“O‘zbekgidroenergo” AJ: “Gidromaxsusqurilish” AJ xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun, 3-oktabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Jamiyat tizim tashkiloti hisoblangan “Gidromaxsusqurilish” AJ xodimlari bilan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilish davomida “Gidromaxsusqurilish” AJ faoliyati bo‘yicha quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi:
- Jamiyatning 2023-yil 9 oyligi hamda yil yakuni bilan joriy rejaviy ko‘rsatkichlarni bajarilishi holati;
- qurilayotgan yangi GESlarda amalga oshirilayotgan maxsus gidrotexnik ishlar;
- Jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holati (buxgalteriya bo‘limi faoliyati);
- Jamiyat mutaxassis-xodimlarining bilim va malakasini oshirish masalalari va h.k.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5081
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Boshqaruv raisi “Gidroproyekt” AJ hamda “O‘zsuvloyiha” AJ xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi
Bugun, 3-oktabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Jamiyat tizim tashkilotlari – “Gidroproyekt” AJ hamda “O‘zsuvloyiha” AJ xodimlari bilan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilish davomida quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi:
- 2023-yilning o‘tgan davri mobaynidagi ishlar tahlili;
- joriy va istiqbolli loyihalar doirasidagi faoliyat;
- masʼul xodimlarning hisobotlari;
- jamiyatlar ishchi-xodimlarining o‘z ustida ishlashi, bilim va malakasini oshirishi va h.k.
Tadbir yakunida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha barcha masʼul xodimlarga zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5079
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Katta Andijon kanalida Qo‘g‘ay-1 KGES qurilishiga doir
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Katta Andijon kanalida istiqbolli loyihalardan biri bo‘lgan, quvvati 23 MVtga teng Qo‘g‘ay-1 KGES qurilishi amalga oshirilmoqda. Yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 172,5 mln. kVt.soat bo‘lishi kutilayotgan mazkur GESni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida rejaviy asosda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Jamiyat hamda “KFK kichik GESlar kaskadi” UK mutaxassislari tomonidan loyihaga jalb etilgan “Hisorak gidroqurilish” MChJ ishchi-xodimlariga xavfsizlik texnikasi hamda zaruriy qoidalarga rioya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5077
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Dohada Butunjahon ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarga davlat tashrifi doirasida “EKSPO Doha – 2023” butunjahon ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Iroq, Yaman va qator boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari qatnashdi.
«EKSPO Doha» mintaqada o‘tkazilayotgan ilk global “yashil” ko‘rgazmadir. Tadbir “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” shiori ostida o‘tkazilmoqda va kelgusi yil mart oyiga qadar davom etadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5073
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti “Power International Holding” bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr kuni Doha shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyatni qabul qildi.
“Power International” – dunyoning 19 ta mamlakatida energetika, neft-kimyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash, turizm kabi sohalarda faol ish olib borayotgan Qatarning eng yirik milliy xoldingi. Yaqin Sharqdagi yetakchi ko‘p tarmoqli kompaniyalardan biridir.
Bugun ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida kelgusida mintaqaning eng katta agrosanoat majmuasi bo‘ladigan zamonaviy chorvachilik klasteri qurilmoqda.
Mamlakatimizda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini barpo etish
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5071
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti “Nebras Power” kompaniyasi bilan sheriklik bo‘yicha uzoq muddatli investitsiya dasturini qabul qilishni taklif etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr kuni Doha shahriga kelgach, “Nebras Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad al-Hajriyni qabul qildi.
“Nebras Power” – Qatarning yetakchi energetika korporatsiyasi. Kompaniya o‘ndan ziyod mamlakatida yirik loyihalarni amalga oshirgan.
Uchrashuvda energetika sohasida, eng avvalo, muqobil energetikada yangi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatida Qatar kompaniyasi ishtirokida bug‘-gaz texnologiyalari asosida quvvati 1,6 GVt bo‘lgan zamonaviy elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish boshlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5069
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga
Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Avvalo, sizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlari va faxriylarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugun biz mamlakatimizda millati, tili, dinidan qat’i nazar, har bir inson o‘z qobiliyati va iste’dodini, bilim va tajribasini ro‘yobga chiqara oladigan ijtimoiy davlat barpo etmoqdamiz. Shu maqsadda barcha kuch va imkoniyatlarimizni yoshlarimizning intellektual va jismoniy kamoloti, ularning sifatli ta’lim olib, hayotda munosib o‘rin egallashlari uchun safarbar etmoqdamiz.
Yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ta’lim sohasidagi islohotlarimiz ushbu nufuzli tashkilotning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga uyg‘un va hamohang ekani e’tirof etilgani barchamizni albatta xursand qiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5068
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari
Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash:
Iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoji uchun yetkazib beriladigan elektr energiya miqdorini 120 milliard kVtga yetkazish.
Tabiiy gaz qazib olish hajmini 62 milliard kub metrga yetkazish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining energiya samaradorligini 2 barobarga oshirish.
Energiya resurslari bozorini tartibga solish bo‘yicha mustaqil regulyatorni tashkil etish, elektr energiyasini sotib olish, sotish va yetkazib berish funksiyalarini ajratish.
Elektr energiyasi va tabiiy gazni taqsimlash, generatsiya qilish va iste’molchiga yetkazish infratuzilmasini modernizatsiya qilish.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5016
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Quyosh energiyasidan foydalanish ortib bormoqda
“Wood Maskenzie” prognoziga ko‘ra, global fotovoltaik o‘sish 2023-yilda deyarli 270 GVt o‘rnatilgan quvvat bilan rekord darajaga yetadi.
2032-yilga kelib o‘rnatilgan quvvatlar qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha ulkan maqsadlarni amalga oshirish, elektrlashtirishni ko‘paytirish, ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalarini bosqichma-bosqich to‘xtatish, siyosiy yordamni oshirish va quyosh energiyasi ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish orqali yiliga 330 GVt ga oshadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5015
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Foydalanuvchi tashkilotlarning gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha huquq va majburiyatlari
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5013
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Joriy yilning shu kunigacha “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 6 ming 305 holatda isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5008
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti: O‘zbekistonda “yashil” biznes mahsulotlari, xizmatlari va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj (Infografika)
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston va AQSH yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5002
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
19.09.2023. Dolzarb mavzu. Energetika tizimi modernizatsiyasi.
Gidroenergetika tizimidagi joriy va istiqbolli faoliyat. Bozordagi talab va taklif, tarif narxlari. Ustuvor vazifalar va samarali ijro.
“O‘zbekiston” radiosining “Shu kunning mavzusi” ko‘rsatuvida “O‘zbekgidroenergo” AJ Istiqbolli rivojlantirish va Davlat xususiy sherikchilik loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nodirbek Akchabayev ishtirok etdi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashdi
AQSHga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni Qo‘shma Shtatlarda yashayotgan va ishlayotgan bir guruh vatandoshlarimiz hamda ushbu mamlakatning yetakchi oliy ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi.
Ochiq va jonli muloqot shaklida o‘tgan tadbirda davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida so‘zlab berdi, mamlakatimiz modernizatsiyasiga ko‘maklashishda vatandoshlarimizda ulkan salohiyat borligiga e’tibor qaratdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4998
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram
“Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Poytaxtimizda kiberxavfsizlik bo‘yicha “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbir ikki kunlik konferensiya va ko‘rgazma bo‘lib, u Markaziy Yevroosiyo bo‘ylab milliy xavfsizlik markazlari, kiberxavfsizlik yechimlari provayderlari va hukumat, tijorat hamda sanoat foydalanuvchilari uchun ulanish, o‘rganish va biznes yuritish imkonini beradi.
Konferensiya ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi.
O‘zbekiston Milliy Kiberxavfsizlik Markazi tomonidan o‘tkazilayotgan Kiberxavfsizlik sammiti texnologiyalarni namoyish etish, rag‘batlantirish, shuningdek, hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5080
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (515-son, 29.09.2023-y.) bilan “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, sertifikatlarni hisobga olish, savdosini tashkil qilish hamda monitoringini yuritish ishlari emitent nomidan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi tomonidan amalga oshiriladi.
“Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qo‘yiladi.
Savdo sessiyasida sotiladigan bir “yashil energiya” sertifikatining loti 1000 kVt/soat miqdorida belgilanadi.
Muayyan davr davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan va elektr tarmog‘iga uzatilgan tegishli miqdordagi MVt/soat elektr energiyasi uchun sertifikatlar faqat bir marta beriladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5078
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri
Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiradi.
Gidrotexnika inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastriga kiritiladi.
Maxsus vakolatli davlat organi nazoratidagi gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri maxsus vakolatli davlat organi tomonidan, qolgan barcha gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri esa foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan yuritiladi.
Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastrini yuritish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek foydalanuvchi tashkilotlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5076
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari ikki tomonlama sheriklikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar
2-oktabr kuni Dohadagi “Amiri Devon” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari Qatar Amiriga tashrif bilan kelish taklifi hamda O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5072
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Qatarning yetakchi investitsiya idorasi rahbarini qabul qildi
Qatarga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar investitsiyalar agentligi direktori Bandar bin Saud Ol Soniyni qabul qildi.
Agentlik sanoat, infratuzilma, energetika, ko‘chmas mulk, elektron texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni ilgari surishda katta tajribaga ega global miqyosdagi yetakchi investitsiya xoldinglardan biri hisoblanadi. Idora rahbari bir vaqtning o‘zida Qatar Markaziy banki raisidir.
Uchrashuvda agentlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini mamlakatimiz hududlarida “yashil” energetika obyektlari – quyosh va shamol stansiyalarini qurish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5070
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Germaniya Federal Kansleri bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-sentabr kuni Berlin shahridagi birinchi “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammiti doirasida Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols bilan muzokara o‘tkazdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5067
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Tizimdagi suv omborlarida raqamlashtirish va AKTni joriy etish yo‘nalishidagi amaliy faoliyatga doir
Raqamlashtirish – axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalaridir. Raqamlashtirish jarayonining muayyan bir sohaga izchil tatbiq etilishi natijasida ushbu sohaning rivojlanishi, turli ko‘rsatkichlardagi samaradorlik natijalari tobora oshib boradi.
XXI asrda butun dunyo bo‘ylab raqamlashtirish jarayoni o‘zining yuqori darajasiga chiqdi. Aytish joizki, hozirgi kunda raqamlashtirish jarayoni deyarli barcha sohalarni qamrab olgan.
Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va jamiyat hayotiga jadal kirib bormoqda. Zamonaviy IT-texnologiyalar kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5017
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan joriy yilning 20-sentyabr holatiga ko‘ra energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan 12,651 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108 % ni tashkil etadi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
OTB O‘zbekiston elektr taqsimlash tarmog’ini raqamlashtirishga yordam beradi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonga energiya samaradorligi va elektr energiyasi xizmatlari ishonchliligini oshirish uchun energiya taqsimlash tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirishga yordam berishga qaratilgan 200 million AQSh dollari miqdoridagi qarzni maʼqulladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5010
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5007
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5003
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
DXSH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISH JAMGʻARMASI SHAKLLANTIRILMOQDA
Prezident tomonidan 14.09.2023-yildagi “Oʻzbekistonda davlat-хususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-307-son Qaror imzolandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5001
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4999
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Yevropa kengashi Prezidenti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida 18-sentabr kuni o‘ziga ajratilgan qarorgohda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelni qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4994
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram