O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT
DXX Chegara qo‘shinlarining uchuvchisiz aviatsiya majmuasi foydalanishga topshirildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yevropaning 12 shahrida so‘nggi jazirama tufayli 2,3 ming kishi halok bo‘ldi
Britaniya olimlari hisob-kitoblariga ko'ra, iqlim o'zgarishi Yevropaning yirik shaharlarida ortiqcha issiqlik bilan bog'liq o'limni uchdan ikkiga oshirdi. So‘nggi jazirama to‘lqini qurbonlarining eng ko‘p soni Milan, Parij va Barselonada qayd etilgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropaning-12-shahrida-so-nggi-jazirama-tufayli-2-3-ming-kishi-halok-bo-ldi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Abduvali Xoliqov Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori etib tayinlandi
Bungacha Abduvali Xoliqov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash va ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig’i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
AQSh BMT maxsus ma'ruzachisiga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio BMTning Falastin hududlari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Francheska Albanezega nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e'lon qildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-bmt-maxsus-maruzachisiga-qarshi-sanksiyalar-kiritdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
ILMA qimor o‘yinlari sohasidagi qonunbuzarliklar uchun jarima miqdorlarini belgiladi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Stavkalar va o‘yinchilarning yagona davlat reyestrini yuritish tartibini tasdiqladi. Idora qimor o‘yinlarida qatnashishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatini belgiladi.
Shuningdek, nazorat organi qimor o‘yinlari, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etishdagi qoidabuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarima miqdorlarini belgiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ilma-qimor-o-yinlari-sohasidagi-qonunbuzarliklar-uchun-jarima-miqdorlarini-belgiladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro yengil tan jarohti olgan va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Ularni shifoxonga olib borishga ehtiyoj bo‘lmaganligi sababli, o‘z uylariga ruxsat berilgan, deya xabar bermoqda FVV.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston elchisi Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilhom Haydarov Turkiya Prezidenti Rejep Toyyip Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-elchisi-erdo-g-anga-ishonch-yorliqlarini-topshirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
1-avgustdan yetti mamlakat, jumladan Moldova uchun import bojlari 20 dan 30 foizgacha joriy etiladi. Braziliya uchun esa bu 50 foizni tashkil etadi, chunki Tramp sobiq prezident Bolsonaroning jinoiy javobgarlikka tortilishidan norozi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-moldova-va-yana-yetti-davlatga-bojlar-joriy-qilmoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“Xavfsiz yo‘l” milliy dasturi doirasida “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi faoliyati qayta tashkil qilinib, Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
Har bir viloyatda jamg‘armaning alohida filiallari bo‘ladi.
Bu yil jamg‘armaga barcha manbalar hisobidan 400 milliard so‘m tushishi prognoz qilingan.
Bunga qo‘shimcha, foto-video radardan byudjetga tushadigan jarimaning 25 foizi ham jamg‘arma va uning filiallariga yo‘naltiriladi.
YHXX tizimidagi yo‘l belgilari va svetofor o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizishga masʼul korxonalar ham viloyatga o‘tkaziladi.
Jamg‘armaning faoliyati shaffof bo‘ladi, unga viloyat YHXB va yo‘l boshqarmasi boshliqlari, jamoatchilik vakillari kiradi.
Bundan buyon ushbu jamg‘arma mablag‘lari birinchi galda avariya o‘choqlari bo‘lgan xavfli uchastkalarni tartibga solishga yo‘naltiriladi (yo‘lni ajratuvchi to‘siqlar, yo‘l belgilari, yoritgichlar o‘rnatish, piyoda yo‘laklari tashkil qilish, chorrahalarni raqamlashtirish).
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident: Afsuski, har to‘rtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak
Joriy yilning olti oyida 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligicha qolmoqda.
Og‘ir oqibatli avariyalar keskin kamaygan tumanlar ko‘p. Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, Yangiobod, To‘raqo‘rg‘on, Oqqo‘rg‘on, Sayxunobod, Buloqboshi, Ulug‘nor, Bandixon tumanlari va Ohangaron, Shirin, Nurafshon, Xonobod shaharlarida vaziyat yaxshilanib, birorta o‘lim bo‘lmadi.
Lekin Qiziltepa, Uychi, Paxtachi, Chust, Toyloq, Urgut, Shovot, Pastdarg‘om, Yakkabog‘, Qo‘shko‘pir, Xonqa, Denov, Peshku, Beruniy, Olmazor, Bektemir tumanlarida teskari vaziyat.
Soha uchun masʼullarga bizda har 100 ming aholiga o‘lim bilan bog‘liq avariyalar soni Hamdo‘stlik davlatlari ichida eng pastligi xotirjamlikka berilish uchun sabab emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oxirgi 7 yilda yo‘llarni qurish va taʼmirlashga 61 trillion so‘m ajratildi
Prezident raisligida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi. O‘zbekistonda o‘tgan oyda haydovchilarga berilgan qator yengilliklar sanab o'tildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/oxirgi-7-yilda-yo-llarni-qurish-va-ta-mirlashga-61-trillion-so-m-ajratildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ikkilamchi bozorda yonilg'ida harakatlanuvchi avtomobillar narxi ko'tarila boshlagan bo'lsa, elektromobillar narxi pasaymoqda
Joriy yilning iyun oyiga kelib, mahalliy ommabop avtomobillarning o'rtacha narxida may oyidagiga nisbatan biroz ko'tarilish kuzatildi.
Mahalliy lyuks avtomobillar orasida o'rtacha va kam foydalanilgan "Equinox" hamda o'rtacha foydalanilgan "Malibu" narxlari arzonlashgan bo'lsa, kam foydalanilgan "Equinox" va barcha turdagi "Tracker"larning narxi qimmatlashdi. Mazkur davrda BYD "E2" dan boshqa elektomobillar narxi pasaydi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ikkilamchi-bozorda-yonilgida-harakatlanuvchi-avtomobillar-narxi-kotarila-boshlagan-bolsa-e
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berishni o‘ylamoqda
Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi Qo‘shma Shtatlar tomonidan Jo Bayden davrida kelishilganidan tashqari Kiyevga topshirilgan birinchi yirik qurol tizimi bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/wsj-tramp-kiyevga-yana-bir-patriot-tizimini-berishni-o-ylamoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Pulli avtomobil yo‘llarini barpo etishning huquqiy asoslari yaratilmoqda
Endilikda kommunikatsiya tarmoqlarini qurganlar yo‘llarning avvalgi holatini tiklash xarajatlarini qoplashi shart bo‘ladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilingan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun loyihasida so‘z boradi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi.
Qonun tashabbuskorlariga ko‘ra, amaldagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun 20 yil avval qabul qilingan. Bu esa umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi tirbandlikni kamaytirish hamda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish masalalarini tartibga solish imkonini bermayabdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkentda ko‘chalardan biri bir oyga transport harakati uchun yopildi
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Yangi O‘zbekiston bog‘i manzilida yerosti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda va qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan 2025 yil 9-avgust kuniga qadar Yangi O‘zbekiston ko‘chasining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) Yangi O‘zbekiston bog‘iga tutash qismidan avtoulovlar harakati to‘xtatiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-ko-chalardan-biri-bir-oyga-transport-harakati-uchun-yopildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi FIFA reytingida yuqoriladi
FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oʻrnidan ikki pogʻona yuqorilab, 55-oʻrindan joy oldi. Shuningdek, milliy jamoamiz Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinni band etgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/o-zbekiston-milliy-futbol-terma-jamoasi-fifa-reytingida-yuqoriladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Veolia Energy Toshkentda quvur yorilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplab beradi
Aniqlanishicha, ushbu holat rejaviy tadbir asosida o‘tkazilgan kommunal tarmoqdagi issiq suv tarmog‘ini bosim ostida tekshirish jarayonida yuzaga kelgan.
Hozirda issiqlik suv quvuridagi ushbu hodisa kommunal-texnik avariya-tiklash brigadasi kuch va vositalari bilan bartaraf etilib, nosozlik oqibatlarini tugatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/veolia-energy-toshkentda-quvur-yorilishi-tufayli-yetkazilgan-zararni-qoplab-beradi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Endilikda 4 va 5 qavatli uylarga lift qo‘yiladi
O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 4 va 5 qavatli turar-joy binolarini lift bilan jihozlash bo‘yicha maxsus dastur ustida ish olib bormoqda. Bu loyiha yillar davomida ko‘plab fuqarolar uchun dolzarb bo‘lib kelgan muammoni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yozning chillasida odamlar metro faoliyatidan mamnunmi?
Toshkent metrosidan har kuni 1 millionga yaqin inson foydanalanadi. Metro juda qulay transport. Oxirgi 2 yilda metro liniyalari ham ko‘paydi. Bugun A nuqtadan B nuqtaga faqat yer osti emas, yer usti metrosida ham yetib olishimiz mumkin. Ammo shu kunlarda havo juda issiq.
Xo‘sh, mana shunday issiq ob-havoda metro odamlarga qanchalik qulay? Metro vagonlarining barchasida sovitgichlar bomi? Yo‘lovchilar metro faoliyatidan mamnunmi?
UzReport TV muxbiri shu mavzuda odamlar fikri bilan qiziqdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yevropa Ittifoqi urush bo'lgan taqdirda asosiy xom ashyoni zaxiralashga chaqirdi
Dengiz osti kabellarining gumon qilingan sabotaji Yevropa xavfsizlik tizimidagi zaifliklarni ochib beradi. Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda kabellarni avariyaviy ta’mirlash to‘plamlari va xomashyo zaxirasini saqlashni tavsiya qildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-urush-bolgan-taqdirda-asosiy-xom-ashyoni-zaxiralashga-chaqirdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent shahridagi Farobiy ko‘chasida yer ostidagi quvur portladi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, bugun 11:00 larda Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Farobiy ko‘chasi hududidan o‘tuvchi dastlabki taxminlarga ko‘ra diametri 800 mm suv quvirida kuchli bosim ostida yorilish hodisasi yuzaga kelgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Turizm forumi: Quvayt sayohatchilari O’zbekistonga jalb qilinmoqda
Quvayt davlatida Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Quvaytdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan "O‘zbekiston – Quvayt" xalqaro turizm forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir turizm sohasidagi ikki tomonlama muloqotni mustahkamlash, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini arab davlatlarida targ‘ib qilish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun muhim maydonga aylandi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezidentga Toshkent qiyofasini yaxshilashga qaratilgan "yechimlar atlasi" taqdim etildi
“Yechimlar atlasi” Bosh rejaning mantiqiy davomi bo‘lib, unda shaharning tashqi qiyofasi, ko‘chalar muhiti bo‘yicha umumiy talablar qayd etilgan. Bu katalog-ma’lumotnoma qurilmalarni loyihalashtirish, o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalarini qamrab olgan beshta kitobdan iborat. Har bir qismda jamoat joylarini tashkillashtirish va obodonlashtirish, binolarning tashqi qismini yagona me’moriy qiyofaga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Masalan, hozirgi standart bo‘yicha yo‘llarni qurish va ta’mirlash qatnov qismining “qizil chizig‘i”gacha bajariladi. Rivojlangan shaharlar tajribasida bu ko‘chaning ikki tarafidagi binodan binogacha tamoyilida amalga oshiriladi. Shunda oraliqda qarovsiz joy qolmay, yo‘l bo‘yi yaxlit va mutanosib obodonlashtiriladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezidentga-toshkent-qiyofasini-yaxshilashga-qaratilgan-yechimlar-atlasi-taqdim-etildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali avariyalarni kamaytirish bo‘yicha “Xavfsiz yo‘l” milliy dasturi boshlanishini eʼlon qildi
Qayerda hokim va YHXX birgalikda yo‘l infratuzilmasi bilan jiddiy shug‘ullansa, o‘sha yerda o‘zgarish kuzatilayotgani qayd etildi.
Misol uchun, Chustdan o‘tgan D-105 Farg‘ona halqa yo‘lining 6 kilometriga muhofaza to‘siqlari o‘rnatilgani uchun bu yil o‘lim bilan bog‘liq avariya bo‘lmadi (ilgari bu yo‘lda yiliga 10 nafar odam vafot etardi).
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llar holati o‘rganildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘tgan yili 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan
Davlat rahbari sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalar ko‘pligini qayd etdi. Mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalari oqibatidagi zarar yalpi ichki mahsulotga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizni tashkil qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tgan yili 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu mudhish hodisalarda qariyb 9 ming fuqaro jarohat olgan.
Eng achinarlisi, avariyalar tufayli 2 ming 203 nafar odam halok bo‘lgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
CNN: Xegset Oq uyni xabardor qilmasdan Ukraina Qurolli kuchlariga yordam berishni to'xtatdi
CNN xabariga koʻra, Pentagon rahbari AQSh maʼmuriyatining boshqa aʼzolariga xabar bermasdan, Ukrainaga qurol yetkazib berishni toʻxtatishga qaror qilgan. Xususan, Kellog va Rubio bu haqda OAVdan bilishgan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/cnn-xegset-oq-uyni-xabardor-qilmasdan-ukraina-qurolli-kuchlariga-yordam-berishni-toxtatdi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Litvadan O‘zbekistonga ilk marta ekstraditsiya amalga oshirildi
Litva Respublikasidan Interpol kanallari orqali qidirilayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi. Bu Interpol Toshkent va Vilnyus Milliy markaziy byurolari o‘rtasida ekstraditsiya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning ilk tajribasidir.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/litvadan-o-zbekistonga-ilk-marta-ekstraditsiya-amalga-oshirildic
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yarim yilda O'zbekiston xorijga 311 ming tonna meva eksport qildi
O'zbekistonda 2025-yil yanvar-iyun oylarida 311 ming tonna, ya'ni 368,6 mln dollarlik meva eksport qilindi. Bu 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 43 foizga ko'p.
Bu haqda UzReport TV da jonli efirga uzatilgan brifingda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari O'g'iloy Boltaboyeva ma'lum qildi.
YouTubeda videoni ko'rish: https://youtube.com/live/16noQYKlU0E?feature=share
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Tramp mis importiga 50 foizlik tarifni e'lon qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp savdo mojarosini kengaytirib, mis importiga 50 foizlik bojlar joriy etish va tibbiy dori-darmonlarga tariflarni oshirish bilan tahdid qilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-mis-importiga-50-foizlik-tarifni-elon-qildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O'zbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga kompleks tayyorlanadi
“2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo'lib o'tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2025-yildan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” sport musobaqalari shaklida o'tkazib borish tizimi yo'lga qo'yiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozbekiston-sportchilari-olimpiya-va-paralimpiya-oyinlariga-kompleks-tayyorlanadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube