🗓 Joriy yilning 14-oktabr sanasida Universitet psixologi Z. Xayrullayeva hamda fakultet tyutori M. Safarova hamkorligida OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti 1-bosqich talabalari bilan psixologik trening tashkil etildi.
✅ Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar berildi.
Talabalar oʻzlari qiziqgan savollarga mutaxassis tomonidan munosib tarzda javob olishdi.
❇️ Treningda "ALOQA ULASHUVI"
"QOBILYATNI ANIQLASH"
"TEMPERAMENT TIP" nomli metodikakardan foydalanildi.
#fakuktet_yangiliklari
Second_faculty_official
4️⃣4️⃣4️⃣
“ICT Competition 2024-2025 ME&CA” uchun ro‘yxatga olish jarayoni ochiq!
Huawei tomonidan O‘zbekiston talabalari 80 mamlakat va mintaqalardan 750 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo‘yicha global tadbir hisoblanadigan “ICT Competition 2024/2025” tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.
Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasida salohiyatingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 20-oktabr 2024-yil.
Batafsil: https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch
💠💠💠
Регистрация на конкурс ICT Competition 2024-2025 ME&CA открыта!
Компания Huawei приглашает студентов Узбекистана присоединиться к ICT Competition 2024-2025 - глобальному мероприятию по обмену талантами в сфере ИКТ, которое уже объединило более 750.000 студентов из 80 стран и регионов.
Не упустите возможность изучить передовые технологии и продемонстрировать свой потенциал в сфере ИКТ.
Крайний срок подачи заявок: 20 октября 2024 года.
Подробнее: https://www.huawei.com/uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch
#ICTacademy #ICTheFuture #Talent #HuaweiUzbekistan
Bizni kuzating
12-oktyabr kuni O'ZDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi N.Djurayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova bilan birgalikda talaba-qizlar holidan xabar olish maqsadida 3-4-5-sonli talabalar turar joylarini o'rganishdi.
O'rganish jarayonida TTJ pedagoglari bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirishdi.
Shuningdek, talaba-qizlarga yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun yotoqxona kutubxonalaridan foydalanib kitoblar o'qishi tavsiya etildi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
📚 Universitet saralash bosqichi gʻoliblari aniqlandi
🇺🇿 🇺🇿 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan “📚Zakovat: Rektor kubogi” kuzgi mavsum oʻyinlarining universitet saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
📊 Musobaqa natijalariga koʻra quyidagi jamoalar finalga yoʻl olishdi:
✅ “Max” jamoasi (🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti, 16 ochko);
✅ “Antigrob” jamoasi (🇺🇿 Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 14 ochko);
✅ “Boylarga mazza” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 14 ochko);
✅ “Last legend” jamoasi (🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti, 13 ochko);
✅ “Diplomatlar” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 13 ochko);
✅ “Zakiyalar” jamoasi (🇬🇧 Ingliz tili uchinchi fakulteti, 11 ochko);
✅ “Fireflies” jamoasi (🇺🇿 Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 11 ochko);
✅ “Terma” jamoasi (🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti, 11 ochko);
✅ “Politics” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 11 ochko);
✅ “Mon blan” jamoasi (🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti, 11 ochko).
🏆 Eslatib oʻtamiz, final musobaqasida gʻolib boʻlgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.
🤝 Barcha jamoalarga final oʻyinida omad tilaymiz!
#zakovat #rektor_kubogi #kuzgi_mavsum #universitet_bosqichi #yoshlar_ittifoqi
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
0️⃣0️⃣0️⃣
Talabalar turar joylarida tashkil etilgan toʻgaraklar oʻz faoliyatini davom ettirmoqda
12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova hamda Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi, "Qo'li gul qizlar" to'garagi rahbari N.Nazarova tomonidan 6-talabalar turar joyida to‘garak o‘z ishini davom ettirib, talaba-qizlar bilan bejirim diademalar yasash mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
#davra_suhbati
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan 12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Achilova, kafedra Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchilar va 6-TTJ talabalari bilan “Erta turmushni oldini olish va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari”, “Yoshlarni oilaga tayyorlash” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
0️⃣0️⃣0️⃣
12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat yuritayotgan barcha guruh tyutorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Dasturda OʻzDJTU O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i Y.Azzamov, Talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi A.Namozov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi D.Xamdamov, fakultet dekan muovinlari, tyutorlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
1️⃣1️⃣1️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 269-son buyrugʻining 3.6-bandida mahalla yoshlari oʻrtasida turli tadbir, koʻrik-tanlov, musobaqalar tashkil etish belgilangan. Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida
Bellashuvning yarim final bosqichi “Xuroson” va “Davlatobod” MFY yoshlari oʻrtasida boʻlib, unda “Hamdoʻst” MFY yoshlari 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Final o‘yini esa “Davlatobod” va “Paxtakor” MFY yoshlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash oʻrinli, bu ikki jamoa musobaqaning eng kuchli jamoalari sifatida oʻzini namoyon etdi.
📊 2024-yil 9-oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings-2025 reyting natijalarini e’lon qildi.
☄️ Bu yilgi reytingda Oʻzbekistondan jami 48 ta oliy ta’lim muassasasi “Reporter” maqomida qayd etildi va undan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham yana bir bor munosib o'rin egalladi.
🖥 Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THE ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda Reyting agentligi ularga yaqindan yordam berdi. Reyting boʻyicha universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.
2️⃣2️⃣2️⃣ 🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 672F/14-sonli farmoyishiga muvofiq, 2024-yilning 11–14-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Qatar madaniyati haftaligi” tashkil etilmoqda.
1️⃣1️⃣1️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali atrofida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish davom etmoqda
Atoqli adiblarning haykallari poyida 2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida oliy taʼlim muasssalari tomonidan ommaviy sport musobaqalari boʻyicha tadbirlarni tashkil etish reja-jadvaliga muvofiq
🔰Ingliz tili 2-fakulteti 3-bosqich talabalari bilan guruhiy trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
✅Trening 11-oktabr sanasida universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet tyutori Sh.Kadirova hamkorligida boʻldi.
Mashg‘ulot-trening - shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko‘nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgan, shuningdek, Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir.
⚡️“SALOMIMNI YO’LLAYMAN”,
“JOY ALMASHISH” o'yinlari, “MINNATDORMAN” usuli, “SO‘ZSIZ ALOQA” meʼtodlari hamda psixogimnastikadan keng foydalanildi.
💻 🏆
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-sonli talabalar turar joyida 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, kitobxonlik, kompyuter texnologiyalari, hunarmandchilik va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida
Tarjimonlik fakulteti 2-bosqich talabasi Joniqulova Dinara va Rus filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi Madinaxon Soliyevalar tayyorlagan video roligi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
10-oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jog‘orqi Kengesi, xalq deputatlarining viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi saylov tadbirlariga tashrif buyuradigan xorijiy kuzatuvchilarga hamrohlik qiluvchi tarjimon o‘qituvchilar va talabalar uchun O‘zDJTUda tashkil etilgan seminar 11-oktabr kunida ham o‘z ishini davom ettirdi.
Tadbirning ikkinchi kunida kuzatuvchi sifatida tashrif buyuradigan xorijiy mamlakatlarning nufuzli tashkilotlari rahbarlari va vakillariga hamrohlik qilish uchun jalb etilgan, xorijiy tillarni mukammal biladigan, malakali professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar, ingiz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus, arab, fors, xitoy, koreys, yapon va boshqa tillar bo‘yicha tarjimonlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda yana bir qator oliy ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislari va professorlari ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, saylov tizimi va jarayonlar, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida olib borayotgan ishlari, xalqaro kuzatuvchilarga hamrohlik qilishning o‘ziga xos jihatlari, tarjimonlik mahorati, muloqot va kiyinish madaniyati kabi masalalarda batafsil ma’lumotlar va tushuntirish berib o‘tdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovi talabgorlarining Davlat tilini bilish bo’yicha IMTIHON NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#xush_xabar
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Abdurahmonova Mohinur Bahromjon qizi Turkiyada bo'lib o'tgan konferensiyada maqolasi bilan ishtirok etdi.
Turkiyaning Alaniya shahrida "Baygench" nashriyoti tomonidan Oʻzbekistondagi "Shine" qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan, mamlakatimizdagi turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli, faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan "Oʻzbekistan’in umutlu çiçekleri" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.Ushbu kitobdan Mohinurning "Samarali ta’lim berish usullarini muvofiqlashtirishning ilmiy-nazariy prinsiplari" mavzusida yozgan ilmiy maqolasi ham oʻrin olib, konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
#Live #topik_imtihoni
🌐 Bizni kuzating
📚 Universitet saralash bosqichidan lavhalar
#zakovat #rektor_kubogi #kuzgi_mavsum #universitet_bosqichi #yoshlar_ittifoqi
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
⚖️👨💻👩💻💬
📊 2024-yil 10-11 oktyabr kunlari Paragvaydagi Autоnoma San Sebastian universiteti (UASS) tomonidan tashkil etilgan “CIMITIS-2024” Ilmiy-tadqiqot, texnologiya, innovatsiya va jamiyat bo‘yicha Ikkinchi Xalqaro multidisiplinar kongress bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kongressning asosiy maqsadi oliy ta'lim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni targ’ib qilish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir.
Kongres, asosan, onlayn formatda sinxron sessiyalar orqali o‘tkazildi, shuningdek, ba’zi ma’ruzalar oflayn tarzda amalga oshirildi.
#jarayon
Talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchilari F.Normaxmatova, S.Alikulova, N.Karimova, I.Jo‘rayeva, B.Xayitboyev va Q.Ro‘ziboyevlar tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Talabalarning bilimini sinash, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘yin davomida talabalar o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etishdi. Yakunda g‘oliblar aniqlandi va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yuqorida qayd etilgan o‘qituvchilar 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlarini ham o‘rganishdi.
Suhbat davomida talabalarning ehtiyojlari, shuningdek, shaxsiy va o‘quv jarayonidagi qiyinchiliklari muhokama qilindi. Talabalar turar joyi ma'muriyati bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
2️⃣2️⃣2️⃣
12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro Qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir – Qizlar forumi oʻtkazildi.
OʻzDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti va "Qizlarjon klubi" yetakchilari mas'ulligida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida tashkil qilindi.
#trening
Talabalar turar joyi bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 11-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Dastur davomida talabalar bilan birgalikda qiziqarli tarzda "O‘z qo‘rquvingni yeng" nomli trening olib borildi. Shuningdek, kayfiyatni ko‘tarish uchun qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Mantiqiy savol-javoblar orqali talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyati yanada oshirildi.
🗣Tyutorlar malaka oshirish kursi davom etmoqda
🏛 Xabaringiz bor, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. Mazkur kurs mashg‘ulotlarida tyutorlarga talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasbga yo‘naltirish, muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish, taʼlim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berilmoqda.
☑️Dars mashg‘ulotlari bilan bir qatorda tinglovchilarni markaz faoliyati hamda talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan tanlovlar bilan tanishtirish maqsadida markaz bo‘lim boshliqlari tomonidan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
⏺Bugun kurs tinglovchilari uchun “21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi. Tadbirni markaz direktori Ravshonbek Xudayberganov ochib berib, tinglovchilarga talaba-yoshlar orasida davlat tiliga hurmat va o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini oshirish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berdi. Tadbir davomida kursning faol tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.
Bizni kuzating:
📹 📺📺
OʻzDJTU talabasi tomonidan tasvirga olingan “Qatar madaniyati haftaligi” tadbir dasturlaridan lavhalar
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
8-oktyabr kuni OʻzDJTU Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Tashniyozova Shoira Xolmuradovna tomonidan Ingliz tili 1-fakultetida ochiq dars o'tkazildi.
Dars davomida Ispaniya kuni, uning tashkil etilishi, ta'lim tizimiga oid turli ma'lumotlar berildi, ispancha kuy-qo'shiqlar, raqslar namoyish etildi.
Dars mavzusi "Día de la hispanidad” taqdimotlar bilan yoritib berildi. Mashg’ulot davomida mavzuga oid turli o’yinlar o’tkazildi, muammoli topshiriqlar bajarildi. Mavzu bo’yicha talabalar yetarlicha ma'lumotga ega bo’lishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixodiagnostika mashgʻulotlari o'tkazildi.
11-oktyabr kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Dastur universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet birinchi bosqich tyutorlari N.O'roqboyeva, Sh.Bo'stonova va N.Mannonova hamkorligida psixodiagnostika mashgʻulotlari tashkil etildi.
Psixodiagnostika jarayonlarida aniqlangan muammolar yuzasidan talabalar bilan individual va jamoaviy tarzda suhbat olib borildi.
📍 Ingliz filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#volontyor_talabalar
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Tarjimon-volontyorlar" guruhi faoliyat yuritmoqda.
Fakultet dekani G.Ergasheva tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur guruh a'zolari, yani volontyor-talabalar 1 oy vaqt mobaynida xalqaro konferensiyalar hamda turli tadbirlarda tarjimon sifatida faol ishtirok etib kelishmoqda.
Guruhda talabalar oliygohda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda ham sinab ko‘rishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Endilikda guruh a'zolarining tarjimonlik sohasiga oid bilimlarini yanada oshirish maqsadida turli davra suhbatlari, seminar-treninglar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi doirasida tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylandi.
Ushbu an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 9-oktyabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Milliy liboslar kuni" aksiyasi doirasida tadbir o‘tkazilmoqda.
Shu munosabati bilan, O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova hamda fakultet tutorlari boshchiligida oliygohimiz talabalari haftalikda faol ishtirok etmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔵 REKTOR VA YOSHLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.
Shunga ko‘ra, O‘zDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj bo‘lgan, e’tibor talab etuvchi yoshlar biriktirilgan.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovi talabgorlarining O‘zbekiston tarixi bo’yicha IMTIHON NATIJALARI
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt