Chexiyaning metrologiya instituti tomonidan "CE markirovkasi" boʻyicha seminar-trening tashkil etildi
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Chexiya metrologiya instituti hamkorlikda soha mutaxassislari uchun "CE markirovka" boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida Yevropa logistika tamoyillari, Yevropa Ittifoqida oʻlchovlarning ishonchliligi va bir xilligini taʻminlash, shuningdek, Yevropa Ittifoqi ichidagi savdo toʻsiqlarini kamaytirishga qaratilgan mavzularda maʼruzalar qilindi. Shuningdek, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.
Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad, soha mutaxassislarini tayyorlash va eksportyor korxonalarga o‘z mahsulotlarini Yevropa davlatlariga kirib borishiga amaliy yordam berishdan iborat.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha yangi choralar kuchga kirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-91-son qaroriga asosan, 2024-yil 1-oktyabrdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
🔹texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60 foizini chaqirib olish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun – yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qoʻllash;
🔹texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan toʻxtatib turish;
🔹sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (shu jumladan, mahsulot barcha majburiy koʻrsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar realizatsiya qilinganligi holatlari aniqlaganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini Inspeksiya tomonidan toʻxtatib turish.
Davlatimiz rahbari Moskvaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/642755
📱Mobil ilova 👉 iOS | Android
O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Raqamlashtirish – kun mavzusi!
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari o‘rtasida Agentlik tizimi faoliyatini raqamlashtirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
✅ 4-oktyabr kuni "Debat Xoll"da 2024-yilgi saylovlar taqdirini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan voqea sodir boʻladi!
Deputatlikka nomzodlar gʻoyalar va strategiyalar kurashida toʻqnash keladi, ular yangi Oʻzbekistonning kelajagi boʻyicha oʻz takliflarini taqdim etishadi.❓ Ular orasida sizni munosib nomzodligiga ishontira oladigani kim boʻladi?
Bu oddiy debatlar emas — bu har birimizning hayotimizga taʼsir qiluvchi qarorlar qanday shakllanayotganini koʻrish uchun imkoniyat.
Elektrotexnika mahsulotlari sifatini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Toshkent shahrida import o‘rnini bosuvchi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Smart illumination" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur korxona vakillari bilan ishlab chiqarish, mahsulot sifatini nazorat qilish jarayonlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid muammolar muhokama qilindi.
Sinov laboratoriyasida amalga oshirilayotgan mahsulotning xavfsizlik nuqtai nazaridan yong‘in, yuqori va past kuchlanishga bardoshlilik ko‘rsatkichlarini sinash jarayoni ko‘zdan kechirilib, natijalar yuzasidan fikrlar almashildi.
Shuningdek, korxonaning yangi turdagi mahsulotini me’yoriy hujjat bilan ta’minlash hamda ichki bozorga realizatsiya qilinayotgan sifatsiz elektrotexnika mahsulotlarini aniqlashda o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Navoiy viloyatidagi sanoat korxonalarining muammolari o‘rganildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Navoiy filiali mutaxassislari tomonidan viloyatda joylashgan yirik sanoat korxonalarida o‘rganishlar olib borildi.
Jumladan, "Navoiazot" AJ , "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ, "Qizilqum fosfarit kompleksi" MCHJ, "Qizilqumsement" AJ hamda "Elektrokimyozavodi" AJ qo‘shma korxonasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasiga oid mavjud muammolarning yechimi yuzasidan masʼullarga zarur tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, qiyoslash va sinovdan o‘tkazish hamda eksport bilan bog‘liq masalalarda oʻzaro hamkorlikda ishlar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
COOMETning “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi
✅ Bugundan Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (COOMET) tashkilotining “Massa va unga bog‘liq kattaliklar” texnik qo‘mitasi (TQ 1.6) yig‘ilishi boshlanda.
🤩 Ozbekiston milliy metrologiya instituti mezbonlik qilayotgan, gibrid formatda tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda COOMETning a’zo Xorijiy metrologiya institutlaridan massa unga bog‘liq kattaliklar yo‘nalishidagi xodimlar ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishning birinchi kunida 2023 yilda qo‘mita doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mas’ullar hisoboti tinglandi.
🤩 Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yig‘ilishning kun tartibiga kiritilgan masalalaridan biri – Texnik qo‘mita raisining o‘rinbosarligiga nomzod tayinlanish edi. Mazkur lavozimga O‘zMMI vakili Marat Yunusov tayinlanishi katta ahamiyat kasb etadi.
📍 Shuningdek, COOMET doirasida massa yo‘nalishida olib borilayotgan solishtirish loyihalarining ijro holati muhokama qilinmoqda. O‘zbekiston milliy metrologiya institutlari xodimlari muxokamalarda faol ishtirok etib, yangi solishtirish ishlarini tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilish 2-oktyabr kuni yakunlanadi.
✅
С сегодняшнего дня началось заседание Технического комитета «Масса и связанные с ней величины» (ТК 1.6) Евро-Азиатского сотрудничества государственных метрологических учреждений (КООМЕТ).
🤩
На данном заседании организованном в смешанном формате, в Узбекском национальном институте метрологии, принимают участие сотрудники зарубежных метрологических институтов -членов КОМЕТ, в области массы и связанных с ней величин.
В первый день заседания был заслушан отчёт ответственных лиц о работе, проведенной в рамках комитета в 2023 году.
👍
Следует особо отметить, что одним из вопросов, включённых в повестку дня заседания, было назначение кандидата на должность заместителя председателя Технического комитета. Назначение представителя УзНИМ Марата Юнусова на эту должность будет иметь большое значение.
💎
Также в рамках КООМЕТ обсуждается состояние выполнения проектов по сличению, осуществляемых в области массы. Сотрудники Узбекского национального института метрологии активно участвуют в обсуждении и продвигают инициативу по организации новых работ по сличению.
Напомним, что это заседание завершится 2 октября.
🇺🇿🇺🇸 AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Iqtisodiy o‘sish boshqarmasi direktori Kail Padgitt bilan uchrashuv o‘tkazdi.👉Batafsil👈
#hafta_dayjesti
🟢HAFTANING ENG MUHIM VOQEALARI:
🔹Avstriyaning "AVL" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🔹Sohada malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash eng muhim vazifa!
🔹Texnik reglamentlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
🔹Ilk bor O‘zbekiston–Italiya ta’lim forumi o‘tkazildi
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Kitob yarmarkasi tashkil etildi
Kitob mutolaasi orqali inson bilim oladi, uning tarbiyasi va intellektual salohiyati ham kitob yordamida shakllanadi. Badiiy adabiyotlarni o‘qish jarayonida esa dunyoqarash kengayadi, hayotga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga oʻzgaradi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim tashkilotlari xodimlarining kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va ular orasida badiiy mutolaani kengaytirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Unda milliy nashriyotlar tomonidan chop etilgan o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari, shuningdek, turli janrlarda chop etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishish hamda qulay narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi.
Тарбия борасида миллий спортимиз фидойилари, хусусан, жисмоний тарбия ўқитувчиларига кўп нарса боғлиқлиги таъкидланди.
Афсуски, мактаблардаги 33 минг нафар жисмоний тарбия ўқитувчисининг касбий ва жисмоний маҳорати етарли эмас.
Мутасаддиларга бу ўқитувчилар таркибини фаол ва чемпион спортчилар орасидан танлов асосида тўлдириш, уларнинг касбий маҳорати ва малакасини Жисмоний тарбия институтида ошириб боришни йўлга қўйиш топширилди.
Мактабларда ёшларни ақлий ривожлантиришда муҳим ўрин тутадиган шахматни оммалаштириш учун алоҳида қарор лойиҳаси ишлаб чиқиладиган бўлди. Ёшларимиз ўртасида бу спорт тури янада ривожлантирилади.
Шундагина спорт бўйича яхлит тизим пайдо бўлиб, мактабларда жисмоний тарбия дарсларининг сифати ошади, маҳалларда оммавий спорт ривожланади.
Facebook|Instagram|X
Ёшлар қалбида ватанпарварлик туйғусини кучайтиришда спортчи мураббийларимиз ва ҳарбийларимиз ҳам фаол бўлишлари зарурлиги таъкидланди.
Бугун замоннинг ўзи ҳар биримиздан она юрт ҳимоячиси, ватанпарвар бўлишни талаб этмоқда.
Бунда айниқса мард ва жасур сержант ва офицерлар, ҳарбий чақириққа тайёрлаш фани ўқитувчилари ўрнак бўлишлари керак.
Ҳозир мактабларда қарийб 10 минг нафар ана шундай ўқитувчилар фаолият кўрсатмоқда. Афсуски, уларнинг аксариятида ҳарбий соҳадаги замонавий билим ва кўникмалар, улар учун иш шароити талаб даражасида эмаслиги қайд этилди.
Энди мана шу ўқитувчилар Мудофаа вазири томонидан захирадаги ҳарбий хизматчилар таркиби орасидан тайинланиши белгиланди.
Facebook|Instagram|X
🇺🇿🇹🇷 Turk standartlari instituti (TSE) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Turk standartlari instituti (TSE)ning Tashqi aloqalar boshqarmasi boshligʻi Kurshat Yilmaz bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Turkiya texnik tartibga solish sohasida hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash bo‘yicha hamkorlik koʻlamini kengaytirish hamda xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik toʻsiqlar, eksport-import mahsulotlariga qoʻyilgan talablarga eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, xalqaro auditorlarni tayyorlash va malakasini oshirishda yetakchi turk ekspertlarini jalb qilish hamda sinov ishlarini tan olinishi borasida dastlabki qilinadigan ishlar va vazifalar belgilab olindi.
🇺🇿🇦🇫 Afg‘on milliy standartlar tashkiloti (ANSA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Afg‘on milliy standartlar tashkiloti (ANSA) bosh direktori Tamim Fayzulloh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
#hafta_dayjesti
🟢HAFTANING ENG MUHIM VOQEALARI:
🔹Ustozlarga ehtirom koʻrsatildi
🔹Kitob yarmarkasi tashkil etildi
🔹Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi standartlashtirish ishlari ko‘rib chiqildi
🔹AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🔹Eksportyor korxonaga amaliy yordam ko‘rsatildi
🔹Elektrotexnika mahsulotlari sifatini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi
🔹Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi
🔹Raqamlashtirish – kun mavzusi!
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Jizzax politexnika instituti rektori, professor Alisher Usmanqulov hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi bo‘lim bo‘shlig‘i Baxtiyor Isroilov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-iyundagi muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazgan videoselektr yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Jizzax politexnika institutidagi xalqaro grantlar asosida keltirilgan sinov-o‘lchov asbob uskunalaridan keng foydalanish, sinov, o‘lchov ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hududiy filiallar bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirish yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olindi.
Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi
Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan joriy yilning 15–16-oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish masalalari yuzasidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi oldidan tashkil etilgan ushbu muloqot davomida ishtirokchi oliy ta’lim muassasalari masʼullarining fikr va mulohazalari tinglandi. Uchrashuv doirasida Agentlikda tashkil etilayotgan mazkur tadbirga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish, muvaffaqiyatli va keng miqyosda o‘tkazish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Eksportyor korxonaga amaliy yordam ko‘rsatildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "TRT technologies of real time" qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
ISO 9001:2015 hamda ISO 45001:2018 standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirilgan mazkur korxona vakillariga mahsulotlarni Polsha va Yevropa davlatlariga ekport qilishda GSP+ imtiyozlaridan foydalanish maqsadida REX tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda CE markirovkasini joriy etish afzalliklari xususida maʼlumotlar taqdim etildi.
Ushbu jarayonlarda bevosita amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tizim tashkilotlarining hududiy filial masʼullariga tegishli ko‘rsatmalar va vazifalar belgilab berildi.
https://uza.uz/uz/posts/nazorat-tadbiri-natizhasida-noqonuniy-mahsulotlar-sotilgani-aniqlandi_641691
Читать полностью…📍 HURMATLI FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR!
🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda uning tizim tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish jarayonida korrupsiya holatlari yoki manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz darhol ☎️ 1880 qisqa telefon raqamiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.
Shuningdek, quyidagi
Rasmiy veb-sayt: http://www.standart.uz;
Telegram: http://t.me/uzstandartga_savollar_bot;
Facebook: http://www.fb.com/uzstandard;
Instagram: http://www.instagram.com/uzstandard;
Elektron manzil: uzst@standart.uz; compliance@standart.uz aloqa tarmoqlari orqali ham xabar qilishingiz mumkin.
Sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi!
1-oktabr oʻqituvchi va murabbiylar kuni
🎆 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi O‘z hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bag‘ishlagan Siz, aziz uztozlarni, sohamiz keng darg‘alarida o‘z mehnatini ayamay metrologiya tizimini rivojlanishida hissa qo‘shgan Faxriylarimizni 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!
🔘 Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli faxriylarimiz!
🔘 Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizga zafarlar, oilaviy hayotingizga esa baxt va omad yor bo‘lsin.
Har bir sohada yoshlarning bilim va malakasini oshirishga qo‘shayotgan samarali mehnatingizda ulkan kuch g‘ayratlar tilaymiz.
🔘 Doim boshingiz omon, taningiz sog‘, yuzingiz yorug‘ bo‘lsin!
✨ Коллектив при Узбекском агентстве по техническому регулированию Узбекского национального института метрологии искренне поздравляет вас, наших ветеранов, уважаемых наставников, посвятивших свою жизнь почётной работе воспитания молодого поколения, внёсших свой вклад в развитие метрологической системы, с 1 октября – Днём учителей и наставников!
🔘 Уважаемые учителя и наставники, наши дорогие ветераны!
🔘 Пусть вашу чрезвычайно ответственную, трудную и почётную работу сопровождают успехи и достижения, а семейную жизнь - счастье и удача.
🔘 Мы желаем вам огромной энергии, терпения, вдохновения и сил в вашей продуктивной работе, способствующей совершенствованию знаний и навыков молодёжи в каждой области.
Пусть ваш день будет наполнен радостью, благодарностью и гордостью за свои достижения!
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi standartlashtirish ishlari muhokama qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ishtirokida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohalaridagi texnik reglamentlarni ishlab chiqish holati hamda amaldagi standartlar tahlili, ularni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi mutasaddi tashkilotlar mas’ullarining hisobotlari va fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, kun tartibidagi masalalar o‘zaro muhokama qilinib, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarning yechimi bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o'tkazildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘limi masʼullari tomonidan O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi hamda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Buxoro va Navoiy filiallari xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati xususida maʼlumotlar yetkazildi. Shuningdek, ushbu hujjat ijrosi doirasida joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi borasidagi cheklovlar masalasi muhokama qilindi.
Ustozlarga ehtirom koʻrsatildi
Kelajak egalari bo‘lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazishda ustoz va murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ana shu buyuk kasb egalarining bayrami arafasida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda Agentlik direktori Akmal Jumanazarov 1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha fidoyi xodimlarni samimiy tabriklab, ustozlarning mashaqqatli va murakkab faoliyati mobaynida kuchli bilim, tajriba, mahorat, shijoat, eng yaxshi insoniy fazilatlarni namoyon qilishi – bu ertangi kelajagimiz uchun gʻamxoʻrlik ekanligini taʼkidladi.
Tadbir yakunida sohada samarali mehnat qilib, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh ustozlar e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Шу борада, бир фикрни барчамиз чуқур тушуниб олишимиз керак. Ватанпарварлик тарбияси – бу фақат ҳарбий ёки таълим соҳаси ходимларининг иши эмас. Бу – бутун жамиятнинг иши.
Бу ишга бутун жамоатчиликни фаол жалб этмас эканмиз, кутилган натижага эришиш қийин бўлади.
Албатта, ёшларимиз яхши шифокор, истеъдодли олим, моҳир IT билимдони, зўр тадбиркор бўлиши мумкин.
Лекин, улар чинакам ватанпарвар инсонлар бўлиб вояга етмаса, ўзингиз айтинг, халқимиз, Ватанимизнинг тақдири ва келажаги учун эртага ким масъул бўлади?
Шу боис, маҳалла, нуронийлар, хотин-қизлар, ёшлар ташкилотлари бу масалада ўз фаолият дастурига эга бўлиши зарур.
Ёшларимиз онгига барчамиз биргаликда “Мен ҳақиқий ватанпарвар бўламан” деган ғояни чуқур сингдиришимиз керак”,
Президент юртимиздаги барча ота-оналар, устоз ва мураббийларга мурожаат қилди:
“Бизнинг дунёдаги энг азиз ва мўътабар хазинамиз – бу умримиз гули ва меваси бўлган фарзанд ва набираларимиздир.
Ҳеч шубҳасиз, барчамиз уларнинг келажакда бахтли ва саодатли инсонлар бўлиб яшашини истаймиз. Лекин бунга эришиш осон эмас.
Айниқса, бугунги таҳликали даврда эзгу мақсадларга етиш учун инсонга ҳушёрлик ва огоҳлик, қатъий ирода, юксак билим ва кенг дунёқараш, замонавий касб-ҳунарлар ҳар қачонгидан ҳам зарур.
Таълим ва тарбия – бутун жамиятнинг муқаддас ишидир! Барчамиздан доимо ҳамжиҳатлик, фаоллик ва фидойиликни талаб этадиган ҳаёт-мамот масаласидир.
Эзгулик, билим ва маърифатни қурол қилиб, жаҳолат ва ёвузлик йўлини тўсайлик!
Фарзандларимизнинг бахти, ёруғ келажаги учун, жонажон Ватанимиз истиқболи учун мустаҳкам пойдевор яратайлик!”