uzgidrouz | Неотсортированное

Telegram-канал uzgidrouz - "O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

1872

Официальный канал Наши социальные сети: 📱 https://t.me/uzgidrouz 📱 instagram.com/uzgidrouz/ 💻 twitter.com/uzgidrouz 📩 uzgidrouz@mail.ru 🌐 uzgidro.uz/

Подписаться на канал

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining faoliyati tahlili, muammolar va takliflar

Bugun, 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining faoliyati tahlili, muammolar va takliflar” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining o‘rinbosarlari hamda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbarlari ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4511

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari: asosiy tushunchalar

Energiya ta’minoti bo‘yicha avariya broni — iste’molchilar faoliyati qisman yoki to‘liq to‘xtatilgan holda uskunalarni saqlash, insonlar hayotining xavfsizligini ta’minlash, avariya va qo‘riqlash yoritgichlari, shamollatish, suv haydash, suv ta’minoti, isitish, yong‘in xavfsizligi vositalari uchun zarur bo‘lgan elektr quvvatining eng kam miqdordagi darajasi yoki elektr energiyasi hajmi;

avariya rejimi — elektr energetika obyektlarining ishlash texnologik parametrlarining yagona elektr energetika tizimi ishonchli ishlashining izdan chiqishiga va iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tarzda chetga chiqishi;


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4509

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Xitoyning jami elektr energiyasi quvvati 2564,05 GVt.soatga yetdi

“Reuters” axborot agentligining xabar berishicha, muqobil energiya manbalari ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi hajmi jami quvvatlarning 50 foizidan oshgan.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4507

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zenergoinspeksiya”: joriy yilning may oyida 135 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan 23 mln kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan

Joriy yilning may oyida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 135 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan 23 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4504

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasining ilk shamol turbinasi o‘rnatildi

Mazkur 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi loyihasi Navoiy viloyatining Tomdi tumanida qurilmoqda.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4503

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Toshkent GESlar kaskadi” UK tarkibidagi “Bo‘zsuv” GES-1 da maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 6-yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha 2022-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2023-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi hamda Toshkent shahar hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli buyruqlarida, “Toshkent GESlar kaskadi” UK “Bo‘zsuv” GES-1 da “Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzila natijasida obyektda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni oqibatlarini bartaraf etish, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va hamkorlikdagi xizmatlar bilan harakatlanish” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4502

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

2024-2030-yillarda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish rejalashtirilgan investitsiya loyihalari

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Suv rejimining sathi haqida asosiy tushunchalar

Daryo, ko‘l, botqoqlik va yer yuzasida joylashgan suv miqdori doimo o‘zgarib turadi. Suvning miqdori o‘zgarishi bilan suv obyektlari sathi ham o‘zgarib turadi. Sathning o‘zgarish xarakteri ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib, ko‘p yillik, yillik mavsumiy va sutkalik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Suv sathining ko‘p yillik o‘zgarishi asosan iqlim o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, atmosfera sirkulyatsiyasining uzoq muddatli taʼsirida hosil bo‘ladi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4498

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari ishtirokida seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

Seminarda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bo‘lim boshlig‘i X. Tursunbekov “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida korrupsiya uchun javobgarlik” masalalari bo‘yicha taqdimot qildi.

Tadbir davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikning huquqiy asoslari, turlari, jazoni taʼminlash jarayonidagi bir qator muammolar haqida so‘z bordi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4496

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Samarqanddagi qurilish va ekspluatatsiya obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Bugun, 12-iyun kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida Samarqand viloyati Darg‘om kanalining PK102+00+50 piketida barpo etilayotgan kichik GESdagi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Aytish joizki, 6,4 MVt quvvatli GES qurilishi tasdiqlangan rejaga binoan jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Qurilish obyektida pudratchi va hamkor tashkilotlar ishchi-xodimlari qurilish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh Samarqand viloyatining Darg‘om kanalida loyihaviy quvvati 7,4 MVt bo‘lgan kichik GESga tashrif buyurdi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4490

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abay viloyati hududida ro‘y bergan o‘rmon yong‘ini oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayev va qardosh Qozog‘iston xalqiga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor etdi. Tabiiy ofatga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekani ta’kidlandi.

Prezidentlar O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ham muhokama qildilar.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4488

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Venada AEXA Boshqaruvchilar kengashi O‘zbekiston bilan hamkorlik haqidagi hisobotni eshitdi

Joriy yilning 5-9-iyun kunlari Vena shahrida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) Boshqaruvchilar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yig‘ilish ishtirokchilari Agentlikning 2022-yil uchun yillik hisobotini, texnik hamkorlik sohasida AEXA faoliyatini kuchaytirish va tashkilot faoliyatining boshqa muhim masalalarini muhokama qildilar.

"Texnik hamkorlik" bo‘yicha yig‘ilish kun tartibidagi masalasi bo‘yicha O‘zbekistonning Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili, elchi Abat Fayzullayev so‘zga chiqdi. U o‘z maʼruzasida ishtirokchilarni O‘zbekiston va AEXA o‘rtasidagi 2022-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi doirasidagi hamkorlik haqida maʼlumot berdi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4486

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milan shahrida ushbu mamlakatning investorlari va yirik biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Italiya tomonidan Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana, “Italiya - O‘zbekiston” savdo palatasi prezidenti Jorjo Veronezi, shuningdek, Eni, Enel, Pietro Fiorentini, Saipem, Energy System, Imagro Group, HT Holding, Danieli, SACE, Ferroli Group, Arsenale Group, Pirelli kabi yetakchi kompaniya va korporatsiyalar, uyushma va moliyaviy institutlarning 25 nafardan ziyod rahbarlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4484

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Shotlandiyaning qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqida

Shotlandiya gidroenergetika quvvatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatlar safiga kiradi. Buyuk Britaniya elektr energiyasi isteʼmolining 85%i Shotlandiya gidroenergetik quvvatlariga to‘g‘ri keladi. Shu jihatdan Shotlandiyada 78 ta yirik to‘g‘onli, 54 ta turli quvvatlardagi, yaʼni katta va o‘rta quvvatdagi GESlarga ega 300 km dan ortiq bog‘langan tunnellar mavjud.

Shotlandiya hozirgi vaqtda nasosli saqlash suv omborlaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish, mazkur texnologiyalarni ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Hozirda mamlakatda GESlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi taxminan 1800 MVt, anʼanaviy va nasos omborlarida 740 MVt, shu bilan birga jami 5000 MVt dan ortiq yangi gidroakkumulyatsiya manbalarining qurilishi kutilmoqda.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4481

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Mintaqaviy konferensiya: Afrikada suvni asrash hamda gidroenergetikani rivojlantirish

Aqua~Media International hamda ICOLD hamkorligida, Uganda hukumati bilan kelishilgan holda Afrika uchun o‘tkazilayotgan mintaqaviy konferensiyaning maqsadi – butun dunyodan ekspert-mutaxassislarni bir joyga to‘plash, Afrika taraqqiyoti va manfaati uchun suvni asrab-avaylash hamda gidroenergetika sohasi taraqqiyoti yo‘lida muhim fikr-mulohazalarni muhokama qilishdan iborat.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4480

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uchun to'lov 10 ish kunida amalga oshiriladi

Hukumat qarori (247-son, 14.06.2023-y.) bilan Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o'z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, elektr energiya oldi-sotdi shartnomasi asosida sotiladi.

Bunda:
jismoniy va yuridik shaxslar o'z ehtiyojlari uchun o'rnatgan quvvati 1 MVtgacha quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektrning o'z ehtiyojidan ortiqchasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sotib olinadi;

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4510

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Ekologik audit shakllari va xulosasi

Ekologik audit shakllari

Ekologik audit ixtiyoriy yoki majburiy shaklda o‘tkazilishi mumkin.

Atrof-muhitga taʼsir ko‘rsatish xavfi kam bo‘lgan yoki unchalik ko‘p bo‘lmagan (lokal taʼsirga ega) ekologik audit subyektlarining faoliyatiga nisbatan ekologik audit ixtiyoriy tartibda o‘tkaziladi.

Atrof-muhitga yuqori va o‘rtacha taʼsir ko‘rsatish xavfiga ega bo‘lgan ekologik audit subyektlari har yilgi majburiy ekologik auditdan o‘tkazilishi lozim.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4508

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Respublika bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan umumiy quvvati 240 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimlari o‘rnatilgan

So‘nggi operativ ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan umumiy quvvati 240 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimlari o‘rnatilgan.

Natijada respublika bo‘yicha iste’mol nuqtalarida bir sutkada qo‘shimcha 1,1 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4505

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginovning Pskem hamda Quyi Chotqol GES qurilish obyektlariga tashrifiga doir

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginovning Samarqanddagi qurilish va ekspluatatsiya obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishuvi videolavhasi

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda (mashina yuvish, tomorqa sug‘orish, hovliga suv sepish) foydalanish yoki oqilona foydalanmaslik (mevalarni muzlatish uchun ochib qo‘yish) suvni to‘xtatib qo‘yish uchun asos hisoblanadi

Mazkur qoidalarni buzish, ya’ni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish fuqarolarga BHMning 1 baravaridan (330 ming so‘m) 3 baravarigacha (990 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan (1 mln 650 ming so‘m) 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O`zbekgidroenergo” AJ tomonidan 2024-2030-yillarda investitsiya loyihalari asosida 2 749,5 MVt yangi quvvatlar ishga tushiriladi

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

I-REC Standard Foundation tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mahalliy emitent sifatida tayinlanishi ma’qullandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi PQ-156-son Qaroriga muvofiq Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti (I-REC) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda ushbu I-REC tashkilotning O‘zbekistondagi emitenti (vakolatli organ) belgilandi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4497

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Quyi Chotqol GES qurilish obyektiga tashrif buyurdi

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan yangi GESlarni barpo etishda investitsiyaviy loyihalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan gidrotexnik inshoot obyektlarini qurish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4494

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasi ishlab chiqarilgan taqdirda, ruxsat beruvchi hujjatlar olish talab etilmaydi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar blok-stansiyalar shartlari asosida, shuningdek hosil qilinayotgan elektr energiyaning maksimal qiymati ko‘rsatilgan holda tanlov asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishi mumkin. Blok-stansiya isteʼmolchilarning yagona elektr energetikasi tizimiga bevosita yoki isteʼmolchilar elektr tarmog‘i orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyasi hisoblanadi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4489

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Yosh bunyodkorlar” xalqaro talabalar qurilish jamoasi Pskem hamda Quyi Chotqol GESlari qurilish obyektiga safarbar qilindilar

Tobora taraqqiy etib borayotgan yangi O‘zbekistonda ilm-fan sohasini ishlab chiqarish bilan izchil integratsiya qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan respublikamizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI MTU), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik asosida doimiy ilmiy-amaliy faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, ilmiy-amaliy yo‘nalishda ixtisoslashgan xorijiy oliygohlar bilan ham hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4487

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Saylov byulletenining shakli, matni va tavsifi tasdiqlandi

Tajriba-sinov tariqasida ayrim saylov uchastkalarida saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi va qaror qabul qilindi.

Markaziy saylov komissiyasining 9-iyun kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulleteni shakli, matni va tavsifi tasdiqlandi. Belgilanganidek, Prezidentlikka nomzodlar familiyasi, ismi va otasining ismi saylov byulleteniga, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari hamda saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlash toʻgʻrisidagi bayonnomalarga lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi tartibida kiritiladi.

Majlisda ayrim saylov uchastkalarida saylov jarayonini videotranslyatsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4485

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

"O'zbekiston-24" telekanalida Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan koʻrgazmali seminar tafsilotlari keng yoritildi

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi “Qodiriya GESlar kaskadi” UKga tashrif buyurdi

Bugun, 9-iyun kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov “Qodiriya GESlar kaskadi” UKga tashrif buyurdi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Kaskad tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish rejasi qariyb 108 foizga bajarildi. Korxona tarkibidagi GESlar tomonidan jami 144,5 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Tashrif davomida Kaskad mehnat jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda asosiy e`tibor korxonaning elektr energiya ishlab chiqarish faoliyati, joriy va rejaviy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, GESlardagi obodonlashtirish ishlarining holati, davlat xaridlarini tegishli tartibda amalga oshirish, ishchi-xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, shu bilan birga, sport maydonchasini barpo etish masalalariga qaratildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4483

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi: kutilayotgan natijalar

Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilga borib quyidagilarga erishish kutiladi:

- issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish;

- ikki karra energiya samaradorligi ko‘rsatkichini oshirish va yalpi ichki mahsulot uglerod sarfi hajmini kamaytirish;

- qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;

- 100 foizgacha aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy, arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlash;

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4479

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал