uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi


Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔜 🟦🟦 🟦🟦🟦

📣 Oyiga oʻrtacha $1500 daromad, tekin sayohat va hamma orzu qilgan kasb – bort kuzatuvchisi (styuard yoki styuardessa) boʻlishni siz ham istasangiz kerak?!

📌 Unday boʻlsa, sizlarni Oʻzbekiston va Yevropa aviakompaniyalarida bort kuzatuvchisi boʻlib ishlagan va Birlashgan arab amirligining eng mashhur milliy aviakompaniyasiga ishga taklif qilingan tajribali styuardessa, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi Iroda Mamadaliyeva tomonidan 20-avgust kuni OʻzDJTUda boʻlib oʻtadigan “AVIATSIYA – ORZULAR ROʻYOBI” nomli seminarga taklif qilamiz!


💬 Iroda Mamadaliyevaning shaxsan oʻzi Oʻzbekistonda birinchi marta bu kasb haqida hech qayerda aytilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, bu ishga qanday qabul qilinish mumkinligini mazkur seminarda oʻrgatadi.

✉️ Seminarga joy band qilish uchun @mdlyva00 ga murojaat etishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 🟦🟦🟦 #BIZNING_FAXRIMIZ!

Parij-2024 Olimpiadasida rekord natija qayd etgan qahramonlarimiz jasorati bilan O‘zbekiston Olimpiadada rasman 13-o‘rinni egalladi. Bu tarixiy g‘alaba! Biz barcha sportchilarimiz bilan faxrlanamiz.


Har biringiz yurtimiz sharafini munosib himoya qildingiz. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi, talabalari va O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov murakkab kurashlarda ko‘rsatgan yuksak mahoratingiz  va matonatingiz uchun minnatdorlik bildiradi.

Barcha sportchilarimiz va albatta, ularning ota-onalari va murabbiylariga el-yurtga munosib shunday o‘g‘il-qizlarni tarbiyalagani uchun rahmat deymiz.

Bu yuksak g‘alaba bilan barchangizni yana bir bor tabriklaymiz.

G‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📢📢📢📢📢

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan barcha kurs talabalari
diqqatiga!


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 376-son qaroriga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan (1-avgust) boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

10-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 15-son majlisi  bo‘lib o‘tdi.

Dasturda Samiyeva Sayyora Ne’matovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

ZOOM onlayn dasturi orqali ham bo‘lib o‘tgan ilmiy kengashda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

9-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xodimlari uchun umumiy yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1-avgustdagi 03/23-2156-sonli ko‘rsatmasi talablari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash etib belgilandi.


Mazkur kun tartibidagi masala yuzasidan umumiy yig‘ilish raisi, universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori V.Sadiev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va aniqlashda ishtirok etadigan xodimlarga ishonib topshirilgan yoxud ularga kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor etishga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan mas’ul xodimlarni ogohlantirish ishlarini amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu masala yuzasidan umumiy yig‘ilish kotibi Korrupsiyaga qarshi kurashish «Kompleans - nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Xashimov yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1-avgustdagi 03/23-2156-sonli ko‘rsatmasi talablarini o‘qib berdi hamda korrupsion holatlarga har qanday holda yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.


Bundan tashqari yig‘ilishda universitetning 2023 yil 05 avgust kunidagi 223-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan "Universitet xodimlari(talabalari)ning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida" gi Nizomi bo‘yicha qisqacha ma’lumot berilib, tanishib chiqish taklifi berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

9-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi
ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 13-son majlisi bo’lib o’tdi.


Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa masʼullari ishtirok etdi.

Dastur davomida Moydinova Elmira Kamariddinovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha ta’limda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, Moydinova Elmira ilmiy kengash aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#e’lon #o‘qishni_ko‘chirish

⚡️my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish esa, 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

8-avgust kuni Yaponiya raqamli universiteti (JDU) vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.


JDU taʼsischisi Xaga Xiroaki, Vasiylik kengashi aʼzosi, loyiha menejeri Kobayashi Chigusha, Vasiylik kengashi aʼzosi Kondo Toshiko, JDU rektori Mamajonov Ravshanbek, Taʼlimni loyihalashtirish masalalari boʻyicha prorektor Munojot Umarovalardan iborat mehmonlar OʻzDJTU vakillari tomonidan kutib olindi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda OʻzDJTU tomondan Rektor I. Tuxtasinov, Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor S. Abdullayev, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M. Chutpulatov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev, Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi N. Abdullayeva, Huquqshunos F. Mirzayev hamda Yapon tili kafedrasi mudiri N. Xamidovalar ishtirok etdi.


Uchrashuvda 2024-yil JDU bitiruvchilariga “Kompyuter lingvistikasi” yoʻnalishi boʻyicha OʻZDJTU diplomini berish, 2020-yil 17-apreldagi shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish, JDU elektron taʼlim platformasidan foydalanish, OʻzDJTU yapon tili guruhi talabalari uchun IT boʻyicha kasbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil qilish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borildi va kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, muloqot chogʻida tomonlar mazkur universitet faoliyatini takomillashtirish, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt kabi sohalarda malakali mutaxassislar tayyorlash hamda ularning bandligini taʼminlash masalalarini muhokama qilishdi. Hiroaki Haga janoblari joriy oʻquv yilida oʻqishlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar sentabr oyidan Yaponiyaning yirik kompaniyalarida ish bilan taʼminlanishini maʼlum qildi.


Maʼlumot oʻrnida:
OʻzDJTUda yapon tili 1995-yildan buyon oʻqitilib kelmoqda. Hozirgi vaqtda bakalavriatda kunduzgi shaklda 357 nafar, kechki shaklda 229 nafar, magistraturada 7 nafar, ikkinchi chet tili sifatida 300 nafar, jami 886ga yaqin talaba yapon tili va madaniyatini katta qiziqish bilan oʻrganmoqda. Yapon tiliga qiziqish esa yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada 6 nafar professor oʻqituvchi faoliyat koʻrsatmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

8-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.


Ilmiy seminarda tadqiqotchi Masharipova Leninza Axmedjanovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlagan “Madaniyatlararo muloqotda til va uning antropotsentrik tadqiqi (Oʻzbekiston va AQSH nikoh toʻyi marosimlari va bayram nutqlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

6-avgust kuni OʻzDJTU rahbariyati vakillari universitet talabalari uchun ajratilishi kutilayotgan ijara uylarda boʻlib, ularning shart-sharoiti bilan yaqindan tanishdi.


OʻzDJTUda jami 7 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, mazkur turar joylardan oʻrin ololmagan talabalar uchun universitet rahbariyati tomonidan 1300 dan ortiq ijara uylar bilan kelishuvlarga erishilgan.


OʻzDJTU Oʻquv ishlar boʻyicha prorektori M.Chutpulatov va Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov boshchiligidagi oliygoh mas’ullari tomonidan mazkur xonadonlardagi shart-sharoitlar koʻzdan kechirilib, xonadon egalari bilan suhbatlashildi. Ulardan talabalar uchun imkon qadar yengilliklar yaratib berilishi soʻraldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻💻💻

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan bilan Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.

Yuqoridagi qaror asosida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-2025 oʻquv yili uchun koʻzi ojiz abituriyentlardan kirish imtihonlari joriy yilning 5-avgust kuni boʻlib oʻtdi.

Imtihon yuqori saviyada tashkil etildi. Joriy oʻquv yili uchun jami 6 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

6-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 10-son majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov va Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa masʼullari ishtirok etdi.

Dastur davomida Zaripova Raʼnojon Zaripovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Badiiy tarjimada muallif va tarjimon uslubi masalalari” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Magistratura_2024

⚡️6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin


2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.


🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablar) sabablarga koʻra rad etilgan.

⭐️Shuni inobatga olib, 1–30-iyul kunlari magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 6–8-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#abituriyent2024 #tanlov_ustuvorligi #foydali_tavsiya

📹 Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#eslatma

Biz korrupsiyaga qarshimiz! Sizchi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida @eduuzanticor_bot rasmiy Telegram boti tashkil etilgan.

❗️Bot orqali Siz vazirlik, uning tizim tashkilotlari, akademik litseylar, professional va oliy ta’lim muassasalarida duch kelgan korrupsion holatlar haqida xabar berishingiz mumkin.

☝️Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish imkoniyati ham yaratilgan:

📞 1006 Ishonch telefon raqami;

📤 anticor@edu.uz elektron pochta manzili.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 13-avgust kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Toshkentdagi AQSh elchixonasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xodimi Natasha Pijjet, Ingliz tili mutaxassislari boʻlimi masʼul xodimi Feruz Akobirov hamda ingliz tili oʻqituvchisi Aylen Jiamankoni qabul qildi.

Uchrashuvda universitetni rivojlantirish strategiyasi haqida soʻz yuritilib, ingliz tilini oʻrganayotgan talabalar sonini inobatga olgan holda muayyan vazifalarni bajarishda AQSh tomonining koʻmagi va hissasi muhimligi aytib oʻtildi.

Muloqot chogʻida tomonlar kelgusidagi hamkorlik masalalari, turli loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, shuningdek AQShlik mutaxassis Aylen Jiamankoning faoliyatiga doir masalalarni muhokama qildilar.

Tomonlar oʻzaro samarali hamkorlik olib borilayotganidan mamnun ekanligini eʼtirof etib, ingliz tilini oʻqitishni yanada takomillashtirish, chet tillari oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tarjima sohasiga AQShlik malakali mutaxassislarni jalb qilish lozimligi taʼkidlab oʻtdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📢📢📢📢📢

Xodim kerak:

NEMIS TILI O’QITUVCHI

📌 Talablar:
- Sertifikatga ega
- Tajribali
- Ma’uliyatli va tartibli bo’lishi
(Qiz bola) xodim kerak

🏛️ Tashkilot: Nemis tili oʻquv markazi
Ish vaqti: Ofline , kelishiladi
💸 Maosh:
Kelishiladi
📍Manzil:
Toshkent shahar , Chilonzor tumani

🌐 Izoh: Yuqoridagi talablarga to‘g‘ri kelsangiz, murojaat qiling.

📞 Aloqa: +998904703606
📩 Telegram: @bonuu_anvarovna

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

10-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 16-son majlisi bo‘lib o‘tdi.

Dasturda Egamnazarova Zulxumor Qodirovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “XIX asr ikkinchi yarmi rus satirik nasri janrlarining o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengash ZOOM onlayn dasturi orqali ham boʻlib oʻtdi. Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich va boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔵 REKTOR VA YOSHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.


Shunga ko‘ra, O‘zDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj bo‘lgan, e’tibor talab etuvchi 25 nafar yoshlar biriktirilgan.

9-avgust kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, universitet rahbariyati vakillari rektorga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi “Birlik”, mahallalarida istiqomat qilayotgan og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi.

Rektor ko‘makka muhtoj yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashdi, ularning xonadonida bo‘lib, har bir yoshga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yordam tariqasida taqdim etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

9-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 14-son majlisi bo‘lib o‘tdi.


Unda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Dasturda Yuldashova Nilufar Muxitdinovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda TBLT texnologiyasini qo‘llashning lingvodidaktik xususiyatlari (jurnalistika yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Yaponiyaning Toyo universiteti (JDU) vakillari 9-avgust kuni O‘zDJTUga tashrif buyurishdi.         
             

Toyo universiteti professori Xiraxata Nami, Administrativ xodim Mayexara Seikolardani iborat delegatsiyani O‘zDJTU tomondan rektor I. Tuxtasinov,   Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Yapon tili kafedrasi mudiri N. Xamidovalar kutib oldi.

Tashrif avvali ikki tomon uchrashuvi bilan boshlandi. Uchrashuvda Toyo universiteti bilan almashinuv dasturlarini kengaytirish, Toyo universitetidan professor-o‘qituvchilarni taklif qilish, Toyo universiteti talabalari uchun yozgi lagerlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi va kelishuvlarga erishildi.

Ma’lumot uchun: Yaponiyaning Toyo universiteti bilan O‘zDJTU aloqalari 2020-yilda boshlangan. 2022-2023 o‘quv yilida Toyo universiteti bir nafar bitiruvchisi Yapon filologiyasi kafedrasida dars berdi.

2023-yil mart oyida Toyo universiteti 12 nafar talabasi va 2 ta professor o‘qituvchisi O‘zDJTUda bir oy davomida amaliyot o‘tadi. Joriy o‘quv yilida Toyo universiteti 1 nafar talabasi O‘zDJTUda bir semestr davomida ingliz filologiyasi fakultetida stajirovka o‘tashi rejalashtirilgan.    

2022/2023 va 2023/2024 o‘quv yillarida O‘zDJTUning 6 nafar talabasi Toyo universitetida bir yil davomida tahsil oldi, 2023-2024 o‘quv yilida 1 nafar Toyo universiteti talabasi O‘zDJTUda bir semestr davomida o‘qidi.

2024-2025 o‘quv yilida O‘zDJTUning 3 nafar talabasi Toyo universitetida bir yil davomida o‘qishi rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Talabaga_qulaylik

OʻzDJTUda 2024- 2025- oʻquv yillari uchun tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin davom etmoqda.

Bu jarayonlarda talabalarning turar-joy masallarini hal etishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2024/2025-oʻquv yiliga talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor taʼminlash maqsadida universitet hududida maxsus shtablar tashkil etilgan.

OʻzDJTU talabalari turar joylarini koʻzdan kechirish va ularga yaratilayotgan sharoitlarni oʻrganish maqsadida 8-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Qosimov universitetga tashrif buyurdi.


OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari, mutasaddi xodimlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Qosimovga talabalar turar joyidagi sharoitlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berib oʻtdi. Birgalikda turar joy majmualarini koʻzdan kechirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

8-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Ilmiy seminarda tadqiqotchi Nurmuratov Anvar Yaxshibayevichning 13.00.02 - Taʼ lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo ʼyicha tayyorlagan“ Masofaviy taʼlimda ingliz tilini oʻqitish metodikasi” mavzusidagi pedaagika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan disscitatsiyasining seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.

ZOOM onlayn dasturi orqali ham boʻlib oʻtgan seminarda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich va boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

7-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashining 12-son majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich va boshqa masʼullari ishtirok etdi.

Majlis kun tartibidan Gapparov Alibek Karshiboyevichning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi boʻyicha “Ijtimoiy-siyosiy leksikaning sotsiolingvistik aspekti (publitsistik matn misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻrin oldi.


Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Vebster Universitetining (Webster University) MA TESOL dasturi O'zbekiston Davlat Jahon Tillari universitetida

📚 Dastur:

🔸 MA TESOL (Ingliz tilini o'zga tillarda so'zlashuvchilarga o'qitish bo‘yicha magistratura)

🗓 Muhim sanalar:

🔹 Ariza topshirish muddati: 14-avgust, 2024-yil
🔹 Kuzgi semestr boshlanishi: 19-avgust, 2024-yil

🔗 Hujjatlaringizni onlayn webster.uz/apply sayti orqali topshiring!
📞 Telefon raqam +998 55 503 00 66 orqali aloqaga chiqing!

@websteruniversitytashkent

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫
6-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 11-son majlisi oʻtkazildi.

Ilmiy kengashda Dushayeva Umida Yusufovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayyorlagan “Ispan tilida komparativ frazeologizmlarning struktur-semantik va funksional xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Oflayn va ZOOM onlayn dasturi orqali boʻlib oʻtgan dissertatsiya himoyasida OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov va Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa masʼullari ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bitta joyda o'qib ikki diplom egasiga aylaning, bunday imkoniyatni sizga qo'shma ta'lim dasturi taqdim etadi.

2024/2025 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, Adigey davlat universiteti  bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim "Rus tili xorijiy til sifatida" yoʻnalishda oʻqish uchun qabul amalga oshirilmoqda...

Qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar mazkur link orqali ro'yhatdan o'tishi lozim: https://forms.gle/tDcv3n7wRtKMGaQs8

Shoshiling joylar soni cheklangan.

Qulayliklar:
❇️3+1 ya'ni 3 yil offline, 1 yil online o'qish,
❇️ 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyatlari mavjud.


✅Kontrakt narxi – 130 000 рубль, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bilan.



☎️Murojaat uchun:
📞+998955034144
📞+998955104144
📞+998955094144
📞+998977341595

📌Ushbu telegram guruhimizda savollaringizni yo'llashingiz mumkin: /channel/qoshmatalimmdasturi


©reklama

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#saylov_2024

Partiya elektorati haqida tez-tez eshitamiz. Elektorat o‘zi nima?


❓ Advokatlar va huqushunoslar ko‘proq qaysi partiyani qo‘llab-quvvatlaydi? San’atkorlar va sportchilarchi?
❓ Sizning qarashlaringiz qaysi partiyaning maqsadlariga mos keladi?

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini bitirgan va bitiruvchi kursda tahsil olayotgan rus tilida dars oʻta oladigan bakalavr va magistrantlar uchun ishga joylashish boʻyicha e’lon!

Batafsil: https://www.uzswlu.uz/news/elon-1722860003

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал