Prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga keldi.
Davlatimiz rahbari avvalo buyuk alloma Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi.
Allohdan yurtimizga tinchlik, xayr-baraka tilab duo qilindi.
Ulamolar bilan bo‘lgan suhbatda ilm-ma’rifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar va diniy erkinliklar haqida so‘z yuritildi. Keyingi yillarda musulmonlar ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi: yangi masjidlar, madrasalar qurildi, ilmiy-ma’rifiy majmualar barpo qilingani, har yili minglab yurtdoshlarimiz haj va umra ibodatlarini ado etish baxtiga musharraf bo‘lishayotgani ta’kidlandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4032
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qurilish sohasida tanlovlarni tashkil etish: maxsus axborot portali
Maxsus axborot portali – operatorning davlat xaridlari o‘tkazilishini, davlat xaridlari to‘g‘risidagi eʼlonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va ko‘rilishini, shuningdek, tanlovlari o‘tkazilishini taʼminlovchi veb-sayti va maxsus elektron platformasi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4030
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O`rta Chirchiq GESlar kaskadi” UK da obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4027
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Таҳлилнома | Сурхон воҳасида тарихий лойиҳа: 1,7 млн аҳоли ичимлик суви билан таъминланади
Читать полностью…Qurilish sohasidagi tanlov hujjatlari nima?
Tanlov hujjatlari – tanlov predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi hamda tanlovni tashkil etish shartlari va o‘tkazish tartib-taomillari to‘g‘risidagi dastlabki axborotni o‘z ichiga oluvchi, buyurtmachi tomonidan tayyorlanadigan elektron hujjatlar to‘plami.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4024
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Xishrav GES gidrotexnik inshootlari va qurilmalarining holati va ishonchliligi ko‘zdan kechirildi
2023-yilning 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (“Suvxo‘jaliknazorat”) Samarqand bo‘limi inspektorlari 2023-yil uchun tasdiqlangan reja-jadvalga binoan, “Samarqand GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Xishrav GES (GES-2B) gidrotexnik inshootlarining ishonchli va mustahkam ishlashini tekshirish maqsadida tashrif buyurishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4021
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2023-yil yanvar-fevral oylarida elekr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish ko‘rsatkichlari
Ushbu davr davomida respublikamizda 13,5 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 mlrd kVt.soatga yoki 4,0 foizga ko‘pni tashkil qiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4019
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum 30-aprel kuni boʻlib oʻtadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi qabul qilindi. Deputatlar uni qo‘llab-quvvatlab ovoz berdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4017
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan hamkorlikdagi loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Aqilbek Japarov davlatimiz rahbariga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi.
Joriy yilning yanvar oyida Bishkek shahrida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, savdo, energetika, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4015
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
RusGidro: 2022-yil uchun moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari natijalarini eʼlon qildi
2022-yilning yakuni bilan RusGidro guruhining umumiy daromadi (davlat subsidiyalari bilan birga) 468,5 mlrd rubl (+1,8 % hisobot davri uchun), EBITDA – 91,6 mlrd rubl (-25,0 %), sof daromad – 19,3 mlrd rubl (-54,1 %) ni tashkil qildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4013
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Jahon banki ko‘magida O‘zbekistonda yangi quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi
Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi “O'zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-2” loyihasini amalga oshirish uchun 12 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishni ma‘qulladi. Loyiha mamlakatda ekologik toza va qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, u “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha hukumat rejalarini amalga oshirish va energetika sohasida dekarbonizatsiyalash (karbonat angidrid gazi emissiyasini kamaytirish) jarayoniga hissa qo‘shadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4011
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2023-yil 1-maydan foydalanishga topshiriladigan ko`p qavatli uylar tomlarida quyosh panellari o`rnatiladi
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4009
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Ohangaron GES” unitar korxonasi xodimasiga “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni topshirildi
Mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar “Moʻ’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan munosib taqdirlanadilar.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4006
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Pravda Vostoka”: “O`zbekgidroenergo” AJ agregatlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqda
Mamlakatimizning markaziy bosma nashrlaridan biri “Pravda Vostoka” gazetasida (2023-yil 7-mart, №45(30082-son) “AO “Uzbekgidroenergo” nalajivayet proizvodstvo agregatov” sarlavhali material chop etildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4004
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ Ijro apparati hamda bir qator tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov nomidan bayramona tabrik nutqini Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sunatov o‘qib eshittirdi hamda tadbirga yig‘ilgan munis va dilbar xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimiz gidroenergetika sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning sidqidildan olib borayotgan samarali va fidokorona mehnati, “O‘zbekgidroenergo” AJ ravnaqi va nufuziga qo‘shayotgan hissasi alohida eʼtirofga loyiqdir.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4002
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Davlat xizmatchilarining sovg‘a olishi bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi:
– O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladigan xizmat safarlari;
– xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar;
– O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovg‘a olishi mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4031
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Toshkent shahrida 703 ta transformator punkti yangilanadi
“Toshkent shahridagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–91-son, 11.03.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA boʻlgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari quriladi.
Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiya rekonstruksiya qilinib, ularning oʻtkazish quvvati 179 MVAga oshiriladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4028
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi
Davlatimiz rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi. Shuningdek, hududda sanoat va qishloq xo‘jaligi rivoji bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish, harbiy maskanlarga tashrif rejalashtirilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4029
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Chirchiq GESlar kaskadi” UKda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
“O‘zbekgidroenergo” AJning 2022-yil 5-dekabrdagi 138-sonli buyrug‘iga binoan, tegishli ishchi guruhlar tomonidan tizim korxonalarida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilmoqda.
Bugun, 11-mart kuni “Komplayens-nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh. Karatayev boshchiligidagi ishchi guruh “Chirchiq GESlar kaskadi” UK tarkibidagi GESlarda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4025
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston va BAA Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari BAA Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, ushbu mamlakatning do‘st xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Suhbatda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, innovatsiya va yuksak texnologiyalar, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, logistika va transport sohalaridagi aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4023
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qurilish loyihalari muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-mart kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Mamlakatimiz taraqqiyoti va hayot talabi bilan bunyodkorlik ko‘lami ortmoqda. Ayniqsa, Toshkent shahrida juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy inshootlar qurildi. Davlatimiz rahbari bu masalani alohida e’tiborga olib, poytaxtning me’moriy qiyofasini saqlab qolish, kelgusidagi qurilishlarni shahar tashqarisida qilish vazifasini qo‘ygan edi.
Shunga muvofiq, Yangi Toshkent shaharchasi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Taqdimotda Prezidentimizga shu haqida axborot berildi.
Unga ko‘ra, birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, istiqbolli qurilish hududlari, yangi shahar bilan poytaxtni birlashtiruvchi asosiy yo‘llar sxemalari ishlab chiqilgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4020
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Sport – salomatlik va do‘stlik elchisi
Ma’lumki, uyg‘onish va yasharish, go‘zallik va nafosat fasli bo‘lmish bahor o‘zining maftunkor tabiati, ko‘tarinki kayfiyati bilan qalblarga jo‘shqinlik va xushnudlik ulashib, ezguliklarga chorlab turadi. Bahorning ilk oyida nishonlanadigan bayramlar esa ushbu fayzli kunlarga yanada o‘zgacha jozibadorlik va tarovat baxsh etib turadi.
“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ushbu shukuhli tantanani munosib nishonlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, salomatligini mustahkamlash maqsadida yurtimizda har yili an’anaviy ravishda turli bayram va sport tadbirlari o‘tkazib kelinadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4018
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qambarota-1 GESni birgalikda barpo etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi
Kuni kecha, 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Uchrashuvda Qambarota-1 GESni birgalikda barpo etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4016
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti OIIB bilan keng ko‘lamli hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining ushbu nufuzli moliyaviy institut prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari keyingi yillarda Bank bilan munosabatlarda yuksak darajaga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Hamkorlik portfeli 2 milliard dollarga yetdi. Transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va kommunal soha, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4014
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerdeni qabul qildi
Ayni paytda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerdeni qabul qilmoqda.
Kun tartibidagi masalalar – kambag‘allikka qarshi kurashish, energetika tarmog‘ini transformatsiya qilish, davlat korxonalarini xususiylashtirish sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va hokazo.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4012
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ: umumiy o‘rnatilgan quvvat 2 072,1 MVtni tashkil etmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan 2017-2022-yillar davomida quvvati 262,8 MVt bo‘lgan 12 ta yangi gidroelektr stansiya foydalanishga topshirildi va 16 ta mavjud quvvat obyektlari modernizatsiya qilindi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi 14 ta energiya hosil qiluvchi korxonalari tarkibidagi gidroelektr stansiyalar soni (shamol energetik qurilmasini inobatga olgan holda) 52 taga yetdi. Ularning umumiy o‘rnatilgan quvvati 2 072,1 MVtni tashkil etmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4010
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz!
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish – doimo e’tiborimiz markazida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Dilbar qizlarim!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Biz bu qutlug‘ bayramni doimo orziqib, katta quvonch va hayajon bilan kutamiz. Chunki bu shukuhli ayyom yurtimizga yasharish va yangilanish faslini – fasli navbahorni boshlab keladi. Bu bayram dilimizdagi siz, azizlarga bo‘lgan samimiy hurmat va ehtiromimizni, mehru muhabbatimizni yana bir bor ifoda etishga imkon beradi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4005
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Tizim korxonalarida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4003
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 16-yanvardagi 4-sonli buyrugi, Qibray tumani fuqaro muhofazasi xizmatlari, tuzilmalar boshqaruv organlarining tayyorgarligi bo‘yicha 2023-o‘quv yili asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasining 2023-yil 2-martdagi “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi hududida fuqaro muhofazasi maxsus-taktik o‘quv mashqini tayyorlash va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 34-sonli buyrug‘i asosida joriy yilning 6-mart kuni “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasida “Rahbarlar tarkibi va tuzilmalarning suv toshqini natijasida yuzaga kelgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etishdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/4001
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube