O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi kechki ta'lim talaba yigitlari tomonidan latofatli ayol-qizlarga atalgan chiroyli tabriklar mujassam bo'lgan videorolik
📍 Ingliz filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTU talabasi Yaponiyadagi Xalqaro notiqlik tanlovida g‘olib bo‘ldi
Yaponiyaning Tokio shahri Suginami tumanida 22-marotaba chet elliklar o‘rtasida Xalqaro yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli davlatlaridan, jumladan, Kanada, Vyetnam, Rossiya, Koreya, Xitoy, Nepal, Tayvan va O‘zbekistondan kelgan 10 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Ma’lumot uchun
:
Toyo universiteti Yaponiyaning eng yaxshi oliygohlaridan biri sifatida tan olingan va talabalar uchun yuqori sifatli taʼlim va tadqiqot imkoniyatlarini taklif etadi. Ayni damda ta’lim maskanida 30 000 dan ortiq talaba Gumanitar fanlar, iqtisodiyot, huquq, xalqaro munosabatlar, fan va texnologiya, biznes va menejment, muhandislik, tibbiyot va boshqa fakultetlarida tahsil oladi.
Toyo universiteti dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatorida O‘zbekiston bilan ham akademik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toyo universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida har yili 3 nafar O‘zDJTU talabasi kredit mobillik dasturi asosida Yaponiyaga o‘qishga yuboriladi. Shuningdek, har yili Toyo universitetidan bir nafar talaba O‘zDJTUda tahsil oladi. Bu ikki universitet o‘rtasidagi akademik aloqalar va madaniy almashinuvning yorqin namunasi hisoblanadi.
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
💖🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🎉 “Men onam bilan faxrlanaman” – 8-martga bag‘ishlangan challenge 🌸
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Xafiza Nishanova tashabbusi bilan hamda Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti "Besh tashabbus" yoʻnalishi koordinatori Aziza Toʻramurodova hamkorligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Men onam bilan faxrlanaman” challenge o‘tkazildi.
📢 Challenge davomida ustozlar va talabalar onalariga bo‘lgan mehri va faxrini izhor qilib, ularni qadrlashlarini bildirishdi. Bu ezgu tashabbus har bir inson uchun eng aziz va mo‘tabar zot – ONALAR sha’niga bag‘ishlandi.
🟦🟦🟦
Muhtarama professor-o‘qituvchilar, xodimalar va qadrli talaba qizlar!
Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklayman!
Sizlarning ilm-fan, ijod va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissangiz, mehnatsevarligingiz va yangi g‘oyalaringiz kelajakka umid bag‘ishlaydi.
Universitetimizda faoliyat yuritayotgan ayollarimiz o‘z bilimi va tajribasi bilan hamisha faxrlantiradi. Sizning orangizda chet ellarda malaka oshirgan, o‘z sohasida muhim yutuqlarga erishgan va ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli yakunlaganlar ko‘p. O‘tgan yilda ham ko‘plab xodimalarimiz davlat mukofotlariga va turli sovrinlarga sazovor bo‘ldi.
Talaba qizlarimiz ham tahsilda, sportda va ijtimoiy faoliyatda o‘zlarining qobiliyatini ko‘rsatmoqda. Ular orasida prezident stipendiyalari, rektor stipendiyasi, davlat mukofotlari va boshqa sovrinlarga ega bo‘lganlar bor. Bundan tashqari, chet el universitetlarida tahsil olib, yurtimiz nomini ulug‘layotgan qizlarimiz ham kam emas. Sportda ham qizlarimiz respublika va xalqaro miqyosda yuksak natijalar qayd etmoqda.
Sizlar faqat o‘z sohangizda emas, balki butun jamiyatimizda muhim o‘zgarishlar yaratmoqdasiz. Kelgusida ham sizlarga yana-da katta yutuqlar, ijodiy muvaffaqiyatlar va barkamollik tilayman.
Sizlar – hayotimizning eng nozik va muhim qismisiz. Har bir qadamingiz, jasoratingiz va mehringiz kelajak avlodlarimiz uchun umid va yorqin yo‘l bo‘lib qolsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
7-mart kuni siyosiy fanlar doktori, professor, faylasuf olim Jo‘rayev Narzulla Qosimovich Rus filologiyasi fakulteti Axborot-resurs markazida bo‘ldi.
Fakultetning kitobxon talabalari bilan professor Narzulla Jo‘rayev o‘z qalamiga mansub “O‘zbekiston tarixi”, “Tarix falsafasining nazariy asoslari”, “Tarix falsafasi”, “Taxayyul, tasavvur, tafakkur” kabi kitoblari haqida suhbatlashishdi. Professor o‘z asarlarning ilmiy va amaliy ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Muallif talabalar bilan ochiq muloqot qilib, ularning savollariga javob berdi hamda falsafa va tarix ilmining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashdi.
Uchrashuv davomida u o‘z kitoblarining kelajak avlod ilmiy izlanishlariga qo‘shadigan hissasi haqida ham so‘z yuritdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi 2-kurs talabalari tomonidan amaliyot jarayonida Milliy liboslar kuni munosabati bilan o‘ziga xos videorolik tayyorlandi. Ushbu rolikda milliy liboslarimizning nafosati va ularning madaniyatimizdagi o‘rni aks ettirilgan.
🔗Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida targ‘ib qilish yo‘lida yana bir qadam!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
“Taqinchoqlar va gullar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.
OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida ijodkor talaba qizlar tomonidan tayyorlangan chiroyli gullar va nozik taqinchoqlar yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Unda talabalar o‘zlari yaratgan nafis gullar va sifatli taqinchoqlarni namoyish etishdi. Bayram oldi oʻtgan ushbu yarmarkada didga mos taqinchoqlarni xarid qilish imkoniyati mavjud boʻldi.
📍 Roman-german filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦
🇺🇿 🇬🇧 🇺🇿 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar “ kuni munosabati bilan Ingliz filologiyasi hamda Sharq filologiyasi fakulteti bir qator xodim va talabalari ayol ustoz va talaba qizlarimizni bayram bilan tabriklashdi.
💐Barcha ayollarmizni 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar “ kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! Bugun sizning go'zalligingiz, kuchingiz va sabringiz nishonlanadi. Sizning mehnatingiz, mehringiz va fidoyiligingiz hayotimizni yanada go'zal va mazmunli qiladi.
🌷Sizlar — oilaning, jamiyatning va butun insoniyatning asosisiz. Sizning yutuqlaringiz va muvaffaqiyatlaringiz bizni ilhomlantiradi. Har bir kuningiz baxt va quvonchga to'lsin, orzularingiz ro'yobga chiqsin!
0️⃣0️⃣0️⃣
“Intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
6-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kontrafaktsiz oy” doirasida “Intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda qiziquvchi talabalar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar kontrafakt mahsulotlarning ta’lim va san’at sohalariga ta’siri bo‘yicha fikr almashishdi.
Talabalar mualliflik huquqlari, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash mexanizmlari haqida savollar berib, mutaxassislardan amaliy tavsiyalar olishdi. Shuningdek, ushbu muammoga qarshi kurashish uchun samarali yo‘llar muhokama qilindi.
Intellektual mulkni himoya qilish har birimizning burchimizdir!
#IntellektualMulk #KontrafaktsizOy #MualliflikHuquqi #OʻzDJTU
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
“Правда востока” gazetasining 2025-yil 5-martdagi 45-sonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazi direktori Djamilya Abduganiyevaning “НА ПУТИ К ДОСТУПНОМУ И КАЧЕСТВЕННОМУ ОБРАЗОВАНИЮ” mavzusida qiziqarli va dolzarb maqolasi chop etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
OʻzDJTU va Portsmouth universiteti professorlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib o‘tdi
6-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti professorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.
Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik boʻyicha mutasaddilar hamda 3-Ingliz tili fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. Portsmouth universiteti professorlari Peter Watkins va Gulsa Kutuk Ag bilan uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✅Ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikdagi loyihalar, yangi oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqish hamda sinovdan oʻtkazish;
✅Ingliz tili oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etish;
✅Hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid boshqa masalalar.
Uchrashuv samarali oʻtib, tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida kelishuvga erishdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✅ ⚡️⚡️⚡️
QIZLARGA yotoqxona
.📍📍📍Manzil: Chilonzor tumani
10 mavze
📌Mo'ljal: Jahon tillari Universiteti ro'parasi
🚇 Chilonzor metro 🔤
🚌 Avtobuslar qatnovi
🛍🛒 Bozor va marketlar
🏃♂➡️💪 Sport zallar
👨💻IT kurslar
📙📚 chet til kurslari ga yaqin
Shovqindan xoli joyda joylashgan
✅SHAROITLAR
🛜 WI-FI
✅KIRMOSHINA
🚰 ISIQ SUV SOVUQ SUV
🔥GAZPLITA
✅ MUZLATGICH
🔥ATAPLENA TOPLI POL
🛁🚽 Sanuzelari alohida 2+2ta
Hamma sharoitlari bor
KAMUNAL ICHIDA
📄 ❗️IJARA SHARTNOMA QILINADI
💵 Narxi: 1 000 000 so'm
Qolgan malumotlar lichkada
. ❌👨💼 MAKLERLAR BEZOVTA QIlMASIN❗️❗️
✅@Dilshod4041
Tel: 📞 90 024 42 44
🚀STARTUP G'OYANGIZ BORMI? UNDA BU IMKONIYAT SIZ UCHUN🚀
🔥 Ajoyib imkoniyat! "Mening Startup Loyiham" inkubatsiya dasturiga start berildi❗️
🎯 G'oyangiz bor, lekin uni rivojlantirish uchun investitsiya yo‘qmi❓
🏆 Startup g'oyalaringiz bilan tanlovda ishtirok eting va loyihangizni moliyalashtirish imkoniyatini qo‘lga kiriting❗️
📈Tanlov ikki bosqichdan iborat.
🎯Fakultet bosqichi
🏛Universitet bosqichi
⏳Loyihalaringizni 20-martga qadar fakultet dekanatiga taqdim etishingiz mumkin.
📍 Innovatsiyalar sari birinchi qadamni tashlash va O‘z kelajagingizni o'zgartirish vaqti keldi❗️
📲 Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatib boring:
🔗 @O‘zDJTU_Tijoratlashtirish
💬 Qo‘shimcha savollar uchun
@IIITB714
⚡️ Innovatsiya – kelajak sari tashlangan dadil qadam!⚡️
📣📣📣📣📣
“Intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish” mavzusida boʻlib oʻtadigan davra suhbatiga taklif etamiz!
📆 Sana: 6-mart, Payshanba
⏰ Soat: 11:00
📌 Manzil: OʻzDJTU bosh binosi, 7-qavat, 718-xona
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✨8-mart munosabati bilan O‘zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti dekani Guli Ismailovna va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan professor ustozlar va xodimlarimizga samimiy tilaklarini yo‘llashdi.
🎼Musiqa sadolari ostida bildirilgan ehtirom va iliq so‘zlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
🌷Ushbu videolavhada mazkur yoqimli lahzalarni siz bilan bo‘lishmoqchimiz!
✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📩Telegram | 🌐Instagram
Aziz va mo‘tabar ayollar!
Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🌸 Siz – mehr va sadoqat timsoli, ilhom va go‘zallik manbasisiz. Hayotingiz bahor kabi yasharib, qalbingiz har doim quvonch va baxtga to‘lsin!
Doimo sog‘-salomat bo‘ling, ezgu niyatlaringiz amalga oshsin! 🌷✨
Xalqaro jurnalistika fakulteti jamoasi
@xalqarojurnalistika_fakulteti
#BAYRAM_TABRIGI
"8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Boshqirdiston hamda Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyazov tomonidan yo’llangan bayram tabrigi.
Hurmat bilan Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi
/channel/rgffaculty
2️⃣2️⃣2️⃣
4–7-mart kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda talaba-yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitob ko‘rgazma-savdo yarmarkalari”ni tashkil etdi.
Tadbir 4–5-mart kunlari universitetning asosiy binosida, 6–7-mart kunlari esa Ingliz, Sharq, Roman-german filologiyasi fakultetlarida bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkada kitobxonlar uchun o‘zbek va jahon adabiyotining durdonalaridan badiiy asarlar taqdim etildi. Mazkur tadbir talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning ma’naviy olamini boyitishga xizmat qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦
7-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig‘ilishida tadqiqotchi Аbdulxayeva Malika Maratovna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va o‘zbek tillarida kvazi-sinonimlarning funksional xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
“Ispan tili va madaniyati” yozgi oʻquv kursiga taklif etamiz!
🗓 2025-yil iyul oyi uchun (14 kun)
☎️ +998933989531 (Dilnoza Salaxova)
📱 @Dilnoza_S22
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Xalqaro jurnalistika fakultetida “Muloqot psixologiyasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Bugun OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida Sh.Xo‘janiyozovaga biriktirilgan Sotsiologiya yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun universitet Xotin-qizlar psixologi Sh.Bo‘stonova tomonidan “Muloqot psixologiyasi” mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Seminar talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi nomutanosiblikni kamaytirish, o‘zaro tushunishni shakllantirish hamda muloqot madaniyatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida hayotiy vaziyatlar sahnalashtirilib, talabalar hissiyotlarni ifoda etish va tushunish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Bunday seminarlar sog‘lom psixologik muhit yaratishga, talabalar hamda o‘qituvchilar o‘rtasidagi muloqot samaradorligini oshirishga, shuningdek, o‘zaro hurmat va tushunishni shakllantirishga xizmat qiladi.
📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦
7-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig‘ilishida tadqiqotchi Mamadjanova Maftunaxon Uktamovnaga 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “O‘zbek va ingliz tillarda epitetning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦👨💻👩💻🧠
O‘zDJTUda xalqaro ilmiy- amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi
6-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniya Kengashi hamkorligida Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA) loyihasi doirasida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
"Equality, Diversity and Inclusion for Language Teaching" (Til o‘qitishda tenglik, tafovut va inklyuzivlik) mavzusidagi ushbu tadbir Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Seminarni Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti professorlari Dr. Peter Watkins va Gulsah Kutuk olib bordi.
0️⃣0️⃣0️⃣
6-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutasaddilari tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur seminar-treningda markaz direktori Ulugʻbekmirzo Qurbonov va Interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish boʻlimi bosh mutaxassisi Mohirbek Mahmudjonov universitetning HEMIS axborot tizimiga masʼul boʻlgan xodimlari uchun “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimlaridan samarali foydalanish boʻyicha taqdimot oʻtkazdilar.
0️⃣0️⃣0️⃣
OʻzDJTU rektori Hindistonga joʻnab ketayotgan talabalar bilan uchrashdi
5-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Hindistonning Banastali universitetiga madaniy almashinuv dasturi doirasida joʻnab ketayotgan Tarjimonlik fakulteti oʻqituvchisi va talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida rektor xalqaro hamkorlik loyihalarining ahamiyati, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va safar davomida universitet shaʼnini munosib himoya qilish muhimligi haqida taʼkidladi. Ishtirokchilarga safar davomida intizom, faol ishtirok va madaniy almashinuvdan maksimal foyda olish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Mazkur safarda Tarjimonlik fakulteti katta oʻqituvchisi Ruziboyeva Nazira Qarshiboyevna boshchiligida bir guruh iqtidorli talabalar ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun: Safar 7-martdan 22-martgaga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan “Sen aziz va muqaddassan, muqaddas ayol” nomli bayram tadbiridan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✅Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida media sohasi va boshlovchilik san’atiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmoni aktyor, boshlovchi, radio boshlovchi, va diktor, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimi Azamat Oxundi bo‘ldi.
⚡️Uchrashuvda fakultetning 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Azamat Oxundi o‘zining boy tajribasi asosida OAV sohasida muvaffaqiyatga erishish, boshlovchilik mahoratini rivojlantirish hamda so‘z san’atining nozik jihatlari haqida qimmatli fikrlarini bildirdi. Shuningdek, u media olamidagi zamonaviy tendensiyalar, ommaviy axborot vositalarida o‘z o‘rnini topish va auditoriya bilan ishlash usullari haqida ham muhim tavsiyalar berdi.
Talabalar mehmon bilan ochiq muloqot qildilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuv ishtirokchilari uchun bu nafaqat qimmatli tajriba almashish, balki kasbiy yo‘nalishlarini aniqlashtirish va kelajakdagi faoliyatlari uchun muhim tavsiyalar olish imkoniyati bo‘ldi.