Ахборот 24 | Представители СМИ Узбекистана ознакомились с деятельностью китайской компании «Longi» — mtrk.uz
Веб-сайт ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 Информационная служба АО «НЭС Узбекистана»
Ахборот 24 | Хитойнинг яшил энергетика бўйича «Longi» компанияси фаолияти — mtrk.uz
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
Факт 24 | Қуёш энергиясида ишлайдиган иссиқхона — mtrk.uz
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
✔️HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALARNING TURLARI
⏺ Infraqizil nurli turi — ushbu harakatni ilg‘ovchi moslamalar issiqlik nurlarini (ifraqizil) tahlil qiladi.
⏺ Ultratovushli turi — ushbu moslamalar tovush to‘lqinlarini tahlil qiladi. U ovoz to‘lqinlarni tarqatadi va ikkinchi bo‘lmasi orqali qaytayotgan signallarni dopler effekti bo‘yicha tahlil qilib, xotirasida atrof-muhitning shartli shaklini hosil qiladi. Agar muayyan shaklda, yaʼni hududda o‘zgarish sezilsa, qaytayotgan to‘lqin orqali signal berilib, uskuna ishlashini taʼminlaydi.
⏺ Radioto‘lqinli turi — tomografik va mikroto‘lqinli moslamalar ham ultratovushlilari kabi ishlaydi. Yagona farqi shundaki, ular tovushlarni emas, radioto‘lqinlarni tahlil qiladi. Radioto‘lqin nometall bo‘lgan jismlardan o‘ta oladi va kattaroq hududni nazorat qila oladi.
❗️Bunday uskunalar hozirda birmuncha arzon, kengroq hududlar nazorat qilishda samarali foydalanilsa — elektr energiyasini tejash bilan birga o‘ziga xos sezgir himoya tizimini yaratadi.
⬇️ Davomi
💠 Ushbu ko‘rsatkich Rossiya Federatsiyasi va Yevropa davlatlarida 2023-yil mobaynida 50-60% gacha o‘sishi taxmin etilgandi. Shu bilan birga, harakatni ilg‘ovchi bunday sensorli moslamalar xonadonlarda yoritish tizimlarini va energiya (elektr, sovuq va issiq suv, isitish tizimlari) isteʼmol qiluvchi qurilmalarni avtomatlashtirishda samarali foydalaniladi.
🎛 Bu qurilmalar ish prinsipi hamda turi bo‘yicha: infraqizil, ultratovush, fotoelektrik (yorug‘lik), mikroto‘lqinlar, tomografik (radioto‘lqin) va boshqa tasniflardan iborat. Harakatni ilg‘ovchi moslamalar to‘lqinlarni tarqatish va qabul qilingan to‘lqinlarni tahlil qilishiga ko‘ra aktiv, passiv va kombinatsiyalangan moslamalarga toifalanadi.
⬇️ Davomi
📊 Energetika, shaharsozlik, uy-joy kommunal tizimiga, sanoat korxonalaridan tortib kichik va o‘rta biznes obyektlariga raqamli dasturlar asosida ishlaydigan uskuna va jihozlar kirib kelmas ekan — energiya tejamkorligi va samaradorligi borasidagi harakatlarimiz teshik tog‘orada suv tashigan bilan barobar.
💡 Dastavval cho‘g‘lanma lampalardan tamoman voz kechib, zamonaviy tejamkor lampalarni harakat va yorug‘likni ilg‘ovchi sensorli qurilmalar bilan boyitib borishimiz kerak. Ko‘p quvvat talab etadigan suv nasoslari va boshqa elektr dvigatel qurilmalarini zamonaviy va ixcham, eng muhimi, kam quvvat talab qiladigan qurilmalarga almashtirish, shaharsozlik masalalari va urbanizatsiya muammolariga zamonaviy dasturlarni tatbiq etish — bugungi kunning muhim vazifalari sanaladi.
🔌 Bino-inshootlarning isitish tizimi tomonidan elektr energetika zimmasiga tushayotgan yukni kamaytirish, pirovardida bundan voz kechishga erishish — eng og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda.
⬇️ Davomi
✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini kuzatib boring!
1️⃣ «PREZIDENT QARORLARI — HAYOTDA VA NAZORATDA» rukni
2️⃣ «YANGILIKLAR» rukni
3️⃣ «OAV VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH» rukni
4️⃣ «MUROJAATLAR» rukni
5️⃣ «QIZIQARLI XABARLAR» rukni
6️⃣ «BO‘SH ISH O‘RINLARI» rukni
7️⃣ «YOSHLAR SIYOSATI» rukni
8️⃣ «TENDERLAR» rukni
9️⃣ «E'LONLAR» rukni
🔟 «ASOSIY ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI» rukni
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
#таҳлил
Хитойга пресс-тур доирасида «STATE GRID CORPORATION OF CHINA» корпорациясига келдик.
Бу ерда бизни қизиқтирган йўналишларнинг яна бири хитойликларнинг энергия тежамкорлигига интилиши ҳамда аҳоли учун нархлар масаласи бўлди.
Корпорациядагиларнинг айтишича, нархлар табақалаштирилган тарифга биноан шакллантирилган. Масалан, Пекинда бир кВт•соат электр энергияси ярим юань туради. Бу бугунги курс билан ҳисоблаганда, 867 сўм деганидир. Бир ойда ҳар бир истеъмолчи учун 240 кВт•соат электр энергияси шу нархда етказиб берилади.
Кейинги босқич 241 кВт•соатдан 400 кВт•соатгача. Бунда бир кВт•соат учун 0,64 юань - 1110 сўмдан тўланади.
Учинчи босқичда эса ҳар бир кВт•соат электр энергияси истеъмоли учун 0,89 юань, яъни 1543 сўмдан ҳисоб-китоб қилинади.
Айтайлик, бир ойда ўртача 300 АҚШ доллари даромад қиладиган оила 500 кВт•соат электр энергияси истеъмоли учун топганининг 16 фоизини тўлашига тўғри келади.
Бошқача айтганда, бизда 500 кВт•соат учун 147 минг 500 сўм тўланса, Хитойда бу «ҳашамат» бизнинг пулга 771 минг 630 сўмга тушади.
Бир ойда ўртача даромади бизникига тенг оила биздан кўра 5,23 баравар кўп пул тўлайди-ю, тежамкорлик қилмасинми?!
📱 @press_secretary_minenergy
Ахборот 24 | Uzbek media representatives became familiar with Chinese energy companies
Veb-site ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 Information service of JSC «NEG of Uzbekistan»
Ахборот 24 | Пресс-тур в Китай для ознакомления с энергетическими компаниями Пекина — mtrk.uz
Веб-сайт ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 Информационная служба АО «НЭС Узбекистана»
Пресс-тур: ОАВ вакиллари Пекин шаҳрида Хитой энергетика компаниялари фаолияти билан танишишмоқда
Хитой Халқ Республикаси энергетика тизими, унда қўлланилаётган илғор технологиялар ҳамда рақамлаштириш жараёни билан танишиш мақсадида юртимиздаги қатор оммавий ахборот воситалари вакиллари, журналистлар ва блогерларнинг мазкур мамлакат энергетика компанияларига пресс-тури ташкил қилинди.
Бугун, 1 февраль куни пресс-тур қатнашчилари “China Energy Engineering Corporation” компаниясининг Пекин шаҳридаги бош офисида бўлишиб, ушбу халқаро компания фаолияти билан яқиндан танишишди.
Мазкур компания 2011 йили ташкил этилган бўлиб, унда 120 минг нафар ишчи-ходимлар фаолият юритади. Унинг умумий активлари 154 млрд АҚШ долларига тенг бўлиб, электр энергетикаси бўйича дунёнинг барча қитъасидаги 140 дан ортиқ давлатларда лойиҳаларни амалга ошириб келмоқда. Айтиш жоизки, ҳозиргача компания томонидан ушбу йўналишда умумий 1060 ГВт қувватга эга 300 дан зиёд лойиҳалар ишга туширилган.
Пресс-тур чоғида иштирокчилар компаниянинг электр станцияларини лойиҳалаштириш, қуриш ҳамда уларга сервис хизмати кўрсатиш сингари йўналишлардаги тажрибалари билан танишдилар. Иссиқлик электр станциялари ва гидроэлектростанция сингари анъанавий электр станциялари билан бир қаторда, қуёш фотоэлектр станцияси, шамол фотоэлектр станцияси ва атом электр станцияси сингари «яшил» энергетика манбаларини қуриш ҳамда сақлаб туриш борасидаги имкониятлари тўғрисида батафсил маълумотга эга бўлдилар. Шунингдек, компаниянинг юртимизга инвестиция киритиш борасидаги фаолияти тўғрисида ҳам ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олдилар.
Мазкур компания юртимизда қайта тикланувчи энергия манбалари соҳасида умумий қиймати 2 млрд 450 млн долларга тенг лойиҳаларини амалга оширмоқда.
Хусусан, Сирдарё вилоятида барпо этилаётган замонавий иссиқлик электр станцияси қурилишида пудратчи сифатида иштирок этаётган бўлса, Каттақўрғон туманида тўғридан-тўғри инвестиция ҳисобига қўмир ёқилғисида ишлайдиган (табиий газни тежаш учун) замонавий, энергия самарадор цемент заводини барпо этди.
Компания Қашқадарё ва Бухоро вилоятларида ҳар бирининг қуввати 500 МВтдан бўлган 2 та қуёш фотоэлектр станциясини барпо қилмоқда.
2023 йил 27 декабрь куни ушбу электр станцияларнинг дастлабки қувватлари умумий тармоққа уланди ва ҳозирги кунда Ўзбекистон энергетика тармоғига экологик тоза “яшил” энергия етказиб беряпти.
Бундан ташқари, Навоий вилоятида қуввати 600 МВт бўлган гибрид электр станциясини (қуёш, шамол ва электр энергиясини сақлаш тизими) қуриш лойиҳасини амалга оширмоқда.
Шу билан бирга, Тошкент, Фарғона, Андижон ҳамда Наманган вилоятлари ҳудудида 8 та электр энергиясини сақлаш тизимларини қуриш лойиҳаси рўёбга чиқариляпти.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
💠 СМИ: «Франция. Стоимость электроэнергии на 10%...»
«Тарифный щит» покрывал половину расходов потребителей на электроэнергию. Тем не менее предыдущий рос тарифов на 10% фиксировался 1 августа 2023 года.
▶️ Подробно
Веб-сайт ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 Информационная служба АО «НЭС Узбекистана»
✅ Tog‘li hududlardan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlar oldini olish maqsadida tashkil etilgan va tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.
🛠 Misol uchun, Kitob tumanining Taxta qoracha dovoni hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-520 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘ining favqulodda o‘chishini oldini olish maqsadida «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo liniyalar xizmati xodimlari tomonidan navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar, sovuq ob-havo sharoiti oqibatlari bartaraf etildi.
✍️ «Qashqadaryo MET» filiali
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
⏺ Fotoelektrli turi — ushbu moslamalar yorug‘lik nurlaridan taʼsirlanish orqali ishlaydi. Aniqrog‘i, ular ikkita sensordan tashkil topgan bo‘lib, biri yorug‘lik chiqaradi va ikkinchisi qabul qiladi. Qabul qiluvchi uskuna yorug‘likni elektr tokiga aylantirib, relelarga ulash yoki uzish signallarini beradi. Bunga misol tariqasida metropolitendagi nazorat o‘tish to‘siqlarida mavjud turniketlarning ochilishida signal beruvchi moslama fotoelektrik turiga mansubligini eslatib o‘tish kifoya.
➕ Va nihoyat, eng muhimi, fotoelektrik turdagi harakatni ilg‘ovchi moslamalardan ko‘cha yoritish tizimlarida keng foydalanish — energiya va mehnat resurslarini tejashga olib keladi. Bu esa, yuqorida taʼkidlanganidek, isteʼmol madaniyatining yuksak namunasidir.
▶️ Batafsil
📌 Maqola @energomenejer telegram mesenjeridagi maʼlumotlar asosida yaratildi.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
✔️ HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALARNING ISH PRINSIPLARI
⏺ PASSIV — bu harakatni ilg‘ovchi infraqizil moslamalar (PIR) bo‘lib, ular foydalaniladigan bunday moslamalarning taxminan yarmini tashkil etadi;
⏺ AKTIV — ultratovushli, mikroto‘lqinli va tomografik harakatni ilg‘ovchi moslamalar ham mavjud bo‘lib, ular amalda qo‘llanayotgan ushbu moslamalarning taxminan qolgan yarmini to‘ldiradi.
➕ Bundan tashqari, kombinatsiyalangan, yaʼni ham fotoelektrik, infraqizil to‘lqinlar orqali harakatni ilg‘ovchi moslamalar mavjud va hozirda keng tarqalgan.
🛠 Har bir turdagi harakatni ilg‘ovchi moslamalarning dasturiy ishida ixtirochilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar uchraydi va ular vaqti-vaqti bilan yolg‘on (soxta) signallar berib turishi ehtimoldan xoli emas. Bu kabi nuqsonlarni bartaraf etish uchun ishlab chiqaruvchilar kombinatsiyalangan (fotoelektrik va infraqizil) moslamalardan foydalaniladi, ammo bu narsa o‘z o‘rnida moslamaning sezgirligi darajasini kamaytirishi mumkin.
⬇️ Davomi
Eʼtiboringizga mutaxassis Sarvar Qurbonov tomonidan yuritiladigan @energomenejer telegram kanalida eʼlon qilingan «Harakat datchiklari» deb nomlangan maʼlumotlarni tahrir etilgan shaklda taqdim etamiz.
Keling, dastavval harakatni ilg‘ovchi moslamalarning texnik ko‘rsatkichlari bilan tanishsak:
⏺ Harakat sensori — signal uzatuvchi, jism harakatlanishini qayd qiluvchi, atrof-muhitni nazorat qilish yoki biror bir jarayonni avtomatlashtirishda foydalaniladi;
⏺ Harakat detektori — qo‘riqlash tizimlarini, xavf signallarini ishga tushirish va kameralar ish hududiga kirgan harakatni aniqlash uchun foydalaniladi.
🧮 Ayni kunlarda xonadon va ofislarda bunday harakat sensori moslamalaridan foydalanishning ommalashuv ko‘rsatkichi taxminan 30–35% ga oshishi kutilmoqda. Bunga sabab oddiy — energiya resurslaridan oqilona foydalanish va ularga sarflanadigan mablag‘lar miqdorini tejash, shuningdek, qo‘riqlash xizmatlari tizimini yana-da takomillashtirishdan iborat.
⬇️ Davomi
✅ ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI SARI ENG ARZON VA OSON YO‘L — HARAKAT VA YORUG‘LIKNI ILG‘OVCHI MOSLAMALAR
⚡️Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi — bu energoresurslardan foydalanishdan tiyilish, isteʼmol hajmini cheklash emas, aksincha, tejamkorlik va samaradorlik yosh avlodga bolalik davridanoq o‘rgatilishi lozim bo‘lgan isteʼmol madaniyatining yuksak namunalaridan biri ekanligi haqida avvalgi tahliliy maqolalarimizda o‘z fikr-mulohazalarimizni bayon qilgan edik.
❗️Qimmatbaho energoresurslardan maqsadli foydalanish nafaqat xonadon yoki sanoat korxonalarida, balki shaharsozlik loyihalarida ham o‘z aksini topishi zarur. Ayniqsa yoritish tizimida zamonaviy uskuna va moslamalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shunda mamlakatimizda shartli ravishda mavsumiy tarzda yuzaga keladigan energiya tanqisligi muammolariga maʼlum maʼnoda yechim topish mumkin bo‘ladi.
⬇️ Davomi
📣 AZIZ FUQAROLAR, HURMATLI ISTE'MOLCHILAR!
❗️Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti, bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma’lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Ma'lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.
❗️ E'tiborli bo‘ling!
📑 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son «Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroridan:
📎 2-bob, 15-band: Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, shu jumladan … , shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:
a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
b) ... elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish;
v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;
g) ... ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish;
d) axlatxonalarni joylashtirish;
e) ... yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.
📌 3-bob. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish
13. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan korxonalar tomonidan muhofaza qilinadi.
14. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi:
a) elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab — chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni bo‘ylab (havo elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagi) quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi ko‘rinishida kuchlanishi:
⚡️ 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metr;
⚡️ 110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metr;
⚡️ 220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metr;
⚡️ 500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metr.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!
‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/
‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660
‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208
‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
‖ VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: /channel/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish: /channel/+qCweNscaSEhlNGM6
📨 Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
📩 E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
☎️ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Ахборот 24 | ОАВ вакиллари Хитой энергетика компаниялари фаолияти билан танишмоқда — mtrk.uz
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
Jurnalistlar Sian shahrida “LONGi” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
Bugun ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar “LONGi” kompaniyasining Sian shahrida joylashgan bosh ofisida ham bo‘lishdi.
U yerda kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Asosan, quyosh panellarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mazkur yirik kompaniya 2000-yilda tashkil topgan. 2022-yilda kompaniyaning operasion daromadi salkam 18,6 mlrd dollarni tashkil etgan.
Kompaniya Xitoy, Vyetnam va Malayziya kabi mamlakatlarda ishlab chiqarish bazalari hamda AQSH, Yaponiya, Germaniya, Hindiston, Avstraliya, BAA, Tailand va boshqa davlatlardagi filiallari bilan dunyoning 150 dan ortiq mamlakat hamda mintaqasida faoliyat yuritib keladi.
“LONGi” quyosh panellari bozorida yirik kompaniya sifatida eng kuchli brendlar qatoriga kiradi va u ketma-ket uch yil davomida quyosh modullarini katta hajmda yetkazib berish bilan yetakchilik qilib keladi.
Mazkur kompaniya O‘zbekistonda ham bir qator “yashil” energetika loyihalarida qatnashib kelmoqda.
Misol uchun, Xitoyning “China Gezhouba Group” kompaniyasi tomonidan Nishon va Qorovulbozor tumanlarida barpo etilayotgan, har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari uchun quyosh panellarini yetkazib bermoqda.
Ahamiyatlisi, 2023-yil 27-dekabr kuni ushbu ikkita fotoelektr stansiyasining dastlabki quvvatlari umumiy energetika tarmog‘iga ulandi hamda hozirgi kunga qadar iste’molchilarga ekologik toza, “yashil”energiya yetkazib bermoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ахборот 24 | Муқобил энергиядан фойдаланиш оммалашмоқда — mtrk.uz
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini kuzatib boring!
1️⃣ «PREZIDENT QARORLARI — HAYOTDA VA NAZORATDA» rukni
2️⃣ «YANGILIKLAR» rukni
3️⃣ «OAV VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH» rukni
4️⃣ «MUROJAATLAR» rukni
5️⃣ «QIZIQARLI XABARLAR» rukni
6️⃣ «BO‘SH ISH O‘RINLARI» rukni
7️⃣ «YOSHLAR SIYOSATI» rukni
8️⃣ «TENDERLAR» rukni
9️⃣ «E'LONLAR» rukni
🔟 «ASOSIY ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI» rukni
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
✅ Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi!
🗓 Bugun, 2024-yil 1-fevral kuni soat 15:00 da «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan video konferens aloqa orqali suhbat o‘tkazdi:
1️⃣ Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhiga iqtisodchi;
2️⃣ Elektr energiyasining xususiy ishlab chiqaruvchilari bilan ishlash bo'limi yetakchi mutaxassis lavozimi.
📌 E’lon berilgan edi:
👉 Veb-sayt sahifalarida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.
📞 71-236-6615.
👉 Onlayn rezyume
📎 Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
✅ «O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!
‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/
‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660
‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208
‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
‖ VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: /channel/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish: /channel/+qCweNscaSEhlNGM6
📨 Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
📩 E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
☎️ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati