uzgidrouz | Неотсортированное

Telegram-канал uzgidrouz - "O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

1872

Официальный канал Наши социальные сети: 📱 https://t.me/uzgidrouz 📱 instagram.com/uzgidrouz/ 💻 twitter.com/uzgidrouz 📩 uzgidrouz@mail.ru 🌐 uzgidro.uz/

Подписаться на канал

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Иннаа лиллааҳи ва иннаа илайҳи рожиъун!

“Самарқанд ГЭСлар каскади” УК Шаудар-2 станцияси бошлиғи Раҳмон Абдураҳимовнинг бевақт вафоти муносабати билан оила аъзоларига Жамиятимиз раҳбарияти ҳамда жамоаси номидан чуқур ҳамдардлик билдирамиз.
Марҳум кўп йиллар мобайнида Жамиятимиз ривожи йўлида, хусусан, “Самарқанд ГЭСлар каскади” УК фаолиятида фидойилик, юқори масъулият ҳамда самарали иш фаолиятини юритиб келаётган эди.
Аллоҳ таоло марҳум ҳамкасбимизни Ўз раҳмати ва мағфиратига олсин! Охиратини обод, жойларини шойистаи жаннатдан қилсин!
Парвардигор марҳумнинг барча яқинларига сабру жамил, оила аъзолари, фарзандлари ва яқинларига чиройли сабот бериб, ушбу мусибатларга ажру мукофотлар ато этсин.
Руҳлари шод, охиратлари обод бўлсин.

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati

Batafsil:
https://uzgidro.uz/news/view/4992

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Maxsus vakolatli davlat organining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Maxsus vakolatli davlat organi:

gidrotexnika inshootlari xavfsizligining davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi;

gidrotexnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga doir loyihaoldi, loyiha hujjatlarini, shuningdek ulardan foydalanish qoidalarini kelishadi;

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi mezonlarini tasdiqlaydi;


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4985

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi vakili “Qodiriya GESlar kaskadi” UKga tashrif buyurdi

“Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasiga “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi M. Menlibayev tashrif buyurdi.

Inspeksiya bosh mutaxassisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-avgustdagi “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-№865-sonli Qonunining asosiy mazmun-mohiyati bo‘yicha korxona ishchi-xodimlariga yig‘ilish o‘tkazdi.

Tashrif davomida mazkur yangi Qonunning ustuvor yo‘nalishlari, unga binoan gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta`minlash, mazkur sohada faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar hamda ularning ishchi-xodimlari mas`uliyatini oshirish bo‘yicha so‘z bordi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4979

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmonga iliq qabul hamda uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.

Barcha hamkasblarimni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

O‘tgan davrda Jamg‘arma ekologik tahdidlarga qarshi kurash masalalarida umumiy manfaatlarimizni ilgari surish uchun muhim maydon sifatida g‘oyat zarurligini ko‘rsatdi.

Ana shu vaqt mobaynida Orol dengizi havzasi bo‘yicha kelishilgan yondashuvlar ishlab chiqildi, qo‘shma qaror va dasturlar qabul qilindi va amalga oshirildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4977

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zaro tajriba va malaka almashinuv tadbiri o‘tkazildi

Kuni kecha, 14-sentabr kuni “Toshkent GESlar kaskadi” unitar korxonasining bir guruh ishchi-xodimlari “Qamchiq GES” UKga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan maqsad – o‘zaro tajriba va malaka almashish, hamkasb mutaxassislardan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar olish, texnik qurilmalardan foydalanish va ta`mirlash borasidagi tajribani o‘rganishdir.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4975

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Chirchiq GESlar kaskadi”da maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

“O‘zbekgidroenergo” AJning 2023-yil 16-yanvardagi “O‘zbekgidroenergo” AJda xodimlar va gidrotexnika korxonalarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2022-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2023-yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 4-son buyruqlariga asosan joriy yilning 14-sentabr kuni “Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasida “Gidrotexnika obyektlarida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti belgilangan tartibda olib borildi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4972

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan gidrotexnika inshootlarining ro‘yxatini tasdiqlaydi;

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi;

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi;

o‘z vakolatlari doirasida gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etadi va ta’minlaydi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4968

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan Dushanbe shahriga keldi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston Prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4965

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Farhod GES” UK va Sardoba suv omborida Jamiyat Boshqaruvi raisi tomonidan sayyor qabullar o‘tkazildi

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahrida bo‘ladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining beshinchi uchrashuvi kun tartibidan mintaqada ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohalaridagi qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish hamda xavfsizlik sohasidagi zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi chora ko‘rish masalalari o‘rin olgan.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4962

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Xitoyning xalqaro hamkorlik hamda taraqqiyot agentligi (CIDCA) vakillari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 8-sentabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJda Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov hamda Xitoyning xalqaro hamkorlik hamda taraqqiyot agentligi (CIDCA)
 rahbarining o‘rinbosari janob Den Botsin o‘rtasida amaliy hamkorlik muhokamasiga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil:
https://uzgidro.uz/news/view/4936

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti etnosportni ommalashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-sentabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv avvalida Bilol Erdog‘an O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60 dan ziyod mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportchi ishtirokida o‘tkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qo‘llab-quvvatlangani va yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4934

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi: Asosiy tushunchalar

Batafsil:
https://uzgidro.uz/news/view/4927

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatiga doir

Qonunga ko‘ra, Gidrotexnika inshootlarining loyiha ko‘rsatkichlari parametrlariga, ularga yuklamalar hamda ta’sir ko‘rsatish omillariga, shuningdek qurilishda ishlatiladigan materiallarga, foydalanish sharoitlariga qarab gidrotexnika inshootlari I, II, III va IV sinflarga bo‘linadi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4993

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich

Batafsil:
https://uzgidro.uz/news/view/4986

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Bugun, 16-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Bitiruvchilar anjumani” mehnat yarmarkasi tadbiri oʻtkazildi.

2023-2024 oʻquv yilida universitetni tamomlaydigan hamda 2023-yilda bitirgan (oʻqishni tugatib, shu kunga qadar ishga joylashmagan ) bitiruvchilarni ishga taqsimlash maqsadida “Bitiruvchilar anjumani” mehnat yarmarkasi tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda sohaga oid taqdimotlar boʻlib oʻtdi, shular qatori “Oʻzbekgidroenergo”  AJ xodimlari tomonidan Gidroenergetika yoʻnalishi boʻyicha olib borilayotgan yirik loyihalar va sohaga oid tizim tashkilotlarini yorituvchi video rolik taqdimoti hamda tarqatma materiallari bilan ishtirok etildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4983

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Samarqand GESlar kaskadi” UK: xususiy sektor vakillari uchun mikro GESlarga ekskursiya tashkil qilindi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda kichik godroenergetika sohasini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, xususiy sektor ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 200 ta mikro GES loyihasining ro‘yxati shakllantirildi.

Bu borada, xususiy sektor vakillari ishtirokida Samarqand viloyatida mikro GESlar qurilishi jadal davom etmoqda.

Hozirda Samarqand viloyatida xususiy sektor vakillari ishtirokida mikro GESlar qurilishi belgilangan tartibda, auksion savdolarda aniqlangan g‘oliblar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Qator mikro GESlarni loyihalashtirish ishlari boshlab yuborilgan.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4978

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 15-sentyabr kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tojikiston tomoni raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qasimaliyev va BMT Bosh kotibining maxsus vakili – Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomati bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Kaxa Imnadze ham qatnashdi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4976

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4973

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Samarqand GESlar kaskadi” UK tarkibidagi Taligulyan GES-3 (GES-5B) da “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi) Samarqand bo‘limi inspektorlari 2023-yil uchun tasdiqlangan reja-jadvalga binoan, “Samarqand GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Taligulyan GES-3 (GES-5B) gidrotexnik inshootlarining ishonchli va mustahkam ishlashini tekshirish maqsadida tashrif buyurishdi.

Taligulyan GES-3 (GES-5B) gidrotexnik inshootlarini ishonchliligi ko‘zdan kechirildi, ishlash holati kuzatilib, inspektorlar tomonidan tegishli zaruriy tavsiyalar berildi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4970

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Xishrav GES (GES-2B) ning joriy faoliyatiga doir

“Samarqand GESlari kaskadi” UK tarkibidagi Xishrav GES (GES-2B)da amalga oshirilgan modernizatsiya ishlaridan soʻng elektr energiya ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oʻzgardi. Xususan, gidroelektr stansiyaning ishlab chiqarish samaradorligini 21.7 MVt dan 26.6 MVt gacha oshirilishiga erishildi.

Reja asosida soʻnggi 8 oylik ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 120% ga bajarildi, ya’ni reja boʻyicha 69.3 mln kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish koʻzda tutilgan edi, amalda esa 83.5 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Shu bilan birga, gidroelektr stansiya ishchi-xodimlariga ham qator qulayliklar yaratildi. Tizimning avtomatlashtirilishi esa, xodimlarning ish faoliyatiga ijobiy ta’sir koʻrsatdi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4966

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Ohangaron GES” UKda suv omborini xavfsiz ekspluatatsiya qilish mezonlari yuzasidan o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda

13-14-sentabr kunlari “Gidrotexmonitoring” MChJ tomonidan “Ohangaron GES” unitar korxonasida suv omborini xavfsiz ekspluatatsiya qilish mezonlari yuzasidan o‘quv amaliy seminari o‘tkazilmoqda.

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-sentabr kuni elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlar jadal raqamlashtirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu boradagi istiqbollar belgilanib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingida TOP-30 talikka kirish vazifasi qo‘yildi.

Ma’lumki, bu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini ko‘rsatuvchi xalqaro indeksdir. Uning ahamiyatli jihati, aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqotni kengaytirish, xizmatlarni qulaylashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4963

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ: iqtisodiy blok xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun, 13-sentyabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Ijro apparatining Iqtisodiy blok xodimlari bilan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi:

- 2023-yil yakuni bilan rejaviy ko‘rsatkichlarni to‘laqonli bajarish;

- tizimning iqtisodiy-moliyaviy holatini belgilangan tartibda yuritish;

- sentyabr oyi yakuni bilan 9 oylik reja ko‘rsatkichlarini bajarish;

- tizim korxona va tashkilotlarining buxgalteriya faoliyatini o‘rnatilgan tartibda tekshirish;

- oqsayotgan korxonalarning buxgalteriya tizimini yanada takomillashtirish;

- iqtisodiy blok yosh xodimlarini bilim va maalakasini oshirish;

- xodimlarning takliflarini ko‘rib chiqish.

Yig‘ilish yakunida barcha masʼul xodimlarga zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ – “Siloviye mashini” OAJ: hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi

Bugun, 8-sentabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ kichik majlislar zalida Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh hamda “Siloviye mashini” OAJ Bosh direktori o‘rinbosari Vladimir Demyanov, Shartnomalarni ijro etish boshqarmasi loyihasi boshlig‘i Aleksey Koblyuk, “Gidroturbomash” maxsus konstruktorlik byurosi bo‘lim boshlig‘i Aleksandro Zaxarov, “Energosila” AJ Bosh direktori o‘rinbosari Aleksandr Suprun o‘rtasida kelgusi hamkorlik doirasidagi muzokaralar o‘tkazildi.

Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillarda “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda “Siloviye mashini” OAJ (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasidagi hamkorlik yangi darajaga chiqib, tobora rivojlanib bormoqda.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4935

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Toshkent GESlar kaskadi” UK: Shayxontohur GESda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

“Toshkent GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Shayxontohur GES (GES-21) da 2023-2024-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Davlat xaridlari: Maxsus axborot portali

Maxsus axborot portali vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda ko‘zdan kechirishni, shuningdek amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari to‘g‘risida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni to‘plashni taʼminlovchi veb-saytdir (maxsus elektron platforma).

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4928

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga

Batafsil:
https://uzgidro.uz/news/view/4926

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал