O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT
Tramp Rossiya bo‘yicha muhim bayonot berishini va’da qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida dushanba, 14-iyul kuni Rossiyaga oid muhim bayonot berishini va’da qildi, biroq bu bayonot nima haqida bo‘lishini ochiqlamadi.
"O‘ylashimcha, dushanba kuni Rossiya bo‘yicha muhim bayonotim bo‘ladi", — dedi prezident.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
"O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi" kitobining taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ikki jilddan iborat "O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi" kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur antologiya o‘zbek milliy jurnalistikasining shakllanish bosqichlariga doir eng muhim ma’lumotlarni qamrab oladi. Kitobdagi ma’lumotlar davr va yo‘nalishlarga qarab bir necha bo‘limlarga ajratilgan.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlandi
Shahrisabz ko‘chasining butun uzunligi (3 km) bo‘ylab (Grand Mir mehmonxonasi yonidagi aylanma yo‘ldan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha) rekonstruksiya ishlari boshlandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentning-shahrisabz-ko-chasida-rekonstruksiya-ishlari-boshlandi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Donald Tramp AQSh, NATO va Ukraina o‘rtasida Kiyevni Amerika qurollari bilan ta’minlash bo‘yicha yangi kelishuv imzolanganini e’lon qildi. Respublikachiga ko‘ra, Vashington alyansga qurol sotadi, so‘ngra ularni Ukraina Qurolli kuchlariga tarqatadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-nato-ukraina-uchun-aqshdan-qurol-sotib-oladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
“Jasorat maktablari” uchun qabul imtihonlari o’tkazildi
2025-2026 o‘quv yilida “Jasorat maktablari”ga ikki bosqichli saralash orqali 5 408 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. 2-bosqichda o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlikdan o‘tishadi. Ushbu sinovlarni o’tkazish uchun har bir maktabga 8 nafardan kam bo‘lmagan hakamlar biriktirilgan.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Bahraynda O‘zbekistonning turizm forumi: an’analar, ta’mlar va hamkorlik
Bahrayn Qirolligining poytaxtida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan rang-barang turistik forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Forsiy ko‘rfazi davlatlaridagi roud-shou doirasida o‘tkazildi va mahalliy sayyohlik tashkilotlari hamda biznes vakillari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Bashakshehir” jamoasi futbolchisiga aylandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
AGALAROV: PLYAJ UMUM FOYDALANISH UCHUN MO‘LJALLANGAN
“Ozarbayjonda yer olsangiz, qonun bo‘yicha dengiz qirg‘og‘idan 50 metrdan narida uy qurishingiz mumkin. Men yerni olganimda jamoat hududini saqlash maqsadida qurilish liniyasini dengiz qirg‘og‘idan tahminan 400-500 metr uzoqlikda o‘rnatdim. Xuddi shu konsepsiyani Chorvoq suv omborida ham qo‘llamoqchiman”, deydi Sea Breeze Resort & Residences loyihasi asoschisi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi industrial hududda joylashgan "Eman materials" korxonasida bo‘ldi
Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirib, mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Mebelsozlik tarmog‘ida mahalliylashtirish va qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha hali foydalanilmagan juda ko‘p imkoniyat borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu yerda Chilonzor tumanida tashkil etilgan "Islohotlar shtabi" faoliyati haqida axborot berildi. Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi takliflar va kutilayotgan natijalar ko‘rib chiqildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi.
Mamlakatimizda ijtimoiy davlat, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor. Ushbu qadriyatlar asosida barcha hududlarda "Inson" markazlari ochilib, mehr va ko‘mak tizimi aholiga yaqinlashtirilmoqda.
Markazda 12 toifadagi muhtoj insonlarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
Buning uchun muassasada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Murojaatlarni qabul qilish, ehtiyojni baholash, xizmatni belgilash va xizmat ko‘rsatish jarayonlari insonlarga qulay tarzda yo‘lga qo‘yilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
AQShning Los-Anjeles shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha "Summer Slam" musobaqasi bo'lib o'tmoqda
Unda milliy terma jamoa a'zosi Nafosat Koziyeva ham ishtirok etmoqda.
UCI tasnifiga kiruvchi C2 klassidagi poygalarda hamyurtimiz uchta yo'nalish bo'yicha jahonning ko'zga ko'ringan sportchilari bilan bellashdi va jahon chempionati yo'lllanmasi uchun jamg'arib boriladigan qimmatli reyting ochkolarini qo'lga kiritdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
YeK josuslikda gumon qilingan tarjimonning akkreditatsiyasini bekor qiladi
Yevropa kengashining Bryusseldagi yig‘ilishida bir ayol Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib oldi, deb yozadi Le Monde gazetasi. Tarjimon Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilinmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yek-josuslikda-gumon-qilingan-tarjimonning-akkreditatsiyasini-bekor-qiladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
UNAIDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog'liq o'limlar ko'paymoqda
Jahon hamjamiyati OIVga qarshi kurashni kuchaytirishi kerak, deydi ekspertlar. 2024-yilda dunyo bo'ylab 630 ming kishi OITSdan vafot etdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/unaids-sharqiy-yevropada-oits-bilan-bogliq-olimlar-kopaymoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zbekistonda 29 ta korxonalar ustun mavqega ega deb eʼtirof etildi
Ularga qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-29-ta-korxonalar-ustun-mavqega-ega-deb-e-tirof-etildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi
Amerika Ukrainaga artilleriya snaryadlari va mobil raketalarni yetkazib berishni tikladi, deb xabar berdi Reuters.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-ukrainaga-ayrim-turdagi-qurollarni-yetkazib-berishni-qayta-tikladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish tartibi belgilandi
Qonunga ko'ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo'yicha o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazishi kerak.
Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo'yicha xabardor qilish tartibida ro'yxatdan o'tkazish mas'ul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/fuqarolar-va-fuqaroligi-bolmagan-shaxslarni-yashash-joyi-boyicha-royxatdan-otkazish-tartib
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Zelenskiy Rossiya bilan keyingi muzokaralar shartlarini aytdi
Ukraina va Rossiyaning yetakchilar darajasidagi uchrashuviga tayyorgarlik bir qator shartlar bajarilgandan keyingina boshlanishi mumkin, dedi Vladimir Zelenskiy. Shu bilan birga, u Ukraina-Rossiya-AQSh formatini afzal ko'radi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-rossiya-bilan-keyingi-muzokaralar-shartlarini-aytdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Mustaqilligimizning 34 yilligi yuksak saviyada nishonlanadi
Qarorga ko'ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O'zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro'-e'tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.
Mustaqillikning 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan holda o'tkaziladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/mustaqilligimizning-34-yilligi-yuksak-saviyada-nishonlanadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Ulug‘bek Rashitov 2 yilga musobaqalardan chetlatildi
Xalqaro doping-test agentligi hisobotida aytilishicha, taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov so‘nggi bir yil ichida 3 bor o‘rnatilgan qoidalarni buzgan.
Shu bois, agentlik uni 2027-yil 12-mayga qadar musobaqalardan chetlatdi hamda 2025-yil 3-fevraldan buyon erishgan barcha shaxsiy natijalarini bekor qildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Ukrainani qayta qurish: Konferensiya 10 milliard yevro va'da qilmoqda
Ukrainani urushdan keyingi qayta tiklash bo‘yicha 4-xalqaro konferensiya ishtirokchilari Kiyevga 10 milliard yevrodan ortiq yordam ajratishga va’da berishdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukrainani-qayta-qurish-konferensiya-10-milliard-yevro-vada-qilmoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Abu-Dabida uchrashdi
BAA poytaxtida Armaniston bosh vaziri Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Aliyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bir qator tahlilchilar fikricha, bu Rossiyaning Janubiy Kavkazdagi ta'siri zaiflashganidan dalolatdir.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/armaniston-va-ozarbayjon-rahbarlari-abu-dabida-uchrashdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10 avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ikkinchi-mutaxassislikka-qabul-boshlandi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yevroparlament Ursula fon der Leyenga ishonch bildirdi
Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Leyenga ishonch bildirish uchun hozir bo‘lgan 553 deputatdan 360 nafari yoqlab ovoz bergan, 175 nafari qarshi, 18 nafari esa betaraf qolgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevroparlament-ursula-fon-der-leyenga-ishonch-bildirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi
Mazkur hudud Beshqo‘rg‘on va Tirsakobod mahallalari hududida joylashgan bo‘lib, 320 gektar maydonni egallagan. Kichik sanoat zonasi maqomidagi ushbu majmua Prezidentning 2023-yil 3-iyuldagi qarori asosida tashkil etilgan. Unga muvofiq, transport, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasining yaxshilangani sanoat va tadbirkorlik rivojiga zamin yaratdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar joriy etish sanasini aytdi
Mis Pentagonning eng koʻp ishlatiladigan metallaridan biri va bu ishlab chiqarish AQShga koʻchirilishi kerak, dedi Tramp.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-mis-importiga-50-foizlik-bojlar-joriy-etish-sanasini-aytdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi
"24 million qoidabuzarlik, shundan 19 milliontasi tezlik bilan bog‘liq. Bu yerda nimadir noto‘g‘ri ishlayapti. Tezlik uchun cheklov joy, vaqt va zaruratiga qarab belgilanishi kerak. Masalan, magistral yo‘l, masofa uzoq, aholi yashash punkti emas, nega 130 yurish mumkinmas?
Qizilda o‘tish, cheklangan joyda ikki karra tez yurish, avariya xavfi yaratib qasddan tartibsiz harakat… marhamat, ayovsiz jarimani bosish kerak, lekin ayrim jazolar bo‘yicha haydovchilarning ham fikri bilan qiziqish zarur”, – deya yozdi Qodirov.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/alisher-qodirov-ishlab-chiqarilganiga-25-30-yildan-oshgan-mashinalarni-iste-moldan-chiqari
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Yangi Kamolon mahallasida bo‘ldi
Yangi Kamolon mahallasida 4 ming 600 nafardan ziyod aholi yashaydi. 60 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida mahalla yoshlari ish bilan band. Bu yil hunarmandlar maskani, dala mahsulotlari va qandolatchilik do‘konlari, novvoyxona tashkil etildi, xususiy tibbiyot punkti ochildi. Natijada mahalla ishsizlikdan xoli hududga aylandi.
Shu yerda Shayxontohur tumani “Islohotlar shtabi” faoliyati to‘g‘risida axborot berildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shayxontohurda-xizmat-sohalari-drayver-bo-ladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2024-yilda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Shengen vizasi uchun 58,6 mingta ariza topshirildi
Bu o‘tgan yilga nisbatan 26,2 foizga ko‘p. Eng ko‘p ariza Germaniyaga yuborilgan (19 329 ta), ularning 78,7 foizi maʼqullangan. Eng yuqori rad etish darajasi Polshada kuzatilgan — har uchinchi ariza qabul qilinmagan. Shuningdek, Bolgariya eng oson viza olish mumkin bo‘lgan davlat sifatida qayd etilgan — u yerda viza berilish darajasi 133,4 foizni tashkil etgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/2024-yilda-o-zbekiston-fuqarolari-tomonidan-shengen-vizasi-uchun-58-6-mingta-ariza-topshir
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Toshkentda 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, aholining turmush sharoitlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishmoqda.
Bu safargi yo‘nalish Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini qamrab oldi. Ularni Bunyodkor ko‘chasi bog‘lab turadi. Ushbu markaziy ko‘chada san’at va madaniyat maskanlari, turli idoralar, ko‘p qavatli uylar, supermarket va restoranlar joylashgan. Bu salohiyatdan foydalanib, uning 1,5 kilometr qismi xizmat ko‘rsatish va gastroturizm ko‘chasiga aylantirildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/gastroturizm-bunyodkor-ko-chasining-fayzini-oshirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Orol dengizini qutqaruvchi dron ixtiro qilindi
O‘zbekistonda 7 mingdan ortiq yosh olimlarni birlashtirgan Yoshlar akademiyasi 2019-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. 2025-yilning 30-iyun kuni Xalqaro kongress markazida bo’lib o’tgan tadbirda davlat rahbari bir guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashib ularni mukofotlab, turli sohalardagi loyiha va kashfiyotlar bilan tanishgan edi. Shu kuni Prezidentga o’z loyihalarining taqdimotini o’tkazgan yoshlardan biri Sayfullo Qodirov bo’ldi.
Sayfullo Qodirov hozirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining1-bosqich tayanch doktoranti.
U 3 ta real loyiha muallif hisoblanadi.
UzReport TV lavhasida yosh olim bilan bo'lib o'tgan eksklyuziv suhbatni tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website