Qirg‘izistonda yangi GESlar qurilishi bo`yicha shartnoma imzolandi
Joriy yilning 27–iyul kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forumida ko‘plab yangi loyihalar yuzasidan shartnomalar imzolandi. Xususan, energetika bo‘yicha muhim kelishuv amalga oshirildi. “Issiqko‘l-2023” VI Xalqaro iqtisodiy forumida XXR va Qirg‘iziston Energetika vazirligi o‘rtasida Kozarman kaskadini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolandi. Mazkur shartnomaga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari Qirg‘izistonda Kozarman kaskadi tarkibidagi 4 ta GES qurilishi rejalashtirilgan.
Loyiha Xitoyning Power China Northwest Engineering Corporation LTD, Green Gold Energy (GGE) va China Railway 20th Bureau Group Co LTD kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiyalarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 2,4-3 milliard dollarni tashkil etadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4716
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ishlab chiqarish reja ko`rsatgichi bajarildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarda belgilangan reja ko`rsatgichlari bajarilishi ta`minlanmoqda. Xususan, “Farhod GES” UK iyul oyida ishlab chiqarish rejasini 147,3 foizga bajardi.
2023-yil iyul oyida korxona tomonidan 25,0 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda, 36,825 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4713
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Pskem GES qurilish obyektida yig`ilish o‘tkazilmoqda
Bugun, 1-avgust kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi ishchi guruh Pskem GES qurilish obyektiga tashrif buyurdi. Soha mutaxassislari Pskem GESda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Loyiha bo`yicha bajarilayotgan ishlar muhokama etildi.
Hozirda “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligida barcha soha mutaxassislari ishtirokida tahliliy yigilish otkazilmoqda.
Ma`lumot uchun, , Pskem GES yirik obyektlardan biri bo‘lib, Toshkentdan shimoli-sharqda 120 km masofada, Chorvoq suv omboridan 45 km tepada joylashgan. Pskem GESning elektr energiya imkoniyati 400 MVt ni tashkil etadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4715
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4710
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari tasdiqlangan rejaga asosan davom etmoqda
2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi oldidan "O‘rta Chirchiq GESlari kaskadi" unitar korxonasida mashina sexi chilangarlari tomonidan 1-gidroagregatning moy bosim uskunasini tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4708
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
EʼTIROF
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan “O’zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi «Tuyamo‘yin gidroelektrostansiyasi» unitar korxonasining turbina sexi elektrogaz payvandchisi Bayjanov Yaxshibay Abadovich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Yaxshibay Abadovichni “O’zbekgidroenergo” AJ nomidan samimiy muborakbod etamiz.
“Испайсой микроГЭСи” ишга туширилди
Бугун, 28 июль куни Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманида Пскем дарёсининг чап ирмоғида “Испайсой микроГЭСи” ишга туширилди.
📍https://uza.uz/posts/506447
🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Бўстонлиқда Испайсой микроГЭСи ишга туширилди
Испайсой микро ГЭСининг қуввати 200 кВт бўлиб, ўртача йиллик электр энергия ишлаб чиқариши 1,75 миллион кВт.соатни ташкил этади.
Батафсил — bugun.uz/205190
@bugunrasmiy
“Samarqand GESlar kaskadi” UK da 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan qizg‘in ishlar boshlab yuborildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda gidroenergetika sohasidagi dasturlar, loyihalar ijrosini belgilangan reja asosida amalga oshirish bo‘yicha doimiy ish olib borilyapti.
Xususan, “Samarqand GESlar kaskadi” UK da bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kuz-qish mavsumida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar muhokama etildi. Yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida barcha ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan kaskad tarkibidagi GESlar masʼullariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4703
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan joriy yilning 28-iyul holatiga ko‘ra energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan 30, 995 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107% ni tashkil etadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4701
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023 yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4699
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Korrupsiyaning oldini olish – muhim masala
“O‘zbekgidroenergo” AJ "Komplayens-nazorat" va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan jamiyatning tarkibiy korxona va tashkilotlari xodimlari uchun korrupsion xavflarni oldini olish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida doimiy maʼlumot berib kelinmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4697
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Energetika sohasidagi atamalar
Energetika tizimi (energotizim) deb, elektr energiyasini va issiqlikni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashning uzluksiz jarayonida rejimning umumiyligi bilan bog‘langan va bir-biriga ulangan va rejimi umumiy boshqariladigan elektr stansiyalar, elektr va issiqlik tarmoqlarining majmuasiga aytiladi.
Energo tizimning elektr qismi deb, elektr stansiyalar va elektr tarmoqlar elektr qurilmalarining majmuasiga aytiladi.
Elektr energetikasi tizimi deb, elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, isteʼmol qilish jarayonining umumiyligi bilan birlashgan energotizimning elektr qismi va undan taʼminlanadigan elektr energiyasini qabul qiluvchilariga aytiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4691
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi “To`polang” GESiga tashrif buyurdi
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov “To`palang” GESi hamda hududdagi “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlarida bo‘lib, elektr energiya ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishdi hamda 2023-2024 yillarda kuz-qish mavsumiga ko`rilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida mehnat jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda asosiy e`tibor korxonaning elektr energiya ishlab chiqarish faoliyati, joriy va rejaviy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, GESlardagi obodonlashtirish ishlarining holati, ishchi-xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash masalalariga qaratildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4673
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yangi portal ish faoliyatini boshladi
O‘zbek va xorijiy tillarda “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur portal orqali qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish hamda uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar qabul qilinadi. Shunga ko‘ra, fuqarolar konstitutsiyadagi har bir modda bo‘yicha takliflarini qoldirishi mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4672
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan joriy yilning 31-iyul holatiga ko‘ra energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan 33, 059 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107% ni tashkil etadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4714
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ispaysoyda mikro GES ishga tushirildi
Mamlakatimizning markaziy bosma nashrlaridan biri “Xalq so`zi” gazetasida (2023-yil 1-avgust, 156 (8499-son) “Ispaysoyda mikro GES ishga tushirildi” nomli maqola chop etildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4712
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Obodonlashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, “To‘palang GES” UKda ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4711
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
"O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
"Tòpolang GES" unitar korxonasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 16-iyunda qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ–848-son Qonuni
mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4709
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
🇷🇺🇺🇿 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialida 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlari davom etmoqda.
✅ 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul kvotasi 500 ta o‘rin. Shundan:
✅ Kunduzgi ta’lim shakli:
davlat granti – 106 ta o‘rin;
to‘lov-kontrakt – 244 ta o‘rin.
✅ Sirtqi ta’lim shakli:
to‘lov-kontrakt – 150 ta o‘rin.
⚠️ Filialda ta’lim jarayonlari RUS TILIDA amalga oshiriladi.
O‘qish muddatlari:
❗️Kunduzgi ta’lim shaklida – 4 yil;
❗️Sirtqi ta’lim shaklida – 5 yil.
⚠️ Kirish imtihonlari test sinovlari orqali RUS TILIDA quyidagi fanlardan amalga oshiriladi:
Rus tili
Matematika
✅ Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi:
👉 Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi – 75 ta o‘rin:
Kunduzgi ta’lim shakli:
davlat granti – 22 ta o‘rin;
to‘lov-kontrakt – 53 ta o‘rin.
👉 Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi - sirtqi ta’lim shakli:
to‘lov-kontrakt – 25 ta o‘rin.
👉 Elektr energetikasi va elektr texnikasi – 100 ta o‘rin:
Kunduzgi ta’lim shakli:
davlat granti – 30 ta o‘rin;
to‘lov-kontrakt – 70 ta o‘rin.
👉 Elektr energetikasi va elektr texnikasi –sirtqi ta’lim shakli:
to‘lov-kontrakt – 25 ta o‘rin.
👉 Iqtisodiyot – 50 ta o‘rin:
Kunduzgi ta’lim shakli:
davlat granti – 15 ta o‘rin;
to‘lov-kontrakt – 35 ta o‘rin.
👉 Iqtisodiyot – sirtqi ta’lim shakli:
to‘lov-kontrakt – 25 ta o‘rin.
👉 Menejment – 25 ta o‘rin:
Kunduzgi ta’lim shakli:
davlat granti – 8 ta o‘rin;
to‘lov-kontrakt – 17 ta o‘rin.
👉 Menejment – sirtqi ta’lim shakli:
to‘lov-kontrakt – 25 ta o‘rin.
👉 Elektronika va nanoelektronika – 25 ta o‘rin:
Kunduzgi ta’lim shakli:
davlat granti – 8 ta o‘rin;
to‘lov-kontrakt – 17 ta o‘rin.
👉 Texnik tizimlarni boshqarish – 50 ta o‘rin:
Kunduzgi ta’lim shakli:
davlat granti – 15 ta o‘rin;
to‘lov-kontrakt – 35 ta o‘rin.
👉 Texnik tizimlarni boshqarish – cirtqi ta’lim shakli:
to‘lov-kontrakt – 25 ta o‘rin.
👉 Sifatni boshqarish – 25 ta o‘rin:
Kunduzgi ta’lim shakli:
davlat granti – 8 ta o‘rin;
to‘lov-kontrakt – 17 ta o‘rin.
👉 Sifatni boshqarish – sirtqi ta’lim shakli:
to‘lov-kontrakt – 25 ta o‘rin.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Filialning rasmiy veb-sayti yoki telegram kanali orqali olish mumkin.
⏰ Hujjatlar 2023-yil 20-iyuldan 20-avgustgacha (20 avgust kuni ham) faqat onlayn tarzda http://qabul.mpei.uz/ internet manzili orqali qabul qilinadi.
☎️ Call center (Maslahat markazi) (ish vaqti: 9:00 – 17:00 gacha, yakshanba –dam olish kuni)
+998951457741
+998951457742
+998951457743
+998951457744
+998951457745
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ахборот 24 | Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманида янги ГЭС очилди
#29july #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
https://kun.uz/news/2023/07/28/toshkent-viloyatida-quvvati-200-kvt-bolgan-mikro-ges-ishga-tushirildi
Читать полностью…Ispaysoy mikro GESi ishga tushirildi
Bugun, 28 iyul kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Pskem daryosining chap irmog‘i hisoblangan Ispaysoyda yangi mikro GESning ochilishi marosimi tashkil etildi. Aytish joizki, ushbu hudud infratuzilmasi, mahalliy aholi uchun zaruriy gidroenergetik quvvat manbai ishga tushirildi.
Bugun mazkur mikro GESning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati, pudratchi va qurilish tashkilotlarining mutasaddi rahbarlari, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda “Yosh bunyodkorlar” xalqaro qurilish jamoasi aʼzolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni “O‘zbekgidroenergo” AJ Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sunatov ochib berdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4704
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Farg‘onada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida o‘nlab korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda. Yaqinda bu yerda “BNBM Building Materials Central Asia” korxonasi ochildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida ushbu korxonani ko‘zdan kechirdi.
Korxonaga 30 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij investitsiyasi yo‘naltirilib, yiliga 30 million kvadrat metr gipsokarton va 4 million kvadrat metr dekorativ gipsokarton ishlab chiqarish quvvati yaratildi. 200 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4702
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Fuqaro muhofazasi bo‘yicha tayyorgarlik sinovdan o‘tkazildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda evakuatsiyani to‘g‘ri tashkil etishga qaratilgan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Ularning navbatdagisi “Katta Farg`ona kanalidagi kichik GESlar kaskadi” UKda bo‘lib o‘tdi.
Unda Uchqo'rg'on tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi, tuman ichki ishlar bo`limi tezkor xodimlari, Milliy gvardiya, Qizil yarim oy jamiyati Uchqo'rg’on tuman bo`limi, tuman elektr tarmoqlari, tuman gaz ta’minoti, tuman tibbiyot birlashmasi vakillari hamda ob’ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari va turli maxsus texnikalar ishtirok etdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4700
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Texnika xavfsizligining muhim omillari
Inson xavfsizligini ta’minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda oʻz dolzarbligini koʻrsatadi. Bu jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doir tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshirish muhim masaladir.
Ishlab chiqarish jarayonlari belgilangan vazifalar, tasdiqlangan meʼyoriy-texnik hujjatlar standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar asosida amalga oshiriladi. Ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish olib borishida texnika xavsizligi belgilari muhim ahamiyatga ega.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4698
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
GESlarda huquqiy targ`ibot tadbirlari bo`lib o`tmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi "Katta Farg‘ona Kanalidagi kichik GESlar kaskadi"UKda O'zbekiston Respublikasining “Raqobat to'g'risida” O‘RQ-850-son- Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ'ib qilish hamda tushuntirish maqsadida korxona xodimlari uchun tadbir tashkil etildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4693
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Statistika agentligi 2023 yilning yanvar-iyun oylaridagi sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha maʼlumotlarni eʼlon qildi
Statistika agentligi 2023 yilning yanvar-iyun oylaridagi sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha maʼlumotlarni eʼlon qildi. Mazkur maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda joriy davrda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi oshgan. Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 foizga yoki 1,57 mlrd kVt soatga oshgan. Xususan, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida 36,5 mrld kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning mos davrida 38 mlrd kVt soatga yetgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4674
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Texnik nazorat ishlari davom etmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi suv omborlarida texnik nazorat ishlari olib borilmoqda. Xususan, “To‘palang suv omborida” ida muntazam texnik nazorat tadbirlari olib borilib, ekspluatatsiya davrida ishonchli va xavfsiz ishlashi bo‘yicha barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4671
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Hajm uslubi” nima va qaysi sohalarda qo‘llaniladi? “O‘zbekgidroenergo” AJ: qurilish va loyiha ishlarida “Hajm uslubi” amaliyoti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6119-son Farmoniga asosan, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “Hajm uslubi” bosqichma-bosqich joriy etish etilmoqda. Bunda, qurilish ishlari “Hajm uslubi”da amalga oshirilayotgan obyektlar bo‘yicha faqat ish turlari standartlariga muvofiqlik hamda bajarilgan ishlar hajmi eʼtiborga olinishi belgilangan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4670
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube