10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligidan dastur
Читать полностью…10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan dastur
Читать полностью…Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga kiruvchilar uchun:
07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi ixtisosligidan dastur
2️⃣2️⃣2️⃣
O‘zDJTU tomonidan 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Adiblar xiyobonida badiiy kecha tashkil etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda “qalbi o‘zbek” rus shoiri A.Faynbergning ijodidan betakror she’rlari talabalar tomonidan ijro etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning hayoti va ijodi, adabiyotga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berishdi Shuningdek, talaba-yoshlar ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mushoira, munozara, musiqiy chiqishlar, she’rxonlik, “Bahr-u bayt” va sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻📺📺
O‘zDJTUda 21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan “Qonunda qo‘riqlangan qo‘rg‘onim ona tilim” deb nomlangan bayram tadbiri O‘zbekiston telekanalining “Assalom, O‘zbekiston” ko‘rsatuvida yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Karlar hamjamiyatlari, hukumatlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari milliy imo-ishora tillarini o'z mamlakatlarining jonli va xilma-xil til landshaftlarining bir qismi sifatida rivojlantirish, targ'ib qilish va tan olish uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirmoqdalar. Butunjahon karlar federatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda 70 milliondan ortiq karlar bor. Ularning 80% dan ortig'i rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Birgalikda ular 300 dan ortiq turli imo-ishora tillaridan foydalanadilar. Imo-ishora tillarining ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish maqsadida 23-sentyabr Xalqaro imo-ishora tillari kuni deb e'lon qilingan.
💚 O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oluvchi iqtidorli talaba va magistrlar bormisiz?!
✅ Barchangizni universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limining rasmiy telegram sahifasiga taklif etamiz!
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi.
Ushbu kanalda siz:
➡️ Universitet hayotidagi ilmiy yangiliklar;
➡️ Prezident granti, Prezident stipendiyasi va nomli ravlat stipendiyalari;
➡️ Rektor stipendiyasi;
➡️ Fan olimpiadalari;
➡️ Ilmiy konferensiya va anjumanlar;
➡️ va turli xildagi ilmiy tanlov va tadbirlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
✅ Keling, bizning safimizga qo'shiling va ilm bilan yuksaling!
🟦🟦🟦
OʻzDJTU Axborot-resurs markazida "Kitobxonlik targ'iboti" haftaligida doirasida tadbir tashkil etildi.
16-oktyabr kuni ARM direktor o'rinbosari M.Muxamedjonova, Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari va 1-bosqich talabalari ishtirokida Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi professori, O'zbekiston nemis tili o'qituvchilari assotsiatsiyasi raisi, Germaniya-O'zbekiston Ilmiy Jamiyati raisi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, 300 dan ortiq tarjimalar muallifi Xurram Rahimovich Rahimov bilan davra suhbati o'tkazildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
"Kitobxonlik targ'iboti" haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
18-oktyabr kuni OʻzDJTU Axborot-resurs markazi direktor o'rinbosari M.Muxamedjonova Roman-german filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Talabalar kutubxonaning barcha bo'limlarida, "Istiqlol", "Adolat", "Tafakkur", "Jahon" o'quv zallarida, elektron xonalarida bo'lib, u yerdagi mavjud adabiyotlar va barcha shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
#uchrashuv
Bugun 19-oktabr kuni O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Ota-onalar bilan uchrashuv" bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva, dekan muovinlari B.Razzoqov, Sh.Eshto'xtarov, universitet ota-onalar qo'mitasi raisi Z.Ibragimovalar so'zga chiqib, fakultetda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda o'quv jarayonlari haqida ma'lumotlar berishdi.
Shuningdek, talabalarning darslarga qatnashishi, ular bilan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar hamda fakultet talaba-yoshlari tomonidan erishilgan yutuqlar to'g'risida fikr-mulohazalar yuritildi.
Dastur davomida iqtidorli talabalarning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
15-oktabr kuni Axborot-resurs markazida "Kitob targ'iboti" haftaligida Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori K. Mamadaliyeva va 1-bosqich talabalari ishtirokida "Ochiq muloqot" bo'lib o'tdi.
Ochiq muloqot ishtirokchilariga Axborot-resurs markazi direktor o'rinbosari M. Muxamedjonova kutubxonaning barcha bo'limlari, Scopus ilmiy maqolalar bazasi, IRBIS-64, ARM vebsayti, ARM telegram kanali hamda Axborot-resurs markazida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berdi.
Ochiq muloqot so'ngida talabalar kutubxona haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 4️⃣4️⃣4️⃣
📣 "Kulolman" kulolchilik ustaxonamizga iste'dodli va ijodkor shogirdlar qabul qilamiz!
Agar kulolchilik san'ati sizni qiziqtirsa, loy bilan ishlashning nozik sir-asrorlarini o‘rganishni istasangiz, bizning jamoamizga qo‘shiling!
✍️ Biz sizga:
- ustozlar bilan amaliy mashg'ulotlar;
- yangi texnikalarni o'rganish imkoniyati;
- shaxsiy ijodingizni rivojlantirish va ko'rgazmalarda qatnashish imkoniyatini taklif etamiz.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-oktabr kuni O‘zDJTUda Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar va xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki Ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Abdurashid Ochilov, Toshkent shahar Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mayor Zafar Zufarov, Uchtepa tumani Prokuraturasi mas’ul xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlikni, hamda pirotexnika vositalaridan noqonuniy foydalanishni oldini olish, favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirish giyohvandlikka qarshi kurash choralarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ularni sog‘lom muhitda tarbiyalash, shuningdek is gazi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 4-Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan Rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, universitet rahbariyatining boshqa vakillari, TTJlar muvofiqlashtiruvchi bo‘limi xodimlari, tarbiyachi-pedagoglar hamda 4-Talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va universitet faoliyati, undagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv dasturlari, to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni muammolarini eshitib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Dastur ochiq muloqot tarzda davom etib, talabalar tomonidan savollar takliflar berildi.
Muloqot davomida universitet rektori 4-TTJda "Eng toza xona" bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovining 1-2-3-o‘rin g‘oliblarini tashakkurnoma bilan taqdirladi. Shuningdek, eng namunali qavat, shu eng yaxshi qavat rahbarlarini e’tirof etdi.
Undan tashqari, talabalar she’rlar o‘qib, dutorchi qizlar chiqishlarini namoyish etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
18-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Birlashgan Arab Amirliklari vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida rektor Ilxomjon Tuxtasinov hamda Birlashgan Arab Amirliklari Oliy taʼlim ishlari boʻyicha eksperti Hasan Al-Hashimiy bilan uchrashuv tashkil etildi.
10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligidan dastur
Читать полностью…🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
Joriy yilda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi!
🎞 Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida bayram munosabati bilan ,, ONA TILIM SEN BILAN MILLAT BARHAYOT " deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Boʻlajak olimlar bilan hamkorlik sari yangi tashabbus 🚀🎓
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining magistratura talabalari uchun 18-oktabrdan boshlab “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-metodik jurnali tahririyati tomonidan maxsus seminar-treninglar tashkil qilindi. 📝📚
Magistratura to'g'risidagi Nizom talablariga muvofiq, talabadan magistrlik dissertatsiyasining asosiy natijalarini ilmiy maqolalar va ilmiy konferensiyalarda ma'ruza bilan qatnashib, tezislar nashr qilishi talab qilingan. Shu bois, jurnal tahririyati ularga amaliy yordam berish tashabbusi bilan chiqdi. 🎯Xususan, mazkur tashabbus doirasida seminar-trening ishtirokchilari xalqaro IMRAD talablari asosida ilmiy maqolani tayyorlash tartibi, “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-metodik jurnali talablari, maqsad hamda vazifalari bilan tanishtirilmoqda. 🔍🖊Ayniqsa, seminar-treninglar soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olmoqdalar. 💬✅
Mazkur seminar-treninglarni yosh olimlarimizdan S.Azizov, I.Kaxarova, Sh.Yuvasheva, Z.Xaitqulov va G.Narbayeva olib bormoqdalar. 👨🏫👩💻
‼️Eslatib oʻtamiz, seminar-treninglar 22-oktabrga qadar davom etadi. 🗓
🟦🟦🟦
Qadrli yurtdoshlar! Muhtaram ustozlar! Aziz talabalar!
Millatimiz ruhi, milliy g‘ururimiz – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz besh yilligi, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!
Millatning ulkan boyligi va bebaho mulki bo‘lgan milliy tilda xalqning ma’naviy-madaniy hayoti, ajdodlarning dunyoqarash va tafakkuri, boy ilmiy va ijodiy merosi mujassam bo‘ladi. Tilni asrash, sof o‘zbek tilining barcha jabhalarda birdek qo‘llanishini ta’minlash barchamiz uchun birdek muhim. Dunyoda 7 mingga yaqin til bo‘lsa, biz uchun eng ardoqlisi, milliy tilimiz — o‘zbek tilidir.
#uchrashuv
📸 19-oktabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida bo'lib o'tgan "Ota-onalar bilan uchrashuv"dan lavhalar.
Maxsus tayyorlangan videorolik orqali Ingliz filologiyasi fakultetining tarixi, ichki tuzilmasi va yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi batafsil ma'lumotlar ota-onalarga taqdim etildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦 👨💻👩💻🧠
OʻzDJTU vakillari "Qobiliyat eshigi" nomli seminar-treningda ishtirok etdi.
19-oktyabr kuni Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi boshlig'i A.Abidjanov va bosh mutaxassis B.Utekov "Hayatt Regency" mehmonxonasida "Talent for BIZ" karyera ko'rgazmasi doirasida tashkil etilgan seminar treningda qatnashdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
18-19 oktyabr kunlari Ingliz, Sharq, Roman-german filologiyasi fakultetlarida "SARMOYABOOKS" MCHJ nashriyoti bilan hamkorlikda "Kitob savdosi" yarmarkasi o'tkazildi.
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur yarmarkada kitobxonlarga o'zbek, rus, ingliz tilidagi darsliklar va badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#stipendiya #sovrindorlar
🎗️2024-2025-oʻquv yili uchun Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiyasi sovrindorlari
☑️ Ushbu sovrindorlar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 6-iyundagi 10-sonli kengash qaroriga asosan tasdiqlangan
Ingliz tili 1-fakulteti 3-kurs talabasi
Ingliz tili 2-fakulteti 3-kurs talabasi
Ingliz tili 3-fakulteti 2-kurs talabasi
Ingliz filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi
Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi
Roman-german filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi
Tarjimonlik fakulteti 3-kurs talabasi
Rus filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi
Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-kurs talabasi
Magistratura bo‘limi 1-kurs talabasi
🇺🇿
🇺🇿
OʻzDJTU Yoshlari
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov
✔️ Biz oʻz kelajagimizga befarq emasmiz!
🇬🇧 Ingliz filologiyasi talaba-yoshlari saylovga sizlarni faollikka chorlab qoladi!
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦
18-oktabr kuni Axborot-resurs markazi direktor o‘rinbosari M. Muxamedjonova Roman-german filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan birgalikda "Kitobxonlik targ‘iboti" haftaligida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Talabalar kutubxonaning barcha bo‘limlarida, "Istiqlol", "Adolat", "Tafakkur", "Jahon" o‘quv zallarida, elektron xonalarida bo‘lib, u yerdagi mavjud adabiyotlar va barcha shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Tashrifdan maqsad yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 📺📺
OʻzDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini integrallashgan holda o'qitish kafedrasi o'qituvchisi, “El-yurt umidi” jamg'armasi stipendianti, Buyuk Britaniyaning Reading universiteti magistranti Muqaddas Bo'taboyeva O'zbekston telekanalining "Biz birgamiz" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👩🏫 2024 yil 18-oktabr kuni Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Usmanova Nodira Ikkinchi chet tili (fransuz tili) fanidan TING-2201 guruhi bilan ochiq dars o‘tkazdi.
💠 "Les vêtements" hamda "Faire les achats" mavzularidagi ochiq dars zamonaviy texnologiyalar va metodlar asosida yoritib berildi, shuningdek darsni mustahkamlash uchun qiziqarli oʻyinlar, boshqotirmalar va ajoyib sahna koʻrinishi namoyish etildi.
🎤 Dars davomida fransuz tilidagi ijro etilgan qoʻshiqlar dars kuzatuvchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Faol talabalar dars davomida sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.
2️⃣2️⃣2️⃣
18-oktyabr kuni OʻzDJTU 1-TTJ va 2-TTJ da Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda barcha talabalar bilan she'riyat kechasi uyushtirildi.
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Umida Umarova oʻzi yozgan sheʼrlarini talabalar bilan baham koʻrdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
16-oktyabr kuni OʻzDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashda tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini koʻrib chiqish, muhokama qilish, tahlil etish va tasdiqlash boʻyicha 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.