✔️ Бугун 220/110/10 кВ кучланишли “Сарой” подстанциясида 125 МВА қувватга эга иккинчи трансформатор ишга туширилди
📊 Аввал хабар берганимиздек, 2023 йилнинг ноябрь ойида 220/110/10 кВ кучланишли “Сарой” подстанциясига 1 дона 125 МВА қувватга эга (биринчи босқич) автотрансформатор ўрнатилиб, ишга туширилган эди.
🗓 Бугун, 2024 йил 20 сентябрь куни фойдаланишга қуриб топширилган янги “Сарой” подстанциясида қурилиш-монтаж ишлари (иккинчи босқич) якунланиб, 125 МВА қувватга эга иккинчи трансформатор ишга туширилди.
⚡️ Айни пайтда янги қурилган подстанциянинг умумий қуввати 250 МВАга тенг. Амалга оширилган ишлар натижасида Андижон вилоятининг Бўстон, Улуғнор, Балиқчи ва Шаҳрихон туманлари истеъмолчилари электр таъминоти ишончлилиги оширилди.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
✔️ Magistral elektr tarmoqlarida mavsumga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda
🛠 Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
📸 E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida olib borayotgan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan. Jumladan, mutaxassislar Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi elektr tarmoqlariga qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar o‘rnatib, temir-beton tayanch ustunlarining ostini mustahkamlash ishlarini bajarishmoqda. Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich trosslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
⏺ Fotoelektrli turi — ushbu moslamalar yorug‘lik nurlaridan taʼsirlanish orqali ishlaydi. Aniqrog‘i, ular ikkita sensordan tashkil topgan bo‘lib, biri yorug‘lik chiqaradi va ikkinchisi qabul qiladi. Qabul qiluvchi uskuna yorug‘likni elektr tokiga aylantirib, relelarga ulash yoki uzish signallarini beradi. Bunga misol tariqasida metropolitendagi nazorat o‘tish to‘siqlarida mavjud turniketlarning ochilishida signal beruvchi moslama fotoelektrik turiga mansubligini eslatib o‘tish kifoya.
➕ Va nihoyat, eng muhimi, fotoelektrik turdagi harakatni ilg‘ovchi moslamalardan ko‘cha yoritish tizimlarida keng foydalanish — energiya va mehnat resurslarini tejashga olib keladi. Bu esa, yuqorida taʼkidlanganidek, isteʼmol madaniyatining yuksak namunasidir.
▶️ Batafsil
📌 Maqola @energomenejer telegram mesenjeridagi maʼlumotlar asosida yaratildi.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
✔️ HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALARNING ISH PRINSIPLARI
⏺ PASSIV — bu harakatni ilg‘ovchi infraqizil moslamalar (PIR) bo‘lib, ular foydalaniladigan bunday moslamalarning taxminan yarmini tashkil etadi;
⏺ AKTIV — ultratovushli, mikroto‘lqinli va tomografik harakatni ilg‘ovchi moslamalar ham mavjud bo‘lib, ular amalda qo‘llanayotgan ushbu moslamalarning taxminan qolgan yarmini to‘ldiradi.
➕ Bundan tashqari, kombinatsiyalangan, yaʼni ham fotoelektrik, infraqizil to‘lqinlar orqali harakatni ilg‘ovchi moslamalar mavjud va hozirda keng tarqalgan.
🛠 Har bir turdagi harakatni ilg‘ovchi moslamalarning dasturiy ishida ixtirochilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar uchraydi va ular vaqti-vaqti bilan yolg‘on (soxta) signallar berib turishi ehtimoldan xoli emas. Bu kabi nuqsonlarni bartaraf etish uchun ishlab chiqaruvchilar kombinatsiyalangan (fotoelektrik va infraqizil) moslamalardan foydalaniladi, ammo bu narsa o‘z o‘rnida moslamaning sezgirligi darajasini kamaytirishi mumkin.
⬇️ Davomi
Eʼtiboringizga mutaxassis Sarvar Qurbonov tomonidan yuritiladigan @energomenejer telegram kanalida eʼlon qilingan «Harakat datchiklari» deb nomlangan maʼlumotlarni tahrir etilgan shaklda taqdim etamiz.
Keling, dastavval harakatni ilg‘ovchi moslamalarning texnik ko‘rsatkichlari bilan tanishsak:
⏺ Harakat sensori — signal uzatuvchi, jism harakatlanishini qayd qiluvchi, atrof-muhitni nazorat qilish yoki biror bir jarayonni avtomatlashtirishda foydalaniladi;
⏺ Harakat detektori — qo‘riqlash tizimlarini, xavf signallarini ishga tushirish va kameralar ish hududiga kirgan harakatni aniqlash uchun foydalaniladi.
🧮 Ayni kunlarda xonadon va ofislarda bunday harakat sensori moslamalaridan foydalanishning ommalashuv ko‘rsatkichi taxminan 30–35% ga oshishi kutilmoqda. Bunga sabab oddiy — energiya resurslaridan oqilona foydalanish va ularga sarflanadigan mablag‘lar miqdorini tejash, shuningdek, qo‘riqlash xizmatlari tizimini yana-da takomillashtirishdan iborat.
⬇️ Davomi
✅ ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI SARI ENG ARZON VA OSON YO‘L — HARAKAT VA YORUG‘LIKNI ILG‘OVCHI MOSLAMALAR
⚡️Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi — bu energoresurslardan foydalanishdan tiyilish, isteʼmol hajmini cheklash emas, aksincha, tejamkorlik va samaradorlik yosh avlodga bolalik davridanoq o‘rgatilishi lozim bo‘lgan isteʼmol madaniyatining yuksak namunalaridan biri ekanligi haqida avvalgi tahliliy maqolalarimizda o‘z fikr-mulohazalarimizni bayon qilgan edik.
❗️Qimmatbaho energoresurslardan maqsadli foydalanish nafaqat xonadon yoki sanoat korxonalarida, balki shaharsozlik loyihalarida ham o‘z aksini topishi zarur. Ayniqsa yoritish tizimida zamonaviy uskuna va moslamalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shunda mamlakatimizda shartli ravishda mavsumiy tarzda yuzaga keladigan energiya tanqisligi muammolariga maʼlum maʼnoda yechim topish mumkin bo‘ladi.
⬇️ Davomi
💬 Жорий йил 1 октябрга қадар 1 дона куч трансформатори ва 222,4 километр узунликдаги 110–220–500 киловольт кучланишли ҳаво электр узатиш тармоқларида мукаммал таъмирлаш ишлари бажарилади
Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда "Ўзбекистон миллий электр тармоқлари"АЖ ахборот хизмати раҳбари Улуғбек Урунов маълум қилди.
🟢 2023 йилда содир бўлган авариявий ўчишлардан, йўл қўйилган камчиликлардан хулоса чиқарган ҳолда, тракт ҳосил қилувчи
220–500 киловольт кучланишли электр узатиш ҳаво тармоқлари тўлиқ кўрикдан ўтказилди.
🟢Аниқланган камчиликларни бартараф этиш бўйича барча чоралар кўрилди. Барча юқори кучланишли подстанция ҳамда магистрал электр узатиш тармоқларига масъул ходимлар бириктирилган.
🟢Куз-қиш мавсумида электр қурималарини барқарор ишлашини таъминлаш мақсадида умумий қуввати 736 мегавольт•ампер бўлган 9 дона куч трансформатори ва 848 километрдан зиёд узунликдаги 110–500 киловольт кучланишли ҳаво электр узатиш тармоқлари, 31 дона ўчиргич ва 4 дона компрессор қурилмасини мукаммал таъмирлаш режалаштирилди.
🟢2024 йил 10 сентябрь ҳолатига режага асосан 625,8 километр (74 фоиз) узунликдаги электр тармоқлари ва 8 дона трансформатор (89 фоиз),
32 дона ўчиргич (103 фоиз), 4 дона компрессор қурилмаси (100 фоиз) мукаммал таъмирланди.
🟢 Подстанциялар ва электр узатиш тармоқларининг ишончли ишлашини таъминлаш мақсадида 150 тонна трансформатор мойи, 1000 килограмм техник пластина, 23 дона металл таянч, 26 дона темир-бетон таянч, 10000 та изолятор, 12 та турли қувватдаги трансформатор, 35 тонна турли русумли симлар, иккиламчи занжир учун 10 километр кабель маҳсулотлари захираси яратилди.
🟢 Инвестиция дастури доирасида 2024 йил давомида барча молиялаштириш манбалари ҳисобидан 430,6 млн доллар маблағ ўзлаштирилиб (ҳозирги пайтда 196,6 млн. АҚШ доллари ҳисобидаги маблағлар ўзлаштирилган, яъни шу ҳажмдаги ишлар бажарилган), 10 та инвестиция лойиҳасини фойдаланишга топшириш натижасида 595 километр узунликда 220–500 киловольт кучланишли электр узатиш тармоқлари ва жами 2798 мегавольт•ампер ўтказувчанлик қуввати яратилади.
🟢Жумладан, 1877 мегавольт•ампер қувватга эга 4 та янги подстанцияси қурилади ҳамда подстанцияларни модернизация қилиш ҳисобидан 921 мегавольт•ампер қўшимча қувват яратилади.
✍️ Батафсил
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
🌇 2024/2025 йил куз-қиш мавсумига тайёргарлик: магистрал электр тармоқлари ҳамда юқори кучланишли подстанцияларда олиб борилаётган ишлар
АОКАда "Ўзбекистон миллий электр тармоқлари"АЖ ахборот хизмати раҳбари Улуғбек Урунов иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди.
Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:
🎥 Брифинг
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini kuzatib boring!
1️⃣ «PREZIDENT QARORLARI — HAYOTDA VA NAZORATDA» rukni
2️⃣ «YANGILIKLAR» rukni
3️⃣ «OAV VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH» rukni
4️⃣ «MUROJAATLAR» rukni
5️⃣ «QIZIQARLI XABARLAR» rukni
6️⃣ «BO‘SH ISH O‘RINLARI» rukni
7️⃣ «YOSHLAR SIYOSATI» rukni
8️⃣ «TENDERLAR» rukni
9️⃣ «E'LONLAR» rukni
🔟 «ASOSIY ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARI» rukni
Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Youtube
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev investorlarni 5 yo‘nalishda mamlakatimiz bilan hamkorlikka chorladi:
1. “Yashil” energetika;
2. Bank-moliya sohasi;
3. Foydali qazilmalar;
4. Mamlakatning IT transformatsiyasi;
5. Transport infratuzilmasini rivojlantirish.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fakt 24 | «Microsoft» va «Brookfield» o'rtasida yashil energetika sohasida 10,5 GVtlik bitim imzolandi
#uzbekiston24 — mtrk.uz
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
🖥 «Toshkent» telekanali
✔️ 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda olib borilayotgan ishlar xususida — mtrk.uz
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Maxsus reportaj | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va energiya resurslaridan oqilona foydalanish choralari — mtrk.uz
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
✔️HARAKATNI ILG‘OVCHI MOSLAMALARNING TURLARI
⏺ Infraqizil nurli turi — ushbu harakatni ilg‘ovchi moslamalar issiqlik nurlarini (ifraqizil) tahlil qiladi.
⏺ Ultratovushli turi — ushbu moslamalar tovush to‘lqinlarini tahlil qiladi. U ovoz to‘lqinlarni tarqatadi va ikkinchi bo‘lmasi orqali qaytayotgan signallarni dopler effekti bo‘yicha tahlil qilib, xotirasida atrof-muhitning shartli shaklini hosil qiladi. Agar muayyan shaklda, yaʼni hududda o‘zgarish sezilsa, qaytayotgan to‘lqin orqali signal berilib, uskuna ishlashini taʼminlaydi.
⏺ Radioto‘lqinli turi — tomografik va mikroto‘lqinli moslamalar ham ultratovushlilari kabi ishlaydi. Yagona farqi shundaki, ular tovushlarni emas, radioto‘lqinlarni tahlil qiladi. Radioto‘lqin nometall bo‘lgan jismlardan o‘ta oladi va kattaroq hududni nazorat qila oladi.
❗️Bunday uskunalar hozirda birmuncha arzon, kengroq hududlar nazorat qilishda samarali foydalanilsa — elektr energiyasini tejash bilan birga o‘ziga xos sezgir himoya tizimini yaratadi.
⬇️ Davomi
💠 Ushbu ko‘rsatkich Rossiya Federatsiyasi va Yevropa davlatlarida 2023-yil mobaynida 50-60% gacha o‘sishi taxmin etilgandi. Shu bilan birga, harakatni ilg‘ovchi bunday sensorli moslamalar xonadonlarda yoritish tizimlarini va energiya (elektr, sovuq va issiq suv, isitish tizimlari) isteʼmol qiluvchi qurilmalarni avtomatlashtirishda samarali foydalaniladi.
🎛 Bu qurilmalar ish prinsipi hamda turi bo‘yicha: infraqizil, ultratovush, fotoelektrik (yorug‘lik), mikroto‘lqinlar, tomografik (radioto‘lqin) va boshqa tasniflardan iborat. Harakatni ilg‘ovchi moslamalar to‘lqinlarni tarqatish va qabul qilingan to‘lqinlarni tahlil qilishiga ko‘ra aktiv, passiv va kombinatsiyalangan moslamalarga toifalanadi.
⬇️ Davomi
📊 Energetika, shaharsozlik, uy-joy kommunal tizimiga, sanoat korxonalaridan tortib kichik va o‘rta biznes obyektlariga raqamli dasturlar asosida ishlaydigan uskuna va jihozlar kirib kelmas ekan — energiya tejamkorligi va samaradorligi borasidagi harakatlarimiz teshik tog‘orada suv tashigan bilan barobar.
💡 Dastavval cho‘g‘lanma lampalardan tamoman voz kechib, zamonaviy tejamkor lampalarni harakat va yorug‘likni ilg‘ovchi sensorli qurilmalar bilan boyitib borishimiz kerak. Ko‘p quvvat talab etadigan suv nasoslari va boshqa elektr dvigatel qurilmalarini zamonaviy va ixcham, eng muhimi, kam quvvat talab qiladigan qurilmalarga almashtirish, shaharsozlik masalalari va urbanizatsiya muammolariga zamonaviy dasturlarni tatbiq etish — bugungi kunning muhim vazifalari sanaladi.
🔌 Bino-inshootlarning isitish tizimi tomonidan elektr energetika zimmasiga tushayotgan yukni kamaytirish, pirovardida bundan voz kechishga erishish — eng og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda.
⬇️ Davomi
Maxsus reportaj | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va energiya tejamkorlik — mtrk.uz
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Axborot 24 | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — mtrk.uz
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/5616
✔️ 2024/2025 йил куз-қиш мавсумига тайёргарлик: Магистрал электр тармоқлари ҳамда юқори кучланишли подстанцияларда олиб борилаётган ишлар хусусида ҳисобот
“Ўзбекистон миллий электр тармоқлари” акциядорлик жамияти томонидан 110, 220, 500 киловольт кучланишли 89 та подстанция ҳамда узунлиги 12 250 километр магистрал электр тармоқлари эксплуатация қилинади.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Иқтисодиёт тармоқлари, ижтимоий ва энергетика соҳаси объектлари ҳамда кўп квартирали уй-жой фондини 2024/2025 йиллар куз-қиш даврида барқарор ишлашга тайёрлашни таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида” 2024 йил 6 июлдаги 388/22-сон Қарори ижроси юзасидан “Ўзбекистон миллий электр тармоқлари” акциядорлик жамиятида 2024/2025 йиллар куз-қиш мавсумида электр қурилмаларини барқарор ишлашига тайёрлаш тўғрисида чора-тадбирлар режаси ишлаб чиқилган.
2023 йилда содир бўлган авариявий ўчишлардан, йўл қўйилган камчиликлардан хулоса чиқарган ҳолда, тракт ҳосил қилувчи 220–500 киловольт кучланишли электр узатиш ҳаво тармоқлари тўлиқ кўрикдан ўтказилди. Аниқланган камчиликларни бартараф этиш бўйича барча чоралар кўрилди. Барча юқори кучланишли подстанция ҳамда магистрал электр узатиш тармоқларига масъул ходимлар бириктирилган.
Куз-қиш мавсумида электр қурималарини барқарор ишлашини таъминлаш мақсадида умумий қуввати ...
▶️ Батафсил
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
🛎 «Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
📢 20 сентябрь, жума куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:
😉😉😉😉😉
⚫️Мавзу: 2024/2025 йил куз-қиш мавсумига тайёргарлик: магистрал электр тармоқлари ҳамда юқори кучланишли подстанцияларда олиб борилаётган ишлар
⚫️Вақти: 10:00
⚫️Иштирок этади: Улуғбек Урунов, "Ўзбекистон миллий электр тармоқлари"АЖ ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉
⚫️Мавзу: “Давлат дастуридаги мактаб ўқувчиларини ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган чора-тадбирлар ижроси
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Даврон Жуманазаров, Миллий гвардия ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉
Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
✅ «O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!
‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/
‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660
‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208
‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg
‖ VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: /channel/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish: /channel/+qCweNscaSEhlNGM6
📨 Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
📩 E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
☎️ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545
🛎 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati