“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5651
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Quyi Chotqol GES obyektidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O`zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi 3 ta GESdan iborat “Ugam kichik GESlar kaskadi” qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
Xabaringiz bor, Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida quvvati 4,8 MVtga teng “Ugam kichik GESlar kaskadi” qurilish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun, 17-yanvar kuni “O`zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug`ani Sanginov 3 ta GESdan iborat “Ugam kichik GESlar kaskadi” qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5648
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2023-yil yakuni bilan Jamiyat va uning tarkibidagi tizim korxonalariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida maʼlumot
Jamiyat ijro apparati va uning tarkibidagi tizim korxonalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida muayyan ishlar amalga oshirilib borilmoqda.
O‘tgan 2023-yil davomida Jamiyat ijro apparati va tizim korxonalariga jami 472 ta murojaatlar (o‘tgan yilga nisbatan 38 taga kamaygan), shundan 44 ta (9,3%) og‘zaki, 130 ta (27,5%) yozma, 298 ta (63,1%) elektron shaklda kelib tushgan.
Murojaatlar ijrosi to‘liq nazoratga olinib, 212 tasi (44,9%) qanoatlantirildi, 251 tasi (53,2%) tegishli tartibda tushuntirildi, 7 tasi (1,5%) boshqa idoralarga yuborildi, 1 tasi (0,2%) o‘rganish jarayonida, 1 tasi (0,2%) anonim deb topildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5646
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun “2024-yil – tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili” bo‘ladi
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida joriy yil yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 6 foizga ko‘paytirib, 100 milliard dollarga yetkazish lozimligi, bu boradagi vazifalar, zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari buning uchun, avvalo, eng katta islohotchi bo‘lgan iqtisodiy kompleks xodimlari juda qattiq ishlashi kerakligini ta’kidladi.
Masalan, umumiy sanoat hajmi o‘sgani bilan, ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat 40 foizdan oshmayapti. Bular asosan importga qaramlik, energiya iste’moli yuqoriligi va ortiqcha xarajatlar ko‘pligi sababli bo‘lmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5644
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-yanvar kuni 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
2023-yilda mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qildi. Jumladan, sanoat 6, xizmat ko‘rsatish 6,8, qurilish 6,4, qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz o‘sgan.
Bu yil yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 6 foizga ko‘paytirib, 100 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Yig‘ilishda shu boradagi vazifalar, zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari buning uchun, avvalo, eng katta islohotchi bo‘lgan iqtisodiy kompleks xodimlari juda qattiq ishlashi kerakligini ta’kidladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5642
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Andijon GES” UK hamda Andijon suv ombori filialida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJ “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh. Karatayev hamda bosh mutaxassis A. To‘rayev tomonidan tizim korxonalari – “Andijon GES” UK hamda Andijon suv ombori filialida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, ishchi-xodimlarga yaratilgan mehnat va ijtimoiy shart-sharoitlar o‘rganilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5640
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Geologiya sohasidagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni geologiya sohasida qilingan ishlar va kelgusi rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Mamlakatimizning o‘sib borayotgan iqtisodiyotini resurslar bilan ta’minlashda geologiya strategik ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda bu sohaga yiliga 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, zarur sharoitlar yaratilmoqda. Buning natijasida 31 ming kvadrat kilometr yangi hududlar o‘rganildi.
Xususiy sektor uchun yaratilgan imkoniyatlar evaziga noruda konlarga investorlar jalb qilindi. Bugungi kunda sohada 1 milliard 700 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Lekin sohada hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. Konlar va ularni o‘zlashtirish ko‘lamini kengaytirish mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5638
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichi qo‘shimcha 30 mlrd.kVt.soatga oshirilib, jami 100 mlrd.kVt.soatga yetkaziladi
24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash hamda "Yashil iqtisodiyot" texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish.
2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish.
2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash.
O‘zbekiston energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini taʼminlash.
Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5635
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Iqlimshunos: 2024-yil baʼzi omillarga ko‘ra eng issiq yil bo‘lishi mumkin
RIA Novosti agentligi iqlimshunosi A. Kokoringa ko‘ra, quyosh aktivligi siklining eng yuqori cho‘qqisi sababli joriy 2024-yil tarixdagi eng issiq yilga aylanishi mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5633
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Hurmatli hamkasblar!
Mardlik va fidoyilik, vatanparvarlik, shonu sharaf timsoli boʻlgan
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5630
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ ISO 37001:2016 standarti bo‘yicha navbatdagi auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi
ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti ijrosini ta`minlash maqsadida Jamiyatimiz tomonidan 2021 yilning 13 dekabr kuni olingan ISO 37001:2016 bo‘yicha milliy muvofiqlik va xalqaro sertifikatini himoyalash bo‘yicha 2023 yilning 28-29-dekabr kunlari “Cert International” MCHJ xalqaro sertifikatlash organi tomonidan audit tekshiruvi o‘tkazildi.
Taʼkidlash joizki, mazkur audit jarayonidan Jamiyat birorta kamchiliksiz muvaffaqiyatli o‘tdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5609
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Suvni ifloslantirmang, jarimasi bor!
Suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzish:
- fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha);
- mansabdor shaxslarga 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5607
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5605
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
GIDROENERGETIKA LUG‘ATIdan
Suvlarning zararli taʼsiri – suv toshishi, suv bosishi, zax bosishi va suvlarning o‘zga taʼsirlari natijasida ayrim tabiiy-xo‘jalik obyektlari va hududlarning yuvilishi, buzilishi, loyqa cho‘kishi, botqoqlanishi, sho‘rlanishi va boshqa salbiy hodisalar;
Suv inshootlarining tuguni (gidrouzel) – daryo yoki kanalning bir yerida qurilgan bir nechta gidrotexnika inshootlari majmui.
Suv obyekti – suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshq.) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshq.) suv havzalari, shuningdek, buloqlar va boshqa obyektlar.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5603
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Turizm imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy turistlar oqimini oshirish hamda ichki turizmni faollashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Yurtimizda tarixiy, madaniy va xushmanzara go‘shalar ko‘p. Ularda sharoit yaratilsa, sayyohlarni yanada ko‘proq va yil davomida jalb qilish mumkin. Shu maqsadda, Prezidentimiz topshirig‘iga asosan, turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, sayyohlik salohiyati yuqori bo‘lgan 12 ta tuman va shaharda turizm markazlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Bunday markazlarda tunu kun ishlaydigan restoran, kafe, sog‘lomlashtirish va basseyn xizmatlari bo‘ladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5650
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Quyi Chotqol GES obyektidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan gidrotexnik inshoot obyektlarini qurish ishlari rejaviy tartibda, jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Bugun, 17-yanvar kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh Quyi Chotqol GES qurilish obyektiga tashrif buyurdi hamda qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Boshqaruvi raisi A. Sanginov tomonidan Jamiyat tizimidagi tashkilotlar, qurilish va pudratchi korxonalar rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida amaliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5649
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Yashil energiya” sertifikatlarini hisobga olish, savdosini tashkil etish va monitoringini yuritish SXEMASI
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5647
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5645
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti YI delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Suhbat avvalida Yevroittifoqning yuqori martabali vakili YI va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan samimiy qutlab, davlatimiz rahbariga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevrokengash raisi Sharl Mishelning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
YI bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5643
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Kuz-qish mavsumida "Hisorak GES" unitar korxonasida obodonlashtirish va ta`mirlash ishlari olib borilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5641
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5639
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibiga doir asosiy tushunchalar
Tartibga soluvchi organ – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi;
tartibga solinadigan faoliyat – yetkazib berilgan mahsulot va xizmatlar uchun hisob-kitoblar davlat tomonidan tartibga solinadigan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyat. Mazkur tushuncha faqat tartibga solinadigan faoliyatga taalluqli xarajatlarni indentifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi va tariflarni belgilashdan tashqari, ushbu faoliyatga nisbatan boshqa biron-bir boshqacha tarzda tartibga solishni o‘z ichiga olmaydi;
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5636
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
GIDROENERGETIKA LUG‘ATIdan
Gidrograf – daryo yoki kanalda suv sarfini ko‘rsatuvchi egri chiziq;
Gidrotexnik – suvdan to‘g‘ri foydalanishga mutasaddi (masʼul) shaxs;
Gidrotexnik beton – gidrotexnik inshootlarga ishlatiladigan suv o‘tkazmaydigan, egiluvchan, sovuq va issiqqa hamda suvdagi agressiv moddalarning taʼsiriga chidamli beton;
Gidrotexnika inshootlari – suv to‘plovchi, suv o‘tkazuvchi, suv sathini ko‘taruvchi, suv to‘suvchi, suv oqimini boshqaruvchi va bo‘luvchi inshootlar majmui.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5634
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5631
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ katta majlislar zalida Boshqaruv raisi A. Sanginov rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi asosiy masalalar o‘rin oldi:
- GES va suv omborlarida xavfsizlik meʼyorlariga rioya etilishi, shuningdek, korxonalarda sel-toshqin mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, yuqori darajadagi barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rishga oid topshiriqlarning bajarilishi;
- Tizim korxonalarida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati;
- GESlar va suv omborlarida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar holati;
- Ishlab chiqarish va ekspluatatsiya bo‘yicha umumiy masalalar.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5628
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Chirchiq GESlar kaskadi” UK yillik ishlab chiqarish rejasini 110 foizga bajardi
Jamiyat tarkibidagi korxonalarning o‘tgan 2023-yilda elektr energiya ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tahlilini berishda davom etamiz.
“Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasi tomonidan yillik ishlab chiqarish rejasi 110 foizga bajarildi.
2023-yil boshida korxona tomonidan 974,3 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda, 2023-yil yakuni bilan 1,070 mlrd. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5608
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Chirchiq GESlar kaskadi” UK tarkibidagi Chirchiq GES (GES-7) da reja asosida 1-gidrogeneratorda joriy ta`mirlash ishlari yakuniga yetkazildi
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5606
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Yashil energiya” axborot tizimidan foydalanish va uning uzluksiz ishlashini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, “Yashil energiya” axborot tizimidan foydalanish va uning uzluksiz ishlashini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2024-yil 1-fevralga qadar “Yashil energiya” axborot tizimi to‘liq funksional rejimida ishga tushiriladi va Energetika vazirligiga o‘tkaziladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5604
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Savdo va xizmat ko‘rsatish, madaniyat sohalaridagi loyihalar taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni savdo va xizmatlarni rivojlantirish, turizm va madaniyat maskanlarini barpo etishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Bu haqda o‘tgan yili 18-dekabrda bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida topshiriqlar berilgan edi. Xususan, mamlakatimizda turizm salohiyati katta ekani, uni samarali ishga solib, turizm maskanlari va mehmon o‘rinlarini ko‘paytirish lozimligi ta’kidlangandi.
Taqdimotda shunga muvofiq tayyorlangan loyihalar ko‘rib chiqildi.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Toshkent viloyatining Parkent tumani tog‘lari juda xushmanzara. Ayniqsa, bahor-yoz mavsumida sayyohlar bilan gavjum. Bu boradagi sharoitlarni kengaytirish maqsadida Shahrisabzdagi Miraki, Parkentning Nurobod va Kumushkon hududlarida zamonaviy dam olish maskanlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5602
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube