Jamiyat xodimlari Markaziy Osiyoda suv-energetika CAWEP dasturi doirasida Jahon banki (World bank) jamoasi bilan uchrashuvda ishtirok etdi
Jamiyat xodimlari Markaziy Osiyoda suv-energetika CAWEP dasturi doirasida Jahon banki (World bank) jamoasi bilan tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi.
Kuni kecha, 29-noyabrda Markaziy Osiyoda suv-energetika CAWEP dasturi doirasida janob Dmitriy Petrin boshchiligidagi Jahon banki (World bank) jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Jamiyat vakillari – Transformatsiyani amalga oshirish ofisi hamda Atrof-muhit muhofazasi va kadastr xizmati bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
CAWEP dasturining maqsadi – barqarorlikni oshirish va oʻzgaruvchan iqlim sharoitida suv va energetika resurslarini kompleks boshqarishni takomillashtirish maqsadida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5426
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Jamiyat xodimlari “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishda “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha seminar-treningda faol ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29-oktabrdagi 514-son qarori bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga mavjud shtat birliklari doirasida “yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmani belgilash hamda “yashil” iqtisodiyot faoliyati sohasida uch yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.
“Yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanishga mas’ul etib belgilangan bo‘linma xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-29-noyabr kunlari “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha seminar-trening tashkil qilindi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5424
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5422
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қишлоқ хўжалигида сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш ва йўқотишларни камайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам рационального использования водных ресурсов и сокращению их потерь.
#Mirziyoyev #videoselektor #suvxujaligi #tejamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga doir tadbirlardagi ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashishi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5418
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Farmatsevtika va elektrotexnika sanoatidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni farmatsevtika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimizda bu ikki tarmoq uchun ham zarur xomashyo, yetarli sharoitlar bor. Xususan, oxirgi olti yilda farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish 3 barobar, eksport 6 barobar ko‘paygan. 525 million dollarlik 177 ta loyiha ishga tushib, jami 50 mingta ish o‘rni yaratilgan.
Lekin bu hali mavjud imkoniyat va talab darajasida emas. Masalan, yurtimizda yiliga 1,6 milliard dollarlik dori-darmon iste’mol qilinadi. Bunda mahalliy mahsulotlarimizning ulushi bor-yo‘g‘i 18 foiz, qolgani import hisobidan qoplanayapti.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5416
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri o‘tkazildi
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri o‘tkazildi
Bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Buni so‘nggi yillarda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar, amaliy chora-tadbirlar misolida ham ko‘rish mumkin.
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati o‘zining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini axloqiy, vijdonan va ijtimoiy yo‘naltirilgan hamda doimiy ravishda yuqori standartlarga rioya etgan holda olib borishga intilib, bunda asosiy eʼtiborni korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan siyosat va jarayonlarni ishlab chiqish, tatbiq qilish va amalga oshirishda doimiy nazoratni o‘rnatishga qaratadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5413
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Bugun, 28-noyabr kuni poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Toshkent GESlar kaskadi” unitar korxonasida Jamiyatning “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil qilindi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2024-2025-yillarda xususiy investorlarga mikro GESlarni qurish uchun taklif etilayotgan loyihalar (maydonlar)
Bugungi kunda respublikamizda kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, shu jumladan mikro va kichik GESlarni keng joriy etish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 9-sentabrdagi 220-son Farmoni bilan yurtimizda xususiy investorlarga quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni qurish loyihalari ro‘yxati va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etilgan edi.
Shunga asosan 56 ta auksion savdolari o‘tkazilib, undan 51 tasida g‘oliblar aniqlandi hamda mikro va kichik GESlarni qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Bu borada, Andijon viloyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni namuna sifatida ko‘rsatsak bo‘ladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5410
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ijro intizomi – samaradorlik omili
Bugun, 27-noyabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijrosini taʼminlash bo‘yicha sohaviy o‘rinbosarlarning masʼulligida, bevosita masʼul ijrochi sifatida belgilangan boshqarma va bo‘limlar hamda tizim korxonalarining rahbarlariga kechiktirib bo‘lmaydigan aniq va amaliy choralar ko‘rish, ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlarni o‘z muddatlarida bajarilishi yuzasidan kengaytirilgan tahliliy-tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijrosi tahlil etildi. Nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh. Rasulov tomonidan “Ijro.gov.uz” elektron platformada tizimda amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5408
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti yirik energetika loyihalariga start berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Saudiyaning yetakchi “AСWA Rower”kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar – Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlash marosimida ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, Sirdaryodagi qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi loyihasi 3 milliondan ziyod xonadon va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga ehtiyojini ta’minlashga imkon beradi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5404
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Boshqaruv raisi “Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi — SPЕKA sammitidagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Xonimlar va janoblar!
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi – SPЕKAning ilk sammitini tashkil etish tashabbusi va ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyev nomiga bildirilayotgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.
Shuni alohida aytib o‘tmoqchimanki, Ozarbayjonning samarali raisligida Dasturimiz doirasidagi mintaqaviy hamkorligimiz mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5400
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasporti yaratiladi.
Daraxtlarni pasportlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich (2024-yil 1-martgacha) – mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno), ikkinchi bosqich (2024-yil 1-noyabrgacha) – xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5398
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Farhod GES” unitar korxonasi Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash bo‘limi xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi
Kuni kecha, 29-noyabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJning 2023-yil 16-oktabrdagi 89-son buyrug‘i hamda “Farhod GES” UKning 2023-yil 20-oktabrdagi 196-sonli buyrug‘iga asosan, “Farhod GES” unitar korxonasi Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash bo‘limi xodimlari attestasiyadan o‘tkazildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5425
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan BAAda bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30-noyabr – 2-dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida bo‘ladi.
Iqlim bo‘yicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.
Tadbir kun tartibidan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, bugungi ekologik tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, “yashil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari surishda keng hamkorlik masalalari o‘rin olgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5423
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-noyabr kuni qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizdagi suv resurslarining 20 foizi o‘zimizda, katta qismi qo‘shni davlatlarda shakllanadi. Iqlim o‘zgarishi oqibatida suv manbalari yil sayin kamayib bormoqda. Transchegaraviy daryolarni boshqarish bo‘yicha vaziyat ham jiddiy. Bularning ta’sirida 2030-yilga borib yurtimizdagi suv tanqisligi 15 milliard kub metrga yetishi prognoz qilinayapti.
Lekin shu holatda ham suvdan samarasiz foydalanilayapti.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5421
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 29-noyabr kuni “Farhod GES” unitar korxonasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Xovos namunali tumanlararo markazi rahbari Gavhar Qarshibayeva, markaz psixologi Feruza Ummatova, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi xotin-qizlar siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Xurshida Boyniyozova hamda “Farhod GES” UK ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5419
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5417
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Qodiriya GESlar kaskadi” UK xodimasi Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi
Toshkent viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarning oila va jamiyat hayotida faolligini oshirish, huquqlarini muhofaza qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimiy eʼtiborini qaratib kelayotganligi uchun “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi xodimasi Raʼno Davronova gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti) nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5415
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Xishrav GES (GES-2B) ning joriy faoliyatiga doir
“Samarqand GESlari kaskadi” UK tarkibidagi Xishrav GES (GES-2B)da amalga oshirilgan modernizatsiya ishlaridan soʻng elektr energiya ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oʻzgarib, ishlab chiqarish samaradorligi 21 MVt dan 26.6 MVt gacha oshirildi.
Hozirgi kuz-qish davrida esa stansiyada faol ish faoliyati tashkil etilib, uzluksiz elektr energiya ishlab chiqarilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5414
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5412
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq ma’lumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ulardan to‘siqlarsiz foydalanishni ta’minlash, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5411
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“To‘polang GES” UKda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5409
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” UK: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar 117%ga bajarildi
“Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” unitar korxonasi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil oktabr-noyabr oylarida 1 467 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 1717 tup ko‘chatlar ekildi, ya’ni reja 117%ga bajarildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5407
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5403
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Boshqaruv raisi “Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Bugun, 24-noyabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov tizim tashkiloti sanalgan “Gidroproyekt” AJ qoshidagi “Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi’’ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
“Gidroproyekt” AJ bazasi qoshida har tomonlama yangidan tashkil etilgan mazkur Gidravlika laboratoriyasi Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi va eng ilg‘or texnologik qurilmalar bilan jihozlangan.
Gidravlika laboratoriyasi bosimli inshootlarning faoliyatini tadqiq etish, byef inshootlari holati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib boradi. Shuningdek, laboratoriyada gidroenergetika sohasiga ixtisoslashgan hamkor oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar, tajriba-sinov o‘quvlari o‘tkaziladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5401
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Boku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi.
Ozarbayjon yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammitini qo‘llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari, o‘z navbatida, Ozarbayjon Prezidentini SPЕKAda muvaffaqiyatli raislik qilayotgani bilan tabrikladi.
O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5399
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalar ijrosi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalar
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 89-maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi 2030-yilgacha erishiladigan samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi. Ular:
– «Transparency International» xalqaro tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksida Mamlakatimiz o‘rnini 50 pog‘onaga ko‘tarilishiga erishish;
– Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirish hamda davlat xaridlarini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini to‘laqonli joriy qilish va 100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning «korrupsiyadan xoli qonunchilik» tamoyili asosida ishlab chiqilishini taʼminlash.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5397
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube