uzgidrouz | Неотсортированное

Telegram-канал uzgidrouz - "O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

1872

Официальный канал Наши социальные сети: 📱 https://t.me/uzgidrouz 📱 instagram.com/uzgidrouz/ 💻 twitter.com/uzgidrouz 📩 uzgidrouz@mail.ru 🌐 uzgidro.uz/

Подписаться на канал

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Farhod GES” UK hududida ishchi-xodimlar farzandlari uchun bayramona muhit hozirlandi

Kuni kecha, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Farhod GES” unitar korxonasida bolajonlar uchun bayramona muhit hozirlandi.

Tadbir korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
Korxona ishchi-xodimlarining jajji farzandlari uchun musiqali bayram tadbiri tashkil qilindi. Korxona hududiga maxsus moslama – batut – yumshoq o‘yingohi o‘rnatildi. Bolajonlar uchun shirinliklar dasturxoni yozildi.
Bayramona tadbirda bolajonlarga sovg‘alar taqdim etildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4445

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Chorbog‘ GES 3-gidroagregatida kengaytirilgan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

“O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Chorbog‘ GES (GES-6) ning 3-gidroagregatida mexanik va muhandis-xodimlar tomonidan kengaytirilgan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4443

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti islohotlar dasturini ilgari surishda Jahon banki bilan keng ko‘lamli sheriklikning ahamiyatini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassanini qabul qildi.

Yangi O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali ilgari surishda O‘zbekiston bilan Jahon banki guruhi o‘rtasidagi keng ko‘lamli strategik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Antonella Bassanini yuksak lavozimga tayinlangani bilan samimiy qutladi va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4441

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O’zbekgidroenergo” AJda qayta tiklanuvchi energiya manbalari keng joriy etilmoqda.

Xususan, Chirchiq GESlar kaskadiga o‘rnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortiqcha qismi tarmoqqа sotilmoqda.

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Xodimlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi – zamonaviy davlat xizmatining asosidir

Mehnat munosabatlari juda tezkor va murakkab kechayotgan bugungi davrda ishchi kuchini, xususan kadrlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy ish jarayoni hamda mehnat munosabatlarida natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham rivojlangan davlatlar boshqaruv kadrlar tizimida samaradorlikni o‘lchash mexanizmi sifatida KPI tushunchasidan keng foydalaniladi. KPI (Key performance indicator) – asosiy ish samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanib, tashkilot, bo‘lim yoki shaxsning faoliyat natijadorligi baholanadigan to‘plamdir.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4438

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Senatorlar “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunni ma’qulladilar

Senatning qirq birinchi yalpi majlisida senatorlar ishni “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunni ko‘rib chiqishdan boshladilar.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan islohotlar bilan bir qatorda bugungi kunda ayrim yo‘nalishlarda muammolar saqlanib qolmoqda.

Jumladan, bir qator qonun hujjatlarida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida tushuntirish berilgan bo‘lsa-da, davlat organlari va muassasalarida ularni amalga oshirish va nazorat qilishning aniq mexanizmlari belgilanmagan.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4436

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Ko‘plab dunyo mamlakatlarida 73 yildan buyon 1-iyun – yozning ilk kunida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlanadi.

Rasmiy dam olish kuni bo‘lmasa ham, ushbu kun haqiqiy bolalar bayrami hisoblanadi.

1949-yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressida bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni taʼminlash uchun doimiy kurash haqida maʼruza yangragan edi. Bunda urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha bolajonlarning salomatligi va xotirjamligini saqlashning dolzarb muammolari xususida to‘xtalib o‘tilgan edi. Shu sabab, 1950-yildan eʼtiboran 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshladi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4435

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Derivatsion tunnel yo‘lini tanlash

Muhandislik-geologik izlanishlar natijasiga ko‘ra derivatsion tunnel trassasi tanlanadi. Bu izlanish natijalariga qarab, uzunlik va ko‘ndalang geologik qirqimlar har bir trassa variantiga muvofiq tuziladi.

Suv olish inshootidan stansiya uzeligacha tunnel o‘qi eng qisqa yo‘nalishda o‘tkazilishi kerak.

To‘g‘ri chiziqli tunnel tog‘ massiviga yo‘nalganda ikkala tomonidan boshlab qaziladi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4432

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Yaponiya toza energiya eksport qilish uchun pauerbank-kema (241 MVt) quradi

Yaponiyaning PowerX startapi butun dunyo bo‘ylab qayta tiklanadigan energiya yetkazib berish uchun mo‘ljallangan 96 ta kuchli akkumulyatorga ega kema ustida ishlamoqda. Birinchi kema 2025-yilgacha tayyor bo‘ladi, uning sinovlari bir yildan so‘ng boshlanadi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4429

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Yashil” loyihalar va innovatsion texnologiyalar

Mamlakatimizning markaziy bosma nashrlaridan biri “Yangi O`zbekiston” gazetasida (2023-yil 30-may, 104-son) “O`zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug`ani Sanginovning “ Yashil loyihalar va innovatsion texnologiyalar” sarlavhali intervyusi chop etildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4428

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Ishchi guruh “To‘polang GES” unitar korxonasiga tashrif buyurdi

“O‘zbekgidroenergo” AJning 2022-yil 29-noyabrdagi №130-sonli hamda 2023-yil 28-apreldagi №33-sonli buyruqlariga binoan, Jamiyat tarkibidagi korxonalarda xodimlar attestatsiyasini tashkil etish, yangi Mehnat kodeksini amalga kiritish, ichki meʼyoriy hujjatlarni unga muvofiqlashtirish, hujjatlar bilan ishlash tartib-qoidalari, elektron dasturlardan foydalanish darajasi, mehnat va ijro intizomi nazorati, texnika xavfsizligi holati, kasaba uyushmalari faoliyati, axborot texnologiyalari, arxiv ishlari yuzasidan kompleks o‘rganish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida Jamiyat tomonidan shakllantirilgan ishchi guruh “To‘polang GES” unitar korxonasiga tashrif buyurdi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4423

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Yuqori Pskem, Toldiqsoy hamda Qorong‘ito‘gay GES qurilish obyektlariga tashrif buyurdi

Bugun, 26-may kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh Bo‘stonliq tumanidagi Yuqori Pskem, Toldiqsoy hamda Qorong‘ito‘gay GES qurilish obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Taʼkidlash joizki, ushbu obyektlar “Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yuqori Pskem GES istiqbolli loyihalari qurilishi” investitsiyaviy loyihasi asosida rejaviy tartibda qurilmoqda.

Amaliy muhokamalarda “Gidroproyekt” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ, “4-son Qurilish direksiyasi” MChJ, “O‘zGASHKLITI” DUK, “O‘zInjiniring” RLI, “SAESP” AJ rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4418

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

JARAYON

“O‘zbekgidroenergo” AJ
tomonidan mikro GESlarni qurish va ishga tushirish manzilli dasturi aosida belgilangan hududlarda qurilish va sozlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida “Ulug‘nor” kanalining PK-85 qismida quvvati 50 kVt bo‘lgan tez yig‘iluvchi charxpalak tipidagi mikro GESni ishga tushirish borasida hozirgi kunda yakuniy o‘rnatish va montaj qilish jarayonlari olib borilmoqda.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4416

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–162-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq 2023-2024-yillarda amalga oshiriladigan jami 300 ta ustuvor loyihalar belgilandi, xususan:

davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha 112 ta, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirish bo‘yicha 51 ta va hududlarni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha 137 ta ustuvor loyihalar.

2023-yil 1-dekabrdan aholi va tadbirkorlardan 47 turdagi maʼlumotlar talab qilish bekor qilinadi.

2023-yil yakuniga qadar my.gov.uz portalida birinchi navbatda 95 ta xizmat va servislar ishga tushiriladi va kelgusida ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 570 taga yetkaziladi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4414

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi

“Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan:

- aholi tomonidan Energetika vazirligining Internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;

- huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;

- huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4412

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti Yevropa Kengashi Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga tashrif buyurib, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqildi.

Yevrokengash Prezidenti Sharl Mishel davlatimiz rahbarini Konstitutsiya bo‘yicha referendumning natijalari bilan samimiy qutlab, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi hamda bo‘lajak muhim siyosiy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4444

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi.
Ushbu yangi lug‘at Prezidentimizning 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni asosida Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga chop etilgan.

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi lug‘at oldingilaridan farqli – olti jildda chop etildi. Avvalgi lug‘atlar 5 jilddan iborat bo‘lgan.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4442

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi bilan keng ko‘lamli sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri Pak Chin mamlakatimiz yetakchisiga Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4440

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 2-iyun kuni amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahrida (Qirg‘iz Respublikasi) bo‘ladi.

Tadbirda mintaqamiz davlatlarining rahbarlari va Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4439

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga doir asosiy tushunchalar

Lokal tarmoq – elektr, issiqlik energiyasini yoxud biogazni tashish (uzatish) va (yoki) taqsimlash uchun mustaqil ravishda ishlovchi elektr, issiqlik va (yoki) gaz tarmog‘i;

mikro va kichik gidroelektr stansiyalar – elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun suv oqimlarining tabiiy harakati energiyasidan foydalanuvchi, o‘rnatilgan quvvati tegishincha 0,2 MVt va 30 MVtgacha bo‘lgan to‘g‘onsiz gidroelektr stansiyalar;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari – atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi;

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4437

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Energetik o‘tishning qimmat bo‘lmagan moliyalashtirilishi

Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalari agentligi (IRENA) tomonidan tayyorlangan mazkur hisobotda past uglerodli texnologiyalarni qo‘llanilishi, xarajatlarni kamaytirish, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, energetika global o‘tishning investitsiyaviy ehtiyojlari prognozlariga qaratilgan.

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Gidrotexnika inshootlari xavfsizligiga doir asosiy tushunchalar

Gidrotexnika inshootlari – to‘g‘onlar (plotinalar), gidroelektr stansiyalar binolari, suv tashlash, suv bo‘shatish, suv o‘tkazish va suv chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, nasos stansiyalari, suv omborlari qirg‘oqlarini, daryolar va kanallar o‘zanlarining qirg‘oqlari va tubini toshqin hamda yemirilishlardan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan inshootlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini o‘rab turuvchi inshootlar (ko‘tarmalar);

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4433

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Gidroakkumulyatsiya elektr stansiyasi (GAES) qanday ishlaydi?

Gidroakkumulyatsiya elektr stansiyasi (GAES) – elektr energiyaga bo‘lgan kunlik talabga yarasha elektr energiya ishlab chiqaruvchi gidroelektr stansiya. GAES o‘z faoliyatida generatorlar yoki nasoslar, gidroelektr agregatlar kompleksini qo‘llab ishlaydi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4431

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Asuan gidrouzeli

Asuan gidrouzeli Misr Arab Respublikasining Nil daryosi bo‘yida qurilgan yirik gidrotexnik inshoot hisoblanadi. Ushbu inshoot Asuan shahri yonida bunyod etilgan bo‘lib, yuqori va quyi to‘g‘onlardan iborat.

Mazkur gidrotexnik inshootning qurilishidan ilgari Nil daryosi har yili o‘z qirg‘oqlaridan toshib, atrofdagi hosildor yerlarni payhon qilar, amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlarning ahamiyatini yo‘qqa chiqarib, mamlakatda ocharchilik, bozordagi narx-navoning keskin oshishi, oziq-ovqat xavfsizligiga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatgan. Nil daryosining mazkur taʼsiri qadimdan maʼlum.

Sudan va Misr hududlarida Nilning yillik o‘rtacha suv oqimi 84 mlrd. m3 ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich 45 mlrd. m3 ga tushganda qurg‘oqchilik boshlanadi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4427

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Gidrotexnik tunnel

Yer qobig‘ida joylashgan, yopiq ko‘ndalang kesimli, qazish ishlari yer ostida olib boriladigan suv eltuvchi inshoot gidrotexnik tunnel deb ataladi.

Kanal trassasi juda baland va tik to‘siqlarga duch kelgan vaqtda, shu to‘siqni yorib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmasa yoki texnik hamda iqtisodiy sharoitlarga ko‘ra afzal bo‘lmasa, u yerni teshishga, yaʼni tunnel qurishga to‘g‘ri keladi.

Oqimning gidravlik rejimi bo‘yicha gidrotexnik tunnellar bosimli va bosimsiz bo‘ladi.

Gidrotexnik tunnellari vazifasiga ko‘ra: energetik, irrigatsiya va yaylovlarga suv chiqarish, ichimlik suvi bilan taʼminlash va kanalizatsiya, kema va yog‘och o‘tkazuvchi, suv tashlash, qurilish tunnellariga bo‘linadi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4424

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

"Mintal Hydrogen Energy Technology" kompaniyasi Xitoyda “dinamik” yashil ammiak zavodini qurishni boshladi

"Mintal Hydrogen Energy Technology" kompaniyasi Xitoydagi Ichki Mongoliyaning Baotou shahrida “dinamik” yashil ammiak zavodini qurishni boshladi.

Texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati vodorod/ammiak ishlab chiqarishni shamol turbinalarining ishlashi bilan sinxronlashtirishdir. Bu esa, korxonani energiya bilan taʼminlaydi. Shunday qilib, ammiak ishlab chiqarish shamol turbinasi ishlab chiqarishidagi o‘zgarishlarga moslashtiriladi. Eng muhimi, vodorod uchun alohida saqlash vositasi kerak bo‘lmaydi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4422

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Yirik quvvatli GESlar


Batafsil:
https://uzgidro.uz/news/view/4417

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Tarixiy fakt

Dastlabki mikro GES, xususan, charxpalak tipidagi mikro GES – modernizatsiyalashgan chig‘ir (charxpalak) eramizning III asrida xorazmiylarning ajdodlari tomonidan ixtiro qilingan.

Mazkur qurilmadan dastlab bog‘larni, uzumzorlarni va dalalarni sug‘orish uchun ishlatib kelingan suv ko‘tarib beruvchi qurilma sifatida foydalangan.

Keyinchalik esa, bu qadimiy mexanizm ishining arzonligi, qulayligi tufayli, bugungi kunda ham zamonaviy sharoitlarda oqim energiyasidan foydalanishda yangi turdagi zamonaviy modellari ishlab chiqarilmoqda.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4415

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

"Shahrixon GESlar kaskadi" filialida "Gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda rahbariyat tarkibi va FM tuzilmalarini harakati" mavzusida maxsus taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4413

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ ©️

Gidroenergetika tarmog‘ini raqamlashtirish – faoliyat samaradorligini oshirishning muhim omili

Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ijrosi o‘zining yangi bosqichida tobora izchil surʼatlarda namoyon bo‘lmoqda.

Taʼkidlash joizki, tarmoqlar kesimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, boshqaruvda professional kadrlarni va dasturchilarni tayyorlash, elektron hukumatni joriy qilish, raqamlashtirish ko‘lamini kengaytirish va boshqa sohalarda qator ustuvor chora-tadbirlar belgilangan.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning roli sezilarli darajada o‘sdi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4411

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал