O‘zbekiston Prezidenti FAO bilan amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifning birinchi kunida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ofisiga tashrif buyurdi va uning bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan ushbu muhim ixtisoslashtirilgan xalqaro institut o‘rtasidagi hamkorlikni, eng avvalo, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari keyingi yillardagi samarali hamkorlik natijalarini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4478
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
XEA: GAESlar quvvati oshirilib boriladi
Xalqaro energetika assotsiatsiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 2021-yilda gidro akkumulyatorli elektr stansiyalar (GAES) elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari 159 GVt, o‘tgan 2022-yilda 165 GVtni tashkil etgan.
O‘tgan vaqt mobaynida GAESlarning quvvatlari oshirib borilayotganligi taʼkidlanmoqda. XEA keltirgan faktlarga ko‘ra, 2023-yilda dunyodagi nasosli akkumulyator elektr stansiyalarining quvvati 65,2 GVtga oshadi, bu o‘sishning taxminan 30 foizini tashkil qiladi.
Hozirda ko‘plab mamlakatlar, xususan, Hindiston, Xitoy, AQSH, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya va Vyetnam kabi davlatlarda nasosli elektr stansiyalarning quvvatlarini oshirish maqsadlari belgilab berilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – nasosli elektr stansiyalar faoliyatini rivojlantirish, “yashil energiya” loyihalarini keng targ‘ib etishga qaratilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4475
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan va isteʼmol qilinadigan energiyaning butun hajmi hisobga olinishi shart.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan va isteʼmol qilinadigan energiyaning hisobi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining soni aniqligini, to‘g‘riligini taʼminlash;
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4473
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Italiyaga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Rim shahriga keldi.
Italiya poytaxtining “Fyumichino” aeroportida O‘zbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy voqealari ertaga, 8-iyun kuni boshlanadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4471
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“RusGidro” OAJ: Votkin GES quvvatlari oshirildi
“RusGidro” OAJ tarkibidagi Votkin GESning 10-gidroagregatida olib borilgan modernizatsiya ishlari yakuniga yetkazildi.
GESning modernizatsiya ishlari jamiyatning maxsus dasturi doirasida amalga oshirildi. Yangi o‘rnatilgan gidroagregat “Siloviye mashini” sohaviy kompaniyasi tomonidan tayyorlab berilgan.
Bugungi kunda yangi gidroagregat to‘liq sinovdan o‘tkazilib, hozirda to‘liq ish faoliyatida. Modernizatsiyadan so‘ng 10-gidroagregat quvvati 100 MVtdan 115 MVtga oshirildi.
Aytish lozimki, Votkin GESning 10-gidroagregati 1963-yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan bo‘lib, qariyb 60 yildan ortiq davr mobaynida o‘rnatilgan quvvatida ishlab keldi.
Ammo, yillar o‘tishi bilan mazkur gidroagregat texnik jihatdan o‘z faoliyatida to‘liq ishlash imkoniyatiga ega emas edi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4469
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2030-yilgacha dengiz shamolidan olinadigan energiya hajmi 8 marta oshadi
Dengiz shamolidan olinadigan energiya butun dunyo bo‘ylab 2019-yildagi 29,1 GVtdan 2030-yilda 234 GVtgacha, yaʼni 8 marta oshishi mumkin. Bunday prognozni Shamol energetikasi bo‘yicha global kengash tahlilchilari (GWEC) berishmoqda.
Ular yaqin 10 yil ichida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida hamda Yevropa davlatlarida toza energetika tarmog‘ining jadal o‘sishini prognoz qilishmoqda.
Umuman olganda, dengiz shamoli energetikasi bozori 2013-yildan beri chorak qismga o‘sgan. Bu asosan Yevropadagi yangi stansiyalar hisobiga yuz bergan. Yevropadagi shamol stansiyalari dunyodagi barcha shamol stansiyalarining 75 foizini tashkil qiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4467
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi
”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4465
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
XVF Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Samarqand shahrida Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Xalqaro valyuta fondi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, pul-kredit va fiskal siyosatni takomillashtirish borasidagi islohotlar kabi ustuvor yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda XVF bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu davrda fondning 70 dan ortiq missiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi, ekspert-texnik ko‘mak kengayib bormoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4463
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Prezident Samarqanddagi zamonaviy massiv loyihasi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida "Shirin" massivining master rejasi taqdimoti bilan tanishdi.
Bu mahalla xalqaro aeroport yaqinida, Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan. So‘nggi yillarda Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlikka munosib tarzda ushbu hududda zamonaviy massiv qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 389 gektar yer ajratilgan.
Loyihaga ko‘ra, massivda ko‘p qavatli uylar, maktab va bolalar bog‘chalari, poliklinikalar, sport maydonlari va ko‘ngilochar maskanlar bo‘ladi. Yirik biznes va savdo majmualari iqtisodiyot rivojiga, ish o‘rinlari ko‘payishiga qo‘shimcha impuls beradi. Massivni shahar bilan bog‘lovchi ko‘prik va yo‘llar, infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlari barpo etiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4461
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, quyidagilar qabul qilindi:
– Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
– Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mulk soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
– Bojxona ishlarida o‘zaro ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4459
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirishga doir
Ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini taʼminlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish borasida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqsadni ko‘zlagan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son Qarori qabul qilindi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4457
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qatar Amiri Samarqanddagi obidalar bilan tanishdi
Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining ulug‘vor me’moriy obidalarini ko‘zdan kechirdi.
Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek buyuk olim va hukmdor sifatida ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona kashf qilib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan. Uning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari butun dunyoda, xususan, arab olamida falakiyot bo‘yicha ilmiy manba sifatida mashhur bo‘lgan.
Tanishuv chog‘ida temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik yuksak darajada rivojlangani, bu yurtimizdagi Ikkinchi renessansga asos bo‘lgani yodga olindi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4455
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Elektr energetika tarmog‘ida narxni shakllantirishning asosiy prinsiplari
Tariflarni shakllantirish quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
a) ommaboplik – tarif samarali va oqilona foydalilikni nazarda tutishi lozim, yaʼni tarif eng kam xarajatli variantlarga asoslanishi va samarasizlikni istisno qilish darkor;
b) axborotning ochiqligi – tariflar va tariflarni asoslovchi xarajatlar to‘g‘risidagi axborot manfaatdor taraflar uchun ochiq bo‘lishi lozim;
v) tarif belgilashning izchilligi va oldindan taxmin qilish imkoniyati – tariflar izchil (kalendar yiliga yoki uzoq muddatga) belgilanishi lozim va ularning oshirilishi yoki pasaytirilishi elektr energetika tashkilotlari va elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun asosli va tushunarli bo‘lishi lozim;
g) kamsitmaydigan yondashuv – tariflar obyektiv va adolatli bo‘lishi lozim;
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4453
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot fondi 6,7 MVt quvvatga ega kichik GES qurilishini moliyalashtiradi
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot fondi hamda “Kogart GES” MCHJ o‘rtasida imzolangan Kredit bitimiga ko‘ra, Qirg‘izistonda 6,7 MVt quvvatga ega kichik GES qurilishi moliyalashtiriladi.
GESning yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 20,1 mln. kVt.soatga teng.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4451
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yavan GES qurilishi boshlandi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi davlatlararo hamkorlik doirasida gidroenergetika yo'nalishida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ikki tomonlama manfaatli hamkorlik doirasida Zarafshon daryosida Yavan GES qurilishi boshlandi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti va Italiya Bosh vaziri ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar
Rim shahridagi rasmiy tadbirlar dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kiji saroyida Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni bilan muzokara o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari Italiya zaminida ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun dildan minnatdorlik bildirdi.
Italiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim va ishonchli sherigi ekani, keyingi yillarda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik faollashgani qayd etildi.
Bugun strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilgach, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4477
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Ertaga, 9-iyun kuni soat 10:00da “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Energetika vazirligi o‘rtasida kooperatsiya aloqalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilishi rejalashtirilgan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda mahalliy tashkilot va korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.
Ko‘rgazma doirasida uyushmaga a‘zo korxonalarning muqobil energiya, transformator va kuchlanish qurilmalari, kabel-sim va nasos va elektrodvigatel qurilmalari yo‘nalishlarida ishlab chiqarayotgan mahsulotlari namoyish etiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4474
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ozarbayjon 2027-yilda 1,8 GVt quvvatga ega elektr stansiyalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Ozarbayjon Respublikasi energetika vaziri Parviz Shaxbazov tomonidan 2027-yilda 1,8 GVt umumiy quvvatga ega elektr stansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilayotganligi, bu, o‘z navbatida, 1 mlrd. metr kub gazni tejalishiga zamin yaratishi taʼkidlandi.
Unga ko‘ra, Ozarbayjon qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratishda Masdar, ACWA Power, BP va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda hamda ushbu ko‘rsatkichni 2030-yilgacha yana 5 GVtga oshirish rejalashtirilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4472
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekistonda elektr energiyasi narxi boshqa davlatlar bilan solishtirganda eng past ko‘rsatkichlardan birini aks ettiradi
O‘zbekistonda maishiy isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi narxi 2019-yil 15-avgustdan beri o‘zgarmadi va bir kilovatt/soat elektr energiyasi 295 so‘mni yoki amaldagi kurs bo‘yicha qariyb 0,0258 AQSH dollarini tashkil etdi.
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda elektr energiyasi narxi boshqa davlatlar bilan solishtirganda eng past ko‘rsatkichlardan birini aks ettiradi. “globalpetrolprices” veb-sayti maʼlumotiga ko‘ra, 2022-yil sentabr oyida maishiy isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi narxlari reytingida 147 davlat orasida O‘zbekiston 0,026 dollar ko‘rsatkich bilan 13-o‘rinni egalladi, bu Qirg‘izistonga nisbatan qimmatroq – 0,01 dollar va Qozog‘iston – 0,46 dollar, Ozarbayjon – 0,047 dollar va Rossiya – 0,063 dollarga nisbatan arzonroq.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4470
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Toshkent davlat agrar universiteti talabalari Qodiriya GESga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasidagi mavjud texnik qurilmalar bilan yaqindan tanishish uchun Toshkent davlat agrar universitetining 60810400 – Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash – ta’lim yo‘nalishining 21-110 va 21-111-guruh talabalari “Muqobil energiya manbalari” fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish maqsadida bugun, 7-iyun kuni “Qodiriya GES”ga tashrif buyurdi.
Tashrif o‘quv tanishuv va sayyor dars shaklida tashkil etildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4468
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Umumiy quvvati 300 megavattli invertorlar xarid qilinadi
"Yashil energiya" MCHJ va "Huawei" kompaniyasi o‘rtasida umumiy quvvati 300 MVt bo‘lgan invertorlarni xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish maqsadida Xitoyning "Technologies Co., Ltd" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 300 megavattli invertorlar xarid qilinadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4466
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Oʻzbekistonda ilk Aksilkorrupsiya alifbosi yaratildi
Mazkur Alifbo Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT TD va boshqa tashkilotlar bilan e’lon qilingan grant tanlovi doirasida ishlab chiqildi.
Loyiha ijrochisi – “Muloqot” nodavlat tashkiloti.
Alifbo bolalar, yoshlar va pedagog-murabbiylar uchun moʻljallangan.
Unda kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turadigan korrupsiyaga oid 25 ta atamaga izoh berilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4464
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-9-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tadi. Davlatimiz rahbari Italiya Prezidenti Serjo Mattarrella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi.
O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4462
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
– Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda, – dedi Spiker o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Xayrullo G‘afforov. — Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilyapti.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4460
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti va Qatar Amiri ikki tomonlama hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishga kelishib oldilar
Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv avvalida Qatar Amiri davlatimiz rahbariga tashrif bilan kelish taklifi hamda Qatar delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4458
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qayta tiklanuvchi energiya nima?
Qayta tiklanuvchi energiya – muqobil (alternativ) yoki yashil energiyadir.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-maydagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunida (O‘RQ-539-son) “qayta tiklanuvchi energiya manbalari – atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi” deb taʼrif beriladi.
“Yashil energiya”ning asosida Yer yuzidagi hayot manbai bo‘lgan Quyosh yotibdi. Shamol ham, suvning tabiatda erkin aylanishi va boshqa iqlim sharoiti bilan bog‘liq jarayonlarning barchasi galaktikamizning markaziy sayyorasi – Quyoshning faolligi hisobiga amalga oshadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4456
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi
Bugun, 5-iyun kuni Markaziy saylov komissiyasining o‘tkazilgan navbatdagi majlisida O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi.
Majlisda:
Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov,
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Maxmudova,
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Xamzayevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4454
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Andijon GES” UKda yig‘ilish o‘tkazildi
Xabaringiz bor, “O‘zbekgidroenergo” AJning 2022-yil 29-noyabrdagi №130-sonli hamda 2023-yil 28-apreldagi №33-sonli buyruqlariga binoan, Jamiyat tarkibidagi korxonalarda xodimlar attestatsiyasini tashkil etish, yangi Mehnat kodeksini amalga kiritish, ichki meʼyoriy hujjatlarni unga muvofiqlashtirish, hujjatlar bilan ishlash tartib-qoidalari, elektron dasturlardan foydalanish darajasi, mehnat va ijro intizomi nazorati, texnika xavfsizligi holati, kasaba uyushmalari faoliyati, axborot texnologiyalari, arxiv ishlari yuzasidan kompleks o‘rganish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida tizim korxonalarida tasdiqlangan ishchi guruhlar tomonidan belgilangan tartibda ijro faoliyati amalga oshirilgan edi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4452
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Andijon GES” UK xodimlari qurilishi olib borilayotgan Zavrob mikro GES agregatini o‘rnatish jarayonida qatnashmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4450
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yavan GES qurilishi boshlandi
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube