O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman.
Hamkasblarimning so‘zlariga qo‘shilgan holda, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga ushbu uchrashuvimizni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiraman.
Hech shubhasiz, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga samarali raisligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surishga xizmat qiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4410
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Zheijiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, 25-may kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ kichik majlislar zalida Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov Xitoyning “Zheijiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Xabaringiz bor, ikkala tomon o‘rtasida o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik olib borilmoqda. Bu borada, tomonlar o‘rtasida 30 mln. AQSH dollariga teng 5 ta loyiha bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Shahrixon GESlar kaskadi” UK (GES-5A, GES-6A), “Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” UK (GES-19, GES-22, GES-23) gidroelektr stansiyalarini modernizatsiya qilish maqsadida loyihalashtirish, asbob-uskunalar bilan taʼminlash va moliyaviy mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha yaqinda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasidagi ishlar ijroga yo‘naltirilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4408
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Ishchi guruh “Hisorak GES” unitar korxonasiga tashrif buyurdi
“O‘zbekgidroenergo” AJning 2022-yil 29-noyabrdagi №130-sonli hamda 2023-yil 28-apreldagi №33-sonli buyruqlariga binoan, Jamiyat tarkibidagi korxonalarda xodimlar attestatsiyasini tashkil etish, yangi Mehnat kodeksini amalga kiritish, ichki meʼyoriy hujjatlarni unga muvofiqlashtirish, hujjatlar bilan ishlash tartib-qoidalari, elektron dasturlardan foydalanish darajasi, mehnat va ijro intizomi nazorati, texnika xavfsizligi holati, kasaba uyushmalari faoliyati, axborot texnologiyalari, arxiv ishlari yuzasidan kompleks o‘rganish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida Jamiyat tomonidan shakllantirilgan ishchi guruh “Hisorak GES” unitar korxonasiga tashrif buyurdi.
Ishchi guruh tomonidan GESda o‘rnatilgan tartibda kompleks o‘rganish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, korxona ishchi-xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“RusGidro” OAJ: faoliyat ko‘rsatkichlariga doir
“RusGidro” OAJ tarkibida 60 dan ziyod GESlar mavjud bo‘lib, o‘rnatilgan umumiy quvvati 38,4 GVtni tashkil etadi.
Eng yirik Sayano-Shushensk GESini hisobga olgan holda, jamiyat tarkibida 60 dan ortiq GES, shu jumladan umumiy o‘rnatilgan quvvati 10 000 MVtdan ortiq bo‘lgan Volga-Kama kaskadining 9 ta stansiyasi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, Zeya GES 1 330 MVt, Bureysk GES 2 010 MVt, Novosibirsk GES 490 MVt hamda Rossiyada eng yuqori bosimli Zaramag GESlari hamda Kamchatkadagi geotermal stansiyalar, Zagordagi nasosli elektr stansiyalari hamda GAESning yuqori manevrli quvvatlarini o‘z ichiga oladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4404
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
Bugun, 24-may kuni, “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Singapur Prezidenti mamlakatimiz rahbariga O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va Singapur delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bo‘lajak O‘zbekiston Prezidenti saylovida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4401
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Rusgidro” OAJ: yangi quvvatlar ishga tushirilishi taʼminlanmoqda
“Rusgidro” OAJ tarkibidagi “Saratov GES”ning quvvati olib borilgan kompleks modernizatsiya dasturiga ko‘ra 6 MVtga oshirilib, umumiy quvvat 1 439 MVtga yetkazildi.
GESda olib borilgan modernizatsiya ishlari hamda sinov ishlari natijasida gidroagregatlarining quvvati 10 %ga o‘zgarishi, yaʼni quvvatlar 66 MVtgacha ko‘tarilishi mumkin. GESda o‘tkazilgan sinov ishlarida bu natijani ko‘rish mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4398
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yangi bosqichda raqamlashtirish jarayonlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi
Jonajon mamlakatimizning energetika tizimini rivojlantirishda barcha manbalardan samarali foydalanishga harakat qilinmoqda. Bu borada, mavjud energetik quvvatlarni mustahkamlash bilan birga, quyosh, shamol va gidroelektr inshootlari barpo etilmoqda.
Aytish lozimki, so‘nggi yillarda gidroenergetika yo‘nalishida 500 million dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilib, qo‘shimcha 260 MVt quvvatlar yaratildi. Bunda tarmoqning asosiy subyekti bo‘lgan “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi gidroelektr stansiyalarning umumiy quvvati 2 ming megavattdan oshdi. Bu, o‘z navbatida, yiliga 2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishini bildiradi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4392
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yomg‘ir energiyasi: quyoshli va yomg‘irli kunda ham fotoelektrik element barqaror ishlaydi
Fraungofer instituti (Germaniya) tadqiqotchi-olimlari tomonidan yomg‘irli kunda ham elektr energiya ishlab chiqaruvchi quyosh elementi ishlab chiqildi.
Bu borada, nemis tadqiqotchi-olimlari quyosh modullarini triboelektrik nanogeneratorlar qatlami bilan qoplashdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4389
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Dunyodagi eng katta QES Hindistondagi Bhadla quyosh parki bo`lib,
o‘rnatilgan quvvati 2245 MVt bo'lgan eng yirik quyosh elektr stansiyasi 5783 gektar maydonni egallaydi.
Mazkur quyosh panellari robotlar tomonidan tozalanadi va odamlar tomonidan boshqariladi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Quyi Chotqol GES qurilishi doirasida 110 kV havo liniyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga doir
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4386
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Energoqurilishindustriya” UK hududida hashar uyushtirildi
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4067
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Jamiyat hududida hashar tashkil etildi
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Hisorak GES” unitar korxonasida Navro`z umumxalq bayrami munosabati bilan tadbir bo`lib o`tdi (fotokollaj)
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4063
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati taraqqiyotning yangi bosqichida
Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Shunga muvofiq, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb nom berildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4061
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti YOIIning yubiley sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni videoaloqa orqali Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining o‘ttizinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari ushbu integratsiyaviy birlashma sammitlarida O‘zbekiston 2020-yilda kuzatuvchi maqomini olganidan buyon an’anaviy ravishda ishtirok etib kelmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tgan bu galgi uchrashuvda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan, kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Mixail Myasnikovich qatnashdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4409
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Samarqand viloyatida xususiy sektor vakillari ishtirokida mikro GESlarni qurish muhokama qilindi
Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energetik quvvatlarni keskin oshirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan xususiy sektor vakillari hamda tadbirkorlar bilan joylarda qator amaliy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Bugun, 25-may kuni Samarqand shahrida “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Fozil Mahmudov, Energetika vazirligi mas’ul xodimlari, Samarqand viloyati rahbariyati hamda xususiy sektor vakillari ishtirokida amaliy muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4407
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Darg‘om kanalining PK102+00+50 piketida kichik GES qurilishi amalga oshirilmoqda
Jamiyat tomonidan joriy 2023-yilda topshirilishi belgilangan Darg‘om kanalining PK102+00+50 piketida kichik GES qurilishi jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Tasdiqlangan rejaga binoan 6,4 MVt quvvatli loyiha obyektida pudratchi tashkilotlar faol ishtirok etmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4405
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Boshqaruv raisining maslahatchisi boshchiligidagi ishchi guruh “Samarqand GESlar kaskadi” unitar korxonasiga tashrif buyurdi
Kuni kecha, 24-may kuni “O‘zbekgidroenergo” AJning 2022-yil 29-noyabrdagi №130-sonli hamda 2023-yil 28-apreldagi №33-sonli buyruqlariga binoan, Jamiyat tarkibidagi korxonalarda xodimlar attestatsiyasini tashkil etish, yangi Mehnat kodeksini amalga kiritish, ichki meʼyoriy hujjatlarni unga muvofiqlashtirish, hujjatlar bilan ishlash tartib-qoidalari, elektron dasturlardan foydalanish darajasi, mehnat va ijro intizomi nazorati, texnika xavfsizligi holati, kasaba uyushmalari faoliyati, axborot texnologiyalari, arxiv ishlari yuzasidan kompleks o‘rganish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida Boshqaruv raisining maslahatchisi Surayyo Po‘latova boshchiligidagi ishchi guruh “Samarqand GESlar kaskadi” unitar korxonasiga tashrif buyurdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4403
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qashqadaryo viloyatida xususiy sektor vakillari ishtirokida mikro GESlarni qurish muhokama qilindi
Mamlakatimizda yuqori gidroenergetik salohiyatiga ega hududlarda qayta tiklanuvchi energetik quvvatlarni keskin oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bu borada, mikro GESlar qurish mumkin bo‘lgan 250 ta maydon aniqlangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kelgusida mazkur inshootlarda yiliga 675 million kVt.soat elektr energiyasini ishlab chiqarib, 200 million kub metr gazni tejash imkoniyati yaratiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4400
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi” UKda “Yashil makon” dasturi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
GIDROENERGETIKA LUG‘ATI
Suv resurslari – suv obyektlarida to‘plangan barcha suvlar majmui, bularga mavjud hududdagi barcha yer usti suvlar ham yer osti suvlari kiradi;
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4391
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Tojikistondan 2023-yil may-sentabr oylarida jami 1 285,0 mln. kVt.soat hajmda elektr energiyasini import qiladi
Respublikada energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga elektr uskuna va jihozlarni sifatli tayyorlash maqsadida, 2018-yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasini import qilish ishlari qayta yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4387
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Rog‘un GES qurilishiga 500 mln. dollar ajratiladi
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) tomonidan qo‘shni Tojikiston Respublikasiga 500 mln. doll. ajratiladi.
Bu haqda, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Mazkur mablag‘ Tojikistonda qurilayotgan Rog‘un GES loyihasiga sarflanadi.
Tomonlar o‘rtasidagi uchrashuvda transport, energetika, kommunal xo‘jaligi, kommunal va shaharsozlik sohalaridagi “yashil infrastruktura”ni rivojlantirishni moliyalashtirish borasidagi kelishuvlarga erishildi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
To`polang GESda umumxalq hashari munosabati bilan tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4068
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“UGE – JINLUN” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona direktori lavozimiga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida eʼlon
“O‘zbekgidroenergo” AJ tanlov eʼlon qiladi
“UGE – JINLUN” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona direktori lavozimiga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida eʼlon
“O‘zbekgidroenergo” AJ jamiyat Ustaviga asosan “UGE – JINLUN” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasi direktori lavozimiga tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif qilinadi.
Qisqacha maʼlumot: qo‘shma korxona direktori “UGE – JINLUN” MCHJ shaklidagi QK ijroiya organi rahbari bo‘lib, korxonaning texnik va texnologik taraqqiyoti, ilmiy va innovatsion rivojlanishini taʼminlaydi, shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatiini tashkillashtiradi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4066
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Jamiyat hududida hashar tashkil etildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-mart №111-F farmoyishiga ko‘ra, 2023-yilning 11-mart kuni mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tishi belgilangan umumxalq xayriya hashari 2023-yilning 18-mart sanasiga ko‘chirilgan edi.
Xayriya hashari jonajon O‘zbekistonimizning har bir go‘shasi ozoda va orastaligini, pokiza va obodligini taʼminlash, xalqimizning keksalar, yetim-yesirlar va nogironlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishdek azaliy qadriyatlari davomiyligining yorqin namunasidir.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4065
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
"Тo`polang GES" da yaratilgan quvvatlar, raqamli boshqaruv tizimi haqida
O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Referendum hamda Konstitutsiyaning yangi tahriri loyihasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun, 17-mart kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ katta majlislar zalida Jamiyat ijro apparati xodimlari hamda tizim korxona va tashkilotlari vakillari ishtirokida onlayn yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbirda asosiy eʼtibor joriy yilning 30-aprelida yurtimizda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumi hamda Bosh Qomusimizning yangi tahririga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlarga qaratildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4062
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Raqamli transformatsiya rivojlanishning muhim omilidir
Raqamli iqtisodiyot sharoitida gidroenergetika tizimi boshqaruvini raqamlashtirish soha taraqqiyotida muhim omil sanaladi. Bu borada, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan GES va suv omborlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida respublika tashkilotlari ichida birinchilardan bo‘lib, yangi tizimni ishga tushirish yo‘nalishida bosqichma-bosqich amaliy ishlar olib borilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4060
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube