Tadbirkorlarga sinov laboratoriyasi faoliyati tanishtirildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Jizzax filialining eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy sinov laboratoriyasi faoliyati, imkoniyati va salohiyatini viloyatda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga tanishtirish maqsadida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Korxonalar vakillariga xalqaro andozalarga mos sinov uskunalarining imkoniyatlari, sinash aniqligi va malakali mutaxassislar faoliyati bo‘yicha keng tushunchalar berib o‘tildi. Kelgusida mahsulotlar sinovini amalga oshirish hamda xalqaro sertifikatlarni olishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Adliya vazirligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni qamrab olgan uslubiy ishlanmalar tayyorlanib, davlat organi va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazildi.
Jumladan:
🔖Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga asoslangan uslubiy qo‘llanma
🔹manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartib-qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha elektron yordamchi sanaladi.
🔖Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
🔹manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda ularni bartaraf etish choralariga oid 49 ta muammoli savol va vaziyatlar (kazuslar)ni o‘z ichiga oladi.
🔖Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ish stolida eslatma sifatida foydalanishi uchun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar va bunday vaziyatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha illyustrativ tarqatma materiallar
Mazkur materiallar davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga masʼul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar (korrupsiyaga qarshi ichki nazorat yoki kadrlar bo‘linmalari), shuningdek, Odob-ahloq komissiyalari faoliyatida uslubiy yordam bo‘lib xizmat qiladi.
📣 Xalqaro darajadagi 🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠ga taklif qilamiz
🔔 Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metrologiya kengashi (SMİİC MC) doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti “Akustika, ultratovush va tebranish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan joriy yilning 18-sentabr kuni Xalqaro darajadagi onlayn trening tashkil etilish rejalashtirilgan.
⚡️ Onlayn trening mavzusi: Calibration of measuring microphones according to the international standard IEC 61094-5 and calculation of uncertainties.
⭐️ Onlayn trening olib boriladigan til: Ingliz tili.
📍 Ushbu trening davomida Bruel&Kjair kalibrlash tizimi imkoniyatlari, kondensatorli mikrofonlari va ularning sezgirlik ko‘rsatkichi bo‘yicha kalibrlash usuli va noaniqliklarni hisoblash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika laboratoriyasi metrologik tekshiruv bo‘yicha xalqaro va milliy miqyosda taqdim etadigan xizmatlari haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
✅ Onlayn treningda ishtirok etish istagini bildirgan tinglovchilar quyidagi havola orqali ro‘yhatdan o‘tib ishtirok etishlari mumkin ➡️
https://mc.smiic.org/en/news/calibration-of-measuring-microphones-according-to-the-international-standard-iec-61094-5-and-calculation-of-uncertainties
🔔 В рамках Совета по метрологии Института стандартизации и метрологии исламских государств (SMIIC MC) сотрудниками Лаборатории акустики, ультразвука и вибрации Узбекского национального института метрологии 18 сентября текущего года планируется проведение онлайн-тренинга международного уровня.
⚡️ Тема онлайн-тренинга: Calibration of measuring microphones according to the international standard IEC 61094-5 and calculation of uncertainties.
⭐️ Язык, на котором проводится онлайн-тренинг: английский.
📍 В ходе данного тренинга будут продемонстрированы знания и навыки по возможностям калибровочной системы Bruel&Kjair, конденсаторным микрофонам и методу их калибровки по показателю чувствительности и расчёту неопределённостей, а также будет предоставлена информация об услугах, предоставляемых Лабораторией акустики Узбекского национального института метрологии в области метрологического контроля на международном и национальном уровнях.
✅ Слушатели, изъявившие желание принять участие в онлайн-тренинге, могут принять участие, зарегистрировавшись по ссылке ниже ➡️ https://mc.smiic.org/en/news/calibration-of-measuring-microphones-according-to-the-international-standard-iec-61094-5-and-calculation-of-uncertainties
Investitsiya loyihasi asosidagi korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Toshkent viloyatida joylashgan "ENTER STEEL" hamda "Enter Solar Green Energy" masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxonalarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
Chet el investitsiyasi asosida tashkil etilgan ushbu korxonalar metall mahsulotlari va quyosh panellari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Korxonalar vakillari bilan o‘tgan uchrashuvlar davomida ularga sohaga oid masalalarda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va eksport qilishga doir muammolarni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TUG‘ILGAN KUN
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Jumanazarov Akmal Ro‘ziqulovich 1983-yil 16-sentyabr sanasida tavallud topgan.
Agentlik jamoasi Akmal Ro‘ziqulovichni tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Rahbarlik faoliyatingiz davomida ulkan zafarlar tilaymiz. Har qanday vaziyatda ham oʻzingizga boʻlgan ishonch sizni hech qachon tark etmasin. Oilaviy hotirjamlik, baxt va omad, sihat-salomatlik hamisha hamrohingizga aylansin.
Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin!
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
"Texnopark" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga amaliy yordam koʻrsatildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari Toshkent shahrida joylashgan keng turdagi import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari va maishiy texnika ishlab chiqaruvchi "Texnopark" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
Korxona vakillari bilan o‘tgan uchrashuv mobaynida sohaga oid mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, Sifatni nazorat qilish va rivojlantirish departamenti masʼullari bilan korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini taʼminlash, sifati va xavfsizligini oshirish yuzasidan hamkorlik qilish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.
🇺🇸🇺🇿 Standartlashtirish sohasidagi mushtarak maqsadlar yo‘lidagi hamkorlik
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining ASTM International standartlashtirish idorasi vitse-prezidenti Tereza Sendrovska bilan uchrashdi.
🇺🇿🇦🇷 Argentina standartlashtirish va sertifikatlashtirish tashkiloti bilan muhim hujjat imzolandi
Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Argentina standartlashtirish va sertifikatlashtirish (Instituto Argentino de Normalización y Certificación - IRAM) tashkiloti vitse-prezidenti Raul Amil bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🇺🇿🇨🇴 O‘zbekiston–Kolumbiya: standartlashtirish sohasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan kelishuv imzolandi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida Kolumbiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish (ICONTEC) tashkiloti bosh ijrochi direktori Roberto Montoya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"USTYURT SODIUM SULFATE" korxonasi mahsulotlari sertifikatlashtiriladi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat va eksportyor korxonalar faoliyatini o‘rganish, sohaga doir masalalarda amaliy yordam berish va konsultativ xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
🌐 Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning muvofiqlikni baholash texnik qo‘mitasi (CASCO) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO)ning navbatdagi Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik tartibga olish agentligi va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning muvofiqlikni baholash texnik qo‘mitasi (CASCO) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
(📍🇨🇴Kolumbiya, Kartagena)
🇨🇴 Kolumbiyada Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO)ning navbatdagi Bosh Assambleya yig‘ilishi o‘tkazilmoqda
Kolumbiyaning Kartagena shahrida Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO)ning navbatdagi Bosh Assambleya yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. 2024-yilning 9–13-sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etmoqda.👉Batafsil👈
🇺🇿🇰🇷 Koreyalik ekspertlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari mutaxassislari uchun "Uzbekistan Textile Standart & Certification capacity building program" grant dasturi doirasida KATRI (Korea Apparel Testing & Research Institute) ekspertlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
O‘zbekiston standartlar institutida tashkil etilgan ushbu seminarda tekstil sohasidagi standartlar, muvofiqlikni baholash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni oshirishda qulay shart-sharoitlar yaratish hamda sifatli sinovlar va davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha Koreya tajribasi yuzasidan tinglovchilarga zarur ma’lumotlar berildi.
#hafta_dayjesti
🟢HAFTANING ENG MUHIM VOQEALARI:
🔹ISOning qurilish bo‘yicha texnik qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔹Xalqaro ekspertlar laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi
🔹Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
🔹Shvetsariyaning SGS kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
🔹O‘zbekiston–Koreya: yangi loyihaga start berildi
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda reproduktiv salomatlikni yaxshilash – islohotlarning bosh omilidir
🌸 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda reproduktiv salomatlikni yaxshilash – islohotlarning bosh omilidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🎞 БАТАФСИЛ
🌼 В Узбекском национальном институте метрологии Узбекского агентства по техническому регулированию при Кабинете Министров Республики Узбекистан был организован круглый стол на тему “Повышение политико-правовых знаний женщин в обществе и улучшение репродуктивного здоровья – главные факторы реформ”. 🎞 ПОДРОБНЕ
Milliy mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Sirdaryo viloyatidagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, ularning sohaga oid muammolarini bartaraf etish yuzasidan korxonalar masʼullari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.👉Batafsil👈
Saylov – kelajak tanlovi!
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida yurtimizda joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Jahon savdo tashkiloti (WTO) ekspertlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi
Savdodagi texnik to‘siqlar, Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi bitimga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
🔵 EURAMET tomonidan tashkil qilingan “TC Flow Summer School" texnik o’qishida OʻzMMI Bosim va sarf laboratoriyasi mutahassisi Chexiya Milliy Metrologiya Institutining Sarf o'lchash laboratoriyasida Xalqaro standrtlar asosida o'quv-amaliy kursida malaka oshirdi. Texnik o'qishda gaz va suyuqlik oqimi sarf o'lchagichlarni kalibrlash metodlari bilan tanishildi hamda laboratoriyalar aro solishtirish loyihalarini tashkil qilishni kelishib olindi. Ma'lumot uchun, tanlov asosida o'tkazilgan mazkur o'quv-amaliy kursi xarajatlari Germaniya Fizika-texnika instituti (PTB) tomonidan qoplanildi.
🩷 В ходе технических занятий в рамках “TC Flow Summer School”, организованной EURAMET, специалист Лаборатории давления и расхода УзНИМ повысил квалификацию на учебно-практическом курсе на основе Международных стандартов в Лаборатории измерения расхода Чешского национального института метрологии. В ходе технического занятия проведено ознакомление с методом калибровки расходомеров потока газа и жидкости, и достигнута договорённость об организации проектов по межлабораторному сличению. Для информации, расходы на данный учебно-практический курс, проведённый на конкурсной основе, были покрыты Физико-техническим институтом Германии (PTB).
🏅"YIL STANDARTCHISI" mukofoti hamda "SIFAT SOHASIDAGI MUKOFOT" taʼsis etildi
Respublikada mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi mutaxassislarning o‘z kasbiga boʻlgan sadoqatini yanada oshirish maqsadida "Yil standartchisi" mukofoti hamda "Sifat sohasidagi mukofot" taʼsis etildi.
2024-yildan boshlab har yili:
🏅"Yil standartchisi" mukofoti bilan sanoat ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida standartlashtirish faoliyatini samarali tashkil etgan hamda ilmiy-tadqiqot jarayonlarida eng yuqori natijalarga erishgan mutaxassislar
🏅"Sifat sohasidagi mukofot" bilan sifatli mahsulot ishlab chiqarib, milliy brendni yaratgan hamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarida eng yuqori natijalarga erishgan tashkilotlar
14-oktyabr Butunjahon standartlar kunida taqdirlanadi.
🇺🇿🇦🇹🇧🇷 Avstriya va Braziliya davlatlarining standartlashtirish idoralari bilan muhim hujjatlar imzolandi
Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Avstriya Standartlar tashkiloti direktor o‘rinbosari (Austrian Standards International – Standardization and Innovation) Elisabez Sperlich hamda Braziliya Standartlashtirish idorasi (Associação Brasileira de Normas Técnicas- ABNT) prezidenti Mario Villiam Esper bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mamlakatlar o‘rtasida texnik tartibga solish, standartlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijalari standartlashtirish sohasida muhim kelishuv imzolash orqali mustahkamlandi.
🇺🇸🇺🇿 AQSh–O‘zbekiston: standartlashtirish sohasidagi muzokaralar natijalari bitimda mustahkamlandi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) vitse prezidenti Jozef Tretler bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🇦🇺🇺🇿 Avstraliya–O‘zbekiston: standartlashtirish sohasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida Avstraliya Standartlashtirish tashkiloti (Standards Australia) rahbari Karin Riley Takos bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Чехия метрология институти ҳамда ELI Beamlines лазер тадқиқот маркази фаолияти билан танишилди
🇨🇿 🇺🇿 Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги раҳбари Акмал Жуманазаров ҳамда Ўзбекистон миллий метрология институти вакиллари Чехия Республикаси билан илмий метрология йўналишида ҳамкорликни йўлга қўйиш, тажриба алмашиш ва ходимларни малакасини ошириш масалалари бўйича Чехия метрология институти ва ELI Beamlines лазер тадқиқот маркази ҳамда Чехия Республикасининг EXPORTA s.r.o. компанияси фаолияти билан танишди. 🎞 БАТАФСИЛ
🇺🇿 🇨🇿 Директор Узбекского агентства по техническому регулированию Акмаль Жуманазаров и представители Узбекского национального института метрологии ознакомились с деятельностью Чешского института метрологии и Центра лазерных исследований ELI Beamlines, а также компании EXPORTA s.r.o. Чешской Республики по вопросам налаживания сотрудничества в области научной метрологии с Чешской Республикой, обмена опытом и повышения квалификации персонала. 🎞 ПОДРОБНЕ
"Xizmat ko‘rsatish sohasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Prezidentimiz tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-210-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Sanoat korxonalariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari Toshkent shahrida joylashgan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "O‘zelektroapparat-electroshield" aksiyadorlik jamiyati hamda "Toshelectroapparat" xorijiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
O‘rganishlar davomida ushbu sanoat korxonalarining sohaga oid mavjud muammolarini bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish boʻyicha vazifalar belgilab olinib, aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, xalqaro standartlarni joriy etish hamda mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish afzalliklari xususida korxonalar vakillariga zarur maʼlumotlar taqdim etildi.
Qashqadaryo jamoasi – metrologiya kubogi sohibi!
⚽️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan futbol o‘yinlarining barcha turlari o‘z nihoyasiga yetdi.
🎆 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ishtirokida musobaqaning final bosqichi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va yakuniy o‘yinlarga start berildi.
🏆 Finalda Qashqadaryo filiali jamoasi Navoiy filiali jamoasiga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida ishonchli tarzda faxrli birinchi o‘rinni egallagan holda ko‘chma kubokni qo‘lga kiritdi.
🥉 Qizg‘in davom etgan final bosqichiching 3-o‘rin uchun kurashida Toshkent 1 jamoasi 2:1 hisobida Toshkent 2 jamoasidan ustun keldi.
⚡️Musobaqa yakunida g‘olib jamoaga ko'chma kubok va esdalik sovg'alar hamda sovrindor jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🏆 Завершились все туры футбольных соревнований, организованных по инициативе Узбекского национального института метрологии.
✨ При участии директора Узбекского агентства по техническому регулированию Акмаля Жуманазарова состоялось торжественное открытие финального этапа соревнований и дан старт финальным играм.
🏆 В финале команда Кашкадарьинского филиала вышла на поле против команды Навоийского филиала и уверенно выиграла переходящий Кубок, победив со счётом 3:1 и заняв почётное первое место.
🚛 В упорной борьбе за 3-е место финального этапа команда Ташкент 1 со счетом 2:1 переиграла команду Ташкент 2.
⚡️ По завершении соревнований команде-победителю были вручены переходящий Кубок и памятные подарки, а командам-призёрам – памятные подарки.
Studiya 24 | Vazifa va ijro: investitsiya va eksportni oshirish
#Oʻzbekiston_24
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston–Koreya: yangi loyihaga start berildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda Janubiy Koreyaning “Korea Conformity Laboratories” (KCL) kompaniyasi direktor o‘rinbosari doktor Chjesun Park rahbarligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.