“Shahrixon GESlar kaskadi” filiali JFK GES-2 stansiyasida T-2 10000 kVA transformatori joriy taʼmirdan chiqarildi
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Transport, energetika va sanoat loyihalari taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni transport, energetika va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Transport infratuzilmasi kengligi va qulayligi mamlakat rivojini ko‘rsatuvchi, unga qo‘shimcha impuls beruvchi muhim omil. Yurtimizda bu sohada ko‘plab loyihalar amalga oshirilib, avtomobil, aviatsiya, temir yo‘l, metropoliten kabi barcha tarmoqlarda yangi obyektlar ishga tushirildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4804
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Darg‘om kanalining 102+00 piketida 6,4 MVt quvvatli kichik GES qurilishi amalga oshirilmoqda
Samarqand viloyati Darg‘om kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi tasdiqlangan rejaga binoan jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Qurilish obyektida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha pudratchi va hamkor tashkilotlar ishchi-xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4750
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
"To'polang GES" UK: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari tasdiqlangan rejaga asosan davom etmoqda
"To'polang GES" unitar korxonasi xodimlari tomonidan 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi oldidan Zarchob nimstansiyasidagi texnologik uskunalarni tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4748
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
IRENA 2023 innovatsiya haftaligi
Joriy yilning 25-28-sentabr kunlari Germaniyaning Bonn shahrida "IRENA 2023 innovatsiya haftaligi" o‘tkaziladi.
IRENA innovatsion haftaligi sohaning yirik liderlari, tajribali mutaxassislari, vakillari, tadqiqotchi-olimlari hamda siyosatchilarni birlashtirib, global energetik o‘tish jarayonlari masalalari muhokamasiga jalb qiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4745
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Andijon GES” UKda shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi “Andijon GES” UKda 2022-2023-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Yoshlar dasturida belgilangan tegishli bandlari hamda Jamiyatning 56-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash, shuningdek, korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqa g‘oliblari korxona kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, sovrindorlarga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC (Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati)”ga yo‘llanmalar berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4742
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” (Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati) o‘tkaziladi
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4743
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi munosabatlar qonun darajasida tartibga solinmoqda
Senatning qirq uchinchi yalpi majlisida “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, ushbu Qonun mamlakatimizdagi mavjud suv xo‘jaligi obyektlarini texnik soz holatda saqlash, ularning xavfsizligini taʼminlash va ulardan ishonchli foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda suv xo‘jaligi tizimida jami 73 ta suv ombori va sel-suv ombori, 1688 ta nasos stansiyasi, 49 ta GES va boshqa obyektlar mavjud. Suv xo‘jaligi obyektlarining aksariyat qismidan 40 yildan ortiq foydalanilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4738
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Tuyamo‘yin GES” UK iyul oyi ishlab chiqarish rejasini 122,5 foizga bajardi
“Tuyamo‘yin GES” UK tomonidan joriy yilning iyul oyida reja bo‘yicha 44 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, ushbu rejaga nisbatan 53.9 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarildi. Korxona mehnat jamoasining samarali sa`y-harakati bilan iyul oyi rejasi 122.5% ga bajarildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4736
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Tuyamo‘yin GES” UKda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha DOLZARB 30 KUN”
“Tuyamo‘yin GES” UKda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 418-F-sonli farmoyishi, “O‘zbekgidroenergo” AJning 2023-yil 12-iyuldagi 06-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Tuyamo‘yin GES” UKning 2023-yil 14-iyuldagi 64-son buyrug‘i asosida “Tuyamo‘yin GES” UKda 10-iyuldan 10-avgustgacha “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida DOLZARB 30 KUN” tadbiri o‘tkazilmoqda. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida korxonada targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. “Tuyamo‘yin GES” UK barcha xodimlarni tadbirda faol ishtirok qilishga chaqiradi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4731
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Har bir murojaat – eʼtiborda, zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri bor
Murojaatlar bilan ishlash, sohadagi ishchi-xodimlarning muammolarini hal etishga ko‘maklashish “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Shu sababli ham oxirgi yillarda ishchi-xodimlarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha turli tadbirlar amalga oshirilib, yangi tartiblar joriy etib kelinmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4729
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ishlab chiqarish obyektlarida yong‘in xavfsizligini taʼminlash – muhim masala
Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Dolzarb 30 kun” tadbirlarida “Farhod GES” unitar korxonasi ham faol ishtirok etmoqda. Bugun korxonada “Yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kunlik” oyligi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Xususan, korxona ishchi-xodimlari ishtirokida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Unda mutaxassislar tomonidan korxona ishchi-xodimlariga yong‘in o‘chirish texnik asbob-anjomlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, yong‘in sodir bo‘lganda xodimlarning xatti-harakatlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4726
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
"Gidroenergetika sektorini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik” dasturining birinchi o`quv bosqichi yakunlandi
"O'zbekgidroenergo" AJ hamda qator vazirlik va idoralar xodimlari Jahon bankining “Gidroenergetika sektorini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik” dasturining birinchi bosqichi doirasida Sertifikatlangan davlat-xususiy sheriklik mutaxassisligi (CP3P) o'quv-trening dasturini yakunladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4724
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O’zbekgidroenergo” AJ tashabbusi bilan Jahon banki grant mablag’lari hisobidan Davlat–xususiy sheriklik yo’nalishi bo’yicha trening kurslari o’tkazildi
Joriy yil 24-28 iyul kunlari xalqaro APMG (Association of Project Managers Group) instituti tarkibidagi “PPP Expertise Eurasia” O'zbekiston Respublikasi davlat sektoridan 27 nafar ishtirokchi uchun DXSh bo'yicha o'quv kurslari tashkil etildi. Dastur Jahon banki grant mablag’lari tomonidan moliyalashtirildi va tashkil etildi. Dastur “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda O‘zbekistondagi gidrotexnika loyihalari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va idoralar xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4720
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ishlab chiqarish reja ko`rsatkichlari bajarilmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarda belgilangan reja ko`rsatkichlari bajarilishi ta`minlanmoqda. Xususan, “Samarqand GESlari kaskadi” unitar korxonasi 2023-yil iyul oyi uchun belgilangan elektr energiya ishlab chiqarish rejasi 25,0 mln. kVt.soat bо‘lib, 27,6 mln. kVt.soat ishlab chiqarildi hama reja ko`rsatkichi 110,5% ga bajarildi.
Korxonaning 7 oylik bo‘yicha elektr energiya ishlab chiqarish rejasi 88,5 mln. kVt.soat
bo‘lib, hisobot davri bo‘yicha 104,2 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi hamda joriy reja 117,7 % ga bajarildi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ekologik standartlarga muvofiq oshkor etilishi lozim bo`lgan axborotlar ro`yxati (Infografika)
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” (shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati) sovrindorlari aniqlandi
Va nihoyat, “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” (Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati)ning final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi pavilyonida o‘tkazilgan an’anaviy musobaqaning yakuniy bosqichi do‘stona, shiddatli, shu bilan birga, hayojonli ruhda o‘tdi.
Jami 70 nafar ishtirokchi qatnashgan yakuniy musobaqada kunning ikkinchi yarmida g‘oliblikka da’vogarlar to‘plagan ochkolari bilan ajralib qolishdi. Umumyakunda eng ko‘p ochko to‘plagan 3 nafar sovrindor aniqlandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4803
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Qodiriya GESlar kaskadi” UKda shaxmat musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 31-iyuldagi
56-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasining 2023-yil 31-iyul kuni 110-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.
Buyruqqa asosan, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32-yillik bayrami munosabati bilan korxonaning muhandis, texnik xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4749
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Gidroenergetika taraqqiyotida zamon bilan hamnafaslik
Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi arafasida, jonajon O‘zbekistonimiz so‘nggi 6-7 yil ichidagi “yuqori shiddatkorlik” ruhida barqaror odimlab, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tenglar ichida teng bo‘lib, suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat sifatida tobora yuksak natijalarga erishmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4747
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Xitoydan quyosh panellari yuklangan 50 ta konteynerdan iborat birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi 190- va 191-sonli qarorlari ijrosi doirasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bu borada, joriy yilning 3-avgust kuni Xitoyning “China Gezhouba Group Investment Company Co. LTD” kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 1 000 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida “Longi” kompaniyasining ilk 20 MVt quvvatli quyosh panellarini O‘zbekistonga jo‘natishga start berish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4746
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” UK: “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining tadbirlari o‘tkazildi
Kuni kecha, 3-avgust kuni “Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi GESlarda “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining Toshkent viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi M. Menlibayev tomonidan gidrotexnika inshootlarini xavfsiz va texnik soz holatda ekspluatatsiya qilish hamda inshootning bugungi holati, unda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari va to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinishi bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4741
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Andijon suv ombori filialida shaxmat va futbol musobaqalari o‘tkazildi
Sport jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va o‘tkazish tizimidir.
Asosiy maqsad – kishilarning salomatligini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport musobaqalarida yuqori natija va g‘alabalarga erishish.
Jamiyat tarkibidagi Andijon suv ombori filialida 2022-2023-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Yoshlar dasturida belgilangan tegishli bandlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida shaxmat va futbol musobaqalari o‘tkazildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4739
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Andijon GES” UKda obodonlashtirish ishlari olib borildi
“Andijon GES” unitar korxonasining GES-2 gidroelektr stansiyasida 2023-yil rejasiga kiritilgan kompressor binosining fasad qismini joriy taʼmirlash hamda stansiya binosiga kirish qismi ustini yopish ishlari o‘rnatilgan tartibda bajarildi.
Taʼmirlash va qurilish ishlari korxona ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4737
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan joriy yilning 3-avgust holatiga ko‘ra energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan 30,947 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108% ni tashkil etadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4734
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Xitoyning “PowerChina International Group Limited” kompaniyasi Andijon viloyatida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini quradi
Joriy yilning may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga Oliy darajadagi tashrif doirasida Energetika vazirligi bilan “PowerChina International Group Limited” kompaniyasi o‘rtasida Andijon viloyatining Andijon tumanida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha “Anglashuv memorandumi” imzolangan edi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4730
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Ayni kunlarda “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Xususan, “Farhod GES” UKda ham ishlab chiqarish quvvatlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan "Farhod GES" UK da reja jadvalga asosan 1-sonli gidroagregat joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4728
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yong‘in xavfsizligini taʼminlash borasida maxsus tadbirlar o`tkazilmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarida xususan “Samarqand GESlar kaskadi” UK da ham "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida iqtisodiy ahamiyatga ega va favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida profilaktika va targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4727
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ishlab chiqarish reja ko`rsatkichi bajarildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarda belgilangan reja ko`rsatgichlari bajarilishi ta`minlanmoqda. Xususan, “Qodiriya GESlar Kaskadi” unitar korxonasi iyul oyida ishlab chiqarish rejasini 100,5% foizga bajardi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4722
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Boshqaruv raisi Quyi Chotqol GES qurilish obyektida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi alohida ahamiyatga ega bo`lgan obyekt hisoblanadi.Bugun 02-avgust kuni Jamiyat tizimidagi tashkilotlar, qurilish va pudratchi korxonalar rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida Quyi Chotqol GES qurilish obyektiga olib borilayotgan ishlar ko`zdan kechirildi.
Bugungi kunda tunu-kun gidrotexnik inshoot obyektlarini qurish ishlari jadal sura`tlarda olib borilmoqda.
Tanishuv davomida qurilish obyektida olib borilayotgan ishlar tahliliy -tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Ko`tarilgan masalalarni o`z vaxtida hal etish choralarini ko`rish bo`yicha Boshqaruv raisi A. Sanginov tomonidan ma`sullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4719
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
28 iyul kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Pskem daryosining chap irmog‘i hisoblangan Ispaysoyda yangi mikro GESning ochilishi marosimi. (video)
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube