O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH sammitida ishtirok etdi
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tgan sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, shuningdek, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7050
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Quyi Chotqol GES” loyihasi to‘g‘on qurilishida mamlakatimizda ilk bor zichlangan beton mahsulotidan foydalanilmoqda
Bugungi kunda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Taʼkidlash joizki, mazkur istiqbolli loyihada O‘zbekistonda ilk bor jahon standartlari asosida to‘g‘on va GES binosi yaxlit inshoot sifatida qurilib, jami 90 MVt bo‘lgan 4 ta har biri 22,5 MVt quvvatga ega zamonaviy, yuqori samarador gidroagregatlar o‘rnatiladi hamda avtomatik boshqaruv tizimi joriy qilinadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7049
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
GIDROENERGETIKA LUG‘ATIdan
Suv obyekti – suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshq.) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshq.) suv havzalari, shuningdek, buloqlar va boshqa obyektlar.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Elektr energiyasini saqlash tizimi operatorining huquq va majburiyatlari
Elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga hamda ushbu Qonun talablarga muvofiq bir yoki bir nechta elektr energiyasini saqlash tizimlarida elektr energiyasini saqlash;
elektr energiyasi bozori qoidalariga muvofiq bozor ishtirokchilari bilan elektr energiyasini sotib olish va sotish uchun hamda quvvat berishga tayyorligi bo‘yicha shartnomalar tuzish;
tegishli tizim operatori bilan muvozanatlashni tashkil etish bo‘yicha va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzish;
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7043
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-8-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tizimdagi GESlar: Shaudar-2 KGES (GES-4B)
Darg‘om kanalining 135+50 piketidagi kichik GES (GES-4B) Samarqand viloyati Toyloq tumani Elipok mahallasida qurilgan bo‘lib, 2023-yilda ishga tushirildi.
GESdagi gidroagregatlar soni 2 ta, umumiy quvvati 7,2 MVt.
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun, 23-sentabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ katta majlislar zalida Boshqaruv raisi A. Sanginov rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda Jamiyat ijro apparati, tizim korxona va tashkilotlarining masʼul rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6967
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezidentlar O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6957
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Birlamchi yong‘in o‘chirish vositasidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mehnat shartnomasi va jamoa shartnomasi o‘rtasidagi farq
Mehnat kodeksiga ko‘ra:
mehnat shartnomasi bu – xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi taraflarning o‘zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv hisoblanadi;
jamoa shartnomasi bu – mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjat hisoblanadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6960
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJning 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan gidroenergetikani rivojlantirish strategiyasi
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#video
“Quyi Chotqol GES” loyihasi to‘g‘on qurilishida mamlakatimizda ilk bor zichlangan beton mahsulotidan foydalanilmoqda
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Is gazining qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ispaniyalik tadqiqotchilar tomonidan konditsionerdan elektr energiya ishlab chiqarish mumkinligi aniqlandi
Madrid masofaviy taʼlim universitetining bir guruh tadqiqotchilari tomonidan konditsioner tizimi orqali elektr energiya ishlab chiqarish mumkin, degan ilmiy xulosa tasdiqlandi.
Bu borada, o‘rnatiladigan vertikal shamol turbinalari bilan “sunʼiy shamol” orqali elektr energiya ishlab chiqarishga xizmat qilishi aniqlandi.
Batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7046
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Elektr sarf-xarajatlarini to‘g‘ri rejalashtirishga undovchi to‘lov tizimining tarbiyaviy ahamiyati yoxud havoga sochib yuborilayotgan mablag‘lar
Shu yilning may oyidan elektr sarfi uchun yangi – differensiallashgan to‘lov tizimi joriy etildi. Elektr to‘lovlari tizimini zamonaviy va iqtisodiy jihatdan isloh qilish borasida ko‘p yillardan beri katta ishlar olib borilgan.
Batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7044
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida maʼlumot
“O‘zbekgidroenergo” AJ (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) va uning tizim korxonalari bo‘yicha 2024-yilning 9 oy yakuni bilan jami 261 ta, shundan 30 ta (11,5%) og‘zaki, 71 ta (27,2%) yozma va 160 ta (61,3%) elektron shakllarda murojaatlar kelib tushgan.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7042
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi
2024-yil 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga binoan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7038
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19-GESda “Tabiiy va texnogen (yong‘in, zilzila va avariya) xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
O‘quv mashqida “Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” UK rahbar xodimlari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalari, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman FV bo‘limi xodimlari faol ishtirok etdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7035
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gidrotexnik tunnellarning ichki qismini mustahkamlash
Tunnellarni vaqtincha mustahkamlashni kovlash vaqtida (kreplar) ushlab turg‘ichlar yordamida amalga oshiriladi. Kovlashni mustahkamlash va tunnelga ichki qiyofa berish uchun mo‘ljallangan konstruksiyani ishlov berish yoki qoplama qilish deyiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/7033
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6968
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mintaqadagi mavjud suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh. G‘aniyev boshchiligida mamlakatimiz delegatsiyasi joriy yilning 18-19-sentabr kunlari Ostona shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) Boshqaruvining yig‘ilishi hamda Orol dengizi havzasida loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan Jamg‘arma Ijroiya qo‘mitasi va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning Muvofiqlashtiruvchi uchrashuvida qatnashdi. Shuningdek, tadbirda Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari delegatsiyalari ishtirok etishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6966
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Elektr energiyasi bozorining ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari: Bozor ishtirokchilari
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6962
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ: kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2024-yil 21-sentabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov rahbarligida joriy kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda gidroenergetika obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Jamiyat ijro apparati va energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar masʼul rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda Jamiyat tizimidagi energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6958
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun, 22-sentabr - Butunjahon avtomobilsiz kun!
“Shahar insonlar uchun maskan, hayot uchun maskan” shiori ostida shu kuni butun dunyo boʻylab yirik shaharlar aholisi shahar boʻylab sayohat qilish uchun avtomobillardan emas, tramvay, trolleybus, avtobus, metro, velosiped kabi transport vositalaridan foydalanishadi yoki piyoda yurishadi.
O‘zbekistonda bu aksiyani har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazishga qaror qilingan. Mazkur oyda Ekologiya vazirligi tomonidan boshqa idoralar bilan birgalikda 25-sentabr, chorshanba kuni Toshkent, Nukus shaharlari va respublika viloyatlari maʼmuriy markazlarida “Avtomobilsiz kun” tashkil etiladi.
Hurmatli fuqarolar, siz har oyda kamida bir kun avtomobilingizdan voz kechib, shaharlarimiz havosi ifloslanishini kamaytirish va sifatini yaxshilashga hissa qo'sha olasiz. Shunday ekan, ommaviy harakatga qoʻshiling va biz nafas olayotgan havo toza bo‘lishi va atrof-muhit hayot uchun yanada yaxshilanishiga yordam bering!
__
Сегодня, 22 сентября отмечается Всемирный день без автомобиля!
Под девизом «Город как пространство для людей, пространство для жизни», в этот день жители крупных городов по всему миру сокращают использование автомобилей для поездок по городу в пользу трамвая, троллейбуса, автобуса, метро и других видов общественного транспорта, а также велосипедов и пешей ходьбы.
В Узбекистане эту акцию решено проводить в четвертую среду каждого месяца. В этом месяце «День без автомобиля» будет организован Министерством экологии совместно с другими ведомствами в среду, 25 сентября в Ташкенте, Нукусе и административных центрах регионов страны.
Уважаемые граждане, отказавшись от автомобиля хотя бы на один день в месяце, вы можете внести свой вклад в снижение уровня загрязнения и улучшение качества воздуха в наших городах. Присоединяйтесь к международному движению и помогите сделать наш город чище, воздух — свежее, а окружающую среду — более благоприятной для жизни!
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Qonun bilan yer qaʼri boyliklaridan foydalanish tartibi takomillashtirilmoqda
Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Yer qaʼri to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Muhokama markazida bo‘lgan mazkur Qonun bilan yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek yer qaʼridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6953
"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube