlar va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Ilmiy kengash majlisi odatga ko‘ra, Offline va ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨 #Talabaga_qulaylik
14-avgust kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari universitet talabalari istiqomat qilayotgan ijara uylarda bo‘lib, ularning shart-sharoiti bilan yaqindan tanishdi.
Talabalar bilan suhbatlashib ularning ehtiyoji va qanday muammolarga duch kelayotganligi bilan qiziqdi. Shu bilan birga ijara uy sohiblari bilan ham suhbatlashib, talabalarga imkon qadar yengillik va yaxshi sharoitlar yaratib berishini ta’kidlab, universitet bilan hamkorlik qilayotganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ma’lumot uchun: Universitetda tahsil olayotgan talabalar uchun bu yil universitet rahbariyati tomonidan 1300 dan ortiq ijara uylar bilan kelishuvlarga erishilgan bo‘lib, universitet rahbariyati vakillari hamda rektor Ilxomjon Tuxtasinov har bir xonadonni ko‘zdan kechirib chiqishni maqsad qilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
14-avgust O‘zbеkiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02-raqamli Ilmiy kengash majlisining yana bir soni bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengashda Rashid Bekimbetovich Matenovning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha «Nofilologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining nutqida rus tili sintaktik variant birliklarini qo‘llay bilish ko‘nikmasini shakllantirish» mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Rashid Matenovning Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Ilmiy kengash majlisi odatga ko‘ra, Offline va ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
14-avgust kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi masʼul xodimlari hamda oliy taʼlim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilarining Senatga tashrifi bo'lib o'tdi.
Unda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti yoshlar yetakchisi Eldor Qoʻngʻirotov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumda Yoshlar parlamenti Yoshlar ittifoqi bilan bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik olib borishi belgilab qo‘yildi.