1️⃣1️⃣1️⃣
🇺🇿 Bugun 22-oktyabr Ingliz tili birinchi fakultetida yigitlar oʻrtasida futbol hamda talaba-qizlar oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha “Dekan kubogi” boʻlib oʻtdi.
Musobaqada fakultetdagi ushbu sport turiga qiziquvchi yoshlardan tashkil topgan 6 ta jamoa voleybol boʻyicha, 8 ta jamoalar esa futbol boʻyicha bir-birlari bilan gʻoliblik uchun kurashishdi.
Oʻyin juda shiddatli hamda bahslarga boy boʻldi.
Futbol boʻyicha gʻoliblar:
🥇-o’rin “Fighters”
🥈-o’rin “united youth”
🥉-o’rin “Qalqon”
Voleybol boʻyicha gʻoliblar:
🥇-o’rin — “Lochinlar”
🥈-o’rin — “Chaqqonlar”
🥉-o’rin — “Liderlar”
📌 1-oʻrinni olgan jamoalar universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
🤝 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!
Hamda yaqindan yordam bergani uchun Jismoniy tarbiya kafedrasiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
🔥 Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarimizda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
#fakultet #sport #yoshlarittifoqi
Bizni kuzating
Telegram | Instagram
#tadbir
Til – millatning boyligi va bebaho mulki!
Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan Ingliz filologiyasi fakultetida "Til – millatning boyligi va bebaho mulki" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni fakultet dekani Guli Ergasheva kirish so‘zi bilan ochdi va til hamda nutq masalasi qadimdan millat ma’naviyati va madaniyati takomilining bosh omillaridan biri bo‘lib kelganligini e’tirof etdi.
Bayram tadbirida iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan o‘zbek tilini madh etuvchi she’r va g‘azallar, sahna ko‘rinishlari, raqslar iliq taassurot qoldirdi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
👨⚖️👩⚖️
22-oktabr kuni OʻzDJTU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 26-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Dastur davomida Muxammedova Xulkar Eliboyevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Viktorian ingliz adabiyotida adibalar nasri tipologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-oktabr kuni O‘ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Anliyaning Portsmus universitetida malakalarini oshirib qaytgan katta o‘qituvchilar F.Adilova, H.O‘rinboyeva, N.Alimxanova, D.Boltayevalar fakultet o‘qituvchilariga tajribalarini bo‘lishishdi.
Ilmiy seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzulari bo‘yicha barcha savollarga javob olishdi.
@first_faculty_official
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tilbayrami
🌐 Bizni kuzating
👨💻👩💻🧠
21-oktabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi ustozlari hamda tyutorlar hamkorligida trening mashg'uloti tashkil etildi.
Jahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan tashkil etilgan trening mashg‘ulotida universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tayanch doktorantura, doktorantura, stajor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kiruvchilar uchun ixtisosliklar bo’yicha dasturlar
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligidan dastur
Читать полностью…13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan dastur
Читать полностью…10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligidan dastur
Читать полностью…🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
Joriy yilda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi!
🎞 Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida bayram munosabati bilan ,, ONA TILIM SEN BILAN MILLAT BARHAYOT " deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Boʻlajak olimlar bilan hamkorlik sari yangi tashabbus 🚀🎓
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining magistratura talabalari uchun 18-oktabrdan boshlab “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-metodik jurnali tahririyati tomonidan maxsus seminar-treninglar tashkil qilindi. 📝📚
Magistratura to'g'risidagi Nizom talablariga muvofiq, talabadan magistrlik dissertatsiyasining asosiy natijalarini ilmiy maqolalar va ilmiy konferensiyalarda ma'ruza bilan qatnashib, tezislar nashr qilishi talab qilingan. Shu bois, jurnal tahririyati ularga amaliy yordam berish tashabbusi bilan chiqdi. 🎯Xususan, mazkur tashabbus doirasida seminar-trening ishtirokchilari xalqaro IMRAD talablari asosida ilmiy maqolani tayyorlash tartibi, “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-metodik jurnali talablari, maqsad hamda vazifalari bilan tanishtirilmoqda. 🔍🖊Ayniqsa, seminar-treninglar soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olmoqdalar. 💬✅
Mazkur seminar-treninglarni yosh olimlarimizdan S.Azizov, I.Kaxarova, Sh.Yuvasheva, Z.Xaitqulov va G.Narbayeva olib bormoqdalar. 👨🏫👩💻
‼️Eslatib oʻtamiz, seminar-treninglar 22-oktabrga qadar davom etadi. 🗓
🟦🟦🟦
Qadrli yurtdoshlar! Muhtaram ustozlar! Aziz talabalar!
Millatimiz ruhi, milliy g‘ururimiz – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz besh yilligi, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!
Millatning ulkan boyligi va bebaho mulki bo‘lgan milliy tilda xalqning ma’naviy-madaniy hayoti, ajdodlarning dunyoqarash va tafakkuri, boy ilmiy va ijodiy merosi mujassam bo‘ladi. Tilni asrash, sof o‘zbek tilining barcha jabhalarda birdek qo‘llanishini ta’minlash barchamiz uchun birdek muhim. Dunyoda 7 mingga yaqin til bo‘lsa, biz uchun eng ardoqlisi, milliy tilimiz — o‘zbek tilidir.
#uchrashuv
📸 19-oktabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida bo'lib o'tgan "Ota-onalar bilan uchrashuv"dan lavhalar.
Maxsus tayyorlangan videorolik orqali Ingliz filologiyasi fakultetining tarixi, ichki tuzilmasi va yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi batafsil ma'lumotlar ota-onalarga taqdim etildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
2️⃣2️⃣2️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari (ro‘yxat bo‘yicha) Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 30-sentyabrdagi Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jumladan, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida san’at va madaniyat sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining oliygohlar bilan hamkorlikda konsert dasturlarini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan reja-jadval ijrosi yuzasidan O‘zDJTU da ma’daniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👨🏫👩🏫
22-oktabr kuni OʻzDJTU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 27-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Mannonova Saodat Artikovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Rasmiy muloqotning kommunikativ-pragmatik aspekti (ingliz va oʻzbek tillaridagi tijoriy yozishmalar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2024-yil 10-avgustdagi 166/xb buyrug’iga asosan oliygohning 11 nafar professor-o‘qituvchilari 2024-yil 30-sentabrdan 12-oktabrga qadar dunyo reytinglarida yuqori o‘rinlarda bo‘lgan Finlandiya va Shvetsiya ta’lim muassasalarida malaka oshirib qaytgani haqida xabar bergan edik.
🟦🟦🟦🟦🟦
21-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida 6-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan "Rektor va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rektori, universitet rahbariyati vakillari, yotoqxona xodimlari, talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va talabalarga universitet faoliyati, o‘quv dasturlari, yaratilgan qulayliklar, imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Talabalarni hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, giyohvand moddalar,diniy ekstremizm va turli xil oqimlarga aralashib qolmaslik uchun ogohlikka chaqirdi.
Ochiq muloqot asosida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini, talab va takliflarini berib, munosib tarzda javob oldilar.
Talabalarning muammolari o‘rganilib, yechimi borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar tomonidan qo‘shiqlar ijro etildi. Talabalar turar joyida eng namunali talaba, toza va ozoda xona, nominatsiyasi bo‘yicha bir guruh talabalar taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-oktabr kuni Tarjimonlik fakulteti tyutorlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan 21- oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi kuni munosabati bilan "Til qalb - tarjimonidir" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida mavzuga oid mulohazalar, ma’lumotlar o‘rtaga tashlandi. Tadbir Adiblar xiyobonida davom etdi. U yerda talabalar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, shoirning ijodidan parchalar o‘qishdi.
Ushbu tadbir davomida yoshlar o‘rtasida milliy tilimizni yo‘qotmaslik, uni asrash va sevish, o‘zbek tili bizning ma’naviy boyligimiz ekanligi haqida fikr yuritildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
📍Tarjimonlik fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
21-oktabr kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida g’olib bo’lgan bakalavr, magistr talabalari hamda doktorantlar bilan suhbat o’tkazildi.
Uchrashuvda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektor A.Nasirov, oliygoh mas’ullari hamda sovrindor talabalar ishtirok etdi.
23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligidan dastur
Читать полностью…13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariysi va metodikasi (chet tillari) ixtisosligidan dastur
Читать полностью…10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligidan dastur
Читать полностью…10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan dastur
Читать полностью…Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga kiruvchilar uchun:
07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi ixtisosligidan dastur
2️⃣2️⃣2️⃣
O‘zDJTU tomonidan 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Adiblar xiyobonida badiiy kecha tashkil etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda “qalbi o‘zbek” rus shoiri A.Faynbergning ijodidan betakror she’rlari talabalar tomonidan ijro etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning hayoti va ijodi, adabiyotga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berishdi Shuningdek, talaba-yoshlar ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mushoira, munozara, musiqiy chiqishlar, she’rxonlik, “Bahr-u bayt” va sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻📺📺
O‘zDJTUda 21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan “Qonunda qo‘riqlangan qo‘rg‘onim ona tilim” deb nomlangan bayram tadbiri O‘zbekiston telekanalining “Assalom, O‘zbekiston” ko‘rsatuvida yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Karlar hamjamiyatlari, hukumatlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari milliy imo-ishora tillarini o'z mamlakatlarining jonli va xilma-xil til landshaftlarining bir qismi sifatida rivojlantirish, targ'ib qilish va tan olish uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirmoqdalar. Butunjahon karlar federatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda 70 milliondan ortiq karlar bor. Ularning 80% dan ortig'i rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Birgalikda ular 300 dan ortiq turli imo-ishora tillaridan foydalanadilar. Imo-ishora tillarining ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish maqsadida 23-sentyabr Xalqaro imo-ishora tillari kuni deb e'lon qilingan.
💚 O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oluvchi iqtidorli talaba va magistrlar bormisiz?!
✅ Barchangizni universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limining rasmiy telegram sahifasiga taklif etamiz!
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi.
Ushbu kanalda siz:
➡️ Universitet hayotidagi ilmiy yangiliklar;
➡️ Prezident granti, Prezident stipendiyasi va nomli ravlat stipendiyalari;
➡️ Rektor stipendiyasi;
➡️ Fan olimpiadalari;
➡️ Ilmiy konferensiya va anjumanlar;
➡️ va turli xildagi ilmiy tanlov va tadbirlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
✅ Keling, bizning safimizga qo'shiling va ilm bilan yuksaling!