uzreport_uz | Неотсортированное

Telegram-канал uzreport_uz - UzReport.news

99981

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT

Подписаться на канал

UzReport.news

Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasini birgalikda to'laydi

Rossiya havo hujumlari davom etayotgani sababli Ukraina qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini oladi. Germaniya va Norvegiya tegishli xarajatlarni bo'lishish niyatida, dedi kansler Mers va bosh vazir Styor.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/germaniya-va-norvegiya-ukraina-uchun-havo-mudofaasini-birgalikda-tolaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan avtomobil to‘xtatildi

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, haydovchining umumiy jarima miqdori 54 mln so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, avtomobil 123 marta Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruvga berilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-123-marta-qidiruvga-berilgan-avtomobil-to-xtatildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, sanoat va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa obyektlar bilan tanishadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Yashil hududlar ko‘payishi uchun birlashaylik!

Bir necha kun avval “Murad Buildings” qurilish kompaniyasi asoschisi, tadbirkor Murod Nazarov daraxtlarni kesishga qo‘yilgan moratoriyni olib tashlash va buning o‘rniga “daraxtlar banki”ni tashkil etish kerak degan fikrni bildirgan. Bu esa jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Taklifga ko‘plab tashkilotlar vakillari, deputat va jurnalistlar, shuningdek ekofaollar o‘z fikrlarini bildirdi.

Batafsil UzReport Tv lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

OʻZBEKISTON BARQAROR RIVOJLANISH GLOBAL INDEKSIDA 19 POGʻONA YUQORILADI

Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i 2025 yil uchun Barqaror rivojlanish hisoboti reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 73 ball bilan 62-o‘rinni egalladi. Bu ko’rsatkich qariyb 45 foiz maqsadlarga erishilgan yoki erishish jarayonida ekanini bildiradi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Rossiya-Ukraina muzokaralarining uchinchi raundi Istanbulda bo'lib o'tadi

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarning uchinchi bosqichi 24 yoki 25 iyul kunlari Istanbulda boʻlib oʻtadi, deb xabar berdi Independent Türkçe. Uchrashuvga tayyorgarlik Moskvada tasdiqlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiya-ukraina-muzokaralarining-uchinchi-raundi-istanbulda-bolib-otadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekistonlik snayperlar Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni egallashdi

Xitoyda bo‘lib o‘tgan “O‘tkir tig‘–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida O'zbekiston 25 ta davlat ichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekistonlik-snayperlar-xitoyda-o-tkazilgan-xalqaro-musobaqada-birinchi-o-rinni-egallash

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Microsoft o'zining server dasturiy ta'minoti xakerlar hujumiga uchraganini aytdi

Xakerlar Microsoft’ning mahalliy SharePoint serverlariga hujum qilishdi, kompaniya mijozlarni yangilanishni o‘rnatishga chaqirdi. FQB hujum yuzasidan tergovga qo‘shildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/microsoft-ozining-server-dasturiy-taminoti-xakerlar-hujumiga-uchraganini-aytdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Ilhom Aliyev: Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning Qorabog‘ni tiklash yo‘lidagi harakatlaridan minnatdor ekanini aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ilhom-aliyev-qorabog-ni-tiklashda-ilk-sovg-ani-o-zbekiston-bergan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston fuqarosi mamlakatimiz elchixonasiga murojaat qilib, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolganini, vaqtinchalik turar joy va kundalik ehtiyojlar uchun zarur mablag‘ga ega emasligini maʼlum qilib, yordam so‘ragan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/pokistonda-og-ir-vaziyatga-tushib-qolgan-vatandoshimiz-o-zbekistonga-qaytarildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Navoiyda havo ifloslanishi qayd etildi

O‘rganish natijasida “Navoiyazot” AJ va BXO atrofidan tahlil ishlari olib borilganda atmosfera tarkibida ammiak 1,4 barobar hamda vodorod sulfidi 16,8 barobar meʼyordan yuqoriligi aniqlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/navoiyda-havo-ifloslanishi-qayd-etildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

AQSh Milliy razvedkasi rahbari Obamani Trampga qarshi fitnada aybladi

Tulsi Gabbard Rossiyaning 2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga aralashish niyati ham, imkoniyati ham yo‘qligini aytdi, buni o‘sha paytdagi hisobotlar tasdiqlagan va aybdorlarni javobgarlikka tortishga va’da bergan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-milliy-razvedkasi-rahbari-obamani-trampga-qarshi-fitnada-aybladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Chempion bo‘lishdan ko‘prog‘ini uddalagan qiz

Har bir xalqning kuchi – uning yoshlarida. Ayniqsa, O‘zbekistonda bugungi yoshlari mamlakatning eng muhim strategik kuchi sifatida qaralayapti. Mashaqqatli mehnat, qat’iyat va vatanparvarlik. Har bir medali ortida yillar davomida to‘kilgan ter, sinovlar va sadoqat. Bugungi qahramonimiz davlat rahbari e'tirofiga sazovor bo’lgan sportchi. Vatan bayrog‘ini dunyo sahnasida baland ko‘targan jasoratli o‘zbek qizi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Qirg'izistonda sodir bo'lgan zilzila kuchi O'zbekistonda sezildi

21-iyul kuni soat 10:38 da Qirg‘izistonda yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 348 km janubi-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 4 ballni tashkil etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qirgizistonda-sodir-bolgan-zilzila-kuchi-ozbekistonda-sezildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

London Kiyevni qurollantirish uchun "50 kunlik kampaniya"ga chaqiradi

Ukraina mudofaasi bo‘yicha Kontakt guruhining Ramshteyn formatidagi navbatdagi yig‘ilishida Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari “Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish” uchun Kiyevga harbiy yordamni oshirishga chaqirmoqchi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/london-kiyevni-qurollantirish-uchun-50-kunlik-kampaniyaga-chaqiradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekiston aholisining IT ko‘nikmalari bo‘yicha so‘rovnoma natijalari e’lon qilindi

2024-yil sentyabr oyida Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT ta’lim uyushmasi va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamkorligida "O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini yaxshilash: Tadqiqot bosqichi" loyihasi ishga tushirilgan edi. 21-iyul kuni ushbu loyihaning yakuniy natijalariga bag‘ishlangan forum tashkil etildi. Unda tadqiqot natijalari e’lon qilinib, kelgusi maqsad va rejalar haqida ma’lumot berildi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Erdo‘g‘an Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuvini tezlashtirishni talab qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kiprning shimoliy qismiga qilgan tashrifidan so‘ng, boshqa mavzularni muhokama qilish chog‘ida jurnalistlar bilan suhbatda birdaniga Yevropa integratsiyasi mavzusini ko‘tarib, “Yevropa Ittifoqi Turkiyaga muhtoj”, deb ta’kidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/erdo-g-an-turkiyaning-yevropa-ittifoqiga-integratsiyalashuvini-tezlashtirishni-talab-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish yo‘lida Shveysariya hukumati bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov maʼlum qildi. Uning aytishicha, marraga erishish uchun bir nechta mamlakat qoldi, xolos.

Shunday qilib, 25 ta mamlakat bilan muzokaralar oxiriga yetkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-jahon-savdo-tashkilotiga-a-zo-bo-lish-yo-lida-shveysariya-hukumati-bilan-muzok

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar buning uchun yetarli energiya ishlab chiqarish, gaz omborlarida jamg‘arish va muvozanatli yetkazib berish choralari ko‘rilayotgani to‘g‘risida axborot berdi.

Xususan, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Norin daryosi va yirik kanallar sohillari endi zamonaviy sayyohlik makoniga aylantiriladi

Kaskadning Uychi tumani hududidagi 20 gektar yer maydonida turistik saylgoh tashkil etilishi, ko‘p qavatli uylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/norin-daryosi-va-yirik-kanallar-sohillari-endi-zamonaviy-sayyohlik-makoniga-aylantiriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

"Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy diplomatik korpus rotatsiyasi doirasida mening O‘zbekistondagi missiyamni yakunlash to‘g‘risida farmon qabul qildi. Bu mamlakatim rahbariyatiga, xalqimga bo‘lgan ishonchning eng yuqori darajasi va men buni oqlash uchun qo‘limdan kelganini qildim", — deb yozdi u.


Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/ukrainaning-favqulodda-va-muxtor-elchisi-nikolay-doroshenko-o-zbekistondagi-diplomatik-mis

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Velosport bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yil Bahrayn davlatida bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayonlarini faol davom ettirmoqda.

Xususan, yosh qizlarimiz 3-bor o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik doirasida Qozog'istonda o'tayotgan xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda.

Ostona shahrida o'tayotgan shosse yo'nalishi bo'yicha xalqaro "Elorda Tour"da yosh velopoygachi qizlarimiz yuqori natijalarni ko'rsatishmoqda. Xususan, ikki kunlik poygalarga ko'ra, kuchli uchlikni aynan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari boshqarib turishibdi. Quvonarlisi, ikkinchi bosqich doirasida 63 km masofada o'tgan poygalarda vakillarimiz barcha raqiblarni ortda qoldirishdi. 1:41:23 natija bilan Gulhayo Sattarova birinchi, 1:41:28 natija bilan Yekaterina Makarochkina ikkinchi va yana bir hamyurtimiz Sabrina Altinbekova 1:43:43 ko'rsatkich bilan uchinchi bo'ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Havo harorati 36 gradus va undan yuqori bo’lishi sog’liq uchun o’ta xavfli va ekstremal sharoit hisoblanadi

Ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. So‘nggi kunlarda harorat odatdagidan yuqori. Fuqarolar yozning jazirama issiq havosida qanday ish sharoitlariga ega bo‘lishga haqli?

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va Yevropa Ittifoqi munosabatlariga zarba berdi

Xitoy Savdo vazirligi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari Pekin va Bryussel munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi. Pekin Xitoy-Yevropa Ittifoqi 25-sammitiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/xitoy-rossiyaga-qarshi-sanksiyalar-xitoy-va-yevropa-ittifoqi-munosabatlariga-zarba-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Ukraina “Gazprom”dan 6,9 milliard dollar olishga tayyorlanmoqda

Kiyev Rossiya Federatsiyasi va Gazpromdan 6,9 milliard dollar undirmoqchi bo‘lgan xalqaro arbitraj sudlarining qarorlari mutlaqo adolatli, deya ta’kidladi Vladimir Zelenskiy.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukraina-gazpromdan-6-9-milliard-dollar-olishga-tayyorlanmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Xorijiy investorlar kengashi majlisida erishilgan kelishuvlar ijrosi taʼminlanadi

Qaror bilan Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Kengash kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi hamda uning aʼzoligiga xalqaro moliya institutlari ham jalb qilinadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xorijiy-investorlar-kengashi-majlisida-erishilgan-kelishuvlar-ijrosi-ta-minlanadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Dang‘ara tumanida Tojikiston bilan $10 mln qiymatidagi sim zavodi qurilmoqda

Loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri 10 million dollar miqdoridagi xorijiy investisiya hisobiga moliyalashtirilayotgan bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/dang-ara-tumanida-tojikiston-bilan-10-mln-qiymatidagi-sim-zavodi-qurilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

BMT agentligi G'azoni evakuatsiya qilish chaqirig'ini tanqid qilmoqda

Isroil armiyasi G‘azo sektori markazidagi Dayr al-Balah shahrida harbiy amaliyotlarini sezilarli darajada kengaytirmoqchi va bir qancha hududlar aholisini janubga evakuatsiya qilishga chaqirmoqda. BMTning OCHA ofisi o'z g'azabini bildirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-agentligi-gazoni-evakuatsiya-qilish-chaqirigini-tanqid-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Toshkent shahrida avtomobil yonib ketishi oqibatida 4 kishi kuyish jarohati oldi

Toshkent shahar Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVB xabar kelib tushdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-shahrida-avtomobil-yonib-ketishi-oqibatida-4-kishi-kuyish-jarohati-oldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Olmazor tumanidagi  omborxonada perekis vodorod moddasi havoga sizib chiqdi

Toshkent shahar FVB Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari tomonidan ushbu holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etildi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/olmazor-tumanidagi-omborxonada-perekis-vodorod-moddasi-havoga-sizib-chiqdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…
Подписаться на канал