O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasini ishlab chiqishda BMT vakillari va boshqa nufuzli xalqaro ekspertlar jalb etiladi
Qatar davlatining Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi vasiylik kengashi raisi doktor Ali bin Fetais Al-Marri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Markaz o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish masalalari, hamkorlik yo‘nalishlari, qo‘shma dasturlar istiqbollari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Muhokamalar yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasini ishlab chiqishda hamkorlik qilish, xususan, mazkur yo‘nalishda BMT vakillari va sohadagi nufuzli ekspertlarni tizimli jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5733
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ishlar tahlil qilinib, muhim vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-yanvar kuni uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Aholiga munosib sharoitlar yaratish, hayot sifatini taminlash maqsadida bu sohalarda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili hududlarda mingdan ortiq infratuzilma inshooti, 2 mingga yaqin ko‘p qavatli uy-joy barpo etildi. Avtomobil yo‘llari, suv va issiqlik tarmoqlari qurildi. Transport xizmati uchun yangi avtobus va samolyotlar olib kelindi.
Shu bilan birga, qurilish sohasiga zamonaviy standartlarni joriy qilish va sifatini ta’minlash borasida kamchiliklar ko‘p.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5731
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
"Yashil energetika”ni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarning oldini olish va zararli oqibatlarni kamaytirish maqsadida aholini elektromobillarga o‘tishini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida "Yashil energetika”ni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarning oldini olish va zararli oqibatlarni kamaytirish maqsadida aholini elektromobillarga o‘tishini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinishi qayd etildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5730
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2023-yil: Xalqaro reytinglar
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5728
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 91 mlrd AQSH dollariga yetdi
Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1 066,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha 90,9 mlrd AQSH dollariga teng.
Yalpi ichki mahsulot hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 6 % ga o‘sgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5726
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Gidroizolyatsiya
Gidrotexnika qurilishida gidroizolyatsiya gidrotexnika inshootlarining elementlaridan (to‘g‘onlarning ponurlar va ekranlari, bosimli suv o‘tkazgichlar va rezervuarlarning beton va temir beton devorlari va h.k.) suv o‘tkazmasligini taʼminlash, shuningdek, beton, temir-beton va temir konstruksiyalarni agressiv suvlar taʼsirida yemirilishdan himoyalash uchun qo‘llaniladi.
Gidroizolyatsiya tuzilishiga ko‘ra asfalt, mineral va plastmassa materiallardan yasaladi. Gidroizolyatsiya vositalari bo‘yoqli (qaynoq va sovuq), suvoqli (qaynoq va sovuq), yelimli, quyma, to‘kma, shimdiriladigan, inyeksiyali va o‘rnatiladigan bo‘ladi.
Gidroizolyatsiya turi va tuzilishi loyihada belgilanadi, gidroizolyatsion bo‘yoqlar, mumlar, qorishmalarning tarkiblari laboratoriyada aniqlanadi. Gidroizolyatsiya ishlarini amaldagi standartlarga muvofiq bajarish lozim.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5722
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“To‘polang GES” unitar korxonasiga bir guruh talaba-yoshlar hamda maktab o‘quvchilari tashrif buyurdilar
“To‘polang GES” unitar korxonasiga Termiz muhandislik-texnologiya instituti Energetika va konchilik ishi fakultetining bir guruh talabalari hamda Sariosiyo tumani Gulobod mahallasida joylashgan 68-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining 9-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida gidroenergetika sohasiga qiziqqan va intiluvchan yoshlarga To‘polang GESda elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati, korxonaning energetik quvvati, To‘polang suv omborining mamlakat va viloyat energetika tizimida tutgan o‘rni va ahamiyati, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari haqida soha mutaxassislaridan kerakli maʼlumotlar va tushunchalar berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5718
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Andijon suv ombori filialida xodimlar uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5710
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5711
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga samarali uchrashuvlar va erishilgan kelishuvlarga boy bo‘lgan davlat tashrifi o‘z yakuniga yetdi.
Davlatimiz rahbari 24-yanvar kuni Pekin shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. So‘ng yetakchilar Qo‘shma bayonot qabul qildilar, ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
Tashrifning birinchi kunida ushbu mamlakat Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan va Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Chjao Letszi bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, CNPC va CITIC korporatsiyalari, Xitoy Eksport-import banki rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5708
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Jizzax viloyatida elektromobillar ishlab chiqarishga start berdi
Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahrida Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi.
Ushbu kompaniya zamonaviy innovatsion avtomobillar va yangi avlod akkumulator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global peshqadamdir.
Tashrif chog‘ida kompaniya yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma, avtomobillar va boshqa turdagi texnikalarning ishlab chiqarilayotgan va istiqbolli modellari, kompaniyaning yangi texnologiyalari va ilg‘or ishlanmalari namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5706
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning “SANY” kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik rejalarini ko‘rib chiqdi
Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahrida “SANY” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Syan Venboni qabul qildi.
“SANY” shamol turbinalarini ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi 10 ta kompaniya qatoriga kiradi. Shamol energetikasi qurilmalarini ishlab chiqarish va sotishga, shamol elektr stansiyalarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va boshqarishga ixtisoslashgan.
Uchrashuvda kompaniyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol elektr stansiyasini barpo etish, shamol turbinalarining butlovchi qismlarini, qurilish va og‘ir yuk texnikasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi loyihalarni amalga oshirish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5703
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Guandun muzofoti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun keng imkoniyatlarni qayd etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni Shenchjen shahrida Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Guandun – Xitoyning eng rivojlangan hududlaridan bo‘lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizini shakllantiradi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qiladi. Muzofot O‘zbekiston hududlarining eng yirik iqtisodiy sherigidir.
Uchrashuvda muzofot bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Kuni kecha XXR Raisi Si Szinpin bilan sermahsul muzokaralar o‘tkazilgani, ular doirasida hududlararo aloqalarni yanada kengaytirish masalasi qo‘llab-quvvatlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5701
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Shahrixon GESlar kaskadi” filialida GES-5A va GES-6A stansiyalaridagi eski zatvorlar o‘rniga yangi tayyorlangan zatvorlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5655
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Jamiyat va tizim korxonalari hisobchi va iqtisodchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-amaliy vebinar o‘tkazildi
Bugun, 18-yanvar kuni “Oʻzbekgidroenergo” AJ va tizim korxonalari hisobchi va iqtisodchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-amaliy vebinar o‘tkazildi.
Tadbirda quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
1. 2023-yil 25-sentabrdagi “O‘zbekgidroenergo” AJ va uning tizim korxonalarida inventarizatsiyani o‘tkazish to‘g’risidagi 76-son buyruq ijrosini ta’minlash bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi hamda 1C dasturi yuritilishi;
2. Yil yakuni bilan taqdim etiladigan soliq hisobotlari hamda 2024-yilda soliq siyosatiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirishlar;
3. Moliyalashtirish va pul oqimlarini maqsadli ishlatilishi;
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5653
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5732
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2023-yil: Xalqaro reytinglar
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Malakali va bilimli kadrlar – natijadorlik va samaradorlik garovi!
“Samarqand GESlar kaskadi” unitar korxonasining bir guruh ishchi-xodimlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tasarrufidagi Samarqand arxitektura-qurilish texnikumida hozirgi zamonaviy dual ta’lim tizimi asosida 2,5 yillik ta’lim olishdi.
Ta’limning yakuniy imtihonlari esa amaliyot bilan nazariy bilimlarini bog‘lagan holda “Samarqand GESlar kaskadi” unitar korxonasida o‘rnatilgan tartibda tashkil etildi.
Imtihon komissiyasi tomonidan bitiruvchi-xodimlarning ham nazariy, ham amaliy bilimlari sinovdan о‘tkazilib, yaxshi baholarga baholandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5729
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi loyihasiga doir
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 497-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son qarorlari asosida “Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 75,3 mln.doll.ga teng bo‘lib, shundan 60 mln.doll. – davlat kafolati ostidagi kredit, 5,8 mln.doll. – O‘zbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishidagi ulushi, 9,5 mln.doll. – “O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z mablag‘larini tashkil etadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5727
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5723
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Bojxona tizimida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish hamda inson omilini qisqartirish maqsadida bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishning avtomatlashtirilgan tizimlari joriy etildi. Xususan, 12 ta (jami 35 ta) yangi axborot tizimlari (“Yuk operatsiyalari”, “Bojxona ko‘rigi”, “Avia API/PNR”, “E-Navbat”, “Shaffof tizim”, “Bojxona xodimi”, “Samaradorlik”, “Bojxona qiymati”, “Targetlash va xavflarni boshqarish” “Transport nazorati”, “Korrupsiyaviy xavflarni boshqarish”, “E-hujjat” va b.) 13 ta yangi elektron xizmat (jami 43 ta), 6 ta mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5721
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Korporativ g‘aznachilikni boshqarish tizimi
Bugungi kunda aksariyat korporativ tashkilotlar o‘zlarining g‘aznachilik boshqaruv tizimiga ega emaslar va hanuzgacha g‘aznachilik operatsiyalarini elektron jadvallarga tayangan holda yuritib boradilar. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat ko‘p vaqt sarflanishiga, balki ish unumdorligining pasayishiga ham olib kelmoqda.
G‘aznachilik boshqaruv tizimini joriy etish, eng avvalo, g‘aznachilik faoliyatini samarali tizimlashtirish, moliyaviy risklarni boshqarish hamda pul mablag‘larini maqsadli sarflanishini nazorat qilishni taʼminlash va tashkilot faoliyatini soddalashtirishga zamin yaratadi. Shuningdek, tashkilotning uzoq muddatga xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5717
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“RusGidro” OAJ: Saratov GESning ishlab chiqarish quvvatlari 12 MVtga oshirildi
Saratov GESning o‘rnatilgan quvvati 12 MVtga oshirildi va 1457 MVtga yetkazildi. Bu “RusGidro” OAJning GESlarni kompleks modernizatsiya qilish dasturi ijrosi doirasida 2- va 17-sonli gidroagregatlarning turbinalarini almashtirilishi natijasida amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda Saratov GESda barcha gidravlik agregatlardagi generatorlar va 24 ta gidravlik turbinadan 19 tasi almashtirildi. 11- va 15-sonli gidravlik agregatlarda gidravlik turbinalarni almashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Gidro turbinalarni yangilash loyihasi va kerakli hujjatlarni qayta ishlash tartibi tugagandan so‘ng, Saratov GESning o‘rnatilgan quvvati 10% ga oshadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5716
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Buyuk Britaniyaning xotin-qizlar ishlari bo‘yicha vaziri bilan gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish borasida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) tomonidan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar va ijtimoiy sheriklik” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib turibdi.
Taʼkidlash joiz, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi aloqalarda yuqori darajadagi siyosiy va diplomatik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuv uchun salmoqli salohiyat mavjud.
Shu nuqtai nazardan tashrifning birinchi kuni Senat Raisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5709
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ delegatsiyasi nufuzli “Power China” energetik kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Bugun, 25-yanvar kuni Xitoy davlatiga xizmat safari dasturi doirasida Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligidagi “O‘zbekgidroenergo” AJ delegatsiyasi vakillari nufuzli “Power China” energetik kompaniyasi hamda uning tizimidagi “Huadong Engineering” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir davomidagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlik doirasida istiqbolli loyihalar ustida ishlash, asosiy hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish, zaruriy jihoz va qurilmalarni yetkazish, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5707
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“CSG” kompaniyasi bilan birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shenchjen shahriga tashrifi doirasidagi navbatdagi uchrashuv “CSG” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Men Chjenpin bilan bo‘ldi.
Xitoyning elektr tarmoqlari sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri “CSG” tarmoqlarni qurish va boshqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 60 milliard dollarni tashkil etadi.
Uchrashuvda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoy kompaniyasi ishtirokida loyihalashtirish va injiniring bo‘yicha zamonaviy tizimlarni, energetik xavfsizlikni ta’minlash va energiya tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha yuksak standartlarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5705
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi
Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan birgalikda Shenchjen shahrida o‘tayotgan qo‘shma Investitsiya forumida ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari o‘tgan yil may oyida Xitoyga davlat tashrifi doirasida ham ushbu mamlakat ishbilarmon, moliya va investitsiya doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi. O‘shanda erishilgan muhim kelishuvlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni yanada kengaytirdi.
Bugungi investitsiya forumi samarali muloqotning davomi bo‘lib, ikki mamlakat idoralari va hududlari rahbarlarini, Xitoy yirik biznesining 600 nafardan ziyod vakilini to‘pladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5702
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5700
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi” UKda sel-toshqin mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida muhandislar tomonidan joriy tekshirish ishlari olib borilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5654
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda davlat siyosati
Tadbirkorlik subyektlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda bildirilgan fikrlar hamda keng jamoatchilikning takliflari chuqur tahlil qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:
– yashirin iqtisodiyot ko‘lamini keskin qisqartirish orqali mamlakatda sog‘lom raqobat va xususiy biznesni rivojlantirish;
– yashirin iqtisodiyot shakllanishining turli sxemalari, xufiyona ishlab chiqarish va noqonuniy moliyaviy oqimlarga barham berish orqali iqtisodiy barqarorlikni va aholi faravonligini taʼminlash;
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5652
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube