uzgidrouz | Неотсортированное

Telegram-канал uzgidrouz - "O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

1872

Официальный канал Наши социальные сети: 📱 https://t.me/uzgidrouz 📱 instagram.com/uzgidrouz/ 💻 twitter.com/uzgidrouz 📩 uzgidrouz@mail.ru 🌐 uzgidro.uz/

Подписаться на канал

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

✔️ Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловининг дастлабки натижалари

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Muhandislik maktabi – soha rivoji uchun muhim zamin!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar taʼlimiga eʼtibor kuchaytirilib, ertangi kunimiz egalarining yaxshi bilim olishi, puxta va malakali kasb-hunar egallashlari uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida alohida muhandislik maktablarini tashkil qilish borasida qator taklif va tashabbuslar bildirilgan edi.

Xususan, “... Bu tizim bizda hozirgacha bo‘lmagan. Lo‘nda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz”, deb taʼkidlagan edi Davlatimiz rahbari.
Bu borada, “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginovning tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Jamiyat tizimidagi “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” nodavlat taʼlim muassasasi qoshida Muhandislik maktabi tashkil etildi.

Zamonaviy shart-sharoitlarga ega Muhandislik maktabining tantanali ochilish marosimida “O‘zbekgidroenergo” AJ masʼul rahbarlari, Sariosiyo tumani hokimligi vakillari, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi vakillari, “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” NTM rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sunatov so‘zga chiqib, ushbu taʼlim muassasasining muhim ahamiyati, sohaviy kadrlarni tayyorlashdagi o‘rni va roliga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Jamiyat tomonidan ushbu maktab faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yosh kadrlar uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlarni yaratib berish doimiy chora-tadbirlar ko‘rilishini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev tumanda bu kabi muhandislik maktabining ochilishi juda o‘rinli va maqsadli bo‘lganligi, tuman yoshlari uchun muhim taʼlim dargohi bo‘lishi, muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy kadrlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan ekanligini bildirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ishtirokchilar tomonidan yurtimizning olis tumanida yosh kadrlarni tayyorlash borasida Muhandislik maktabining ochilishi muhim voqelik bo‘lganligi taʼkidlandi.

Tadbir yakunida maktab ochilishida faol bo‘lgan bir guruh masʼullarga Jamiyatning rag‘batlantiruvchi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4603

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarning huquqlari

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi soliq, bojxonaga oid hamda boshqa imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish;

lokal tarmoqni (elektr, issiqlik va (yoki) gaz tarmog‘ini) yaratish;


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4600

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Tuyamo‘yin GES” UK birinchi yarim yillik ishlab chiqarish rejasini 120,4 foizga bajardi

Tuyamo‘yin gidrouzeli Orol dengizidan 450 km uzoqlikda Amudaryo daryosida O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida joylashgan.

Tuyamo‘yin GESda 6 ta agregat o‘rnatilgan bo‘lib, har birining quvvati 25 MVt, jami 150 MVt ga teng.

Korxona tomonidan yarim yillik elektr energiya ishlab chiqarish rejasi 120,4 foizga bajarildi.

Joriy 2023-yil boshida korxona tomonidan dastlabki 6 oy davomida 120,0 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda, 2023-yil birinchi yarim yilligi yakuni bilan 144,5 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4598

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Investorlar kuni”da “O’zbekgidroenergo” AJ vakili taqdimot bilan ishtirok etdi

Kuni kecha, 6-iyul kuni O’zbekiston Milliy banki tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekistonning investitsion salohiyati” mavzusidagi “Investorlar kuni”da “O’zbekgidroenergo” AJ tomonidan Istiqbolli rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Javohir Jo’rayev taqdimot bilan ishtirok etdi. Taqdimotda Jamiyat tomonidan investitsiya loyihalari asosida amalga oshirilayotgan faoliyat yuzasidan ma`lumotlar taqdim qilindi.

Tadbir yakunida Yevropa, AQSh, Xitoy investorlari tomonidan gidroenergetika sohasidagi istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo’yicha takliflar bildirildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4596

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Hisobot davri maʼlumotlari tahlil etildi

“O‘zbekgidroenergo” AJ “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining 2023-yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti eʼlon qilindi.

Tahlillariga ko‘ra, bo‘lim tomonidan o‘tgan davr mobaynida manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya holatlari yuzasidan tizim korxona va tashkilotlarida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4593

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston energetika tizimida ilk bor GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etildi

O‘zbekiston energetika tizimida birinchi bo‘lib “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy etildi. Endilikda yashil sertifikatlar birja savdosi orqali mahalliy va xorijiy hamkorlarga sotila boshlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi “Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-156-sonli Qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-iyuldan boshlab “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy etildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4591

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

"Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy" sakkizinchi xalqaro anjumani va ko‘rgazmasi Ostona shahrida bo'lib o'tdi

Mazkur yirik tadbir har yili an`anaviy o'tkaziladigan xalqaro kongress va ko'rgazma bo'lib, gidroenergetika sohasidagi loyihalarni muhokama qilish, tajriba almashish, yechim topish va ushbu sohani samarali rivojlantirish uchun kuchlarini birlashtirish imkoniyatini beradi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4587

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

https://uza.uz/uz/posts/energetika-tizimida-ilk-bor-yirik-gidro-toplash-elektr-stanciyalar-barpo-etiladi_498545

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq namunasi ishlab chiqildi

O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan respublika bo‘yicha ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida, shuningdek, aholi xonadonlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini joriy etishda belgilangan me’yorlarni chetlab o‘tish, qurilmalar sifatiga e’tibor bermaslik, arzon va avval ishlatilgan bo‘lib, o‘z nominal foydali ish koeffitsientini yo‘qotgan qurilmalardan foydalanish kabi holatlarning oldini olish maqsadida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq namunasi ishlab chiqildi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4585

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Tokioda iyuldan avgustgacha “energiya tejash mavsumi” boshlandi

“Energy today” nashrining ma`lumotiga ko`ra, Tokioda iyuldan avgustgacha davom etadigan “energiya tejash mavsumi” boshlangan. Hozirda issiq harorat tufayli konditsionerlardan muntazam foydalanish natijasida iste’mol tobora ortmoqda. Ma’lum qilinishicha, zaxiralar minimal darajada bo‘lgani sababli energiya ta’minotining barqarorligiga kafolat yo‘q.

Yaponiya hukumati “Tokyo Electric Power Company Holdings” kompaniyasi xizmat ko‘rsatuvchi mintaqadagi elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

O`tgan yilda ham Yaponiya hukumati issiq harorat tufayli konditsionerlardan foydalanmaslik bo`yicha ogohlantirish bilan chiqqan edi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4583

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ hamda “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi

Bugun, 4-iyul kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ binosida Jamiyat hamda Xitoy Xalq Respublikasining “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov hamda XXRning “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi Boshqaruvi raisi Chjan Tanji (Zhan Xiaohui) tomonidan Yuqori Pskem GAES, Karateren GAES, Yuqori Pskem GES loyihalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4581

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

"Tuyamo‘yin GES" UK ish faoliyati o‘rganildi

"Tuyamo‘yin GES" UKda “O‘zbekgidroenergo” AJ Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmati boshlig‘i R. Vaxobov tomonidan ishlab chiqarish binosi xodimlari ish faoliyati o‘rganib chiqildi, xodimlar bilan o‘rganish natijalari muhokama qilindi va mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, korxona maʼmuriy binosida “O‘zbekgidroenergo” AJning Ichki audit xizmati boshlig‘i E. Bozorov hamda Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmati boshlig‘i R. Vaxobov ishtirokida korxona ishchi-xodimlari bilan mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi hamda elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4578

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

2023-Kuz: Rossiya energetik Forumi va “Ural energetikasi” XXIX xalqaro ko‘rgazmasi

2023-yilning kuzida Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida yirik sohaviy tadbir Rossiya energetik Forumi va “Ural energetikasi” XXIX xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Joriy yilda mazkur tadbirlar yangi muddatlarda, yaʼni 27-29-sentabrda o‘tkaziladi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4576

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Joriy yilning iyun oyida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 265 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan 13,1 mln. kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida tizimga 6,1 mlrd so‘m zarar keltirilganligi maʼlum bo‘ldi.

Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4575

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Muhandislik maktabi – soha rivoji uchun muhim zamin!

Batafsil:
https://uzgidro.uz/news/view/4603

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

🗳 Сайлов куни овоз бериш тартиби


"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4599

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (275-son, 06.07.2023-y.) qabul qilindi

Mazkur Qarorga ko‘ra, hududlarda energiya taʼminotini yaxshilash, yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini taʼminlash, aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga elektr tarmoqlarini mukammal taʼmirlash uchun 2 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada 150 milliard so‘m byudjet ssudasi ajratiladi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4597

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“To‘polang GES” UK birinchi yarim yillik ishlab chiqarish rejasini 131,1 foizga bajardi

Mamlakatimizning janubiy hududida joylashgan “To‘polang GES” UK tomonidan yarim yillik elektr energiya ishlab chiqarish rejasi 131,1 foizga bajarildi.

2023-yil boshida korxona tomonidan dastlabki 6 oy davomida 140,0 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda, 2023-yil birinchi yarim yilligi yakuni bilan 183,6 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4595

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ va uning quyi tizimidagi tashkilotlariga 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida tahliliy M A ʼ L U M O T

2023-yilning 1-yarim yilligi davomida “O‘zbekgidroenergo” AJ (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) va uning tizim korxonalari bo‘yicha jami kelib tushgan murojaatlar soni 240 ta, shundan 26 ta og‘zaki, 67 ta yozma va 147 ta elektron shaklda kelib tushgan.

Murojaatlardan 81 tasi (33,8 %) ijobiy hal etilgan, 147 tasiga (61,2 %) tushuntirishlar berilgan, 3 tasi (1,2 %) taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirliklarga yuborilgan, 9 tasi (3,7 %) o‘rganish jarayonida.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4590

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Qodiriya GESlar kaskadi” UK birinchi yarim yillik ishlab chiqarish rejasini bajardi

“Qodiriya GESlar kaskadi” UK tomonidan yarim yillik elektr energiya ishlab chiqarish rejasi 100,5 foizga bajarildi.

2023-yil boshida korxona tomonidan dastlabki 6 oy davomida 173,0 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda, 2023-yil birinchi yarim yilligi yakuni bilan 174,03 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4588

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

2023- yil 1-iyuldan “Yashil energiya” sertifikatini berish boshlandi. Quyida efirga berilgan lavhada bu to’g’risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari  👇
Telegram   Facebook   Instagram  YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Kuban GAESi modernizatsiya qilinmoqda

“Rusgidro” OAJning kompleks modernizatsiya dasturiga ko‘ra, Kuban GAESida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Modernizatsiya qilish loyihasida suv ombori qirg‘og‘ida GAESning yangi stansiya binosini qurish ishlari ham davom ettirilmoqda.

GAESda olib borilayotgan modernizatsiya bo‘yicha oltita yuqori samarali gidravlik agregatlar o‘rnatilishi belgilangan bo`lib, ular turbinali rejimda ishlash quvvati 18,9 MVt ga, nasos rejimida esa 19,44 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

GAESning yangi binosining qurilishi 2022-yilda boshlangan. Modernizatsiya ishlari 2025-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Hozirda yangi stansiya binosining qurilishi barcha meʼyoriy talablar asosida olib borilib, armatura o‘rnatish va beton yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4586

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Daryolardan nurga to`lsin uyimiz

Mamlakatimizning markaziy bosma nashrlaridan biri “Yangi O`zbekiston” gazetasida (2023-yil 5-iyul, 131-son) “O`zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisining “Daryolardan nurga to`lsin uyimiz” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4584

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi majlisidagi nutqi

Batafsil:
https://uzgidro.uz/news/view/4582

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Huquqiy savodxonlikni oshirish: "Gidroproekt" AJda targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

"Gidroproekt" AJda o'tkazilgan tadbir O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qo'shimcha va o'zgartishlarni o'z ichiga olgan yangi qonun hujjatlarini tushuntirish va targ'ib qilishda muhim qadam bo'ldi. Ushbu tadbirning maqsadi tashkilot xodimlariga yangi o‘zgarishlar haqida har tomonlama tushuncha berish bo'ldi.

2023-yil 6-maydagi O'RQ-838-sonli Konstitutsiyaviy qonun asosida Adliya vazirligi tomonidan keng targ'ib qilish va yangi qonun hujjatlarining mazmunini tushuntirish uchun mo'ljallangan annotarsiyaiar, slaydlar, infografikalarni o'z ichiga olgan targ'ibot materiallar to'plami ishlab chiqildi. Targ'ibot materiallari tayyorlangandan so'ng joylarda tizimli va manzilli targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4579

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikalari Energetika vazirlarining navbatdagi uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Kuni kecha, 3-iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikalari Energetika vazirlarining navbatdagi uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mamlakatlar rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanib borayotgani, koʻp qirrali hamkorlik tobora kengayayotgani alohida taʼkidlandi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chogʻida barcha sohalar qatori energetika sohasidagi hamkorlikka ham alohida eʼtibor qaratilayotgani, gidroenergetikadagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan Qambarota GES-1 qurilishini jadallashtirishga kelishilgani qayd etildi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4577

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti SHHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 4-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Sammit kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Uchrashuv yakunida SHHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, madaniy-gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4574

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал