Yangi quvvatda ishga tushirilayotgan mikro GESlar faoliyati
Quyidagi lavhada yangi ishga tushirilgan Zavroq mikro GESi imkoniyatlari bilan tanishishingiz mumkin.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Dastur ijrosi taʼminlanmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi ijrosi doirasida jamiyat tizim korxona va tashkilotlari tomonidan o‘tgan 2022-yilda jami 84 259 tup daraxt ko‘chatlari ekilgan.
Shundan 29 763 tup mevali, 54 496 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini tashkil etmoqda.
Hozirgi kunda bu ishlar davom ettirilmoqda. Taʼkidlash lozimki, hududlarning iqlim sharoiti va yer unumdorligidan kelib chiqib, qurg‘oqchilikka chidamli daraxt ko‘chatlari ekilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4537
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Elektr energiya ishlab chiqarish ko‘rsatgichlari tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan eʼlon qilingan rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda joriy yilning yanvar-may oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish 103,1 foizni tashkil etgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4535
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Obodonlashtirish tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekgidroenergo” AJ tizim korxona va tashkilotlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda. Mazkur tadbir barcha ishlab chiqarish obyektlarida uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.
Ana shunday obodonlashtirish tadbiri "Chirchiq GESlar Kaskadi" UK tarkibidagi Oq-qovoq 10-GESda bo‘lib o‘tdi. Obodonlashtirish tadbiri davomida gul ko`chatlariga ishlov berilib, sug`orish tizimi quvurlari yangilandi. GES hududidagi mavjud tomorqalarga ishlov berildi. GES binosining tashqi fasadi, yoritish tizimlari tartibga keltirildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/45032
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yangi GESlar ishga tushdi
“O‘zbekiston ovozi” gazetasida (2023-yil 21-iyun, 23 (32769-son) Jamiyat tomonidan Andijon viloyatida yangi ishga tushirilgan mikro GESlar faoliyati to‘g‘risida “Yangi GESlar ishga tushdi” nomli maqola chop etildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4529
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Toshkent davlat texnika universiteti talabalari “Qodiriya GESlar kaskadi” UK “Qodiriya GES” (3A-GES)ga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasidagi mavjud texnik qurilmalar bilan yaqindan tanishish uchun Toshkent davlat texnika universiteti Issiqlik energetikasi fakulteti “Energiya tejamkorligi va energetika auditi” yo‘nalishining 88-22 va 89-22-guruh talabalari “Muqobil energiya manbalari” fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish maqsadida Qodiriya GESga tashrif buyurdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4527
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Energetika xabarlari
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari tajribasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish va ulardan elektr energiyasi olish talabi tobora kuchayib bormoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, agar 2000-yilda dunyodagi barcha davlatlarda shamoldan 17,4 gigavatt energiya olingan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich 2014-yilga kelib 389,5 gigavattni tashkil etgan. Keltirilgan raqamlar tahlil etilsa, 14 yil davomida birgina shamoldan elektr energiyasi olishning o‘zi 20 barobarga oshgan. Hozirgi davrga kelib esa bu ko‘rsatkichlar 353,5 gigavattdan ortiqqa o‘sgan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, shamoldan elektr quvvati olish bo‘yicha Xitoy dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Keyingi o‘rinlarda AQSH, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlar turadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4525
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Osiyo qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish boʻyicha Shimoliy Amerika va Yevropani ortda qoldirdi
Soʻnggi statistik ma`lumotlarga koʻra, 2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlarining butun dunyo boʻylab oʻsishining qariyb 60 foizi Osiyo hissasiga toʻgʻri kelgan.
Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligining 2023-yildagi qayta tiklanuvchi quvvatlar statistikasi hisobotida 2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlarining butun dunyo boʻylab oʻsishining qariyb 60 foizi Osiyo hissasiga toʻgʻri keldi va bu yil oxiriga kelib jami 1,63 Teravatt (TW) qayta tiklanuvchi quvvatga ega boʻldi. Mazkur oʻsishning katta qismi Xitoy hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Osiyoda dunyo aholisining 50 foizdan ortigʻi istiqomat qiladi va soʻnggi yillarda mintaqada iqtisodiy oʻsish kuzatildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4523
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
50 nafar talabadan iborat “Yosh bunyodkorlar” xalqaro talabalar qurilish jamoasi Jamiyat tizimida barpo etilayotgan yirik loyihalar – Pskem GES hamda Quyi Chotqol GES qurilish obyektlariga jo‘natildi
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ekologik audit o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ekologik audit qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan ekologik nazoratning o‘rnini bosmaydi.
Ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti va ekologik audit buyurtmachisi o‘rtasida tuziladigan, ekologik audit o‘tkazish muddatlari va boshqa shartlari belgilanadigan shartnoma asosida o‘tkaziladi.
Ekologik audit ekologik audit subyektining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi butun faoliyatiga yoki uning alohida qismiga nisbatan o‘tkazilishi mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4520
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasida konvensiyaning 12-moddasi yuzasidan O‘zbekiston amaliyoti taqdim etildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (BMT GJB)ning taklifiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva BMT GJB bosh kotibiyatida bo‘lib o‘tayotgan Konvensiya implementatsiyasini ko‘rib chiqish guruhining 14-sessiyasida maʼruza bilan ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun: BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi-davlatlari konferensiyasi – Konvensiyaga aʼzo davlatlari tomonidan xalqaro shartnomaning implementatsiyasi, amaliyotchilar o‘rtasida tajriba va bilimlar almashish hamda kun tartibidagi muhim masalalarni muhokama qilish uchun xalqaro maydon hisoblanadi. .
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4515
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Тахлилнома | Перспективные проекты в гидроэнергетике: введены в эксплуатацию две ГЭС в Алтынкуле. Начато строительство Яванской ГЭС
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Sayyor qabul: ishchi-xodimlar manfaati doim ustuvor
Kuni kecha, 16-iyun kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov ishtirokida “Andijon GES” UKda sayyor qabul va bevosita ishchi-xodimlar bilan jonli muloqot tashkil qilindi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj prognozini shakllantirish tartibi
Respublikada elektr energiyasi iste’molining prognozi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan iqtisodiy rivojlanish, aholi sonining o‘sishi va uy-joy qurilishini hisobga olgan holda har bir iste’molchi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomalarida ko‘rsatilgan ehtiyoj miqdorlari asosida aniqlanadi.
Elektr energetika obyektlarining ichki tarmoq elektr energiyasi iste’molining prognozi (korxonalarning elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining va ishlab chiqarish ehtiyojlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasini elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga uzatish bo‘yicha elektr energiyasining texnologik sarfi) har yili 1-oktabrgacha umumlashtiriladi hamda kelgusi yil uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi tarkibiga kiritiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4514
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Andijonda yangi mikro GESlar ishga tushirildi
Bugun, 16-iyun kuni Andijon viloyatida yangi mikro GESlarning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmanov, viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B. Xamrayev, “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov hamda masʼul rahbarlar, mahalliy xususiy sektor vakillari – tadbirkorlar, mahalla faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanish, kichik oqimdagi suvlardan unumli foydalanish,toza va arzon elektr energiya manbasini ishlab chiqarishga bo‘lgan talab oshib bormoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4513
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Yashil” energetikaning bugungi holati va rivojlanish yoʻnalishlari
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari Oʻzbekistonda “yashil” energetikaning bugungi holati va rivojlanish yoʻnalishlarini oʻrgandi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tahlillariga ko`ra, 2022-yilda Oʻzbekistonda quvvati 200 megavattga teng boʻlgan quyosh elektr stansiyalari yordamida 411 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu esa 124 million metr kub tabiiy gazni tejash, atmosferaga 164 ming tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olish imkonini beradi. Shu davrda quvvati 2072 megavattga teng boʻlgan gidroelektr stansiyalari vositasida 6,48 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4538
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Oliy Majlis Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Bugun, 22-iyun kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4536
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Toshkent GESlar kaskadi” UKda “Energetika obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmat boshlig‘i R. Vaxobov tomonidan “Toshkent GESlar kaskadi”ning rahbar va tezkor xodimlari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 608-son qarori bilan tasdiqlangan “Energetika obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Ushbu seminarga malakali soha mutaxassisi jalb qilinib, asosiy eʼtibor talab qiluvchi jihatlarga alohida urg‘u berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/45034
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Energetika xabarlari
Maʼlumotlarga qaraganda, Shotlandiya, Islandiya, Kosta-Rika, Urugvay kabi davlatlarda umumiy energetika miqdorining qariyb barchasi, Shvetsiya, Germaniya, Daniya kabi mamlakatlarda deyarli teng yarmi va undan koʻprogʻi muqobil energiya hissasiga toʻgʻri keladi. Dunyoda eng koʻp “yashil energiya” ishlab chiqaradigan Xitoy esa, 2025-yilga borib uning umumiy miqdorini 25 foizga koʻtarishni rejalashtirmoqda.
Oʻzbekistonda ham bu boradagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Taraqqiyot strategiyasida barcha sohalarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash hamda ularga “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini faol joriy etish belgilangan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/45031
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Shahrixon GESlar kaskadi” filialida “Energetika obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmat boshlig‘i R. Vaxobov tomonidan “Shahrixon GESlar kaskadi” filialining rahbar va tezkor xodimlari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 608-son qarori bilan tasdiqlangan “Energetika obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Ushbu seminarga malakali soha mutaxassisi jalb qilinib, asosiy eʼtibor talab qiluvchi jihatlarga alohida urg‘u berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4526
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (loyiha)
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4524
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Tojikiston yangi GESlar yordamida ko‘proq elektr energiya ishlab chiqarishni boshlaydi
Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida mamlakat gidroenergetikasi hajmini yangi GESlarni barpo etish orqali oshirishga qaratilgan nutqida bayon qildi.
Unga ko‘ra, mamlakat yaqin yillarda elektr energiya ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi. Shu bilan birga, Ittifoq davlatlariga Tojikistondagi gidroenergetika sohasini rivojlantirishda yangi quvvatlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qilishni, bu orqali butun mintaqaning iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirishni taklif qildi.
Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda Tojikiston umumiy energetika sohasining qariyb 98 foizini gidroenergetika ulushi tashkil qiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4522
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
GESning yog‘-moy xo‘jaligi
GESning yog‘-moy xo‘jaligi alohida yordamchi texnologik kompleks bo‘lib, inshoot, asbob-uskunalar, rezervuar, suv quvurlari kommunikatsiyalari tizimi va yordamchi taʼminot tizimidan iborat bo‘ladi.
Asosiy faoliyat yo‘nalishi yog‘-moy mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, ishlatish uchun taqdim qilish va saqlanish holatini, foydalanilishini nazorat qilishdan iborat.
Yog‘-moy omborlarining rezervuarlari, asosan, GESning montaj maydonchalarida tashkil etiladi. Ombordagi yog‘-moy umumiy 1000 m3 hajmdan ko‘p bo‘lmasligi va har bir yopiq xonada 300 m3 hajmdan oshmasligi tavsiya qilinadi.
Yog‘-moy omborlarini kabel inshootlari, akkumulyator, taqsimlovchi qurilma ustidan yoki ostidan joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
GES apparati qoida tariqasida, ushbu omborga yaqin joyda bo‘ladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4521
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Andijon GES” UKda “Energetika obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmat boshlig‘i R. Vaxobov tomonidan “Andijon GES” unitar korxonasining rahbar va tezkor xodimlari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 608-son qarori bilan tasdiqlangan “Energetika obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarga soha mutaxassisi jalb qilinib, asosiy eʼtibor talab qiluvchi jihatlarga alohida urg‘u berildi.
“O‘zbekgidroenergo” AJning 2022-yil 26-dekabrdagi 165-sonli bayoni qaroriga muvofiq, “Andijon GES” UKning ochiq taqsimlash qurilmasida almashlab ulashlarni bevosita bajaruvchi masʼul tezkor xodimlari 4 ta komplekt aramid tolali yozgi maxsus kiyimlar bilan taʼminlandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4516
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Eronda bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Tehron shahrida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni hamda ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4517
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Tahlilnoma | Gidroenergetikada istiqbolli loyihalar: Oltinko‘lda ikkita GES ishga tushdi. “Yavan” GESi qurilishi boshlandi
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Sayyor qabul: ishchi-xodimlar manfaati doim ustuvor
Kuni kecha, 16-iyun kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov ishtirokida “Andijon GES” UKda sayyor qabul va bevosita ishchi-xodimlar bilan jonli muloqot tashkil qilindi.
Dastlab, Boshqaruv raisi korxonada ishlab chiqarish faoliyati hamda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
“Yashil makon” yo‘nalishida “Andijon GES” UKda amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Boshqaruv raisi A. Sanginov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda ishchi-xodimlar bilan jonli muloqot o‘rnatilib, ularning murojaatlari tinglandi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratildi. Ichki turizm asosida Buxoro shahriga korxonada ishlayotgan xotin-qizlar hamda yoshlar jamoasini sayohatga yuborish masalasi ijobiy hal etildi.
Aytish lozimki, ishchi-xodimlarning farzandlarini oliy taʼlim muassasalarida o‘qitish, yosh xodimlarni ixtisosligi bo‘yicha oliygohlarga tavsiya etish (keyinchalik ushbu yosh kadrni korxonaga ishga joylashtirish) masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Xodimlarning har bir taklif va mulohazalari tinglandi. Boshqaruv raisi korxona ishchi-xodimlari murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun masʼul xodimlarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Taʼkidlash joizki, o‘tkazilgan sayyor qabul gidroenergetika sohasida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarga munosib ish sharoitlarini yaratish, ijtimoiy yordam berish, ularni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
“Yosh bunyodkorlar” xalqaro talabalar qurilish jamoasi Pskem hamda Quyi Chotqol GESlari qurilish obyektiga safarbar qilindilar
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Talaba-yoshlar “O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasiga tashrif buyurishdi
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini, tajribalarini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada, qator oliy taʼlim muassasalari bilan amaliy hamkorlik qilinmoqda.
O‘zbekiston Milliy universiteti gidrologiya yo‘nalishining bir guruh talabalari “O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasiga tashrif buyurishdi.
Amaliyot-tanishuv tadbiri doirasida talabalarga korxona faoliyati va uning tarkibidagi GESlar haqida asosiy maʼlumotlar va tushunchalar berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4512
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube