uzreport_uz | Неотсортированное

Telegram-канал uzreport_uz - UzReport.news

99981

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT

Подписаться на канал

UzReport.news

Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Fransiyaning Marsel shahridagi o‘rmon yong‘inlari 400 kishini evakuatsiya qilishga va aeroportni yopishga majbur qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ispaniya-va-fransiyada-o-rmon-yong-inlari-avj-oldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi muammolar yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

Unda qayd etilishicha, 2019-yildan buyon mobil qurilmalarni IMEI-kodi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyoti joriy etilgan, 2024-yildan esa ularni O‘zbekistonga olib kirishda majburiy deklaratsiya to‘ldirish talab etiladi. Agar deklaratsiya to‘ldirilmasa, qurilmani UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida to‘lov belgilangan.

So‘nggi paytlarda mazkur jarayondagi muammolar ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, uzimei.uz, my.gov.uz saytlari va “BIRDA” ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati cheklangani tufayli ayrim hollarda xizmat haqi sunʼiy oshirilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/imei-kodlarni-ro-yxatdan-o-tkazishdagi-muammolar-yuzasidan-senator-so-rovi-yuborildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Abdulla Qodiriyning "O’tkan kunlar" romani koreys tiliga tarjima qilindi

O‘zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani koreys tiliga tarjima qilindi. Shu munosabat bilan Seul shahrida kitob taqdimotiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Asar tarjimasi Kemyong universiteti professori Kim Chung Sun tomonidan amalga oshirilgan. Tarjimon kitobni tarjima qilish va uni nashr etish jarayoni uchun 2,5 yil vaqt sarflagan.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Bloomberg: Xitoy Rossiyaga Ukrainadagi urush uchun dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda yordam bermoqda

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yil boshidan beri Xitoyning eng yirik dron ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Autel Robotics Xabarovskdagi Rossiyaning Aero-HIT zavodiga uskunalar yetkazib bermoqda. Mazkur korxona davlat tomonidan moliyalashtiriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bloomberg-xitoy-rossiyaga-ukrainadagi-urush-uchun-dronlarni-ommaviy-ishlab-chiqarishni-yo-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mln nafarga yetmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37 859 698 kishini tashkil etgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonning-doimiy-aholisi-soni-qariyb-38-mln-nafarga-yetmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatda turganlarning farzandlari maktabga qabul qilinmayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/vaqtinchalik-ro-yxatda-turgan-fuqarolarning-farzandlarini-maktabga-qabul-qilishda-cheklovl

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda $1,11 mlrdga kamaydi

1-iyul holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati $48,55 mlrdni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan $1,11 mlrdga yoki 2,24% ga kamdir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/o-zbekistonning-oltin-valyuta-zaxiralari-bir-oyda-1-11-mlrdga-kamaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Andijonda fuqaro tomonidan pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi mutasaddilar o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan, Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev oilasi bilan uchrashdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/andijonda-fuqaro-tomonidan-pichoqlanib-vafot-etgan-profilaktika-inspektori-jasorat-medali-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Yevropa Ittifoqi Ukraina byudjetiga 19 milliard yevro ajratmoqchi

Yevropa Ittifoqida Rossiya va Ukraina oʻrtasida tezda oʻt ochishni toʻxtatishga boʻlgan umidlar zaiflashgani sababli ular Kiyevga 2026 yilgi byudjetdagi kamomadini qoplashda yordam berish imkoniyatini qidirmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-ukraina-byudjetiga-19-milliard-yevro-ajratmoqchi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

O'zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to'liq tasarruf etiladi. "Yashil" loyihalar to'g'risidagi ma'lumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/issiqxona-gazlarining-chiqarilishi-cheklanadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimi tubdan isloh qilinadi

Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urug‘liklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qishloq-xo-jaligi-ekinlari-urug-liklarining-sifatini-baholash-tizimi-tubdan-isloh-qilinadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

AQSh “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhini terrorchilar sifatida qarashni to‘xtatdi

Donald Tramp ma’muriyati “Hayat Tahrir ash-Sham” guruhini xorijiy terrorchilik tashkiloti ro‘yxatidan olib tashladi. Bu qaror Vashington Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-hayat-tahrir-ash-shom-guruhini-terrorchilar-sifatida-qarashni-to-xtatdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 9–11 iyul kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonning-5-ta-viloyatida-sel-xavfi-e-lon-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Netanyaxu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qildi

Isroil bosh vaziri Oq uyda kechki ziyofat chog‘ida “AQSh prezidenti bir mamlakatda, bir mintaqada birin-ketin tinchlik o‘rnatmoqda”, dedi. Donald Tramp G‘azoda tezda o‘t ochishni to‘xtatishni istashini ochiq aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/netanyaxu-tramp-nomzodini-tinchlik-bo-yicha-nobel-mukofotiga-taklif-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Muhammadali O‘rinboyev Yevropa klubida to‘p suradi

Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning «Royyal Antverpen» klubi futbolchisiga aylandi. «Buyuk qariyalar» «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/20-yoshli-o-zbekistonlik-futbolchi-muhammadali-o-rinboyev-yevropa-klubida-to-p-suradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

UzTest ilmiy sinov va sifat nazorati markazi Buxoro filialida 400 mln so‘mlik uskunalar o‘g‘irlangan

Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 ta sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yo‘qolib qolgani aytilmoqda. Agentlik rahbariyati esa bu ma’lumotlarga hozirgacha munosabat bildirgani yo‘q.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/uztest-ilmiy-sinov-va-sifat-nazorati-markazi-buxoro-filialida-400-mln-so-mlik-uskunalar-o-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi "uzoq vaqtga" kechiktirildi

AQSh va Isroilning zarbalari Eronning yadroviy dasturini bir necha oyga kechiktirishi mumkin. Boyitilgan uranning bir qismi hamon Eronda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/fransiya-razvedkasi-eronning-yadroviy-dasturi-uzoq-vaqtga-kechiktirildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Futbol bo‘yicha U20 Jahon chempionatiga O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qilishi mumkin

FIFA 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha U20 Jahon chempionati mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi. O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/futbol-bo-yicha-u20-jahon-chempionatiga-o-zbekiston-va-ozarbayjon-mezbonlik-qilishi-mumkin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.

Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga  muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallada jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi

Davlat rahbari ta’lim va malaka dasturlarini zamonaviy xavf-xatarlarga moslashtirish, xodimlarning jangovar va ruhiy shayligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Ichki ishlar tizimi prokuratura va boshqa huquq-tartibot idoralari bilan uzviy ish olib bormoqda. Xususan, respublikadagi kriminogen vaziyat kundalik tahlil qilinib, manzilli nazorat tadbirlari o‘tkazilyapti. Har bir jinoyatning sabablari o‘rganilib, qayta takrorlanmasligi choralari ko‘rilmoqda. Muqaddam sudlangan yoki ma’muriy nazoratdagi insonlarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashilmoqda.

Huquq-tartibot idoralari ishining o‘zaro muvofiqligi va tezkorligi kuchaytirib, qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash, jinoyatchilikni keskin kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi. Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik va qonun ustuvorligi iqtisodiyot rivoji, aholi farovonligining muhim sharti ekani ta’kidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

BMT Bosh Assambleyasi "Tolibon" siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani maʼqulladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan Afg‘onistondagi vaziyatga oid rezolyutsiyani ma’qulladi, unda bu davlatni boshqarayotgan radikal "Tolibon" harakati keskin tanqid qilingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-bosh-assambleyasi-tolibon-siyosatini-keskin-qoralovchi-rezolyutsiyani-ma-qulladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Reuters: Xitoy Yevropa Ittifoqi missiyasi chog‘ida Germaniya harbiy samolyotini nishonga oldi

Germaniya Tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, Xitoy harbiylari Qizil dengizda Yevropa Ittifoqining Aspides nomli operatsiyasida ishtirok etayotgan Germaniya samolyotini lazer bilan nishonga olgan. Mazkur operatsiyaning maqsadi fuqarolik kemalarini Yaman husiylarining hujumlaridan himoya qilish hisoblanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/reuters-xitoy-yevropa-ittifoqi-missiyasi-chog-ida-germaniya-harbiysamolyotini-nishonga-old

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

O‘zbekistonda 11 iyuldan boshlab ingliz tili darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikat – IELTS uchun qog‘ozda imtihon topshirish amaliyoti to‘xtatilmoqda.

Qayd etish kerakki, mazkur o‘zgarish O‘zbekistonda bungacha qog‘ozda topshirilgan IELTS javoblari internetga sizdirilishi fonida yuz bermoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/11-iyuldan-ielts-imtihonini-qog-ozda-topshirish-bekor-qilinadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-rossiya-yetakchilari-savdo-iqtisodiy-hamkorlikni-yanada-kengaytirish-masala

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 100 dan oshdi

Birgina Kerr okrugida suv toshqini qurbonlari soni 84 kishiga yetdi, ulardan 28 nafari bolalar, dedi sherif idorasi. Yana 17 kishi qo‘shni tumanlarda halok bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/texasdagi-suv-toshqini-qurbonlari-soni-100-dan-oshdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov Serbiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik protokol rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekistonning-serbiyadagi-birinchi-elchisi-tayinlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

“Green University”da Iqlim rezidensiyasining ochilishi va birinchi magistrlar bitiruv marosimi nishonlandi

“Green University” va Kolumbiya universitetining Barqaror rivojlanish markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum ham imzolandi. Ushbu hujjat iqlim siyosati, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohalarida yaqin akademik va tadqiqot hamkorligiga zamin yaratadi. Bu hamkorlik O‘zbekistonda "Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili" doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mintaqadagi ilmiy va ta’lim salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/green-universityda-iqlim-rezidensiyasining-ochilishi-va-birinchi-magistrlar-bitiruv-marosi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Chet elda 3 oydan ko‘p bo‘lganlar OIVga majburiy tekshiriladi

Uzluksiz to‘qson kun va undan ortiq muddat davomida chet elda bo‘lib qaytgan o‘n sakkiz yoshdan oltmish yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikamizga kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Tegishli qonun deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekistonning tashqi qarzi $4,3 mlrdga o‘sib, $68,4 mlrdga yetdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi qarzi $4 mlrddan oshdi. Bu haqda Markaziy bankning mamlakat to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va tashqi qarziga bag‘ishlangan sharhida keltirilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/o-zbekistonning-tashqi-qarzi-4-3-mlrdga-o-sib-68-4-mlrdga-yetdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

UzReport.news

Axios: Isroil Eronga ehtimoliy yangi hujumga tayyorlanmoqda

Isroil Eron yadroviy dasturini qayta tiklashga urinsa, unga qarshi yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda. Netanyaxu atrofidagilar Tramp bunday hujumni “muayyan sharoitlarda” qo‘llab-quvvatlashi mumkinligiga ishonmoqda, deb yozadi Axios.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/axios-isroil-eronga-ehtimoliy-yangi-hujumga-tayyorlanmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал