O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT
Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi
6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/prezident-maktablari-1-bosqich-imtihon-natijalari-chiqdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yaponiya bosh vaziri isteʼfoga chiqmoqda
OAV xabar berishicha, Sigeru Isiba oy oxirigacha bosh vazir lavozimini tark etishga qaror qilgan. Bu chora Yaponiya hukmron koalitsiyasini parlament yuqori palatasidagi ko‘pchilik o‘rinlaridan mahrum etgan saylovlardagi mag‘lubiyat bilan bog‘liq.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/yaponiya-bosh-vaziri-iste-foga-chiqmoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Senat chiqindi to‘lovini elektrga bog‘lash tizimiga savol qo‘ymoqda
Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sohasida to‘lov intizomini, qonun ijrosini taʼminlash mexanizmlari hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga aniq manzilli savollar yo‘llamoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/senat-chiqindi-to-lovini-elektrga-bog-lash-tizimiga-savol-qo-ymoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga uni chet elga olib chiqish huquqini kiritish taklif qilinmoqda
Avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ishonch bildirilgan shaxsga uni mamlakat tashqarisiga olib chiqish huquqini beruvchi bandni kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/avtomobilni-boshqarish-uchun-ishonchnomaga-uni-chet-elga-olib-chiqish-huquqini-kiritish-ta
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
AQSh Energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar “juda real”
AQSh energetika vaziri Raytga ko'ra, Rossiyaning neft sektoriga qarshi sanksiyalar Moskvaga Kiyev bilan tinchlik kelishuviga erishish uchun "eng katta bosim" bo'ladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-energetika-vaziri-rossiya-neftiga-qarshi-sanksiyalar-juda-real
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Toza havo – bu hashamat emas, balki huquqimiz
"Yashil suhbat" podkastining 6-sonini UzReport TVning YouTube sahifasida tomosha qiling: https://youtu.be/tlm4Vyw0p8I?si=-weXSwxov5LpxRoZ
Mavzu: Shaharlarda havoning tozaligiga qaratilgan chora-tadbirlar: “Yashil” zonalarni ko‘paytirish, sanoat obyektlarining ekologik me‘yorlarga rioya qilishga chaqirish.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Toshkentda ko‘chalarga temir panjaralar o‘rnatish uchun salkam 7 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahri ko‘cha va yo‘llarida harakat xavfsizligini taʼminlash va piyodalar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida, temir panjaralar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning tegishli qarori eʼlon qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-ko-chalarga-temir-panjaralar-o-rnatish-uchun-salkam-7-mlrd-so-m-mablag-ajratila
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Jizzax viloyatidagi qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi
Davlat rahbari tashrifi davomida viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Xususan, "yagona darcha" tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi xizmatlarini bitta joyga jamlagan "Agromarkaz" tashkil etildi. Hosildorlikni oshirishga qaratilgan yangicha yondashuvlar viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga ijobiy ta’sir etib, aholini ko‘proq daromad topishiga imkon yaratmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida neft mahsulotlari kontrabandasi uchun qazilgan tunnel fosh qilindi
Turkiston viloyatida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara hududida neft mahsulotlari kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilayotgan navbatdagi tunnel aniqlandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-va-qozog-iston-chegarasida-neft-mahsulotlari-kontrabandasi-uchun-qazilgan-tunn
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Shavkat Mirziyoyev Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini ko‘zdan kechirdi
“Navoiy” maxsus sanoat parkining filiali sifatida tashkil etilgan majmua 80 gektarda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar. Bu yerda kir yuvish mashinasi, sovutkich, televizor, elektr suv isitkich kabi yiliga 1 million dona maishiy texnika hamda butlovchi qismlar ishlab chiqariladi. 100 turdagi mahsulotlar natijasida mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetadi.
Muhimi, yillik ishlab chiqarish hajmi 320 million dollar bo‘ladi. Shundan 140 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltiriladi. 7 mingdan ziyod aholi ish bilan ta’minlanadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-zomin-tumanida-qurilayotgan-maishiy-texnika-zavodini-ko-zdan-kechirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zbekistonda elektr energiyasi isteʼmoli rekordi yangilandi: birinchi marta yozgi isteʼmol hajmi qishgi isteʼmol hajmini ortda qoldirdi
Milliy dispetcherlik markazi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yil 16-iyuldan 21-iyulgacha bo‘lgan anomal issiq davrda O‘zbekiston energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli va yuklamasi bo‘yicha yangi tarixiy rekordlar qayd etildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-elektr-energiyasi-iste-moli-rekordi-yangilandi-birinchi-marta-yozgi-iste-mol
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Zominda yuqori qiymatli mahsulotlar ko‘payadi
Jumladan, “Longze Investment Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda xavfsizlik va tibbiyot texnikalari, “Foxit” kompaniyasi bilan noutbuk, planshet, server, router kabi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, charm va sport poyabzallari, qurilish materiallari, chinni idishlar, kimyo mahsulotlari bo‘yicha loyihalar ko‘zda tutilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/zominda-yuqori-qiymatli-mahsulotlar-ko-payadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev Zomin texnoparki faoliyati bilan tanishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Zomin texnoparkida ilk korxona ishga tushdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, Zomin texnoparki maxsus sanoat zonasini borib ko‘rdi. Prezident investorlarga ko‘maklashib, loyihalarni tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sanoat sohalariga mos mutaxassislar tayyorlash, yoshlar bandligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/zomin-texnoparkida-ilk-korxona-ishga-tushdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
2021-yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi.
19-iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/maktabdagi-so-nggi-6-yillik-o-rtacha-baholar-test-sinovlari-baliga-qo-shilmaydigan-bo-ldi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Soliq to‘lashdan qochgan korxonalar jarimaga tortildi
Soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni to‘lamaslik xavfi yuqori bo‘lgan 2 150 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi o‘tkazildi. Bu 2025-yilning yanvar-iyun oylarida faoliyat ko‘rsatgan jami soliq to‘lovchilarning 0,4 foizini tashkil etadi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Jazirama davom etadi: Quyosh nuri allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin
Yozning ayni chillasidamiz. Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Jazirama hafta davomida saqlanib turishi prognoz qilinyapti.
Albatta, bunday paytda quyoshdan himoyalanish muhim. Ayniqsa, yuqori darajadagi ultrabinafsha nurlari allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi bilan xavfli.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jazirama-davom-etadi-quyosh-nuri-allergik-reaksiyalarni-keltirib-chiqarishi-mumkin
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tramp Barak Obamani xiyonatda aybladi
2016-yilgi saylovlar bo‘yicha Milliy razvedka bahosini sharhlar ekan, Tramp Barak Obama va boshqa demokratlarni xiyonatda aybladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-barak-obamani-xiyonatda-aybladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mahalla huquq-tartibot maskanlaridagi bosh va kichik inspektorlar ma‘muriy chora qo‘llashi mumkin
Mahalla huquq-tartibot maskanlaridagi bosh va kichik inspektorlarga ma‘muriy ishlarni ko‘rish va choralarni qo‘llash vakolati berilishi mumkin. Bu haqda 22-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhoka qilingan qonun loyihasida so‘z boradi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
DXX raisi Afg‘oniston mudofaa vaziri v.b. bilan muzokara o‘tkazdi
Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov Kobulda Afg‘oniston milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub Mujohid bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda chegaradosh hamkorlik, kommunikatsiyalarni rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/dxx-raisi-afg-oniston-mudofaa-vaziri-vb-bilan-muzokara-o-tkazdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Peskov: Istanbulda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina memorandumlari muhokama qilinadi
Rossiya Federatsiyasi va Ukraina bo‘lajak muzokaralarda tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha memorandumlarni muhokama qiladi, dedi Dmitriy Peskov. Delegatsiyalarning uchrashuvi 23-iyulga rejalashtirilgan, deb avvalroq Zelenskiy xabar bergan edi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/peskov-istanbulda-rossiya-federatsiyasi-va-ukraina-memorandumlari-muhokama-qilinadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tramp AQShni YUNESKO tarkibidan chiqarishga qaror qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp tashkilotning “Amerika va Isroilga qarshi kayfiyati” tufayli mamlakatni YUNESKO tarkibidan chiqarishga qaror qildi. Qaror Qo‘shma Shtatlarning BMT tuzilmasidagi ishtirokini davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqish natijasida qabul qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-aqshni-yunesko-tarkibidan-chiqarishga-qaror-qildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi kofelar savdosiga chek qo‘yildi
Buxoroda tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda bo‘lgan 95 ming donadan ortiq ozdiruvchi vositalarning noqonuniy savdosi oldi olindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tarkibida-kuchli-ta-sir-qiluvchi-moddalar-bo-lgan-ozdiruvchi-kofelar-savdosiga-chek-qo-yil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev Zomin tumanida maishiy texnika zavodini qurish loyihasi bilan tanishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Nima uchun Tramp sanksiyalar o'rniga tariflarni qo'llaydi?
AQSh prezidenti Tramp AQShning iqtisodiy va geosiyosiy nomutanosibligini sanksiyalar emas, balki bojlar to'g'irlashiga umid qilmoqda. Biroq, javob choralari va inflyatsiyaning o'sishi xavfini hisobga olsak, bu xavfsiz pul tikishmi?
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/nima-uchun-tramp-sanksiyalar-orniga-tariflarni-qollaydi-
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
"Air China" Urumchi va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni qo'lga qo'ydi
"Air China" aviakompaniyasining Urumchi-Toshkent-Urumchi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlari haftada uch marta - seshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/air-china-urumchi-va-toshkent-o-rtasida-to-g-ridan-to-g-ri-reyslarni-qolga-qoydi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Qo'shma Shtatlar Martin Lyuter Kingning o'ldirilishi bo'yicha ma'lumotlarning maxfiyligini bekor qildi
AQSh Adliya vazirligi kichik Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishi bilan bog‘liq 240 ming sahifadan ortiq dosyeni e’lon qildi. Hujjatlar AQSh Milliy arxivi saytida joylashtirilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/qoshma-shtatlar-martin-lyuter-kingning-oldirilishi-boyicha-malumotlarning-maxfiyligini-bek
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Toshkentning har bir tumanida buta ko‘chatlarini ko‘paytirish uchun ko‘chatxonalar tashkil etiladi
Hujjatga muvofiq, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga hamda tuman hokimliklariga bir oy muddatda har bir tumanda tuman Obodonlashtirish boshqarmalariga qarashli hududlarda buta ko‘chatlarini urug‘ va qalamchalardan yetishtirish uchun 100 kv metrdan kam bo‘lmagan ko‘chatxonalar tashkil etish vazifasi yuklandi. Ko‘chatxonalarda ko‘chat yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi, xususan, stellajlar o‘rnatilib, kerakli bo‘lgan mineral va organik ozuqalar bilan taʼminlanadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentning-har-bir-tumanida-buta-ko-chatlarini-ko-paytirish-uchun-ko-chatxonalar-tashkil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Eron tashqi ishlar vaziri: Tehron uran boyitishdan voz kechmaydi
AQShning Eron yadro inshootlariga zarba berishiga qaramay, Tehron uranni boyitishdan voz kechmaydi, dedi TIV rahbari. Eron delegatsiyasi Istanbulda Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari bilan uchrashadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eron-tashqi-ishlar-vaziri-tehron-uran-boyitishdan-voz-kechmaydi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi O‘zbekiston energetika bozoriga kiradi
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov SOCAR bilan imzolanadigan tegishli hujjatlarni tayyorlash yakuniy bosqichga chiqayotganini aytib o‘tdi. Xususan, mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim joriy hafta oxiriga qadar imzolanishi rejalashtirilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/ozarbayjonning-socar-kompaniyasi-o-zbekiston-energetika-bozoriga-kiradi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website