🤝🌏👨🏫👩🏫
20-may kuni Amerikaning New Haven universiteti Toskana filiali professori Piero Laniello Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga tashrif buyurdi.
1 oy muddatga Mamlakatshunoslik va Italyan adabiyoti bo'yicha amaliy seminar darslarini o’tish maqsadida tashrif buyurgan professor Piero Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo'ldoshev bilan kelgusi hamkorliklar hamda universitetda amalga oshirilayotgan istiqbolli rejalar to'g'risida suhbat olib bordi.
Shundan so'ng xorijlik mutaxassis Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi xodimlari hamda ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥 | ⚖️👨💻👩💻💬
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Language and literature: unveiling connections and expanding horizons” mavzusidagi ilmiy konferensiyaga taklif etadi.
Sana: 22-may 10:00
Manzil: Ingliz tili 2-fakulteti, 201-xona.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari bilan o’zbek adabiyoti namoyondalarining ingliz tilida nashr etilgan asarlari tahlil qilindi.
Davra suhbatida O’zDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan tarjima qilingan Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Oybekning “Navoiy”, Odil Yoqubovning “Ulug'bek xazinasi” asarlari haqida ma’lumotlar berilib, asarlarning xorijiy tillarga tarjima qilinishi vatanimiz tarixini, adabiyotini dunyoga tanitishda alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o’tildi.
Tadbir fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovuni D.Xoshimova, 2-toifali kutubxonachi M.Akramova, katta o'qituvchi A.Abduvaitov, tyutor B.Mirsagatov tashabbusi bilan o’tkazildi.
📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
18-may kuni O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Jazoirning Al-Wadiy universitetida malaka oshirib qaytgan arab va fransuz tili o'qituvchilari bilan uchrashdi.
Suhbat davomida o'qituvchilar kurslar juda foydali bo'lganligini ta'kidlab, natijalari haqida so'zlab berdilar.
Rektor Ilxomjon Madaminovich o’qitivchilarga orttirilgan tajriba asosida fakultetlarda taqdimotlar, seminar-treninglar tashkil qilish hamda ulardan ta'lim jarayonini takomillashtirishda foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#bellashuv
Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi G.K.Elmuradova tomonidan 3-bosqich talabalari bilan Sotsiolingvistika fani yuzasidan "Young Sociolinguists" nomli bellashuv o'tkazildi.
Mazkur bellashuvda talabalar beshta shart bo'yicha o'zlarining mahoratlarini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldilar.
⚖️👨💻👩💻💬
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Inglizni tili o’qitish metodikasi 3-kafedrasi tomonidan “Topical issues of language training in globalized world” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.
Tadbir avvalida Ingliz tili 3-fakulteti dekani T.S.Ismailov va Ingliz tilini o‘qitish metodikasi 3-kafedrasi mudiri Z.T.Tuxtaxodjayeva “Topical issues of language training in globalized word” mavzusida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning ahamiyatiga to‘xtalib, yosh olimlarga muvaffaqiyat tiladi.
👨💻👩💻🧠
20-may kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakultetida psixologik-trening o'tkazildi.
Universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva va tyutor D.Matyakubova tashabbusi bilan tashkil etilgan trening davomida 3-4 bosqich talabalarining kasbiy yaroqliligini tahlil qilish, talabalarning shaxsiy xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuygʻulari, oʻzini-oʻzi boshqarish imkoniyati va intellektual darajasini tekshirish bo'yicha psixodiognostik ishlar tolib borildi.
Trening so'ngida talabalar psixologik mashg'ulotlardan olgan taasasurotlari bilan bo'lishib, dasturning manfaatli, kerakli ma'lumotlarga boy bo'lganini ta'kidlab o'tishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo'lida davra suhbati
muxbir: Mirzaolim Rustambekov
#Toshkent shahri
@hududtv
2️⃣2️⃣2️⃣ | 🤝🌏👨🏫👩🏫
18-may kuni Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida “汉语桥” — Xitoy tili ko’prigi” tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yu Jun janoblari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari, talabalar va boshqa mehmonlar qatnashdi.
#ochiq_eshiklar_kuni
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
0️⃣0️⃣0️⃣
18-may kuni Toshent Botanika bog’ida Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan Yevropa Ittifoqi festivali bo’lib o’tishi haqida xabar bergan edik.
0️⃣0️⃣0️⃣ | 🏆🏆🏆
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari “Made in Univer" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida 2024-yil 18-may kuni INNO innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “Made in Univer" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi tashkil etildi.
📺📺
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbir Toshkent telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturi orqali keng yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5️⃣5️⃣5️⃣
18-may kuni Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida 汉语桥 “ Xitoy tili koʻprigi” tanlovining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Yu Jun janoblari, Respublika Oliy Ta’lim muassasalari rektorlari, universiter professor-o'qituvchilari, talabalar hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Unda OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov soʻzga chiqib, universitetning Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari aloqasi, OʻzDJTU da xitoy tili oʻqitilishi holati haqida maʼlumot berdi va musobaqada qatnashuvchilarga omad tiladi.
Navbatdagi musobaqaning respublika bosqichida OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Abenova Balnur, Mashanlo Zaynab va Yunusov Muxammadtoxir 3 ta shart boʻyicha qatnashib, mahoratini sinovdan oʻtkazdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
“KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKASI
2024-yil 17-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talabalar bahori — 2024” an’anaviy festivali doirasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Mehnat yarmarkasida universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari 4 mingdan ortiq bo‘sh ish o’rinlari bilan ishtirok va tashkiloti haqida ko‘rgazmali, tarqatma materiallari orqali ma’lumot berishdi.
Mehnat yarmarkasining ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, hamkor tashkilotlar vakillari hamda universitet rahbariyati va bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
21-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan trening tashkil qilindi.
O’zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti Boshlang‘ich ta’limda ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi M.T.Djurayeva hamkorligida MT-2110 guruh talabalari ishtirokida tashkil etilgan seminar-treningda 3-4 bosqich talabalarining kasbiy yaroqliligi diagnostika qilindi.
Talabalarning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his tuygʻulari, oʻzini-oʻzi boshqarish imkoniyati va intellektual darajasini tekshirish ishlari amalga oshirildi. Kerakli tavsiyalar va psixologik bilimlar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬 | 🏆🏆🏆
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 72-maqsad ijrosini ta’minlash maqsadida:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-may kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan "Why do we need IELTS certificate and how to get ready" mavzusida seminar trening tashkil etildi.
Treningda IELTS imtihonining foydalari, uni topshirishdan asosiy maqsad va sertifikatning talabalar kelajagida tutgan o'rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar bilan fikr almashinib, ular bilan tayyorgarlik jarayonida yuz berishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar muhokama qilindi.
Talabalar o'zlari o'rgangan, ishlatib kelayotgan samarali texnikalar borasida fikr almashishdi va ustozlar bilan ushbu masalalar bo’yicha muhokama olib borishdi.
📍 Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 18-may kuni O'zDJTU rektori AQShning yetakchi Arizona universitetidan "Yozgi lager" dasturi doirasida tashrif buyurgan talabalarni qabul qildi.
Mehmonlar rus va o'zbek tilini o'rganish hamda halqimiz madaniyati, madaniy merosi, urf-odatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib turibdi.
Uchrashuv davomida 9 nafar xorijiy talabaga boshchilik qilayotgan guruh rahbari Luidmila Kkimanova iliq kutib olingani, shuningdek, ularga yaratilgan sharoitlar uchun O’zDJTU rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, dastur yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidladi.
Rektor Ilxomjon Madaminovich Arizona universiteti vakillariga omad tilab, kelgusida boshqa yo'nalishlarda ham hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ma'lum qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga AQShning Arizona universitetidan 10 nafar vakil tashrif buyurdi.
2024-yil 24-apreldagi hamkorlik shartnomasiga asosan amalga oshirilgan tashrif doirasida 1 nafar o’qituvchi va 9 nafardan iborat mehmonlar jamoasi O’zDJTU hududi, ekologik zona, Ingliz tili 3-fakulteti faoliyati, Axborot-resurs markazi va ilmiy-texnik adabiyotlar, shuningdek, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Joriy yilning 18-may sanasida professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchi va tadqiqotchilar, shuningdek, iqtidorli talabalar uchun Ingliz filologiyasi fakulteti, ingliz tilini oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari kafedrasi tomonidan xalqaro ilmiy anjuman oʻtkazildi.
Anjuman doirasida tilshunoslik va tarjimashunoslikning turli sohalariga oid qator muhim masalalar yoritildi. Xalqaro anjumanda Ingliz filologiyasi professor- oʻqituvchilari, jumladan, pedagogika fanlari doktori, professor L.T. Ahmedova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent V.I. Normuratova, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Sh.A. Qoʻldasheva, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori D.B.Mamatovalar oʻzlarining yosh olimlarga turtki beruvchi qiziqarli taqdimot va maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
5️⃣5️⃣5️⃣ 🏆🏆🏆
Joriy yilning 18-19-may kunlari Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida “Xitoy tili koʻprigi-23” butunjahon xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichi boʻlib oʻtganligi haqida xabar bergan edik.
Ushbu musobaqaning respublika bosqichida OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Mashanlo Zaynab oliy oʻrin Gran-pri, Abenova Balnur 2-oʻrin va Yunusov Muxammadtoxir 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.
3 bosqichdan iborat boʻlgan tanlovda ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashishdi:
1. Tanishtiruv sharti;
2. Xitoy haqidagi test savollariga javob berish;
3. Talantlar shousi;
5️⃣5️⃣5️⃣ | 🏆🏆🏆
18-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida fakultеtlardagi "Talabalar tеatr studiyalari" tomonidan sahnalashtirilgan tеatrlar bo'yicha "Rеktor kubogi" musobaqasining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O’zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ham qatnashib, bu kabi tanlovlar talabalarning iqtidorini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Musobaqada quyidagi fakultetlar jamoalari o’z iqtidorini namoyish etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi:
1-o’rin — Roman-german filologiyasi fakultetining “Ko’zmunchoq” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan “Usmon nosir” spektakli uchun;
2-o’rin — Rus filologiyasi fakultetining “Chimildiq” spektakli uchun;
3-o’rin — Ingliz tili birinchi fakultetining “Qatag’on” spektakli va Sharq filologiyasi fakultetining “Sharqona” teatr studiyasi taqdim etgan spektakl uchun.
📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusidagi davra suhbati “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” axborot dasturida yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🚪🙋♂️🙋♀️
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo’ldi.
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashkil etilgan tashrif davomida O’zDJTU o'qituvchilari F.Davronova, Sh.Jo'raeva va tyutor B.Mirsagatov boshchiligidagi Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosatshunoslik yo'nalishi hamda Sotsiologiya yo'nalishi 1-bosqich talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Talabalarga mas’ullar tomonidan qonun ijodkorligi, Qonunchilik palatasi muzeyi, katta majlislar zali hamda kutubxona haqida ma’lumot taqdim etildi va tanishtirildi, qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
18-may kuni Toshkentdagi Botanika bog‘ida Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston bilan hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan festival Botanika bog'ida bo‘lib o'tdi.
Rus filologiyasi fakulteti talabalari tyutori N. Tanatarova bilan birgalikda mazmunli va qiziqarli kun o'tkazishdi. Ular Botanik bog'i festivaliga tashrif buyurishdi va turli hil madaniy ko'rgazmalar, master-klasslar va artistlar chiqishidan zavq olishga bahramand bo'lishdi. Bog'ning ajoyib tabiati alohida muhit yaratdi va yanada ko'proq taasurot qo'shdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida rektor va professor-o’qituvchilar uchrashuvi o’tkazildi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon To’xtasinov professor-o’qituvchilarga universitetda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar, xususan, 6 muhim masalani sanab o’tdi: ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo’lga qo’yish, moddiy texnik bazani mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurash.
Professor-o’qituvchilarning ta’lim berish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan, yangicha metodikalardan foydalanishi, talabalar bilimini baholash jarayonida haqqoniy bo’lishi lozimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida, fakultet dekani Amrullo Karimov Xalqaro jurnalistika fakultetida talabalarning amaliy va nazariy bilimlarini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtaldi. Professor-o’qituvchilarning sohada erishayotgan yutuqlarini e’tirof etdi.
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida 2024-yil 18-mayda INNO innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparkida boʻlib oʻtgan “Made in Univer” innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasida OʻzDJTU Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi F. Abdullayeva, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Sh.Ismatova, Tarjimonlik fakulteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha dekan muovini M. Musabekova va tarjimonlik fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida “Eng yaxshi ishlanmalar” saralab olinib, diplomlar va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.
“Made in Univer” innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasida Tarjimonlik fakulteti 3-kurs Gid2147 talabasi Xushnudbekov Sardorbek esa, shu koʻrgazmada StudUb loyihasi bilan faxrli 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi va 800 000 soʻm pul mukofotiga ega buldi.Shuningdek, 3-kurs talabasi Xolmurodova Nargiza, hamda 2-kurs talabasi Rustamova Asem oʻz innovatsion ishlanmalar bilan koʻrgazmada ishtirok etishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-may kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻldi.
Fakultetning siyosatshunoslik hamda sotsiologiya yoʻnalishi 1-bosqich talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi vakillari bilan suhbatda boʻlib palata faoliyati, Parlament boshqaruvi toʻgʻrisidagi savollariga javob oldi.
Shu bilan birga, doimiy ravishda Qonunchilik palatasi bilan hamkorlik qilib turish toʻgʻrisidagi kelishuvga erishdi. Davra suhbati fakultet oʻqituvchilari F. Davronova, Sh. Joʻraeva hamda tyutor B. Mirsagatovlar tashabbusi bilan tashkil etildi.
📍Xalqarojurnalistika_fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusidagi davra suhbati “Zo’r” telekanalining “Bu kun” axborot dasturida yoritildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt