“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/58564
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muzokaralar avvalida Hukumat Raisi o‘rinbosari Denis Manturov davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi yakunida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/58561
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun, 19-fevral kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ katta majlislar zalida Boshqaruv raisi A. Sanginov rahbarligida Ijro apparati xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda asosiy masala – Ijro apparati tizimida yangi KPI tizimini joriy etish hamda uning muhim jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xodimlarni yangicha baholash tizimi asosida ish faoliyati ko‘rsatkichlari samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda xodimlar bilimi, malakasi va kuchini, xususan kadrlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy ish jarayoni hamda mehnat munosabatlarida natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada, kadrlar tizimida samaradorlikni o‘lchash mexanizmi sifatida KPI tushunchasidan keng foydalaniladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5859
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2024-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
Olimlarning fikricha, 2024-yil rekord darajadagi 2023-yildan ham issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu "El Nino" hodisasi, ya’ni Tinch okeanining ekvatorial qismida suvning sirt qatlamining isishi tufayli sodir bo‘ladi.
"Sof energiya" telegram kanali ma'lumotiga ko'ra, 2023-yilda global harorat sanoatlashish davridan oldingi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,4 daraja yuqori bo‘lgan edi. 2024-yilda bu ko‘rsatkich oshishi ehtimoli katta. Shunday qilib, bu yil sayyoramizdagi o‘rtacha harorat sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,3-1,6 darajaga oshishi kutilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5812
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5808
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat dasturi loyihasidan o‘rin olgan vazifalar muhokama qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston-2030" strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5806
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Jizzax viloyatida sug‘orish kanallarida amalga oshirilayotgan betonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi
Maʼlumki, mamlakatimizda 2024-yil suv xo‘jaligida “Kanallarni betonlashtirish bo‘yicha zarbdor yil” deb eʼlon qilindi.
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 672/7-sonli qaroriga asosan, Jizzax viloyatida sug‘orish kanallarida betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlari qishloq xo‘jaligi dalalarini obi-hayot bilan taʼminlab kelayotgan DM-1 kanalida keng ko‘lamdagi rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Tasdiqlangan rejaga binoan, umumiy uzunligi 68 km bo‘lgan ushbu kanalning 14.7 km qismini betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5803
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Suv omborlari to‘g‘onlarining seysmik mustahkamligini kosmik monitoring qilishga doir
O‘zbekiston hududi murakkab geologik tuzilishi va yer qobig‘ining yuqori tektonik va seysmik faolligi bilan ajralib turadigan Markaziy-Osiyo mintaqasida joylashgan. Mutaxassislarning fikricha, respublika hududining qariyb 55 foizi 5 balldan (M>5) katta zilzilalarga duch kelishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida o‘nlab yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan ko‘plab to‘g‘on va dambalar barpo etildi. 30-40 yildan ortiq foydalanish davrida yirik gidrotexnik inshootlar loyqalanish va eskirish jarayonlariga duchor bo‘ladi, bu ularning ishonchliligi va ish sifatiga sezilarli ta`sir qiladi. Bundan tashqari, damba va to‘g‘onlarga ko‘pincha sel, qor ko‘chkilari va o‘pirilishlar, seysmik tebranishlar va boshqa tabiiy omillar ta`sir qiladi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5801
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Toshkent GESlar kaskadi” UKda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmati boshlig‘i ishtirokida amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 608- hamda 609-son qarorlarini “Toshkent GESlar kaskadi” UK texnik xodimlarining ish faoliyatiga tatbiq etish, ularga qat‘iy rioya qilish bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmati boshlig‘i ishtirokida amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda mas’ul xodimlarning bilimi va malakasi baholandi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5799
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Tizim korxona va tashkilotlarida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda ulug‘ shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va chellenjlar o‘tkazilmoqda
Sardoba suv ombori filiali jamoasi
“To‘polang GES” UK jamoasi
Andijon suv ombori filiali jamoasi
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5797
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5796
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Shahrixon GESlar kaskadi” filiali JFK GES-2 da sel-suv toshqini mavsumi oldidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi
JFK GES-2da sel-suv toshqini mavsumi oldidan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida quyidagi ishlar bajarildi:
- quyi byef shandori tozalanib, po‘lat arqonlari solidol bilan moylandi;
- yuqori byef chiqindi tozalash mashinasi trosslari almashtirildi. Mashina mutaxassislar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
- bosh to‘g‘on darvozalari trosslari almashtirildi hamda ishga shay holatga keltirildi;
- kompressorning past bosim mikrosensor datchigi nuqsoni bartaraf etildi, yangisiga almashtirildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5784
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Belarus Respublikasida 2023-yilda GESlar tomonidan 300 mln. kVt.soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi
BELTA agentligi tomonidan xabar berilishicha, Belarus Respublikasida 2023-yilda GESlar tomonidan 300 mln. kVt.soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Mamlakatda 53 ta GES faoliyat yuritadi. Umumiy gidroenergetik quvvati 96,2 MVtga teng.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5782
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Elektr energetikasi: asosiy tushunchalar
Elektr energetikasi – elektr energiyasini hosil qilish, uzatish, taqsimlash, sotish va isteʼmol qilish sohasi;
yagona elektr energetikasi tizimi – elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari majmui va ularning tezkor-dispetcherlik boshqaruvi;
elektr energetikasi obyektlari – elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar, shuningdek elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari;
elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar – yagona elektr energetikasi tizimiga ulangan statsionar elektr stansiyalari (issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik elektr markazlari, gidroelektr stansiyalar, shuningdek qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadigan boshqa elektr stansiyalari);
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5780
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni elektromobil ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Mamlakatimizda avtomobilsozlik bo‘yicha katta tajriba va infratuzilma bor. Bugungi kunda 8 ta zavodda o‘nlab turdagi avtomobillar, yo‘lovchi va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Yana 2 mingdan ziyod korxonada kooperatsiya asosida butlovchi va ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5778
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Hududlardagi ishga solinmagan imkoniyatlar tahlil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni hududlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Bu haqda shu yil yanvarda makroiqtisodiy barqarorlik tahlili bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Unga muvofiq, hududlarda ishga solinmagan qo‘shimcha imkoniyatlar, tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/58562
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“Chirchiq GESlar kaskadi” UK tarkibidagi Chirchiq GES (GES-7)ning 2-gidrogeneratorida reja asosida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/58560
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Qashqadaryo viloyatida sug‘orish kanallarida amalga oshirilayotgan betonlashtirish ishlari bilan tanishdi
Mamlakatimizda 75 ta yirik kanalni betonlashga byudjetdan 680 milliard so‘m ajratilgan. Asosiy maqsad eng ko‘p suv yo‘qotiladigan kanallarni sug‘orish davri boshlanishigacha betonlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 672/7-sonli qaroriga asosan, boshqa hududlar qatori Qashqadaryo viloyatida ham sug‘orish kanallarida betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov Qashqadaryo viloyatida sug‘orish kanallarida amalga oshirilayotgan betonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5813
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5811
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Italiyaning "ENEL" kompaniyasi O'zbekiston bilan energetika loyihalarida hamkorlik qiladi
O'zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning yirik elektr tarmoqlari operatori – "ENEL" kompaniyasi vakillari bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"ENEL" mutaxassislariga O'zbekistonning so'nggi yillardagi "yashil" energetikaga o'tish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish borasidagi yutuqlari hamda mamlakatimiz oldida turgan elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Italiya tomoni, xususan "ENEL"ning ixtisoslashgan "Gridspertise" sho'ba korxonasi rahbari Robert Denda ushbu jarayonlarda raqamlashtirish uskunalarini o'rnatish va tegishli boshqaruv texnologiyalarini qo'llash juda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o'tdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5807
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Boshqaruv raisi Oqsu daryosida Rabat GES, Chappasuy GES va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi loyihalari doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi
Xabaringiz bor, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 497-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son qarorlari asosida “Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi” investitsiya loyihasi rejaviy asosda amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida Oqsu daryosida Rabat GES, Chappasuy GES va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi loyihalari doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5804
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
#Navoiyga_ehtirom!
Bugun, 9-fevral kuni o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan adibning O‘zbekiston davlat adabiyot muzeyida joylashgan haykali poyida tashkil qilingan adabiy-ma’rifiy tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJning bir guruh faol yoshlari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, muzey xodimlari, yana boshqa oliy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar qatnashishdi.
Ishtirokchilar Navoiy lirik merosidan namunalar o‘qib, shoirning so‘z bobidagi yuksak mahorati, betakror iste’dodi xususida fikr almashishdi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5802
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Tizim korxona va tashkilotlarida davlat va jamoat arboblari, buyuk qalam sohiblarining tavallud ayyomlari munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va chellenjlar o‘tkazilmoqda
“Qodiriya GESlar kaskadi” UK jamoasi
“Andijon GES” UK jamoasi
“Shahrixon GESlar kaskadi” filiali jamoasi
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5800
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Bir oyda 995 ta isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 94 mlrd 542 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi
Joriy yilning yanvar oyida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” ishtirokida Bosh prokuratura hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 995 ta isteʼmolchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Unga ko‘ra 20 mln 486 ming kVt⋅soat elektr energiyasi va 47 mln 387 ming metr kub tabiiy gaz talon-taroj qilingan bo’lib, davlat manfaatlariga jami 94 mlrd 542 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Respublikaning barcha hududlarida Inspeksiya tomonidan 24 969 ta profilaktika tadbir o‘tkazildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5798
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“QUYI BO’ZSUV GESLAR KASKADI” UK ishchi-xodimlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlari munosabati bilan tayyorlangan videolavhasi
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Prezidentlar Texnopark faoliyati bilan tanishdi
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon e’tiboriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar taqdim etildi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta ishlab chiqarish quvvati joylashtirilgan. Joriy yilda bu yerda logistika markazi ish boshlaydi.
Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilmoqda, ichki va xorijiy bozorlarda ularga talab yuqori. Tovarlar dunyoning 10 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5795
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“RusGidro” OAJ: Ezmin GES gidroagregatlarini almashtirish ishlari yakuniga yetkazildi
“RusGidro” OAJ tarkibidagi Ezmin GESning (Shimoliy Osetiyada joylashgan) barcha gidroagregatlarini almashtirish ishlari yakuniga yetkazildi. Ushbu ishlar “RusGidro” OAJning kompleks modernizatsiya dasturi doirasida amalga oshirildi.
Olib borilgan modernizatsiya ishlari jarayonida GESdagi barcha zaruriy va yordamchi uskunalar almashtirilgan. Gidroturbinalar, gidrogeneratorlar, boshqaruv tizimlari va boshqa barcha uskunalar yangi zamonaviy uskunalarga almashirildi.
Yangi gidroagregatlar 72 soat davomida keng qamrovli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ezmin GESi quvvati 45 MVtdan dan 60 MVtgacha oshirildi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5783
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Belarus Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 7-9-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, ularda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
O‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kommunikatsiyalar va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Professional ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish dasturlari ham muhokama qilinadi.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5781
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5779
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Qo‘mitada Davlat dasturi loyihasi muhokama qilindi
Bugun, 6-fevral kuni Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilganidek, davlat dasturi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng islohotlarni samarali amalga oshirish, xalqimiz farovonligiga erishish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash, ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularning tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/5777
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube