Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati boʻlimi tomonidan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-210-son Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Ijodiy uchrashuv tashkil etildi
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir Rustam Mirvohid bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Agentlik va tizim tashkilotlari xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda shoirning Vatan, ona, tabiat, xalq, muhabbat mavzularida yozgan she’rlari ishtirokchilarda yuqori taassurot qoldirdi.
Badiiy kechada o‘zbek tili tarixi, uning naqadar buyuk neʼmat ekanligi haqida ham so‘z yuritilib, o‘zligimizni anglatib turuvchi tilimizni asrab-avaylagan holda kelgusi avlodga sof tarzda yetkazish zarurligi ta’kidlandi.
Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida Britaniya standartlar instituti (BSI) bilan uchrashuv o‘tkazildi
Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan IECning Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida xalqaro tadbirga mezbonlik qilayotgan Britaniya standartlar instituti (BSI) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
🏴 Shotlandiyaning Edinburg shahrida Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)ning navbatdagi Bosh Assambleya yigʻilishiga start berildi
Joriy yilning 23–25-oktabr kunlari Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtadigan IECning navbatdagi 88-Bosh Assambleya yigʻilishida 100 dan ortiq aʼzo davlatlar ishtirok etadi.
Xalqaro tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi agentlik va Oʻzeltexsanoat uyushmasi vakillari qatnashmoqda.
Sohada amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov raisligida agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan joriy yilning yanvar–sentyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar hamda yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
#hafta_dayjesti
🟢HAFTANING ENG MUHIM VOQEALARI:
🔹Jahonda standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solishning holati va rivojlanish istiqbollari
🔹Butun jahon standartlar kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi
🔹Standartlashtirish – barqaror taraqqiyot uchun!
🔹"Yil standartchisi" va "Sifat sohasidagi mukofot" g‘oliblari aniqlandi
🔹Davlatlararo texnik qoʻmitalar ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🔹Xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🔹O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi bo‘yicha yuqori eʼtirof etildi
🔹Standartlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
🔹Milliy texnik qo‘mitalar faoliyatini jadallashtirish va xalqaro miqyosda ishtirokini faollashtirish
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xorijiy laboratoriyalar O‘ZАKK tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Аkmal Jumanazarov hamda Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo inspeksiyasi agentligi vakillari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va sifat infratuzilmasini rivojlantirishga asosiy urg‘u berildi.
🇺🇿🇺🇸 Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) oʻrtasida imzolangan hamkorlik hujjati ijrosi yuzasidan videokonferensiya tarzida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
"Milliy texnik qo‘mitalar faoliyatini jadallashtirish va xalqaro miqyosda ishtirokini faollashtirish" mavzusida seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston standartlar institutida milliy texnik qo‘mitalarning faoliyatini jadallashtirish va xalqaro miqyosda ishtirokini faollashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
Seminarda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashining Standartlar byurosi mas’ul kotibi Vladirim Chernyak taqdimot o‘tkazdi.
Unda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, Transport vazirligi, "O‘zavtosanoat" AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi kabi bir qator vazirlik va idoralar huzurida faoliyat yurituvchi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
🇺🇿🇧🇾 Belarus davlat standartlartirish qoʻmitasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan Standartlashtirish ilmiy-texnik komissiyasi (NTKS)ning 68-yigʻilishi va Davlatlararo texnik qoʻmitalar ishchi guruhi (RG MTK)ning 14-yigʻilishi doirasida Belarus davlat standartlartirish qoʻmitasi vakillari Yusko Nataliya Fyodorovna va Ilyankova Olga Fedorovna bilan uchrashuv o‘tkazildi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
Unda sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi mavjud standartlar, jahon hamjamiyati bilan integratsiyada malakali kadrlarni tayyorlash masalasi keng muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish bo‘yicha kelishib oldilar.
Milliy vaqt shkalasini hosil qilish, saqlash va uzatish kabi bilim va ko‘nikmalar yanada takomillashtirilmoqda
⏱ Rossiya Federatsiyasining fizik-texnika va radio-texnika ilmiy tadqiqot instituti (ВНИИФТРИ) tomonidan tashkil etilgan vaqt va chastota sohasida malaka oshirishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ishtirok etmoqda.
🌀 Mazkur malaka oshirish jarayonlari joriy yil 4-apreldagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv bayoni hamda joriy yil 15-mayda imzolangan 01-14-955-sonli xodimlar malakasini oshirish reja-grafigiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
⏲️ Сотрудники Узбекского национального института метрологии проходят обучение в области времени и частоты, организованном Всероссийским научно-исследовательским институтом физико-технических и радиотехнических измерений (ВНИИФТРИ).
🌀 Обучение организовано во исполнение протокола совещания руководителей Агентства по техническому регулированию Узбекистана и Федерального агентства технического регулирования и метрологии России 4 апреля текущего года, а также соглашения, подписанного 15 мая текущего года № 01-14-955 по проведению обучения согласно графику.
Butunjahon standartlar kuni mamlakatimizda keng nishonlandi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Butunjahon standartlar kuni doirasida "Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi", Standartlashtirish ilmiy-texnik komissiyasining 68-yig‘ilishi, Davlatlararo texnik qo‘mitalar ishchi guruhining 14-yig‘ilishi hamda ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi bo‘yicha yuqori eʼtirof etildi
IV Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga faol hissa qo‘shib kelayotgani uchun quyidagilar alohida eʼtirof qilindi:
▫️“Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot sifatida — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
▫️Faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlashdagi sa’y-harakatlari uchun — Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan OAV sifatida — “O‘zbekiston 24” telekanali “Yangliklar” tahririyati
▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan jurnalist sifatida — Musulmonbek Ibrohimov
▫️ Eng faol korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy kengashi
🇵🇱🇺🇿 Polsha Standartlashtirish qoʻmitasi (PKN) bilan muhim hujjat imzolandi
Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)ning Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Polsha Standartlashtirish qoʻmitasi (PKN) prezidenti Eva Zelinska bilan bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Mamlakatlar oʻrtasida texnik tartibga solish, standartlashtirish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Muzokaralar natijalari standartlashtirish sohasida muhim kelishuv imzolash bilan mustahkamlandi.
🇫🇷🇮🇳🇺🇿 Fransiya va Hindiston standartlashtirish tashkilotlari bilan muhim uchrashuvlar oʻtkazildi
Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)ning Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Hindiston standartlar Byurosi (BIS) hamda Fransiya standartlashtirish idorasi (AFNOR) rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
🏴🇺🇿 Edinburg shahrida Yevropa standartlashtirish idoralari (CEN-CENELEC) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtayotdigan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)ning Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Yevropa Elektrotexnika qoʻmitasi (CENELEC) prezidenti Volfgang Niyedziyella va Bosh direktori Yelena Santyago Sid bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Navoiy viloyatidagi tadbirkorlarning muammolari o‘rganildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Abdukayumov Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan eksportyor va sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport hajmini oshirishda xorijiy davlatlar tomonidan qo‘yilgan talablar tushuntirilib, korxonalarning muammoli masalalari yechimi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, laboratoriyalar imkoniyatlari, mahsulot sifati, uni ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korxonalar rahbarlariga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, akkreditasiya va metrologiya sohasida yangi qabul qilingan qonun, qarorlar va texnik reglamentlar talablari yetkazildi.
AOKA | Texnik jihatdan tartibga solish agentligining brifingi
#21oct #uzbekiston
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
⭐️ Сен ватанпарварсан! Сен ташаббускорсан! Сен кучлисан! Демак сен Сардорсан!
📢 Ўзбекистон болалар ташкилоти “Болалар ҳаракати” сардорлар сайловини эълон қилади!
👫 10 ёшдан 18 ёшгача бўлган ватанпарвар, ташаббускор ва кучли болалар жамоаси сафига қўшилинг.
❕ Креатив ғояларимиз ва орзу-мақсадларимизни Ўзбекистон болалар ташкилоти атрофида барпо этамиз.
Болаларда етакчилик, изланувчанлик, жасорат, меҳр-саховат ва юртни севиш каби фазилатларни ўрганишида ҳисса қўшамиз!
🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!
✅ Бефарқ бўлманг! Ўз келажагингизни ўзингиз танланг! Овоз беринг!
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Milliy mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Chirchiq filiali ma’sullari "Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatining Kaprolaktam hududidagi kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan "Sharq tubes" qo‘shma korxonasida bo‘ldilar.
Mis quvurlari, fitinglar va pripoy mahsulotlari bilan ishlab chiqaruvchi ushbu korxona ISO 9001 sifat menejmenti tizimlari xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlashtirilgan, sinov laboratoriyasi esa maʼqullash guvohnomasiga ega. Bugungi kunda mahsulotlari Qatar, BAA, MDH va boshqa davlatlarga eksport qilib kelinmoqda.
Jarayon davomida korxona eksport geografiyasini yanada kengaytirish maqsadida Yevropa va AQSH bozorlariga kirishda CE markirovkasini olish talablari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olindi.
Maxsus reportaj | Standartlashtirish tizimi takomillashmoqda
#Oʻzbekiston_telekanali
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Bozor Nazorat tadbirlari davom etmoqda
📌Navoiy viloyati savdo nuqtalarida, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Navoiy viloyati bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyat bo‘limi xodimlari tomidan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr jihozlari(rozetka, viklyuchatel) hamda isitish qozonlari(qo‘lbola pech, kotyol, gorelka) mahsulotlari o‘rganildi.
🫥O‘rganishlar davomida Navoiy shahridagi savdo do‘konlarida sotilayotgan "AERUS7" MCHJ “AT-REZ Santexnika” MCHJ tonidan ishlab chiqarilgan gorelka mahsulotlari UzTR 880-026:2017 texnik reglament 4-bob Markalash va qadoqlash uchun talablar 41-bandi bo‘yicha talablari to‘liq bajarilmaganligi aniqlandi.
🇹🇷Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan "Arvia" savdo belgisi ostidagi "viklyuchatel" hamda "rozetka" mahsulotlari markirovkasida mahsulotni O‘zbekiston hududiga olib kiruvchi importyor tashkilot haqida ma’lumotlar ko‘rsatilmaganligi hamda muvofiqlik belgisi qo‘yilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
⏳Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berildi.
📰Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati
Sahifamizga obuna bo‘ling👇
@departamentrasmiy
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tashkil etilgan "Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi" tafsilotlari
#Oʻzbekiston_telekanali
#Assalom_Oʻzbekiston
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Standartlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Standartlashtirish sohasidagi ilmiy-amaliy anjumanning 4-kunida "Standartlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik komissiya" (NTKS) yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashga aʼzo mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda.
Ushbu yig‘ilish muhokamasida MGSning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanish Strategiyasini ijro etish chora-tadbirlari rejasi bajarilishi bo‘yicha xalqaro hamkorlik, 2024–2025-yillar uchun tasdiqlanadigan davlatlararo standartlashtirish dasturi, axborot ta’minoti, NTKSning navbatdagi yig‘ilishi bayonnomalarini imzolash hamda kun tartibiga kiritilgan qator masalalar haqida kelishib olindi.
Xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlatlararo Kengashining bir guruh vakillari, jumladan, Rossiya texnik tartibga solish agentligi rahbari Anton Shalayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston standartlar institutida tashkil etilgan uchrashuv mobaynida mutaxassislar salohiyatini yuksaltirish, ilmiy kadrlarni jalb qilish, o‘qitish, bu borada mavjud muammolar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda hamkorlik masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Soha vakillarining o‘zaro suhbati do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi.